es
Feedback
Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi

Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi

Ir al canal en Telegram

🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali ⚡Kanalda: ⏳Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫 📰 Taʼlim yangiliklari📰 Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud: https://t.me/Kosonsoy_IMbot

Mostrar más
1 846
Suscriptores
-424 horas
-337 días
-10730 días
Archivo de publicaciones
📢 MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN MAXSUS SEMINAR 🎓 “Prezident iqtidorli farzandlari milliy dasturi” Maktab maslahatchilarining
📢 MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN MAXSUS SEMINAR 🎓 “Prezident iqtidorli farzandlari milliy dasturi” Maktab maslahatchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarni xalqaro va milliy ta’lim imkoniyatlariga yo‘naltirish hamda “Prezident iqtidorli farzandlari milliy dasturi” bo‘yicha muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashish maqsadida seminar tashkil etilmoqda. 🗓 Sana: 16-SENTYABR 2026-YIL 🕘 Boshlanish vaqti: 09:00 📍 Manzil: Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi 📌 Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, Bog‘ibaland, 17A-uySeminarda: 🔹 Milliy dastur haqida muhim ma’lumotlar 🔹 O‘quvchilarni dasturga yo‘naltirish va qo‘llab-quvvatlash 🔹 Maslahatchining dastur doirasidagi vazifalari 🔹 Amaliy tajriba va foydali tavsiyalar 🔹 Savol-javob va fikr almashish 🤝 Hurmatli maktab maslahatchilari! Sizni tajriba almashish, yangi bilimlarga ega bo‘lish va kasbiy rivojlanish uchun tashkil etilayotgan mazkur seminarda kutib qolamiz. 🚀 Bilim. Tajriba. Hamkorlik. Yangi imkoniyatlar.

#Kosonsoy_IM #Kelajak_soati #Mening_oilam_Vatanimnig_bir_bo‘lagi. Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Kelajak soati
+6
#Kosonsoy_IM #Kelajak_soati #Mening_oilam_Vatanimnig_bir_bo‘lagi. Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Kelajak soati" dars mashg‘ulotlarining navbatgi mavzusi bo'yicha darslar tashkil etildi. Unda " Mening oilam-Vatanimning bir bo‘lagi" , "Mustaqillik yillari yutuqlari" mavzusida bahs-munozaralar tashkil etilib, o‘quvchilar mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'naviy hayotidagi ulkan o'zgarishlar haqida fikr yuritdilar. https://t.me/ixtisoslashganmaktab

#Tonggi_suhbat #Kosonsoy_TIM Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan
+6
#Tonggi_suhbat #Kosonsoy_TIM Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida navbatdagi ertalabki saflanish tadbiri bo'lib o'tdi. Saflanishda maktabning ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor oʻrinbosari Bahromjon Hasanov "Davlat ramzlari va ularga hurmat" mavzusida yig'ilganlarga qiziqarli ma'lumotlar berib o‘tdi. Saflanish tadbirida muhim sanalar munosabati bilan o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan bir qator tanlovlar haqida batafsil ma'lumot berildi va turli tanlovlar g'oliblari munosib taqdirlandi. https://t.me/ixtisoslashganmaktab

📚 "Mening sevimli kitobim" tanlovi e'lon qilinadi! Maktabimiz ma'muriyati va faol oʻquvchilar tashabbusi,oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarni mazmunli oʻtkazish hamda mutolaaga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida "Mening sevimli kitobim" shiori ostida kitobxonlik tanlovi start olmoqda! Tanlovda maktabimizning 5,6 va 7-sinf barcha oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin. 🗒📌 Tanlov shartlari: Ishtirokchilar belgilangan asarni diqqat bilan mutolaa qilgan boʻlishi lozim.Tanlov kuni asar yuzasidan quyidagi bosqichlar boʻlib oʻtadi: • 📝 Qiziqarli va bilimni sinovchi test savollari. • 💬 Erkin fikr almashish uchun davra suhbatlari va muhokamalar. 📚 Tavsiya etilgan asar: • Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Besh bolali yigitcha" asari. 📅 Tanlov oʻtkazish vaqti va joyi: • Vaqti: 2026-yil 28-sentyabr •Manzil: maktab kutubxonasi 🏆 Gʻoliblarni taqdirlash: Tanlov ishtirokchilari orasidan 1,2 va 3-oʻrin sohiblari hakamlar hay'ati tomonidan adolatli tarzda aniqlanadi.Gʻolib boʻlgan oʻquvchilarga maktab ma'muriyati tomonidan: •🧾🏅Maxsus diplomlar •🎁 Esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshiriladi. ✨📚 Kitob dunyosiga shoʻngʻing,oʻz bilimingizni koʻrsating va gʻolib boʻling!

#Muvaffaqiyat #Bizda_shunday_ustozlar_bor #Kosonsoy_TIM Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy
#Muvaffaqiyat #Bizda_shunday_ustozlar_bor #Kosonsoy_TIM Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ustozi Abdullayeva Diyora xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi C1 (CEFR) sertifikatini  qoʼlga kiritdi. Maktab jamoasi Diyorani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi. https://t.me/ixtisoslashganmaktab

#Muvaffaqiyat #Bizda_shunday_ustozlar_bor #Kosonsoy_TIM Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy
#Muvaffaqiyat #Bizda_shunday_ustozlar_bor #Kosonsoy_TIM Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ustozi Sotimboyeva Shohsanam xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi C1 (CEFR) sertifikatini  qoʼlga kiritdi. Maktab jamoasi Shohsanamni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi. https://t.me/ixtisoslashganmaktab

#Mock_exam #Fizika Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida faoliyat yuritayotgan "Yosh akademiklar" klubi a‘zolaridan navbatdagi loyiha! ⚡️⚛️ Maktabimizning 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilarini 16-sentabr chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Fizika fanidan milliy sertifikat namunasi asosida tuziladigan Mock sinovlariga taklif etamiz! Qaysi fan yuzasidan sinovlarda qatnashishingiz, ism-familiyangiz va sinfingizni 15-sentabr soat 23:59 ga qadar telegram orqali yuborib, ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi. 📅 Sana: 16-sentabr (Chorshanba) ⏰ Vaqt: Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng 💰 Ishtirok etish: Mutlaqo BEPUL! 💡 Nima uchun ushbu sinovda qatnashish kerak? Savollar ilgari hech qayerda e'lon qilinmagan, mutlaqo yangi va original. Sifat jihatidan Bilim va ko‘nikmalarni baholash agentligi (BMBA) standartlariga to‘liq javob beradi. Nazariy bilimlar va masala yechish ko‘nikmalaringizni real imtihon muhitida sinab olish imkoniyati. ⚠️ Eslatma: Sinov tashkiliy jarayonida ustozlarni bezovta qilmaymiz, nazorat va tartib to‘liq klub a'zolari tomonidan olib boriladi. 📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qiling: 👉 @Flagmanuzb 👉 @abdurxmonov10 👉 @al1ster_s https://t.me/ixtisoslashganmaktab

O‘zbekistonda 2027–2031 yillar davomida darsliklarni yangi o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazish rejalashtirilmoqda. O‘zbekistonda maktab darsliklari 2027–2031 yillar mobaynida yangi lotin alifbosiga to‘liq o‘tkaziladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev Senat majlisida ma’lum qilishicha, bu o‘tish hozirgi davrdagi qayta nashr qilish tartibi doirasida amalga oshirilishi va qo‘shimcha mablag‘ talab qilmasligi aytildi. 2027-yildan boshlab 1-sinflar uchun darsliklar yangi alifboda chop etila boshlaydi, qolgan sinflar esa bosqichma-bosqich yangilanadi. Yangi alifboda «Sh», «Ch», «O‘», «G‘» va «Ng» birikmalari o‘rniga «Ş», «Ç», «Ö», «Ğ» harflari va apostrofdan foydalaniladi.

🌍 KOSONSOY ASS MUN 2026 Sizga bir davlat beriladi. Siz esa o‘sha davlatning vakili sifatida uning manfaatlarini himoya qilasiz. Young Academics Club tomonidan maktabimizda ilk bor Model United Nations (MUN) tashkil etilmoqda! 🏛 MUN NIMA? Model United Nations — Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatini modellashtiruvchi debat va diplomatik simulyatsiya. Oddiy qilib aytganda, siz tadbir davomida biror davlat delegati bo‘lasiz. Siz o‘sha davlat nomidan gapirasiz, o‘z pozitsiyangizni himoya qilasiz, boshqa delegatlar bilan muzokara olib borasiz va xalqaro muammolar bo‘yicha yechimlar ishlab chiqasiz. 🌐 SIZNI NIMA KUTADI? Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng sizga ma’lum bir davlat biriktiriladi. Shundan keyin siz o‘sha davlat haqida tayyorgarlik ko‘rasiz: • 🌿 Tabiati va geografiyasi • 💰 Iqtisodiyoti • 📜 Tarixi • 🏛 Siyosiy tizimi • 🌍 Xalqaro munosabatlari • 📊 Global muammolarga munosabati Tadbir davomida esa tayyorlagan ma’lumotlaringiz asosida 5–7 daqiqalik taqdimot qilasiz va keyingi debat hamda muhokamalarda o‘z davlatingiz pozitsiyasini himoya qilasiz. Bu shunchaki prezentatsiya emas — fikringizni asoslash, savollarga javob berish, muzokara qilish va boshqalar bilan birgalikda yechim topish kerak bo‘ladi. 🎤 NIMA UCHUN QATNASHISH KERAK? MUN orqali siz: Public Speaking — omma oldida ishonchli gapirish Critical Thinking — muammoni tahlil qilish Debating — fikringizni dalillar bilan himoya qilish Diplomacy — muzokara olib borish Research — davlat va global muammolarni o‘rganish Leadership — tashabbus ko‘rsatish kabi ko‘nikmalarni amalda sinab ko‘rasiz. 🏆 SOVRINLAR VA SERTIFIKATLAR Barcha ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi. 🥇 1-o‘rin — maxsus sovrin 🥈 2-o‘rin — maxsus sovrin 🥉 3-o‘rin — maxsus sovrin Eng yaxshi delegatlar o‘z bilimlari, nutqi, diplomatik yondashuvi va debatdagi faolligi asosida aniqlanadi. ⸻ 📅 QACHON? 24-SENTYABR 📍 Faollar zali 🕐 Darsdan keyin — to‘garak vaqtida Barcha o‘quvchilar uchun ochiq! 📝 RO‘YXATDAN O‘TISH Ishtirok etish uchun Telegram orqali quyidagi profillardan biriga yozing: @shoxceo @zayn_o3 @kblvna_13 Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng sizga qaysi davlat vakili bo‘lishingiz ma’lum qilinadi va tayyorgarlikni boshlashingiz mumkin. ⸻ 🌍 YOUR COUNTRY. YOUR POSITION. YOUR VOICE. 24-sentyabr kuni o‘z davlatingiz nomidan gapirishga tayyormisiz? KOSONSOY ASS MUN 2026 Debate • Diplomacy • Leadership Organized by Young Academics Club

"Diqqat, kitobxonlik tanlov" #bolalar_kutubxonasi MUHAMMADSHARIF SO'FIZODA NOMIDAGI NAMANGAN VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI TOMO
"Diqqat, kitobxonlik tanlov" #bolalar_kutubxonasi MUHAMMADSHARIF SO'FIZODA NOMIDAGI NAMANGAN VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI TOMONIDAN O'QUVCHI-YOSHLARNI BO'SH VAQTLARINI MAZMUNLI O'TKAZISH MAQSADIDA “MENING SEVIMLI KITOBIM” SHIORI OSTIDA KITOBXONLIK TANLOVINI E’LON QILADI. 🗓Tanlov 2026-yil 24 sentabr soat 8:00 dan 16:00 gacha viloyat bolalar kutubxonasi binosida bo'lib o'tadi. 📑📌 Tanlov shartlari: Quyidagi sinflar uchun belgilangan asarlar ta’til davomida mutolaa qilinadi va asar asosida ochiq yozma test savollariga javob beriladi. 📖 Tavsiya etilgan asarlar: 1–4-sinflar uchun Muhabbat Yo'ldashevaning "Uchar hammom" kitobi 👉Kitobning elektron shakli👈 5–6–7-sinflar uchun Abdulla Qahhorning – “O'tmishdan Ertaklar” qissasi 👉Kitobning elektron shakli👈 8–9–10–11-sinflar uchun Jyul Vernning – “O'ng besh yoshli kapitan” kitobi 👉Kitobning elektron shakli👈 🏆 1-2-3-o’rinlar hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi. G’olib o’quvchilarga kutubxona tomonidan diplom va esdalik sovg’alari topshiriladi. 👨‍💻 Tanlovda Namangan viloyatining barcha tuman (shahar) umumta'lim maktablarining o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin. 📍Bolalar kutubxonasi manzili🚘 Bolalar kutubxonasi axborot xizmati Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|Telegram bot

Ushbu xalqaro olimpiadaning saralash bosqichi sinovlarida 10.01-sinf o'quvchisi Dadamirzayev Davronbek ham ishtirok etmoqda. Maktab jamoasi Davronbekka muvaffaqiyat tilab qoladi.

#OWAO_2026 #Saralash 💥💥💥💥 Terma jamoaga nomzodlarni saralash bosqichi oʻtkazilmoqda! 🟠 Yozma ish ⚡️ Fan olimpiadalari ma
+5
#OWAO_2026 #Saralash 💥💥💥💥 Terma jamoaga nomzodlarni saralash bosqichi oʻtkazilmoqda! 🟠 Yozma ish ⚡️ Fan olimpiadalari markazi tomonidan Xalqaro Ochiq astronomiya olimpiadasi (OWAO 2026)da ishtirok etuvchi oʻquvchilarni Terma jamoaga saralash bosqichi boʻlib oʻtmoqda. ➡️ Bunda, ishtirokchilarga 5 ta masala taqdim etilib, ularni bajarish uchun 5 soat vaqt ajratilgan. ✅ Jarayonlarni Fan olimpiadalari markazining rasmiy 📺YouTUBE sahifasi orqali jonli kuzatishgiz mumkin. 🫂 Ertaga, 10-sentabr kuni OWAO 2026 ga saralash doirasida ishtirokchilar test sinovi orqali o‘zaro bellashadilar. ⚡️ Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan 6 nafar oʻquvchilar Fan olimpiadalari markazi tomonidan tashkil etiladigan intensiv oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etadi. Kuzatib boring ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube

#Jarayon #KosonsoyIM 🎓 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishtirokchilari uchun seminar 🗓 9-sentyabr kuni mak
+3
#Jarayon #KosonsoyIM 🎓 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishtirokchilari uchun seminar 🗓 9-sentyabr kuni maktab maslahatchisi tomonidan “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga yangi qabul qilingan o‘quvchilar uchun maxsus seminar tashkil etildi. 📚 Seminar davomida o‘quvchilar: 🔹 Milliy dastur doirasida amalga oshiriladigan ishlar; 🔹 Dasturda ishtirok etish tartibi va asosiy vazifalar; 🔹 O‘quvchilar uchun belgilangan yo‘riqnoma va talablar; 🔹 Dastur davomida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar bilan yaqindan tanishtirildi. 🤝 Seminar yakunida o‘quvchilar bilan dasturda ishtirok etish bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirildi. 🎯 Ushbu seminar yangi ishtirokchilarning dastur mazmuni, maqsad va vazifalarini to‘liq anglab olishi hamda kelgusidagi faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishiga xizmat qildi. https://t.me/ixtisoslashganmaktab

#Jarayon #KosonsoyIM 📚 11-sinf o‘quvchilari ota-onalari bilan uchrashuv 🗓 8-sentyabr kuni maktabimizda 11-sinf o‘quvchilari
+2
#Jarayon #KosonsoyIM 📚 11-sinf o‘quvchilari ota-onalari bilan uchrashuv 🗓 8-sentyabr kuni maktabimizda 11-sinf o‘quvchilarining ota-onalari uchun yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda MMIBDO‘, maktab maslahatchisi hamda fan o‘qituvchilari ishtirok etdilar. 🎯 Uchrashuvning asosiy maqsadi — ota-onalarni bugungi kundagi oliy ta’lim muassasalariga (OTM) kirish talablari, o‘quvchilarni oliy ta’limga tayyorlash jarayoni va ularning kelajakdagi kasbiy tanlovlari haqida xabardor qilishdan iborat bo‘ldi. Yig‘ilish davomida: 🔹 OTMga kirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar; 🔹 O‘quvchilarning tanlagan kasb va yo‘nalishlari; 🔹 Har bir o‘quvchining hozirgi o‘zlashtirish holati; 🔹 O‘quvchilarning kelajakdagi ta’lim rejalari; 🔹 Ota-onalar va maktabning o‘quvchi ta’limidagi hamkorligi haqida fikr almashildi. 🤝 Uchrashuv davomida ota-onalarga farzandlarining kelajakdagi ta’lim va kasbiy maqsadlariga erishishida ularni qo‘llab-quvvatlash kerakligi ta'kidlandi. https://t.me/ixtisoslashganmaktab

#jarayon #KosonsoyIM 🎓 Milliy dastur o‘quvchilari bilan uchrashuv 🗓 5-sentyabr kuni maktab maslahatchisi tomonidan Milliy d
+2
#jarayon #KosonsoyIM 🎓 Milliy dastur o‘quvchilari bilan uchrashuv 🗓 5-sentyabr kuni maktab maslahatchisi tomonidan Milliy dastur ishtirokchilari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarning xorijiy universitetlarga hujjat topshirish jarayonida muhim bo‘lgan bir qator masalalar muhokama qilindi. 📝 Xususan: 🔹 Samarali va mazmunli esse yozish tartibi; 🔹 Esse tuzilishi va unda o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalash; 🔹 Xorijiy universitetlarga hujjat topshirishda esseyning ahamiyati; 🔹 Chet elga ta’lim olish uchun viza olish jarayoni va asosiy bosqichlar; 🔹 Viza uchun zarur hujjatlar va jarayonga oldindan tayyorgarlik ko‘rish masalalari haqida ma’lumotlar berildi. 🎯 Uchrashuvdan asosiy maqsad — o‘quvchilarni xorijiy oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayoniga puxta tayyorlash hamda ularning xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish. https://t.me/ixtisoslashganmaktab

#Jarayon #KosonsoyIM 📚 “Yosh akademiklar” klubining ilk yig‘ilishi 🗓 7-sentyabr kuni maktab maslahatchisi Sultonov Shuhrat
+3
#Jarayon #KosonsoyIM 📚 “Yosh akademiklar” klubining ilk yig‘ilishi 🗓 7-sentyabr kuni maktab maslahatchisi Sultonov Shuhrat tomonidan maktabning “Yosh akademiklar” klubi a’zolari bilan 2026–2027 o‘quv yilidagi ilk yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilida klub faoliyatini yanada samarali tashkil etish, o‘quvchilarning akademik salohiyatini rivojlantirish hamda ularni turli loyihalarga jalb etish masalalari muhokama qilindi. 🔹 Chorak davomida amalga oshiriladigan loyihalar; 🔹 Bilim va ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazishga qaratilgan turli intellektual faoliyatlar; 🔹 O‘quvchilarning tashabbuskorligi va ijodiy yondashuvini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi. 🎯 Asosiy maqsad — o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ularni yangi akademik yutuqlar sari yo‘naltirish. ✨ Yangi o‘quv yilida “Yosh akademiklar” klubini yanada katta loyihalar va yangi yutuqlar kutmoqda. https://t.me/ixtisoslashganmaktab

❗️Дипломатия йўналишига қабулда ўзгариш бўлади Олий таълим, фан ва инновациялар вазири Қўнғиротбой Шариповнинг маълум қилишича, бу йил дипломатия йўналишига қабул бўйича кутилганидан анча кўп абитуриент юқори натижа қайд этган. Вазир айтишича, 550 нафар ўрин учун 3200 нафар абитуриент 189 балл тўплаган ва бу йил уларнинг барчаси қабул қилинган. Келгуси йилдан қабул тартибига ўзгартиш киритилиши кутилмоқда