cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Bo‘stonliq tumani hokimligi

Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali. Facebook: facebook.com/bustonliqpress Instagram: instagram.com/axborot_xizmati Veb-site: https://bostonliq.uz/ Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
4 747
Suscriptores
+624 horas
+257 días
+2230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#Boʻstonliq_tumani #yosh_gvardiyachilar Bo‘stonliq tumanidagi maktablarda "Yosh gvardiyachilar" sinflari ochilmoqda 🔹O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan yurt osoyishtaligini ta’minlash va o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk inson qilib kamolga yetkazish yo‘lida olib borayotgan chora-tadbirlar qatorida maktablarda harbiy vatanparvarlikka asoslangan Milliy gvardiya sinflari tashkil etilishi alohida diqqatga sazovor ishlardan biridir.  🔹Bugun tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Yosh gvardiyachilar" sinfi tashkil etildi va bu orqali egniga harbiy libos kiyishni orzu qilayotgan, vatanga sodiq farzand bo‘lib, uni himoya qilishga hozirdan shay turgan o‘g‘il-qizlarimiz uchun mustahkam poydevor yaratildi. 🔹Yangi sinf ochilishi munosabati bilan tashkillangan tadbirda Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi, tuman Qo‘riqlash bo‘limi, tuman hokimligi, maktab ma’muriyati, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 🔹Shuningdek, tadbir doirasida o‘quvchilarda harbiylarga havas, Vatanga sadoqat, milliy an’ana va qadriyatlarga hurmat va faxr tuyg‘ularini oshirish maqsadida turli ko‘rgazmali chiqishlar, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, she’r, qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati ➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...

00:50
Video unavailableShow in Telegram
#Boʻstonliq_tumani #profilaktika ⚡️Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari muhokama qilindi. 🔹Kuni kecha bo‘lib o‘tgan targ‘ibot kuni doirasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari tahlil qilinganda tumanning "Barraj" mahalla fuqarolar yig‘inida yil boshidan 4 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Shu sababli sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalari ushbu mahallada muhokama qilindi. 🔹Shuningdek, ularga sabab bo‘lgan omillar, yo‘l harakati xavfsizligi tizimi bo‘yicha aholini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati ➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...
#Boʻstonliq_tumani 🔹Chirchiq shahar harbiy prokuraturasi, tuman Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasi, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga sodiqlik, Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida 12-sonli umumta’lim maktabida “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” mavzusida ma’naviy va ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. 🔹Tadbir davomida qurol-aslahalar, yong‘in-qutqaruv texnikalari va asbob-anjomlari ko‘rgazmasi hamda harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarliklari namoyish etildi. Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati ➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...
Archivo de publicaciones