cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Urganch tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

Urganch tumani MMTBda ro`y berayotgan voqealar, yangiliklar, tadbirlar, loyihalar, seminar va uchrashuvlar hamda ta`lim sohasidagi asosiy hujjatlar haqida kanal Sizni qiziqtirgan, qiynayotgan savollar bo'lsa @urganchtxtbbot savol yo'llang!

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
760
Suscriptores
+424 horas
Sin datos7 días
+3530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Urganch tumanidagi 45-sonli maktab-internatning 3 nafar 11-sinf o‘quvchilari "UrDU" olimpiadasining barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib yuqori o‘rinlarni egallashdi. G'oliblar bilan tanishing: 🧪Kimyo fanidan: 1-o'rin - Ashirov Javohir To'lqin o'g'li; 🔬Biologiya fanidan: 2-o'rin - Abdullayev Rajabboy O'tkirbek o'g'li; 3-o'rin - Rahimberganova Shahzoda Ulug'bek qizi; Ma'lumot uchun: Fizika, kimyo, biologiya fanlari bo‘yicha 1-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilish va toʻrt yili ham toʻlab berilishi hamda informatika va axborot texnologiyalari fanidan 1-3-oʻrinlarni egallagan sovrindor o‘quvchilarni esa birinchi o‘quv yili uchun to‘lov oliy ta’lim muassasalarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilish vazifasi belgilangan. @urganchedu
Mostrar todo...
👍 4
Repost from Ta'lim nazorati
Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi Qur’a natijalari bo‘yicha bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tishlari uchun mashqlar va normativlar belgilandi. Qiz bolalar: 8-bilet 1. Yengil atletika. Yugurib kelib kichik (150 gr) tennis to'pini uzoqlikka uloqtirish. Me'yor: (metr) 28 – 23 – 18 – 13 2. Gimnastika. Arg'amchida 1 daqiqa davomida sakrash. Me'yor: (marta) 120 — 100 — 90 — 80 3. Basketbol. Basketbol savatiga belgilangan jarima to'pini 8 imkoniyatdan tashlash. Me'yor: (marta) 4 —3 —2 — 1 — — — — — — O‘g‘il bolalar 10-bilet 1. Yengil atletika. 2000 metr masofaga vaqt hisobga olingan holatda yugurish. Me'yor: (daqiqa) 9,30 – 10,00 – 11,00 – 12,00 2. Gimnastika. Baland turnikda tortilish (bajarish texnikasiga e'tibor berish). Me'yor: (marta) 10 – 8 – 6 – 4 3. Futbol: Futbol to'pini "aut"dan o'yinga kiritish (bajarish texnikasiga e'tibor berish). Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
11-sinf o‘quvchisiga bir emas ikkita xorijiy davlatdan BI yo‘nalishida masofadan ishlash taklifi kelib tushdi Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 7-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Farrux Madraximovga bir yo‘la ikkita xorijiy davlat Tunis va Germaniyadan yuqori maoshli ish taklifi kelib tushdi. Bugun Farrux bilan uning muvaffaqiyatga erishish yo‘li, ish taklifi qayerdan va qay tarzda berilgani, yiqilgan suhbatlari hamda rejalari xususida suhbatlashdik. Suhbat nafaqat uning tengdoshlari balki IT sohasida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan barcha uchun foydadan holi bo‘lmaydi degan umiddamiz.
“IT sohasida ishlashni hech qachon hayolimga keltirmaganman, ota-onam ham bunga qarshi bo‘lishgan…”
Mostrar todo...
UrDU olimpiadasi universitet bosqichi yakunlandi. G'oliblar bilan tanishing: 🔭Fizika fani: 1-o'rin - Yangibozor tumani IM bitiruvchisi Erkinov Dilshodbek Zufar o'g'li; 2-o'rin - Bog'ot tumani IM bitiruvchisi To'xtaboyev Temurbek Ravshanbek o'g'li; 3-o'rin - Bog'ot tumani 92-IDUMI bitiruvchisi Qodirov Sultonmurod Umrbek o'g'li; 🧪Kimyo fani: 1-o'rin - Urganch tumani 45-IDUMI bitiruvchisi Ashirov Javohir To'lqin o'g'li; 2-o'rin - Bog'ot tumani 41-maktab bitiruvchisi Tojiboyev Diyorbek Azamat o'g'li; 3-o'rin - Gurlan tumani 29-maktab bitiruvchisi Sharifboyeva Laylo Anvarbek qizi; 🔬Biologiya fani: 1-o'rin - Gurlan tumani 9-maktab bitiruvchisi Hallilayeva Salomat Inomjon qizi; 2-o'rin - Urganch tumani 45-IDUMI bitiruvchisi Abdullayev Rajabboy O'tkirbek o'g'li; 3-o'rin - Urganch tumani 45-IDUMI bitiruvchisi Rahimberganova Shahzoda Ulug'bek qizi; ⌨️Informatika fani: 1-o'rin - Bog'ot tumani IM bitiruvchisi Ibodullayev Tohirjon Kamol oʻgʻli; 2-o'rin - Urganch shahar 28-maktab bitiruvchisi Nuraddinov Sirojiddin Ruslan o'g'li; 3-o'rin -Yangiariq tumani IM bitiruvchisi Bobojonov Asadbek Jamol o'g'li; Ma'lumot uchun: Fizika, kimyo, biologiya fanlari bo‘yicha 1-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilish va toʻrt yili ham toʻlab berilishi hamda informatika va axborot texnologiyalari fanidan 1-3-oʻrinlarni egallagan sovrindor o‘quvchilarni esa birinchi o‘quv yili uchun to‘lov oliy ta’lim muassasalarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilish vazifasi belgilangan.
Mostrar todo...
Urganch tumanidagi 14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabimizda el suygan shoir,oʻzbekning erka shoiri deya taʼriflangan ,sheʼrlari hali hayotligidayoq qoʻshiqqa aylanib ulgurgan sevimli shoirlarimizdan biri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan "Soʻnmas yulduz "nomli adabiy -badiiy tadbir oʻtkazildi.Ushbu tadbir Muhammad Yusuf tavalludiga bagʻishlandi.Tadbirda maktabimizning 9- sinf oʻquvchilari faol qatnashdilar . Adabiy -badiiy kechamizni MMIBDOʻ B.Nurullayev ochib berdi .Tadbirda shoir hayot yoʻliga yana bir bor nazar tashlandi ,hayoti va ijodiga doir maʼlumotlar keltirib oʻtildi .Muhammad Yusuf qalamiga mansub sheʼrlardan namunalar aytishdi.Shoir dostonlaridan ifodali oʻqishdi . Tadbir ishtirokchilari shoirning qoʻshiqqa aylangan sheʼrlariga chiroyli raqslar ijro qilishdi.Ayniqsa, 9 -sinf oʻquvchisi Baxtiyarova Dilnura ijrosidagi " Zaynab nolasi" qoʻshigʻi yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu tadbir koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi @urganchedu
Mostrar todo...
👍 1
11-sinf o‘quvchisiga bir emas ikkita xorijiy davlatdan BI yo‘nalishida masofadan ishlash taklifi kelib tushdi Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 7-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Farrux Madraximovga bir yo‘la ikkita xorijiy davlat Tunis va Germaniyadan yuqori maoshli ish taklifi kelib tushdi. Bugun Farrux bilan uning muvaffaqiyatga erishish yo‘li, ish taklifi qayerdan va qay tarzda berilgani, yiqilgan suhbatlari hamda rejalari xususida suhbatlashdik. Suhbat nafaqat uning tengdoshlari balki IT sohasida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan barcha uchun foydadan holi bo‘lmaydi degan umiddamiz.
“IT sohasida ishlashni hech qachon hayolimga keltirmaganman, ota-onam ham bunga qarshi bo‘lishgan…”
Mostrar todo...
3
URGANCH TUMAN "BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABI TO'GARAGI RAHBARI XALQARO EKSPERTLAR KO'MAGIDA MALAKASINI OSHIRDI Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda "Robototexnika va konstruktorlik" yo'nalishidagi toʻgarak rahbarlarining malakasi oshirildi. Mazkur malaka oshirish mashgʻulotlarida Urganch tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Kompyuter dizayn va grafikasi" to'garak rahbari Jasur Davletov ham ishtirok etdi va mashgʻulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagani uchun “Ilk qaldirgʻochlar” safidan o'rin olib maxsus sertifikatga ega boʻldi. Malaka oshirish mashgʻulotlari davomida IT yo'nalishi bo'yicha darslar bilan birgalikda pedagogik dasturiy ta'minot ta'limi chuqurlashtirib o'rgatildi. Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Mostrar todo...
👍 1
#jarayon ❇️XORAZMDA VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASI UCHUN O‘TKAZILAYOTGAN TANLOVNING IKKINCHI BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA 🔹Bugun, 26-aprel kuni Urganch tumanidagi 29-son maktabda vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkazilayotgan tanlovning ikkinchi bosqichiga start berildi. 🔹Unda dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 57 nafar da’vogar pedagoglar ishtirok etmoqda. 🔹Ikkinchi bosqichda nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkazilib, natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Mostrar todo...
👍 1
Бугун тумандаги 29-сонли мактабда Урганч туманидаги 45-сонли ИДУМИ олий тоифали биология фани ўқитувчиси Абдуллаева Гулноза Вазир жамғармаси ҳисобидан ҳар ойлик устама тўланадиган номзодларнинг 2-босқич касбий маҳоратини баҳолаш жараёни @urganchedu
Mostrar todo...
👍 6