cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Bo‘stonliq tumani hokimligi

Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali. Facebook: facebook.com/bustonliqpress Instagram: instagram.com/axborot_xizmati Veb-site: https://bostonliq.uz/ Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
4 707
Suscriptores
-324 horas
-217 días
-2430 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
🗣Tadbirkorlar va ishbilarmonlar DIQQATIGA!!! E-auksion.uz savdo platformasida Toshkent viloyati hududidan 3300 dan ortiq bo'lgan Ko'chma savdo joylarini sotib oling! 🔹Angren shaharida 602 ta (Ko'rish) 🔹Bekobod shaharida 246 ta (Ko'rish) 🔹Nurafshon shahrida 522 ta (Ko'rish) 🔹Olmaliq shahrida 232 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron shahrida 302 ta (Ko'rish) 🔹Chirchiq shahrida 21 ta (Ko'rish) 🔹Yangiyo'l shahrida 156 ta (Ko'rish) 🔹Bekobod tumanida 135 ta (Ko'rish) 🔹Bo'ka tumanida 79 ta (Ko'rish) 🔹Bo'stonliq tumanida 34 ta (Ko'rish) 🔹Zangiota tumanida 8 ta (Ko'rish) 🔹Qibray tumanida 6 ta (Ko'rish) 🔹Quyi Chirchiq tumanida 190 ta (Ko'rish) 🔹Oqqo'rg'on tumanida 137 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron tumanida 139 ta (Ko'rish) 🔹Parkent tumanida 63 ta (Ko'rish) 🔹Piskent tumanida 135 ta (Ko'rish) 🔹Toshkent tumanida 4 ta (Ko'rish) 🔹O'rtachirchiq tumanida 112 ta (Ko'rish) 🔹Chinoz tumanida 197 ta (Ko'rish) 🔹Yuqorichirchiq tumanida 43 ta (Ko'rish) 🔹Yangiyo'l tumanda 16 ta (Ko'rish) 👇Xabardor bo'lish uchun👇 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Mostrar todo...
01:18
Video unavailableShow in Telegram
#Жараён Бўстонлиқ ёшлари "Яшил чироқ" мусобақаси ғолиби бўлди 🟢Паркентда бўлиб ўтган мусобақанинг вилоят босқичида 22 та жамоа қатнашиб, 2-ўрин Ангрен шаҳри, 3-ўрин эса Чирчиқ шаҳри ёшларига насиб этди. Yoshlar kundaligi
Mostrar todo...
9.16 MB
#Boʻstonliq_tumani #obodonlashtirish 🔹Avval xabar berganimizdek, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘li yoqalarida yovvoyi o‘t va chiqindilardan tozalash jarayonlari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarini sug‘orish va parvarishlash ishlari olib borilmoqda. 🔹Avtomobil yo‘lining belgilanmagan joylarida noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari, sanitariya talablariga zid holatda qurilgan tandirlar, savdo rastalari ishchi guruh tomonidan o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. 🔹Bugun tuman hokimi J.Axmedov mazkur jarayonlarni ko‘zdan kechirib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi. O‘zboshimchalik bilan yo‘l yoqalariga o‘rnatib olingan savdo rastalari inson salomatligi va hayotining xavfsizligiga ta’sir qiluvchi omillarga sabab bo‘lishi, ya’ni avtoavariya holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi yuzasidan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati ➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...
02:30
Video unavailableShow in Telegram
#Boʻstonliq_tumani #pilla_2024 🔹Joriy yilgi mavsumda Bo‘stonliq tumanidagi 266 nafar fermer va 487 nafar kasanachilarga 1880 quti ipak qurti yetkazib berilgan edi. Bugunga kelib, pillakorlarimizning ishlari avj pallasiga yetdi. Mirishkor fermer va kasanachilarimiz yig‘ilgan tayyor pilla hosilini “Movarounnahr Silk Road” MCHJ qabul punktiga topshirishni boshladilar. 🔹Bugun tuman hokimi J.Axmedov tumanda yetishtirilgan pillani yig‘ib-terib olish hamda tuman xirmoniga topshirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati ➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...
VID_20240608_141743.mp429.50 MB
#Boʻstonliq_tumani #Sayyor_qabul 🔹Kuni kecha Toshkent viloyati prokurori S.Eshquvvatov boshchiligida “Xo‘jakent” MFY hududida joylashgan “Xo‘jakent” pansionatida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. 🔹Qabulda tuman hokimi J.Axmedov boshchiligida sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi hamda korxona va tashkilot mutasaddilari qatnashdi. 🔹Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda 31 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdilar. Qabulda fuqarolarning sog‘liqni saqlash, kredit va subsidiya ajratish, tergov-surishtiruv harakatlari, kommunal xizmati sohasidagi kamchiliklar va boshqa masalalarga oid murojaatlar tinglandi. 🔹Bir qator murojaatlar joyida yechimini topdi. Shuningdek, ayrimlari yuzasidan qonuniy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha vaqt va mablag‘ talab etilgan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#Hokimlik_hujjatlari Toshkent viloyati hokimi iyun oyida pul ajratish bilan bogʻliq qator farmoyishlarni imzoladi: ➖viloyat hududidagi profilaktik inspektorlar xizmat uylarini taʼmirlash uchun 3 mlrd, 199 mln. soʻm; ➖Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosini qurish uchun 2 mlrd.soʻm; ➖Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimining faoliyatini samarali tashkil etish, saqlash va moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun 213 mln soʻm; ➖viloyat markazlariga oʻrnatilgan kuzatuv kameralari orqali taqdim etilgan internet xizmatlari uchun 157,8 mln. soʻm; ➖Piskent tumani tibbiyot birlashmasi xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlarini 15 turdagi tibbiy jihozlar bilan taʼminlash xarajatlari uchun 1 mlrd. 372,5 mln. soʻm;Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Mostrar todo...
00:52
Video unavailableShow in Telegram
Suv havzalarida cho‘milishda ehtiyot bo‘ling❗️ Taqiqlangan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli❗️ Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...
video_2024-05-29_12-22-47.mp44.41 MB
#Boʻstonliq_tumani #obodonlashtirish 🔹Shu kunlarda Bo‘stonliq tumani 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘li yoqalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 🔹Xususan, yo‘l yoqalari yovvoyi o‘t-o‘lan va chiqindilardan tozalanib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt  ko‘chatlarini sug‘orish va parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda. 🔹Avtomobil yo‘lining belgilanmagan joylarida noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari, sanitariya talablariga zid holatda qurilgan tandirlar, savdo rastalari ishchi guruh tomonidan o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati ➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...