cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi

🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali ⚡Kanalda: ⏳Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫 📰 Taʼlim yangiliklari📰 Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud: https://t.me/Kosonsoy_IMbot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 210
Suscriptores
-524 horas
-117 días
-3330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

❗️Ўзбекистонда дипломлари тўғридан-тўғри (махсус синовларсиз) тан олинадиган хорижий ОТМларнинг 2024 йил учун рўйхати тасдиқланда Шунингдек, 2024/2025-ўқув йилида олий ва профессионал таълим муассасаларига ўқишга кириш тест синови ўтказиладиган бинолар рўйхати эълон қилинди.
Mostrar todo...
Reyting 2024-yil uchun (TOP-1000).pdf1.34 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 ❓PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI? ❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra: ➖Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida; ➖Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida; ➖Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 5🔥 1
Repost from Hilola Umarova
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar! Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi. Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi. Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi. Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda. Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi. Hurmatli ota-onalar! Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz. Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz! Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz. Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman. Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Mostrar todo...
👍 9👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️⭕️ 📣 BUGUN soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan quyidagi mavzularda jonli muloqot tashkil etiladi: ➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari; ➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari. ✔️ Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi. EKSPERTLAR: ➡️Qahramon Almardonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; ➡️Inom Xoʻjamov, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi.
Mostrar todo...
👍 2 1
AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI Bu yil Agentlik tizimidagi maktablarimizga oʻqish istagini bildirgan talabgorlar soni 244 378 nafarni tashkil etdi. Maktablar kesimida aytadigan boʻlsak, – Prezident maktablariga 62 062 nafar; – Ijod maktablariga 5 512 nafar; – Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 42 785 nafar;. – Hududiy ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 134 019 nafar o‘g‘il-qizlarimiz hujjat topshirishgan. Mazkur imtihon jarayonlariga Agentlik tizimidagi maktablardan jami 2 616 nafar pedagog jalb etildi. Ushbu imtihonlarni shaffof, adolatli, xavfsiz oʻtkazishda yaqindan yordam bergan 14 ta hudud rahbarlariga, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar, Bilim va malakalarni baholash agentliga hamda ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaqin hamkorlik uchun alohida rahmat aytmoqchiman. Shuningdek, Call-markaz hamda Agentlik va joylarda tashkil etilgan shtab vakillariga, kuzatuvchi-nazoratchilarga, umuman olganda ushbu imtihonlarda xizmatda boʻlgan barcha-barchaga oʻz minnatdorligimni bildiraman! Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan barcha o‘g‘il-qizlarimizga omad yor bo‘lsin! Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 9🔥 2🥰 1👏 1
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi. Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi. 1-smena: soat 08:00 da; 2-smena: soat 15:00 da boshlanadi. 🏃‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o’tadigan joyga kelishi kerak. 📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim: 1️⃣ pasport yoki ID-karta; 2️⃣ abituriyent ruxsatnomasi. Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o’zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo’ladi (alohida bo’sh qog’oz berishmas ekan). ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Abituriyent ruxsatnomasini endi telegram orqali yuklab olishingiz mumkin Abituriyentlar ruxsatnomasida: 👉 Тest sinovi topshirish hududi va hududga  kelish vaqti 👉 Test topshirish joyi nomi 👉 Test topshirish manzili 👉 Test topshirish alifbosi 👉 Тalim shakli va Talim til koʻrsatilgan boʻladi. ❗️Abituriyentlar ruxsatnomani @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali yuklab olishi mumkin. 👉 @ruxsatnoma_uzbmb_bot 👉 @ruxsatnoma_uzbmb_bot
Mostrar todo...
👍 1🔥 1
#Qabul2024 Kimda imtihon qachon bo'ladi? Imtihon sanalar bo'yicha taqsimoti: 👉 14-iyul - Huquq+Ingliz tili, Matematika+Fizika, Chet tili+Ona tili, Biologiya+Kimyo (Avvalgi yil bitiruvchilari), Matematika+Ingliz tili, Tarix+Ona tili 👉 15- Iyul - Matematika+Ingliz tili, Huquq+Ingliz tili, Tarix+Ingliz tili, Matematika+Fizika, Tarix+Ona tili, Tarix+Geografiya, Geografiya+Matematika 👉 16-Iyul - Biologiya+Kimyo, Biologiya+Ona tili, 👉 17-Iyul - Biologiya+Kimyo (ru Joriy yilgi bitiruvchilar), Biologiya+Ona tili, 👉 18-iyul - Biologiya+Ona tili, Matematika+Fizika, Biologiya+Kimyo, 👉 19-Iyul - Matematika+Fizika, Matematika+Ingliz tili, Biologiya-Kimyo 👉 20-Iyul - Matematika+Ingliz tili, Biologiya+Kimyo, Matematika+Fizika 👉 21- Iyul - Ona tili+Ingliz tili, Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Ingliz tili 👉 22- Iyul - Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Ingliz tili 👉 23- Iyul - Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Fizika, Rus tili+Ona tili, Ona tili+Matematika 👉 24- Iyul - Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Fizika 👉 25- Iyul - Ingliz tili+Ona tili, Ro'yxat yangilanmoqda @success24_edu
Mostrar todo...
👍 6🥰 1👏 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Абитуриентларга рухсатномаларни бериш бошланди 2024-2025-ўқув йилида олий ва профессионал  таълим муассасаларига кириш учун онлайн рўйхатдан ўтган абитуриентларга “Абитуриент рухсатномаси”ни бериш бошланди. Абитуриентлар тест синовларида иштирок этиш учун “Абитуриент рухсатномаси”ни сайтига шахсий идентификация рақами ҳамда паспорт серияси ва рақамини киритган ҳолда олишлари мумкин.
Mostrar todo...
👍 6🔥 1👏 1
#Bizda_shunday_o‘qituvchilar_bor #Kosonsoy_TIM Namangan shahridagi "Yuksalish" mavzesida joylashgan Bilim va malakalarni aniqlash agentligiga qarashli binoda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar imtihonini o‘tkazishda Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ustozlari ham uyushqoqlik bilan ishtirok etmoqdalar. Imtihonlar javoblari hozirda tekshiruvda, natijalar tez kunlarda e‘lon qilinadi. Maktab jamoasi barcha talabgor o‘quvchilarga omad tilaydi.
Mostrar todo...
👍 17❤‍🔥 8 3👏 3🔥 2🥰 2🎉 1🆒 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.