en
Feedback
TKTI Yangiyer filiali | Rasmiy kanal

TKTI Yangiyer filiali | Rasmiy kanal

Open in Telegram

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali rasmiy telegram kanali • https://ticty.uzfacebook.com/tktiyangiyerinstagram.com/tkti_yangiyeryoutube.com/@tkti_yangiyertwitter.com/tkti_yangiyer Bog'lanish uchun: +998955115856

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel TKTI Yangiyer filiali | Rasmiy kanal

Channel TKTI Yangiyer filiali | Rasmiy kanal (@tkti_yangiyerf) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 10 455 subscribers, ranking 18 850 in the Education category and 7 453 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 10 455 subscribers.

According to the latest data from 06 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -18 over the last 30 days and by 3 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 14.82%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 8.91% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 1 541 views. Within the first day, a publication typically gains 926 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 13.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali rasmiy telegram kanali • https://ticty.uz • facebook.com/tktiyangiyer • instagram.com/tkti_yangiyer • youtube.com/@tkti_yangiyer • twitter.com/tkti_yangiyer Bog'lanish uchun: +998955115856

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 07 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

10 455
Subscribers
+324 hours
-137 days
-1830 days
Posts Archive
#Mustaqillik35 #YangiOquvYili #Birinchi_kurs_maktabi 🇺🇿 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida yangi 2026/2027-o‘quv yilining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Birinchi kurs maktabi” haftaligiga rasman start berildi. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘t
+6
#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘tmoqda
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida 2026–2027-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etilmoqda. Darslar davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, ta’lim tizimida yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ularning faol ishtiroki haqida atroflicha fikr yuritilmoqda. “Mustaqillik darslari” doirasida, ayniqsa, qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining hayoti, ilmiy-ma’rifiy faoliyati hamda millat taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona xizmatlariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mashg‘ulotlarda jadid bobolarimizning milliy uyg‘onish, ma’rifat, ozodlik va taraqqiyot yo‘lidagi ezgu g‘oyalari, shuningdek, qatag‘on siyosatining ayanchli oqibatlari haqida yoshlarga muhim ma’lumotlar berilmoqda. Suhbatlar jarayonida talabalarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat, ajdodlar merosiga munosib bo‘lish hamda yuksak fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish masalalariga alohida urg‘u berilmoqda.
TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘t
+6
#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘tmoqda
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi. Mazkur darslarda filial direktori Zafar Xakimov boshchiligida filial rahbariyati hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etdi. Tadbir davomida yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining tarixiy ahamiyati, mamlakatimizning bugungi taraqqiyot yo‘li, amalga oshirilayotgan islohotlar va yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalarning oliy ta’lim muassasasidagi ilk faoliyati, ta’lim jarayoniga moslashuvi, talaba sifatidagi huquq va majburiyatlari, filialning ichki tartib-qoidalari hamda ta’lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, giyohvandlik vositalariga qaramlikka yo‘l qo‘ymaslik, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Suhbatlar davomida yoshlarning fikr va mulohazalari tinglanib, ularni bilim olish, ilmiy izlanish va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratildi.
TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

#YangiOquvYili #Birinchi_kurs_maktabi #TKTIYF Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida ota-onalar kongressi o‘
+6
#YangiOquvYili #Birinchi_kurs_maktabi #TKTIYF Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida ota-onalar kongressi o‘tkazildi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida 1-bosqich talabalari ota-onalari ishtirokida ota-onalar kongressi o‘tkazildi. Unda filial direktori Zafar Xakimov, direktor maslahatchisi Shavkat Xanapiyayev, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘iyos Doniyorov, shuningdek, 1-bosqich talabalari ota-onalari ishtirok etdi. Kongress davomida ota-onalarga filialdagi ta’lim jarayoni, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifatini ta’minlash, talabalarning ijtimoiy hayoti hamda ularning filialdagi o‘quv jarayoniga moslashuvi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talaba, ota-ona va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlarning ta’lim-tarbiyasida ota-onalar ishtirokini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida ota-onalarning savol va takliflari tinglanib, tegishli masalalar yuzasidan fikr almashildi.
TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

#YangiOquvYili #Birinchi_kurs_maktabi #TKTIYF Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida yangi 2026/2027-o‘quv y
+9
#YangiOquvYili #Birinchi_kurs_maktabi #TKTIYF Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida yangi 2026/2027-o‘quv yili munosabati bilan tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi Tadbirdan fotolavhalar TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

#YangiOquvYili #Birinchi_kurs_maktabi #TKTIYF Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida yangi o‘quv yilining ta
+9
#YangiOquvYili #Birinchi_kurs_maktabi #TKTIYF Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 7-sentabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va yangi kelajak yaratamiz!” shiori ostida 2026–2027-o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 1-bosqich talabalari, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirni filial direktori Zafar Xakimov ochib berib, talabalarning yangi o‘quv yilidagi ilk qadamlarini qutladi. O‘z so‘zida u yoshlarni bilim olishga, izlanishga, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga hamda kelajakda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishga chaqirdi. Shuningdek, tantanali marosim davomida kirish test sinovlarida yuqori natijalarni qayd etgan talabalar munosib taqdirlandi.
TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

Markaziy bank maxsus stipendiyasiga tanlov eʼlon qilinadi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiyot, bank ishi, mol
Markaziy bank maxsus stipendiyasiga tanlov eʼlon qilinadi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiyot, bank ishi, moliya, yurisprudensiya va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qiladi.
Talabgorlar uchun asosiy talablari - Bakalavriat va magistraturaning soʻnggi bosqichi kunduzgi boʻlimi talabalari; - Soʻnggi oʻquv yili boʻyicha yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlganlar; - Davlat tilini mukammal, rus va ingliz tillarini kamida B2 darajasida biladiganlar talabalar ishtirok etishlari mumkin.
🔗 Batafsil maʼlumot va tanlovning toʻliq shartlari 📝 Ariza topshirishhttps://t.me/cbu_official_bot 🗓Hujjatlarni topshirish 11-sentabrga qadar davom etadi. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

Hurmatli kuzatuvchilar! Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalariga obuna b
Hurmatli kuzatuvchilar! Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalariga obuna bo‘ling va filial hayotiga oid yangiliklar, muhim voqealar hamda tadbirlardan birinchilardan bo‘lib boxabar bo‘ling! *️⃣Telegram *️⃣YouTube *️⃣Instagram *️⃣Facebook *️⃣TKTIYF yoshlari *️⃣Yoshlar ittifoqi *️⃣Registrator ofisi *️⃣Ma'naviyat kanali TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

#Shashlik_day Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda volontyor-talabalar ishtirokida “Shashlik Day” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar uchun ochiq havoda milliy an’analarimizga xos tarzda mazali kaboblar tayyorlandi. Professor-o‘qituvchilar va xodimlar jarayonda faol ishtirok etib, o‘zaro hamjihatlik, samimiy muloqot va do‘stona muhitni yanada mustahkamladilar. Mazkur tadbir jamoa a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda sog‘lom va ko‘tarinki muhitni shakllantirishga xizmat qildi.
TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

⏰ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida 2026/2027-o‘quv yili uchun dars va tanaffus vaqtlari TICTY.uz | Tel
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida 2026/2027-o‘quv yili uchun dars va tanaffus vaqtlari TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

🏛 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali yangi oʻquv yilining ochilish marosimiga taklif etadi! 📆 7-sentabr
🏛 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali yangi oʻquv yilining ochilish marosimiga taklif etadi! 📆 7-sentabr Soat 8:00 da 📍Manzil TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

#yutuq Xalqaro e’tirof: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro sta
#yutuq Xalqaro e’tirof: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro standart sertifikatiga ega bo'ldi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali xalqaro nufuzli QACS International tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan chuqur audit natijalariga ko‘ra, ISO 37001:2025 (“Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi”) xalqaro standarti muvofiqlik sertifikatiga sazovor bo‘ldi. Ushbu e’tirof filialda halollik, ochiqlik, shaffoflik va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat tamoyillarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlarning natijasidir. Mazkur yutuq filial jamoasining zamonaviy va mas’uliyatli boshqaruv tizimini shakllantirish, sog‘lom muhitni qaror toptirish hamda ta’lim jarayonida halollik va shaffoflikni ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlariga berilgan muhim xalqaro e’tirofdir.
TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i “Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi Sirdaryo viloyat
+6
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i “Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sardor Mirzaraimov Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida tashkil etilayotgan “Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida markazning asosiy maqsad va vazifalari, xususan, yoshlar va aholida kiberxavfsizlik gigiyenasini shakllantirish, ularni zamonaviy kiberxavflardan himoyalanishga o‘rgatish hamda raqamli muhitdan xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, markazda sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish, kiberjinoyatlarning oldini olish va aholining raqamli savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

Kredit-modul tizimi bo‘yicha seminar tashkil etildi Bugun, 4-sentabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filia
+9
Kredit-modul tizimi bo‘yicha seminar tashkil etildi
Bugun, 4-sentabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida professor-o‘qituvchilar uchun kredit-modul tizimi asosida o‘quv jarayonini tashkil etish va olib borish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Seminar davomida kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlardan foydalanish hamda professor-o‘qituvchilarning mazkur tizim doirasidagi vazifalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.
TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

#mandat #magistratura #qabul2026 ⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim
#mandat #magistratura #qabul2026 ⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

15 yillik ish stajiga ega tibbiyot xodimlarining farzandlariga kontrakt uchun subsidiya ajratiladi Davlat tibbiyot muassasala
15 yillik ish stajiga ega tibbiyot xodimlarining farzandlariga kontrakt uchun subsidiya ajratiladi
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari endilikda oliy ta’limdagi kontrakt to‘lovining bir qismini davlat hisobidan qoplatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi, biroq BHMning 15 baravaridan oshmaydigan qismi subsidiya sifatida ajratiladi.
❗️Qarorga asosan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bo‘lsa, ularning yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. 🖥Mazkur subsidiyadan foydalanishni istagan fuqarolar subsidiya.imv.uz platformasi orqali elektron ariza topshirishlari mumkin. TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

#SavolJavob 🎓Ta’lim krediti: talabalardan eng ko‘p berilgan savollarga javob Ta’lim krediti bo‘yicha ko‘p kelib tushayotgan savollarni bir joyga jamladik. 👇 ❓ Ta’lim krediti kimlarga beriladi? ❓ 1-kurs talabasi qancha miqdorda ta’lim krediti olishi mumkin? ❓ 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun kredit miqdori qancha? ❓ Ta’lim krediti qaysi ta’lim shakllariga beriladi? ❓ Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun ta’lim krediti olish mumkinmi? ❓ Qaysi ta’lim tashkilotlari talabalari ta’lim krediti olishi mumkin? 🎥 Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa, videoni albatta ko‘ring TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

Bilimlar kuni muborak! Bugun yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining
+9
Bilimlar kuni muborak!
Bugun yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi — Bilimlar kuni keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali rahbariyati vakillari Yangiyer shahridagi 9- va 10-sonli umumta’lim maktablariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida filialning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari Otabek Abdug‘aniyev hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘iyos Doniyorov maktab jamoalarini va o‘quvchilarni Mustaqillik bayrami hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy tabrikladilar. Yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni ilm olishga, kitob mutolaasiga va ezgu maqsadlar sari intilishga ruhlantirish maqsadida o‘quvchilarga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | X

Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X