cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Gurlan tumani MMTB Rasmiy kanali

🔉 Gurlan tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy telegram kanali. 📞 Ishonch telefoni: 62-36-51-338, faks: 62-36-51-338 📝 Matbuot kotibi: S.To'rayev 🔒 Admin: 🏫 Manzil: Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Pahlavon Maxmud ko‘chasi, 56-uy

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
512
Suscriptores
-224 horas
-47 días
-2130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Xorazm VMMTB va "HAYOT SARI EDUCATION" MCHJ o‘rtasida imzolangan MEMORANDUMga asosan, 2024-yil 3-iyun kuni Gurlan tumani umumta'lim maktablari 11-sinf bitiruvchilari o‘rtasida fan olimpiadasi o‘tkazildi. Olimpiada topshiriqlari 2 blokdan iborat: 1) Rus tili fanidan; 2) Bitiruvchi hujjat topshirishni rejalashtirgan OTM yo‘nalishi bo‘yicha aniq, tabiiy, ijtimoiy fanlardan birisi bo‘yicha topshiriqlar berildi. Olimpiada jarayonidan foto lavhalar.
Mostrar todo...
👍 1
2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasining eng muhim ustuvorliklari ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan, salmoqli yutuqlarga erishib kelayotgan pedagoglar, olimlar va talaba-yoshlarimizning samarali ilmiy faoliyatini munosib rag’batlantirish maqsadida, MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO'STLIGI (MDH) miqyosida tashkil qilingan "YOSH TADQIQOTCHI" xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik-tanlovida Xorazm viloyati Gurlan tumani 5-maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari M. Bekmuratova, biologiya fani o'qituvchisi F. Atajanova, boshlang'ich sinf o'qituvchisi Sh. Matyakubova va 10-maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari M. Xo'jasheva, informatika fani o'qituvchilari R. Isakbayev, S. Yo'ldashevlar g'olib deb topilib, maxsus guvohnoma, sertifikat, medal va esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.
Mostrar todo...
03:08
Video unavailableShow in Telegram
25-may - "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirini namunali tarzda o‘tkazish bo‘yicha murojaat ——— 25 май - "Сўнгги қўнғироқ" тадбирини намунали тарзда ўтказиш бўйича мурожаат 👉🏻 Xorazm viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Mostrar todo...
IMG_0221.MP436.49 MB
Repost from Ta'lim nazorati
01:00
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Yangi ishga kirgan o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash imtihonlari 21-22-may kunlari o‘tkaziladi 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi haqida xabar bergan edik. Joriy yilning 21-22-may kunlari ilk marotaba o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash imtihonlari o‘tkaziladi. Nazorat sinovi 50 ta topshiriqdan iborat boʻladi, har bir toʻgʻri bajarilgan topshiriq 2 ball bilan baholanib, nazorat sinovi uchun jami 100 ball beriladi. Sinovi natijasi boʻyicha 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi. 🗓 Birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi oʻquv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi. 💵 Qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan BHMning bir baravari miqdorida toʻlov toʻlanadi. ❗️Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball toʻplay olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi. 👉 Ma’muriy reglament 👉 Kasbiy sertifikatlash boʻyicha asosiy maʼlumotlar 👉 Sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
IMG_9606.MP43.13 MB
#Олимпиада #Математика #Физика #Информатика
Бугун Гурлан туманидаги 3-сон умумтаълим мактабида, Муҳаммад Ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот техналогиялари университети Урганч филиали томонидан тумандаги мактабларнинг 11-синф ӯқувчилари учун математика, физика ва информатика фанлари бӯйича "Ал-Хоразмий-2024" олимпиада танлови ӯтказилмоқда.
Маълумот учун ушбу олимпиада ӯқувчиларнинг истеъдодларини рӯёбга чиқариш учун кенг имкониятлар яратиш ҳамда олий таълимга йӯналтириш мақсадида Ҳазорасп туман ММТБ ҳамда ТАТУ ҳамкорлигида ташкил қилинмоқда.
☝️«Ал-Хоразмий-2024» танлови 2 босқичда ташкил қилиниб, 1-босқич туман ва шаҳарларда ҳамда 2-босқич Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети Урганч филиалида ўтказилади.
@GurlanMMTB - Гурлан тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлими матбуот хизмати
Mostrar todo...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli kuzatuvchilar! Eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza berish (hujjat topshirish) muddati 1-may kuni yakunlanadi. Avval xabar berganimizdek , turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan, ya’ni maktabni tamomlamagan fuqarolar eksternat tartibida yakuniy attestatsiyalarni topshirish uchun ariza berish muddati my.gov.uz portali orqali 1-mayga (shu kuni ham) qadar davom etadi. Shu kunga qadar eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun 6384 nafar fuqaro ariza topshirgan. __________ Уважаемые соотечественники! Срок подачи заявок (документов) для сдачи экзаменов в порядке экстерната заканчивается 1 мая. Как сообщалось ранее, гражданам, не получившим своевременно общее среднее образование по разным причинам, предоставлена возможность подачи заявок через портал my.gov.uz до 1 мая (включительно). На сегодняшний день для участия на экзаменах в порядке экстерната приняты заявки от 6384 граждан. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
Repost from Brilliant LC
Photo unavailableShow in Telegram
📢🔈🎤Assalomu alaykum!!! BRILLIANT O'QUV MARKAZI da YANGI guruhlarga qabul START oldi. 💬💬💬 Qabul 2- sinfdan 10-sinfgacha 🔊 Shoshiling 💃🏃‍♂‍➡️ guruhlarda joylar soni cheklangan! ⚡️⚡️Kurslarimiz afzalliklari:⚡️⚡️ 🌟 Raqobatga asoslangan o'qish 🌟 Turli davlat olimpiadalari va musoboqalariga tayyorgarlik 🌟 Xalqaro olimpiadalarga qatnashish imkoniyati 🌟Haftalik, oylik o'zaro musoboqalar va rag'batlar 🏆 O'quvchilarimizning erishgan natijalarini ko'rish uchun ✅ Ishonch hosil qilish uchun shu yozuvlar ustiga bosing😉😉😉 👉Qabul 15-apreldan 19-aprelgacha👈 Mo'ljal 1.Sharif ota Choyxonasi Mo'ljal 2. 32 Maktab binosi Admin: @XalilbekBr Tell: +998993480527 Online ro'yxatdan o'tish Telegram Kanalga a'zo bo'ling
Mostrar todo...
👍 2👏 1
Repost from Hilola Umarova
Aziz pedagoglar! Attestatsiya jarayonlariga ham juda oz fursat qoldi. Mazkur jarayonlar sizning bilim va malakangizni sinovdan o‘tkazadi hamda yangi bilimlarni egallashingizga turtki bo‘ladi, deb ishonaman. Qadrli ustozlar! O‘ylaymanki, malaka sinovlarining adolatli va shaffof o‘tkazilishida har biringiz shaxsiy namuna ko‘rsatasiz. Siz, albatta, bilim va kasbiy tajribangiz bilan ushbu malaka sinovlaridan yorug‘ yuz bilan o‘ta olasiz. Men bunga ishonaman! Jarayonlarda barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin! P.S. Kimningdir yolg‘on va’dalariga ishonib, kasbiy obro‘yingizga xavf tug‘dirmang. Sizning obro‘yingiz bu butun tizimning yuzidir!
Mostrar todo...
Gurlan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan informatika olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi. Ular bilan tanishing 5-sinf 🥇 Zargarov Temurbek 45-maktab 1-o‘rin 🥈 Komiljonov Abdullaziz Jasur oʻgʻli 26-maktab 2-o‘rin 🥉 Uralboyev Ruslan Rustam oʻgʻli 42-maktab 3-o‘rin 6-sinf 🥇Davletov Rasul Rustam oʻgʻli 6-maktab 1-o‘rin 🥈 Bayimmatov Kamronbek Hamdambek oʻgʻli 6-maktab 2-o‘rin 🥉 Abdullayev Dilmurodjon Umidjon o‘g‘li 6-maktab 3-o‘rin 7-sinf 🥇 Dushamova Dinora 5-maktab 1-o‘rin 🥈 Yusufboyev Salimbek Abdukarim oʻgʻli 8-maktab 2-o‘rin 🥉 Matyakubov Umarjon Ilxom oʻgʻli 8-maktab 3-o‘rin 8-sinf 🥇 Jumamuratova Shakira Oybek qizi 41-maktab 1-o‘rin 🥈 Jumaboyeva Charos Qudrat qizi 41-maktab 2-o‘rin 🥉 Yoʻldasheva Roʻza 18-maktab 3-o‘rin Barcha g‘olib o‘quvchilarni tabriklaymiz.
Mostrar todo...
👍 7
Photo unavailableShow in Telegram
📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi ✅ Avval xabar qilinganidek, maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari 2024-yil 15-apreldan boshlab attestatsiyadan o‘tkaziladi. ❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mazkur malaka toifa sinovlari o‘tkazilish vaqti belgilandi. Unga ko‘ra: ➖Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 kun);Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun);O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 23-25-aprel kunlari (3 kun);Matematika fanidan — 26-29-aprel kunlari (3 kun);Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel — 1-may kunlari (2 kun);Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun);Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo’nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o’g’il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun);Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun);Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun);Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun);Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun);Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18 may kunlari (1 kun);Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21 may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi. 👉 Ma’lumot uchun: malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari quyida keltirib o‘tilgan.
Mostrar todo...
👍 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.