cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali 📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press ☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70 🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov kõchasi, 29 uy 📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
6 348
Suscriptores
+1424 horas
+5627 días
+1 06030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
⭕️⭕️⭕️⭕️ ⏰ "Bolalar Ombudsmani sovrini" uchun musobaqaning sinflar kesimida o‘tkazilish vaqtlari bilan tanishing. 🗓 22-may, chorshanba. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! 👏👏 @tashkent_imo
Mostrar todo...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
“E'TIROF" Jizzax viloyatida 16-18-may kunlari o'tkazilayotgan “Central Asia – 2024: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII -Xalqaro Konferensiyasi davomida bir qator fidoyi kutubxonachilarga "AXBOROT - KUTUBXONA A'LOCHISI" ko'krak nishoni topshirildi. Xususan, Xorazm viloyat bolalar kutubxonasi direktor o'rinbosari Saurova Galiya Usmanovna ham mazkur mukofot bilan taqdirlandi. Mukofotni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA agentligi direktori Asadjon Azatbekovich Xodjayev topshirdi.
Mostrar todo...
👍 2
Ertangi olimpiada uchun jami 1063 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi!
📆 Ertaga 17-may kuni soat 9:00 da Yangibozor tumanida matematika (5-6 va 7-8 sinf) va biologiya (7-8 sinf) fanlaridan "Viloyat hokimi olimpiadasi" ning 3-turi o‘tkaziladi! 🔄 Kutilganidan 4 marta ko‘p (!) o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tganligi sababli olimpiada manzili Yangibozor tuman 1-maktabga ko‘chirildi. 📍 Lokatsiya: ➡️ MAKTAB JOYLASHUVI ❗️ BU MUHIM: Barcha o‘quvchilari o‘z titul raqamlarini bilib olishlari shart. Ertaga javoblar varaqasiga yozishlari kerak. ❗️ESLATMA: Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kech qolgan o‘quvchilar olimpiadaga qat'iyan kiritilmaydi va natijalari hisobga olinmaydi!Matematika fanidan (5-6-sinf va 7-8-sinf) qatnashuvchilar uchun soat 9:00 da; 🦠 Biologiya fanidan (7-8 sinf) qatnashuvchilar uchun soat 10:00 da boshlanadi!
Mostrar todo...
👍 1
Ulugʻ ijodkorga munosib yodgorlik Toshkent shahrida milliy estrada sanʼati asoschisi, Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, sanʼat muxlislarini qizgʻin tabrikladi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Mostrar todo...
👍 5🥰 1
O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish hamda ularning tikuvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini inobatga olib Urganch shahridagi 19-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga Germaniya davlatining Gyote instituti bilan hamkolikdagi “Maktablar: kelajak hamkorlari” loyihasi doirasida tikuv mashinalari yetkazib berilgan edi. Mazkur tadbirni amalga oshirishda Germaniya davlatining GIZ Xalqaro hamkorlik jamiyatiga murojaat qilinib, texnologiya fanidan to‘garak mashg‘ulotlari uchun yangi rusumdagi tikuv mashinalarni buyurtma qilindi va 9 ta yangi tikuv mashinalari yetkazib berildi. Kecha 15-may kuni maktabga keltirilgan tikuv mashinalarini o‘rnatilishi va undan foydalanish tartibini monitoring qilish uchun Germaniya davlatining GIZ Xalqaro hamkorlik jamiyati vakillari Nataliya Grekova va Komila Xodjayevalar tashrif buyurishdi va jarayonlar bilan tanishdilar. Hamkorlik doirasida joriy yil 22 may kuni maktabning 2 nafar texnologiya fani o‘qituvchisi Germaniya davlatining GIZ Xalqaro hamkorlik jamiyati tomonidan Toshkent shahrida tashkil qilinayotgan seminarda ishtirok qilishi rejalashtirildi. Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur samarali hamkorlik uchun tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Mostrar todo...
👍 4
“MAKTABLAR: KELAJAK HAMKORLARI” LOYIHASI DOIRASIDA YETKAZIB BERILGAN TIKUV MASHINALARIDAN O‘QUVCHILAR SAMARALI FOYDALANMOQDA
Mostrar todo...
👍 1
Yangiariq ixtisoslashtirilgan maktabining 6-sinf o'quvchisi Hakimboy Bayjanov ingliz tili fanidan chet tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha test sinovlarida ishtirok etib, B2 darajali sertifikatni qo'lga kiritdi.
Mostrar todo...
👍 7
Xabaringiz bor, fuqarolar hamda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining tizimga doir murojaat, taklif va shikoyatlarini qabul qilish hamda joyida o‘rganib, bartaraf etish bo‘yicha joylarda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari tashkil etilmoqda. Kecha, 15-aprel kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor Bog‘ot tumanidagi 3-son ixtisoslashtirilgan maktabida bo'lib o'tdi. Jonli va ochiq muloqot shaklida o'tgan sayyor qabulda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari hamda fuqarolarning maktablarda ta’mirlash ishlariga bo‘lgan talab, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ta’lim muassasalariga ishga joylashish va boshqa yo‘nalishlardagi o‘ndan ortiq murojaat va takliflari qabul qilindi. Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi va ayrim murojaatlarni hal etish uchun aniq muddat va zarur choralar belgilab olindi. Quvonarlisi, Bog‘ot tumani 11-son maktabning sobiq bitiruvchisi To‘xtavoy Eshnazarov o‘zi o‘qigan maktabga homiylik asosi sport zal qurish tashabbusi bilan chiqqani barchani birdek quvontirdi.
Mostrar todo...
BOG‘OT TUMANIDA O‘TKAZILGAN SAYYOR QABULDA MAKTABGA HOMIYLIK ASOSIDA SPORT ZAL QURISH TAKLIFI BILDIRILDI
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#Jonli_efir 🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2023/2024-o‘quv yilida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot boshlandi. ❗️Unda vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berilmoqda. 👉Muloqotni jonli efirda kuzating. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
👍 2