TKTI Yangiyer filiali | Rasmiy kanal
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali rasmiy sahifasi • https://ticty.uz • facebook.com/tktiyangiyer • instagram.com/tkti_yangiyer • youtube.com/@tkti_yangiyer • twitter.com/tkti_yangiyer Bog'lanish uchun: +998955115856
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram TKTI Yangiyer filiali | Rasmiy kanal
El canal TKTI Yangiyer filiali | Rasmiy kanal (@tkti_yangiyerf) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 10 583 suscriptores, ocupando la posición 18 634 en la categoría Educación y el puesto 7 513 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 10 583 suscriptores.
Según los últimos datos del 13 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -447, y en las últimas 24 horas de -148, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 13.31%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 8.15% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 1 412 visualizaciones. En el primer día suele acumular 865 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 12.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali rasmiy sahifasi
• https://ticty.uz
• facebook.com/tktiyangiyer
• instagram.com/tkti_yangiyer
• youtube.com/@tkti_yangiyer
• twitter.com/tkti_yangiyer
Bog'lanish uchun: +998955115856”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 14 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Future 100” xalqaro stajirovka dasturi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali dotsenti Islom Turdiqulov AQSHning Silikon vodiysida malaka oshirmoqda. Dastur doirasida ishtirokchilar innovatsiyalar, startap ekotizimi, texnologiyalar transferi hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish yo‘nalishlarida amaliy bilim va tajriba orttirmoqda. Stajirovkaning ilk kunida Silkroad Innovation Hub tomonidan tanishuv va yo‘naltiruv sessiyasi tashkil etildi. Shuningdek, Stenford universiteti professori Georgiy Blank ishtirokida “Digital Innovation” mavzusida amaliy workshop o‘tkazildi. Mazkur xalqaro dasturda yosh olimimizning ishtiroki filialimiz ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda zamonaviy innovatsion tajribalarni ta'lim jarayoniga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X
❗️Talaba aylanma varaqasini belgilangan tartibda to‘liq rasmiylashtirgan bitiruvchilargina diplomlarini qabul qilib olishlari mumkin.TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X
Mazkur ma'rifiy tashrif professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini yuksaltirish, ularning ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashini boyitish hamda Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Tashrif davomida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasi markazida namoyish etilgan noyob eksponatlar, qadimiy qo‘lyozmalar va zamonaviy ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishib, buyuk ajdodlarimizning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo‘ldilar. Bunday ma'rifiy tadbirlar professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini yuksaltirish, ajdodlarimizning boy ilmiy va madaniy merosini keng targ‘ib etish hamda milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X
Joriy yilning 13-iyul kuni "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ma'rifiy tashrif tashkil etildi. Tashrifda 35 nafar xodim faol ishtirok etdi. Tashrif davomida ishtirokchilar O‘zbekiston hududida shakllangan boy ma'naviy va ilmiy meros, islom sivilizatsiyasining jahon ilm-fani, ta'lim va madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, shuningdek, buyuk allomalarimizning hayoti, ilmiy faoliyati hamda bebaho qo‘lyozmalar va tarixiy manbalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Markazdagi zamonaviy ekspozitsiyalar, noyob eksponatlar va interaktiv ko‘rgazmalar orqali yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlarning ilmiy merosi hamda ularning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Mazkur ma'lumotlar ishtirokchilarda milliy tariximiz va ajdodlarimizning boy merosiga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida "Payshanba — Yoshlar kuni" hamda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim, kasbiy ko‘nikma va jismoniy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator tadbirlar o'tkazildi. Jumladan, Yangiyer futbol akademiyasi maydonida futbol mashg‘ulotlari tashkil etildi. Shuningdek, institut hamda Texnopark hududida fan to‘garaklari, shaxmat mashg‘ulotlari, robototexnika bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, litiy-ion batareyalar texnologiyasi va ichimlik suvi ishlab chiqarish jarayonlari bo‘yicha amaliy tanishtiruvlar hamda laboratoriya mashg‘ulotlari o'tkazildi. Mazkur tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va sportga keng jalb etish, amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X
📌 Nomzodlarning ilmiy faoliyati Scopus va Web of Science bazalaridagi maqolalar, patentlar, startap va innovatsion loyihalar, OAK jurnallaridagi maqolalar hamda boshqa ilmiy yutuqlar asosida 100 ballik mezon bo‘yicha baholanadi.📎 Tanlovning baholash mezonlari Murojaat uchun: @Muzaffarov_Sarvar TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda kimyo faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida "Yosh kimyogarlar" to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar zamonaviy kimyo fanining istiqbolli yo‘nalishlari, laboratoriya jihozlari bilan ishlash qoidalari hamda kimyoviy jarayonlarning amaliy jihatlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, turli laboratoriya tajribalari namoyish etilib, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi🧾 2026-2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin. 🆔🧾⏰ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 📕 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Raqamli texnologiyalar davrida eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri bo‘lgan "Sun’iy intellekt" hamda "Kompyuter injiniringi" ta’lim yo‘nalishlariga Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali abituriyentlarni taklif etadi. Ushbu yo‘nalishlarda tahsil olish orqali siz: 🔹 sun’iy intellekt va zamonaviy dasturlash texnologiyalarini o‘rganasiz; 🔹 kompyuter tizimlari va dasturiy ta’minotni yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz; 🔹 IT sohasida yuqori malakali mutaxassis sifatida faoliyat yuritish uchun mustahkam bilim va tajriba to‘playsiz. Bugun tanlagan yo‘nalishingiz ertangi muvaffaqiyatingiz poydevori bo‘ladi.TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
