Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
Відкрити в Telegram
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali ⚡Kanalda: ⏳Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨🏫 📰 Taʼlim yangiliklari📰 Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud: https://t.me/Kosonsoy_IMbot
Показати більше1 841
Підписники
-424 години
-337 днів
-10730 днів
Архів дописів
#Kelajak_lideri
#Kosonsoy_TIM
Karimjonov Sultonbek Zohidjon o‘g‘li
2008-yil Kosonsoy tumanida tug'ilgan. Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabini 2026-yilda tamomlagan.
Hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi.
Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi Sultonbekni kelajakda vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shadigan kadr bo'lib yetishishiga ishonch bildiradi.
https://t.me/ixtisoslashganmaktab
#Kelajak_lideri
#Kosonsoy_TIM
Abdurahmonbekova Nigina Umidbek qizi-
2008-yil Kosonsoy tumanida tug'ilgan. Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabini 2026-yilda tamomlagan.
Hozirda Namangan davlat universiteti talabasi.
Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi Niginani kelajakda vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shadigan kadr bo'lib yetishishiga ishonch bildiradi.
https://t.me/ixtisoslashganmaktab
Dunyoda eng ulug‘ kasb o‘qituvchilik, ustozlik kasbidir. Shuning uchun challenge ni pedagogika yo‘nalishidagi shogirdlarimiz boshlab berishgani ma‘qul...
#Challenge
Assalomu alaykum hurmatli bitiruvchilar.
Xabaringiz bor, maktabimizni ushbu o'quv yilida o'quvchilar 100% li ko‘rsatkich bilan oliygohlar talabasiga aylanishdi, ba‘zi bitiruvchilarimiz 3 va undan ortiq davlat OTM ni naqd qilishdi. Shu munosabat bilan Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy axborot kanalida 2025-2026-oʻquv yilida maktabimizni tamomlagan, hozirda qaysidir oliy o'quv yurti talabasi talabasiga aylangan bitiruvchilar o‘rtasida challenge o‘tkazmoqchimiz.
Challenge sharti: siz o‘zingiz o‘qiyotgan oliygoh qarshisida rasmga tushib , kanal administratoriga yuborasiz.
Challenge #Kelajak_lideri heshtegi ostida o‘tkaziladi.
Maqsadimiz: yoshlarga qo‘shimcha motivasiya berish va sizni qo‘llab-quvvatlash.
Challenge da faol ishtirok etasiz, degan umiddamiz.
Hurmat bilan Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi.
🔥 HAQIQIY IMTIHON ATMOSFERASIDA MOCK TEST 🔥
Aziz o‘quvchilar!
Matematika fanidan “Milliy Sertifikat” imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotganlar uchun maktabimizda 11-A⁰¹sinf tomonidan Mock imtihonlari tashkil etiladi.
⚡️ Sizni kutayotgan imkoniyatlar:
✅ Haqiqiy imtihon atmosferasida test topshirish
✅ Xatolaringizni aniqlash va ustida ishlash
✅ Kelgusidagi imtihonlarda yuqori ball olish uchun tayyorgarlik
📌 Ishtirokchilar: 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari
📌 Qatnashish: Mutlaqo bepul
📌 Sana va vaqt:17.092026 soat 14:30 Payshanba
⭐️ Esda tuting!
Bu oddiy test emas — haqiqiy natija beradigan, kelajakdagi muvaffaqiyatlaringiz uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan imkoniyatdir
✍️ Ro'yxatdan o'tish uchun Ism, Familiya va sinfni yozib qoldiring. Ro'yxatdan o'tishning oxirgi kuni 16.09.2026 soat 12:00 gacha chorshanba Murojat uchun: @Akbarxonov_Abduxalil
| O’quvchilar ligasining Namanganda sinxron o’tkazish bo’yicha hamkor maktablar.
Ushbu maktablarda haftaning payshanba kunlari soat 15:00 da respublika bo’yicha o’quvchilar ligasi sinxron tarzda bo’lib o’tadi.
Maktabida o’quvchilar ligasi bo’lmaydigan jamoalar o’zingizga yaqin hududga jamoa tashkil qilgan holda borib ishtirok etishingiz mumkin.
📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi
📢 MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN MAXSUS SEMINAR
🎓 “Prezident iqtidorli farzandlari milliy dasturi”
Maktab maslahatchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarni xalqaro va milliy ta’lim imkoniyatlariga yo‘naltirish hamda “Prezident iqtidorli farzandlari milliy dasturi” bo‘yicha muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashish maqsadida seminar tashkil etilmoqda.
🗓 Sana: 16-SENTYABR 2026-YIL
🕘 Boshlanish vaqti: 09:00
📍 Manzil: Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
📌 Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, Bog‘ibaland, 17A-uy
✨ Seminarda:
🔹 Milliy dastur haqida muhim ma’lumotlar
🔹 O‘quvchilarni dasturga yo‘naltirish va qo‘llab-quvvatlash
🔹 Maslahatchining dastur doirasidagi vazifalari
🔹 Amaliy tajriba va foydali tavsiyalar
🔹 Savol-javob va fikr almashish
🤝 Hurmatli maktab maslahatchilari!
Sizni tajriba almashish, yangi bilimlarga ega bo‘lish va kasbiy rivojlanish uchun tashkil etilayotgan mazkur seminarda kutib qolamiz.
🚀 Bilim. Tajriba. Hamkorlik. Yangi imkoniyatlar.
+6
#Kosonsoy_IM
#Kelajak_soati
#Mening_oilam_Vatanimnig_bir_bo‘lagi.
Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Kelajak soati" dars mashg‘ulotlarining navbatgi mavzusi bo'yicha darslar tashkil etildi.
Unda " Mening oilam-Vatanimning bir bo‘lagi" , "Mustaqillik yillari yutuqlari" mavzusida bahs-munozaralar tashkil etilib, o‘quvchilar mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'naviy hayotidagi ulkan o'zgarishlar haqida fikr yuritdilar.
https://t.me/ixtisoslashganmaktab
+6
#Tonggi_suhbat
#Kosonsoy_TIM
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida navbatdagi ertalabki saflanish tadbiri bo'lib o'tdi.
Saflanishda maktabning ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor oʻrinbosari Bahromjon Hasanov "Davlat ramzlari va ularga hurmat" mavzusida yig'ilganlarga qiziqarli ma'lumotlar berib o‘tdi.
Saflanish tadbirida muhim sanalar munosabati bilan o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan bir qator tanlovlar haqida batafsil ma'lumot berildi va turli tanlovlar g'oliblari munosib taqdirlandi.
https://t.me/ixtisoslashganmaktab
📚 "Mening sevimli kitobim" tanlovi e'lon qilinadi!
Maktabimiz ma'muriyati va faol oʻquvchilar tashabbusi,oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarni mazmunli oʻtkazish hamda mutolaaga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida "Mening sevimli kitobim" shiori ostida kitobxonlik tanlovi start olmoqda!
Tanlovda maktabimizning 5,6 va 7-sinf barcha oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.
🗒📌 Tanlov shartlari:
Ishtirokchilar belgilangan asarni diqqat bilan mutolaa qilgan boʻlishi lozim.Tanlov kuni asar yuzasidan quyidagi bosqichlar boʻlib oʻtadi:
• 📝 Qiziqarli va bilimni sinovchi test savollari.
• 💬 Erkin fikr almashish uchun davra suhbatlari va muhokamalar.
📚 Tavsiya etilgan asar:
• Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Besh bolali yigitcha" asari.
📅 Tanlov oʻtkazish vaqti va joyi:
• Vaqti: 2026-yil 28-sentyabr
•Manzil: maktab kutubxonasi
🏆 Gʻoliblarni taqdirlash:
Tanlov ishtirokchilari orasidan 1,2 va 3-oʻrin sohiblari hakamlar hay'ati tomonidan adolatli tarzda aniqlanadi.Gʻolib boʻlgan oʻquvchilarga maktab ma'muriyati tomonidan:
•🧾🏅Maxsus diplomlar
•🎁 Esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshiriladi.
✨📚 Kitob dunyosiga shoʻngʻing,oʻz bilimingizni koʻrsating va gʻolib boʻling!
#Muvaffaqiyat
#Bizda_shunday_ustozlar_bor
#Kosonsoy_TIM
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ustozi Abdullayeva Diyora xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi C1 (CEFR) sertifikatini qoʼlga kiritdi.
Maktab jamoasi Diyorani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.
https://t.me/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#Bizda_shunday_ustozlar_bor
#Kosonsoy_TIM
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ustozi Sotimboyeva Shohsanam xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi C1 (CEFR) sertifikatini qoʼlga kiritdi.
Maktab jamoasi Shohsanamni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.
https://t.me/ixtisoslashganmaktab
#Mock_exam
#Fizika
Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida faoliyat yuritayotgan "Yosh akademiklar" klubi a‘zolaridan navbatdagi loyiha! ⚡️⚛️
Maktabimizning 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilarini 16-sentabr chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Fizika fanidan milliy sertifikat namunasi asosida tuziladigan Mock sinovlariga taklif etamiz!
Qaysi fan yuzasidan sinovlarda qatnashishingiz, ism-familiyangiz va sinfingizni 15-sentabr soat 23:59 ga qadar telegram orqali yuborib, ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.
📅 Sana: 16-sentabr (Chorshanba)
⏰ Vaqt: Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng
💰 Ishtirok etish: Mutlaqo BEPUL!
💡 Nima uchun ushbu sinovda qatnashish kerak?
Savollar ilgari hech qayerda e'lon qilinmagan, mutlaqo yangi va original.
Sifat jihatidan Bilim va ko‘nikmalarni baholash agentligi (BMBA) standartlariga to‘liq javob beradi.
Nazariy bilimlar va masala yechish ko‘nikmalaringizni real imtihon muhitida sinab olish imkoniyati.
⚠️ Eslatma: Sinov tashkiliy jarayonida ustozlarni bezovta qilmaymiz, nazorat va tartib to‘liq klub a'zolari tomonidan olib boriladi.
📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qiling:
👉 @Flagmanuzb
👉 @abdurxmonov10
👉 @al1ster_s
https://t.me/ixtisoslashganmaktab
O‘zbekistonda 2027–2031 yillar davomida darsliklarni yangi o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda maktab darsliklari 2027–2031 yillar mobaynida yangi lotin alifbosiga to‘liq o‘tkaziladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev Senat majlisida ma’lum qilishicha, bu o‘tish hozirgi davrdagi qayta nashr qilish tartibi doirasida amalga oshirilishi va qo‘shimcha mablag‘ talab qilmasligi aytildi.
2027-yildan boshlab 1-sinflar uchun darsliklar yangi alifboda chop etila boshlaydi, qolgan sinflar esa bosqichma-bosqich yangilanadi.
Yangi alifboda «Sh», «Ch», «O‘», «G‘» va «Ng» birikmalari o‘rniga «Ş», «Ç», «Ö», «Ğ» harflari va apostrofdan foydalaniladi.
🌍 KOSONSOY ASS MUN 2026
Sizga bir davlat beriladi. Siz esa o‘sha davlatning vakili sifatida uning manfaatlarini himoya qilasiz.
Young Academics Club tomonidan maktabimizda ilk bor Model United Nations (MUN) tashkil etilmoqda!
🏛 MUN NIMA?
Model United Nations — Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatini modellashtiruvchi debat va diplomatik simulyatsiya.
Oddiy qilib aytganda, siz tadbir davomida biror davlat delegati bo‘lasiz. Siz o‘sha davlat nomidan gapirasiz, o‘z pozitsiyangizni himoya qilasiz, boshqa delegatlar bilan muzokara olib borasiz va xalqaro muammolar bo‘yicha yechimlar ishlab chiqasiz.
🌐 SIZNI NIMA KUTADI?
Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng sizga ma’lum bir davlat biriktiriladi.
Shundan keyin siz o‘sha davlat haqida tayyorgarlik ko‘rasiz:
• 🌿 Tabiati va geografiyasi
• 💰 Iqtisodiyoti
• 📜 Tarixi
• 🏛 Siyosiy tizimi
• 🌍 Xalqaro munosabatlari
• 📊 Global muammolarga munosabati
Tadbir davomida esa tayyorlagan ma’lumotlaringiz asosida 5–7 daqiqalik taqdimot qilasiz va keyingi debat hamda muhokamalarda o‘z davlatingiz pozitsiyasini himoya qilasiz.
Bu shunchaki prezentatsiya emas — fikringizni asoslash, savollarga javob berish, muzokara qilish va boshqalar bilan birgalikda yechim topish kerak bo‘ladi.
🎤 NIMA UCHUN QATNASHISH KERAK?
MUN orqali siz:
Public Speaking — omma oldida ishonchli gapirish
Critical Thinking — muammoni tahlil qilish
Debating — fikringizni dalillar bilan himoya qilish
Diplomacy — muzokara olib borish
Research — davlat va global muammolarni o‘rganish
Leadership — tashabbus ko‘rsatish
kabi ko‘nikmalarni amalda sinab ko‘rasiz.
🏆 SOVRINLAR VA SERTIFIKATLAR
Barcha ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi.
🥇 1-o‘rin — maxsus sovrin
🥈 2-o‘rin — maxsus sovrin
🥉 3-o‘rin — maxsus sovrin
Eng yaxshi delegatlar o‘z bilimlari, nutqi, diplomatik yondashuvi va debatdagi faolligi asosida aniqlanadi.
⸻
📅 QACHON?
24-SENTYABR
📍 Faollar zali
🕐 Darsdan keyin — to‘garak vaqtida
Barcha o‘quvchilar uchun ochiq!
📝 RO‘YXATDAN O‘TISH
Ishtirok etish uchun Telegram orqali quyidagi profillardan biriga yozing:
@shoxceo
@zayn_o3
@kblvna_13
Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng sizga qaysi davlat vakili bo‘lishingiz ma’lum qilinadi va tayyorgarlikni boshlashingiz mumkin.
⸻
🌍 YOUR COUNTRY. YOUR POSITION. YOUR VOICE.
24-sentyabr kuni o‘z davlatingiz nomidan gapirishga tayyormisiz?
KOSONSOY ASS MUN 2026
Debate • Diplomacy • Leadership
Organized by Young Academics Club
"Diqqat, kitobxonlik tanlov"
#bolalar_kutubxonasi
MUHAMMADSHARIF SO'FIZODA NOMIDAGI NAMANGAN VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI TOMONIDAN O'QUVCHI-YOSHLARNI BO'SH VAQTLARINI MAZMUNLI O'TKAZISH MAQSADIDA “MENING SEVIMLI KITOBIM” SHIORI OSTIDA KITOBXONLIK TANLOVINI E’LON QILADI.
🗓Tanlov 2026-yil 24 sentabr soat 8:00 dan 16:00 gacha viloyat bolalar kutubxonasi binosida bo'lib o'tadi.
📑📌 Tanlov shartlari:
Quyidagi sinflar uchun belgilangan asarlar ta’til davomida mutolaa qilinadi va asar asosida ochiq yozma test savollariga javob beriladi.
📖 Tavsiya etilgan asarlar:
1–4-sinflar uchun
Muhabbat Yo'ldashevaning "Uchar hammom" kitobi
👉Kitobning elektron shakli👈
5–6–7-sinflar uchun
Abdulla Qahhorning – “O'tmishdan Ertaklar” qissasi
👉Kitobning elektron shakli👈
8–9–10–11-sinflar uchun
Jyul Vernning – “O'ng besh yoshli kapitan” kitobi
👉Kitobning elektron shakli👈
🏆 1-2-3-o’rinlar hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi. G’olib o’quvchilarga kutubxona tomonidan diplom va esdalik sovg’alari topshiriladi.
👨💻 Tanlovda Namangan viloyatining barcha tuman (shahar) umumta'lim maktablarining o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
📍Bolalar kutubxonasi manzili🚘
Bolalar kutubxonasi axborot xizmati
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|Telegram bot
Ushbu xalqaro olimpiadaning saralash bosqichi sinovlarida 10.01-sinf o'quvchisi Dadamirzayev Davronbek ham ishtirok etmoqda. Maktab jamoasi Davronbekka muvaffaqiyat tilab qoladi.
