cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

Publicaciones publicitarias
989
Suscriptores
-624 horas
+27 días
+930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

03:19
Video unavailableShow in Telegram
Ахborot 24 | Bitiruvchilar qurultoyi #27june #uzbekiston24 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
4.mp458.86 MB
🔥 2
Assalomu alaykum! Hurmatli ota-onalar! Aziz oʻgʻil-qizlarimiz! Sizlar bilan yana bir muhim xabarni boʻlishmoqchiman.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga koʻra tizimimizda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi. Hech shubhasiz, Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni Agentligimizga boʻlgan yuksak ishonchni ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, bunday ulkan ishonchni oqlash, ixtisoslashtirilgan sport maktablarini zamon bilan hamnafas, eng soʻnggi ta’lim va sport metodlari hamohangligida ham bilimda ham bilakda baquvvat boʻlgan yoshlarni kamolga yetkazishdek zalvorli mas’uliyatni anglatadi. Qolaversa, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarimiz safiga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining qoʻshilgani zimmamizga har tomonlama salohiyatli, xalqaro talablarga mos yosh sportchilarni jahon arenalarida Vatanimiz bayrogʻini yuqori koʻtaradigan, millatimiz faxri boʻlajak yigit-qizlarimizni kashf etishdek jiddiy vazifani yuklaydi. Albatta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda ushbu farmonda koʻrsatib oʻtilgan, oldimizda turgan oʻta mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli boʻlgan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida, sifatli bajarish uchun bor kuch-gʻayratimizni sarflaymiz. Endilikda bilimli, iqtidorli, ulkan yutuqlarga erishayotgan oʻgʻil-qizlarimizdan iborat “Oltin fond”imiz Alpomishdek zabardast hamda Toʻmarisdek yovqur sportchi yoshlarimiz bilan ham yanada boyishi shubhasiz. Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 3 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
🏆Bizning jamoa🔥
Mostrar todo...
👍 49❤‍🔥 6🔥 4
#Bitiruvchilar_qurultoyi BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI ✅ Bugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi. Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi. ✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
2
#prezident_maktabi #soʻnggi_qoʻngʻiroq ⚡️Nurafshon Prezident maktabining aziz bitiruvchilari!
Sizlarni maktab ta'limini muvaffaqiyatli tamomlab, mustaqil hayotga - umringizning yanada go'zal va mas'uliyatli bosqichiga qadam qo'yayotganingiz bilan Prezident maktabi jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz.
Har biringizda cheksiz iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Oldingizga yuksak marralar qo’yib, maqsadlar tomon harakat qilishdan hech qachon charchamang. Yangi O’zbekistonning buyuk kelajagi aynan siz aziz yoshlar qo’lidadir. Qadrli bitiruvchilar, barchangizga ulkan muvaffaqqiyatlar va barkamollik, hayot yo'lingizda esa hamisha omad va baxt hamroh bo'lishiga tilakdoshmiz. Hurmat bilan, Nurafshon shahridagi Prezident maktabi jamoasi❗️ 📗 Telegram 📕 Instagram 📘 Facebook 📙 YouTube
Mostrar todo...
👍 24🔥 5 3👏 3💯 2🎉 1🏆 1
#prezident_maktabi #soʻnggi_qoʻngʻiroq
Nurafshon shahridagi Prezident maktabida "Xayr maktab, salom kelajak" shiori ostida "So'nggi qo'ng'iroq" bayram-tadbiri bo'lib o'tdi.
⚡️Dastavval maktab Ijrochi direktori Mahmud Yuldoshov va Akademik direktor Mr. Mehrdad so'zga chiqib, maktab o'quvchilarining yil davomida erishgan yutuqlari, muvaffaqiyat va zafarlari haqida so'zlashdi. So'ng bitiruvchilarga kelgusidagi hayot yo‘llarida oq yo‘l tilab, o'quv yili davomida o’zining ilg’orligi, tashabbuskorligi va ilm o’rganishdagi faol harakatlari bilan boshqalarga o’rnak bo’lib kelgan bir qator o'quvchilar maktab ma‘muriyati tomonidan taqdirlanishdi. 🎉Tadbirning badiiy qismida bitiruvchilarimiz sahna ko'rinishlari ijro qilishdi, maktab hayoti bilan bog'liq she‘r va qo‘shiqlar kuylashdi. Maktabimizda tashkil etilgan musiqa, raqs va drama to’garagi a‘zolari tomonidan tayyorlangan chiqishlar mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag'ishladi. 📗 Telegram 📕 Instagram 📘 Facebook 📙 YouTube
Mostrar todo...
🥰 6👍 4❤‍🔥 2🔥 2😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⏰Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda. 📊 Ushbu arizalarning 17-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 1
00:11
Video unavailableShow in Telegram
#tabrik Hurmatli yurtdoshlar! Siz azizlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz. Oilangizga tinchlik va xotirjamlik, baraka hamda farovonlik tilaymiz. Duogo‘y nuroniylarimizning mana shunday fazilatli damlarda yurtimiz haqqiga qilgan ezgu niyat va tilaklari ijobat bo‘lsin! Hurmat bilan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
IMG_3355.MP41.92 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⏰ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga,Ijod maktablariga,Ixtisoslashtirilgan maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati tugashiga 5 kun qoldi. 📶 ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 1
O‘quvchilarimiz 12 ta medal bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritdi Buxoroda o‘tkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi sovrindorlari taqdirlandi. Umumiy hisobda 60 nafar (10 ta oltin, 20 ta kumush, 30 ta bronza) ishtirokchi o‘quvchilar turli darajalardagi medallar bilan taqdirlandi. O‘zbekistonlik o‘quvchilar 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza) medal bilan xalqaro olimpiadaning yakka peshqadamiga aylandi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
👍 10 1👏 1
Archivo de publicaciones
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.