uk
Feedback
O'zbekiston qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasi

O'zbekiston qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasi

Відкрити в Telegram

O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'zbekiston qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasining Rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: @anvarhakberdiyev

Показати більше
2 298
Підписники
-1524 години
-1097 днів
-1 12030 днів
Архів дописів
Qoraqalpog‘iston hududining atigi 20 foizida geologiya ishlari o‘tkazilgan. Yirik investorlar kelayotgan bir paytda xomashyo
Qoraqalpog‘iston hududining atigi 20 foizida geologiya ishlari o‘tkazilgan. Yirik investorlar kelayotgan bir paytda xomashyo zaxiralari bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Xitoylik investor Qorao‘zakdagi “Urusoy” koniga 33 million dollar sarmoya va texnologiya olib kirib, 200 gektarda 4 tonna oltin zaxirasini aniqlagan. Bu yerda 320 ta ish o‘rni yaratilgan. Bir oyda investorlar ko‘targan masalalarni hal qilib, 1 ming ish o‘rniga ega oltin qazib olish va qayta ishlash klasterini tashkil etish, kompleks geologiya-qidiruv dasturini ishlab chiqib, konlar zaxiralarini qayta baholash topshirildi. Qo‘ng‘irotdagi “Borsa kelmas” konidan har yili 1 million tonna texnik tuz qayta ishlanmasdan sotilmoqda. Bo‘zatovdagi “Kuskanatau” konida mirabilitni qayta ishlab, yiliga 45 ming tonna natriy sulfat, astraxanitdan esa magniy sulfat olish mumkin. Germaniya kompaniyasi Beruniydagi kvarsit koniga 30 million dollar kiritib, kristall kremniy ishlab chiqarish va yiliga 25 million dollarlik eksportni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Jahon bozorida bir tonna kristall kremniy 5,5 ming dollar turadi. Kimyo sanoati mutasaddilariga dastlabki 400 million dollarlik rejaga qo‘shimcha 200 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish va 5 ming ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X

Iqlim o‘zgarishi sharoitida havoga chiqariladigan issiqxona gazlarini kamaytirish dolzarb masala ekani ta’kidlandi. “Yashil”
Iqlim o‘zgarishi sharoitida havoga chiqariladigan issiqxona gazlarini kamaytirish dolzarb masala ekani ta’kidlandi. “Yashil” energiyani “karbon kredit”ga aylantirish Qoraqalpog‘istonga yiliga kamida 50-100 million dollar daromad olib kelishi mumkin. Mutasaddilarga bir oyda “karbon kredit” mexanizmini Qoraqalpog‘istonda yo‘lga qo‘yish, Yaponiya, Koreya, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi yirik importyor davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazish topshirildi. “Karbon kredit” eksportidan tushadigan mablag‘lar infratuzilma uchun ajratilayotgan mablag‘larga qo‘shimcha bo‘ladi va Qoraqalpog‘istonning o‘zida qoladi. Yirik xorijiy kompaniyalar “o‘rmon karbon krediti” tizimi orqali ekologik vaziyati og‘ir hududlarda daraxt ekishni moliyalashtirish bo‘yicha takliflar bildirmoqda. Yil yakunigacha Orolning 50 ming gektar maydonida “o‘rmon karbon krediti” dasturini boshlash vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X

🟦🟦🟦 Andijonda serhosil piyoz navlarini yetishtirish bo‘yicha ilmiy tajribalar o‘tkazilmoqda 🏢Sabzavot, poliz ekinlari va
+2
🟦🟦🟦 Andijonda serhosil piyoz navlarini yetishtirish bo‘yicha ilmiy tajribalar o‘tkazilmoqda 🏢Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Andijon ilmiy-tajriba stansiyasida hudud iqlimiga mos, serhosil hamda kasalliklarga chidamli piyoz yetishtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy izlanishlar olib borilmoqda. ✅Tajribalar davomida ekinni parvarishlashning maqbul agrotexnologiyalari sinovdan o‘tkazilib, hosildorlikni oshirish va sifatli urug‘chilikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

Qoraqalpog‘istonning har bir tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan loyihalar amalga oshirilayotgani
Qoraqalpog‘istonning har bir tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Bo‘zatovda zamonaviy sanatoriy, Nukusda onkologiya va radiologiya markazi, Qo‘ng‘irotda bolalar shifoxonasi va tug‘uruqxona ishga tushirildi. Amudaryo va To‘rtko‘lda har biri 2 ming o‘rinli amfiteatr, Nukus shahrida gimnastika markazi va Konservatoriya filiali foydalanishga topshirildi. Osiyo taraqqiyot banki bilan 384 million dollar hisobiga A-380 magistral yo‘lining Qo‘ng‘irotdan o‘tgan 240 kilometri to‘liq beton qoplamaga o‘tkazildi. Kecha yo‘lning To‘rtko‘l, Ellikqal’a va Beruniydan o‘tgan yana 92 kilometrini qurish boshlandi. Mazkur loyihaning qiymati 233 million dollar. Natijada tranzit 1,5 karra oshadi. To‘rtko‘lga kirgan yuklar Qozog‘iston chegarasiga bir sutka o‘rniga 10 soatda yetib boradi. Kelasi yil mart oyidan Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi. “Tuyamo‘yin” suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish va Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqa 100 kilometr ichimlik suv tarmog‘ini tortish boshlanadi. Facebook|Instagram|X

So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari ishga tushirildi. Beruniy va Qorao‘zakda shamo
So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari ishga tushirildi. Beruniy va Qorao‘zakda shamol stansiyalarining qurilishi hisobiga “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi. Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshib, 5 milliard 330 million kilovatt-soatni tashkil etdi. Bu aholi va korxonalarning yillik talabidan qariyb 3 barobar ko‘p. Kecha 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi. Jumladan, Qo‘ng‘irotda 2 milliard 600 million dollarlik, quvvati 1,5 ming megavattli shamol stansiyasini qurish boshlandi. Loyiha doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuchlanishli tarmoq va 500 kilovoltli 3 ta podstansiya barpo etiladi. 2030-yilgacha jami quvvati 3 ming 300 megavattli shamol stansiyalari ishga tushirilib, “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi, 400 megavattli energiya saqlash quvvati yaratiladi. Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanadi. Facebook|Instagram|X

Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi. So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi. O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p. Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi. Facebook|Instagram|X

Repost from Rasmiy axborot
❗️"Biz sizni yaxshi ko‘ramiz"
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydigan ko‘chaga tashrif buyurdi. Prezident korteji ko’chada rejadan tashqari to’xtadi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

🟦🟦🟦 Milliy markazda navbatdagi ma’rifat soati o‘tkazildi 📆 Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy marka
+9
🟦🟦🟦 Milliy markazda navbatdagi ma’rifat soati o‘tkazildi 📆 Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida markaz xodimlari hamda tizim tashkilotlari vakillari ishtirokida navbatdagi ma’rifat soati tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari, olimlar va tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi. ✔️Kun tartibidan Milliy istiqlol g'oyasi, prezidentimizning Janubiy Koreya Respublikasiga davlat tashrifi hamda qishloq xo‘jaligining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan g‘o‘za yetishtirishning 8 ta asosiy qonuniyati bilan bog‘liq masalalar o‘rin oldi. 🗣Tadbirni Milliy markaz ilmiy kotibi Suhrob Matyoqubov kirish so‘zi bilan ochib, ma’rifat soatining asosiy maqsad va vazifalari, unda muhokama qilinadigan masalalarning bugungi kun uchun dolzarbligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ilm-fan, ma’rifat va amaliy tajriba almashinuvi xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidladi. 🌱Ma'rifat soati avvalida Toshkent davlat agrar universiteti Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, professor O. Ostonov tomonidan Mustaqillik bayrami munosabati bilan tayyorlangan maxsus taqdimot ishtirokchilarga namoyish etildi. Taqdimot davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fan, ta’lim va qishloq xo‘jaligi sohalarida erishilgan natijalar hamda xalqimiz hayotida yuz bergan muhim o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 🇺🇿🇰🇷Taqdimotning asosiy mavzusi Prezidentimizning Janubiy Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi va qishloq xo'jaligi sohasida O‘zbekiston–Koreya munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan hamkorlik kelishuvlari bo'ldi. 📌Ma'naviyat soati davomida g‘o‘za yetishtirishning 8 ta asosiy qonuniyati haqidagi mavzu yuzasidan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Bahodir Holiqov va Feruza Xasanovalar so‘zga chiqib, g‘o‘za yetishtirish jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan muhim agrotexnik talablarni batafsil tushuntirib berdi. 📎Bunday ma’rifiy uchrashuvlar fuqarolik jamiyatining shakllanishida, ijtimoiy faollikni oshirishda muhim o‘rin tutadi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Xalqaro ilmiy hamkorlik: Qozog‘istonda “Dala kuni” seminari 🇰🇿Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyat
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Xalqaro ilmiy hamkorlik: Qozog‘istonda “Dala kuni” seminari 🇰🇿Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida Paxtachilik va polizchilik qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasi tomonidan tashkil etilgan “Dala kuni” xalqaro ilmiy-amaliy seminarida Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktorining o‘rinbosari Abror Qurbonov ishtirok etdi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

🟦🟦🟦 Ko‘chma mashg‘ulotlar ishtirokchilari laboratoriyaga tashrif buyurdi ✔️O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va in
+2
🟦🟦🟦 Ko‘chma mashg‘ulotlar ishtirokchilari laboratoriyaga tashrif buyurdi ✔️O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamkorligida "Agrokimyo, raqamli monitoring va o‘g‘itlashda zamonaviy yondashuvlar moduli"bo‘yicha ko‘chma mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. ➡️Ana shunday mashg'ulotlardan navbatdagisi "Tuproq tahlil markazi" davlat muassasida tashkil etildi. Mashg'ulot qatnashchilari sinov laboratoriyadagi zamonaviy texnologiyalarning imkoniyatlari va tuproq tahlil jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ladi. Ikki kunlik safar davomida davlatimiz rah
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ladi. Ikki kunlik safar davomida davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan. Tashrif doirasida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетит Республику Каракалпакстан. В ходе двухдневной поездки глава нашего государства ознакомится с проектами в сферах промышленности, сельского хозяйства, образования, медицины, транспорта, туризма и спорта, а также с работой по обеспечению занятости населения и благоустройству махаллей. Планируется также введение в строй и запуск строительства ряда новых проектов. В рамках поездки состоится совещание по очередным приоритетным задачам комплексного развития Каракалпакстана. Facebook|Instagram|X

Repost from Rasmiy axborot
Toshkentda shahar muhitini yanada obod va zamonaviy qilish, madaniyat va kino sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayxontohur tumanidagi yangi istirohat bog‘i loyihasi, Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari hamda “O‘zbekfilm” kinostudiyasining faoliyati bilan tanishdi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

🟦🟦🟦 Ilmiy muassasalar “Toza Dala Challenge”da faol ishtirok etmoqda 🌱Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan “Ona Ye
+2
🟦🟦🟦 Ilmiy muassasalar “Toza Dala Challenge”da faol ishtirok etmoqda 🌱Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan “Ona Yerni plastik qoldiqlaridan tozalaymiz” shiori ostida amalga oshirilayotgan “Toza Dala Challenge” ekologik tashabbusiga tizimdagi ilmiy muassasalar ham faol qo‘shilmoqda. ✔️Xususan, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda tizimdagi ilmiy-tajriba stansiyalarida qishloq xo‘jaligi hududlarining ekologik holatini yaxshilash, yer maydonlarini plastik chiqindilar va polietilen plyonka qoldiqlaridan tozalash, shuningdek, tuproq unumdorligini asrashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. 📌Tashabbus doirasida mavjud chiqindilarni yig‘ish va hududlarni tozalash bilan bir qatorda, plastik chiqindilarning dala va yo‘l chetlariga tashlanishining oldini olishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda vazirlik tashabbusi asosida ishlab chiqilgan namunaviy loyiha doirasida institut va tizimdagi ilmiy-tajriba stansiyalarida yo‘l va dala chetlariga maxsus chiqindi yig‘ish moslamalari o‘rnatilmoqda. ❗️Mazkur amaliy choralar qishloq xo‘jaligi hududlarida tozalikni ta’minlash, plastik chiqindilarning tuproq va suv resurslariga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ICBA bilan ilmiy-amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🏢Milliy markaz tizimidagi Qoraqalpog‘iston de
+3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ICBA bilan ilmiy-amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🏢Milliy markaz tizimidagi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi xalqaro markazi (ICBA — International Center for Biosaline Agriculture) vakillari navbatdagi tashrifini amalga oshirdi. 🤝Tashrif doirasida institut rahbariyati va ilmiy xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qurg‘oqchil va sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda hudud sharoitiga mos ekin turlarini yetishtirish masalalari muhokama qilindi. 🌱Shuningdek, ICBA mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston sharoitida tajriba tariqasida yetishtirilayotgan ayrim ekin turlari namoyish etilib, ularning o‘sish-rivojlanish xususiyatlari, hosildorlik ko‘rsatkichlari va mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashuvi yuzasidan fikr almashildi. 🔬Uchrashuv davomida qurg‘oqchil va sho‘rlangan hududlarda suvdan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishlariga mos agrotexnologiyalarni joriy etish hamda istiqbolli ekin turlarini kengaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

O‘zbekiston-Koreya: qishloq xo‘jaligida yangi hamkorlik loyihalari belgilandi 🇺🇿🇰🇷O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sha
+4
O‘zbekiston-Koreya: qishloq xo‘jaligida yangi hamkorlik loyihalari belgilandi 🇺🇿🇰🇷O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan manfaatli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 🤝 Koreyalik hamkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda qator muhim kelishuvlarga erishildi: ℹ️Jumladan, Koreya qishloq hududlari korporatsiyasining (KRC) Global loyihalar ofisi bosh direktori Kvon Yung-Jun bilan O‘zbekiston–KRC ishchi guruhini tashkil etish, shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, tuproq unumdorligini oshirish va “aqlli” chorvachilik yo‘nalishlarida grant loyihalarini ishlab chiqish belgilandi. Tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumi almashildi. 🔹 “Yashil iqlim jamg‘armasi” (GCF)ning Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqasi departamenti direktori Tomas Erikson bilan agrar sohada iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish uchun Jamg‘armaning grant mablag‘larini jalb qilishga kelishildi. 🔹 “KIDL Co., Ltd.” kompaniyasi rahbari Kim Jae Yong bilan Xorazm va Toshkent viloyatlarida zamonaviy issiqxona majmualarini tashkil etish loyihasining joriy holati muhokama qilindi va uni jadallashtirish bo‘yicha choralar belgilab olindi. 🔹 “Sungshin L&P, Inc.” kompaniyasining xalqaro marketing departamenti direktori Erik Shin bilan meva-sabzavot mahsulotlarini Koreya bozoriga eksport qilish, shuningdek, Koreyaning dengiz mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarini O‘zbekistonga olib kirish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 🔹 “Dankook International Cooperation on Agriculture” kompaniyasi prezidenti Li Dong Jin bilan agrar sohada zamonaviy bilimlarga ega yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida uzoq va qisqa muddatli o‘quv kurslari hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik bitimi almashildi. ✅ Mazkur kelishuvlar O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar, iqlimga mos texnologiyalar, investitsiyalar, zamonaviy issiqxona xo‘jaligi, agrar ta’lim va oziq-ovqat sanoati yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

🟦🟦🟦 Olma bog'larida aspirin eritmasining ta'sirini o'rganish bo'yicha tajriba boshlandi 🗣O‘simliklarning tashqi muhit omillariga moslashuvchanligini oshirish, ularning tabiiy himoya mexanizmlarini aniqlash va samarali boshqarish zamonaviy bog‘dorchilikning dolzarb ilmiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. ⚡️Shu maqsadda Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti O‘simliklarni himoya qilish va karantini bo‘limi tomonidan olma bog‘larida aspirin eritmasining o‘simliklarning rivojlanishi hamda meva sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tajriba tashkil etildi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Koreyalik hamkorlar bilan qishloq xo‘jaligida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish istiqbollari muhokama qili
+2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Koreyalik hamkorlar bilan qishloq xo‘jaligida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish istiqbollari muhokama qilindi 🏢Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Koreya Respublikasining GS&J Instituti katta iqtisodchisi, PhD Choy Ji-Hyon bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 📌Uchrashuvda MAFRA ODA O‘zbekiston ofisi direktori Jang Jong Ryo‘l ham ishtirok etdi. U Korea Rural Community Corporation (KRC) vakili hisoblanadi. Muloqot davomida qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash, kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari uchun zamonaviy o‘quv dasturlari va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, o‘zaro tajriba almashish hamda qo‘shma ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. 🗣Uchrashuvda Koreya Respublikasining qishloq xo‘jaligi sohasida to‘plagan ilg‘or tajribasini O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tizimiga joriy etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, kadrlar salohiyatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish va soha mutaxassislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. ➡️Tomonlar ODA loyihalari doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi loyihalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni ham muhokama qildilar. Shu bilan birga, kelgusida qishloq xo‘jaligi mutaxassislarining Koreya Respublikasidagi ilg‘or tajriba va amaliyotlar bilan yaqindan tanishishini ta’minlash, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda hamkorlikdagi ilmiy-amaliy tadbirlarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bildirildi. ✔️Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy-amaliy aloqalarni mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo‘nalishidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda kelishilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

🟦🟦🟦 O‘zbekistonga Iordaniyadan Avassi qo‘ylari olib kelindi 🌱O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabb
+2
🟦🟦🟦 O‘zbekistonga Iordaniyadan Avassi qo‘ylari olib kelindi 🌱O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutiga Iordaniya Hoshimiylar Podshohligidan yurtimizga ilk bor dunyodagi mashhur sut yo‘nalishidagi qo‘y zotlaridan biri — Avassi qo‘ylari olib kelindi. 🐑Avassi qo‘ylari, ayniqsa, yuqori sut mahsuldorligi bilan ajralib turadigan zotlardan biri hisoblanadi. Ushbu zotning O‘zbekistonga olib kelinishi mamlakatimizda sut yo‘nalishidagi qo‘ychilikni rivojlantirish, yuqori mahsuldor qo‘ylarni ko‘paytirish va seleksiya ishlarini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi. Mazkur yangilik haqida "Qishloq hayoti" gazetasining navbatdagi sonida batafsil ma’lumot berilgan. 📎To‘liq tafsilotlar bilan Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori A’zamjon Nurmatov hamda institut bo‘lim boshlig‘i Shahnoza Shohnazarova hammuallifligida chop etilgan "O‘ZBEKISTON – IORDANIYA HAMKORLIGI: SUT YO‘NALISHIDAGI QO‘YCHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING YANGI ISTIQBOLLARI" sarlavhali maqoladan bilib olishingiz mumkin. ➡️ https://online.pubhtml5.com/ivfzl/rldz/ Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

#WorldCottonDay #CottonForGood #WCDTashkent #Пахтачилик #БутунжаҳонПахтаКуни Пахтадан фаровонликка: 7 октябрь куни Тошкентда
#WorldCottonDay #CottonForGood #WCDTashkent #Пахтачилик #БутунжаҳонПахтаКуни Пахтадан фаровонликка: 7 октябрь куни Тошкентда кутамиз! 2026 йил 7 октябрда Тошкентда Бутунжаҳон пахта кунининг расмий тадбири ўтказилади. Пахтакорлар, тўқимачилар, олимлар, тадбиркорлар, харидорлар ва халқаро ташкилотлар вакиллари тажриба алмашиш ҳамда янги ҳамкорликларни йўлга қўйиш учун учрашади. Бу йилги мулоқот марказида учта муҳим йўналиш бор: 🌍 Савдо — фермер ва ишлаб чиқарувчиларни бозорлар билан боғлаш. 🏭 Трансформация — пахтани юқори қийматли маҳсулотларга айлантириш, иш ўринлари ва экспорт имкониятларини яратиш. 🤝 Ҳамкорлик — фермерлар, олимлар, бизнес, давлат ва халқаро ташкилотларнинг билим ҳамда имкониятларини бирлаштириш. Ҳурматли фермерлар, кластер раҳбарлари, тўқимачилар ва ёш мутахассислар! Сизларни ушбу мулоқотда иштирок этишга таклиф этаман. Даладаги тажрибангиз, ишлаб чиқаришдаги ечимларингиз ва таклифларингизни улашинг. Фермер меҳнатидан тайёр маҳсулотгача бўлган ҳар бир босқичда кўпроқ қиймат яратиш йўлларини биргаликда муҳокама қилайлик! 📌 Иштирок бепул ва барча учун очиқ. Рўйхатдан ўтиш ва дастлабки дастур билан танишиш учун Халқаро пахта маслаҳат қўмитаси — ICAC эълонидаги ҳаволадан фойдаланиш мумкин. Тадбирга кела олмайдиган ҳамкасбларимизни ҳам 7 октябрь куни ўз саҳифаларида пахтакорлар ва тўқимачилар меҳнати, тажрибаси ҳамда ташаббуслари ҳақида ҳикоя қилишга чақираман. Пахтадан кўпроқ қиймат, меҳнатдан муносиб даромад, ҳамкорликдан янги имкониятлар яратайлик! https://m.youtube.com/watch?v=9TyqtaMh9CY

🟦🟦🟦 In vitro usulida yetishtirilgan kartoshka mini-tuganaklari dalada ko‘paytirilmoqda! 🥔🌱 Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan in vitro usulida yetishtirilgan kartoshkaning mini-tuganaklari dala sharoitida ko‘paytirish maqsadida ekib parvarish qilinmoqda. Mini-tuganaklar “Bo‘stonliq Kartoshkachilik Markazi” MCHJ QKning dala maydonlariga ekilib, belgilangan agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlanmoqda. Asosiy maqsad — in vitro usulida olingan sog‘lom va sifatli ekish materialini dalada ko‘paytirish hamda kelgusida urug‘lik material miqdorini oshirish. Bu jarayon kartoshkachilikda sog‘lom urug‘lik material yetishtirish va zamonaviy biotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishda muhim ahamiyatga ega. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube