cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Termiz tumani hokimligi

Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali Veb sayt: www.tertu.uz Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi Twitter: @TermizX Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
2 134
Suscriptores
+424 horas
-77 días
+2130 días
Archivo de publicaciones
#cybermonth "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida Yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. 〰️〰️〰️ "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surkhandarya" doirasida ushbu jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha Qumqo‘rg‘on, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on tumanlarida korxona tashkilotlar, savdo nuqtalari, jamoat joylari hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan choralar hamda bu kabi har xil aldovlarga ishonmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
вв.mp49.11 MB
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston bo‘ylab pirlar turistik marshruti ishlab chiqildi Yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar va mahalliy aholi uchun sayohat yo‘nalishlarini aniqlashda qulaylik yaratish maqsadida turli turistik marshrutlar ishlab chiqilmoqda. Xususan, navbatdagi ishlab chiqilgan pirlar turistik marshrutidan Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolar o‘rin olgan. Jumladan, vohamizda joylashgan Alauddin Attor (Denov tumani), Mavlono Muhammad Zohid va So‘fi Olloyor (Oltinsoy tumani) hamda Al-Hakim At-Termiziy (Termiz tumani) majmualari marshrut yo‘nalishiga kiritilgan. Ilova qilingan foto orqali marshrut bilan batafsil tanishishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mostrar todo...
Avtomagistral yo‘l bo‘ylari obodonlashtirilmoqda Termiz tumani hududidan o‘tuvchi M39 xalqaro avtomagistral avtomobil yo‘li bo‘ylab yashil hududlarni obodonlashtirish, daraxtlarni butash, oqlash, sug‘orish va gul ko‘chatlari ekish hamda chiqindilarni olib chiqish ishlari amalga oshirilmoqda. Biriktirilgan hududlarda korxona va tashkilotlar tomonidan hashar tashkil etilib, belgilangan maydonlarda ishlar davom ettirilmoqda. ❗️Shu o‘rinda mazkur hasharda aholimiz va barcha ko‘ngillilarni faollik ko‘rsatishlarini, tumanimiz hududini obodonlashtirish va tozalashda ko‘maklashishlarini so‘raymiz. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mostrar todo...
👍 1
❗️Ogoh bo‘ling feyk: "Prezident tavsiya qilgan KAFOLAT" —— Firibgarlar tomonidan takroran instagram ijtimoiy tarmog‘i hamda telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi. ❗️Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz. Hurmatli fuqarolar Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 📞 ishonch raqamlariga murojaat qiling!  #stop_feyk_kiberjinoyatlar 〰️〰️〰️ "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasidagi navbatdagi targ‘ibot tadbirlari bugun Bandixon tumanida aholi, nuroniylar hamda tibbiyot birlashmasi xodimlari uchun o‘tkazildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
105.97 MB
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Termiz tumanida turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar hamda xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, obyektlar bilan tanishdi. Xususan, Termiz San’at kollejining ta’mirdan chiqarilgan o‘quvchilar turar joyi, xotin-qizlar bandligi ta’minlangan qandolatchilik sexi faoliyati hamda “Qirqqiz” madaniy meros obyekti bilan tanishildi. Shuningdek, Termiz shahrida ajrim yoqasidagi oila va Termiz tumanidagi probatsiya hisobida turgan xotin-qizlar muammolari o‘rganildi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2140 #Surxondaryo #Sanatmaktabi #Qirqqiz #xotinqizlarbandligi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 3
Respublika ishchi guruhi Termiz tumanida: Yangi maktab binosi qurilishi bilan tanishildi Bugun Bosh prokuraturaning qurilish ishlarini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi a’zolari Termiz tumanida bo‘lib, qator qurilish ob’ektlari, ularda ishlarning sifatli bajarilishi bilan tanishdi. Xususan, Prezidentimizning “2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tumanning Yangiyer mahallasi hududidagi 36-sonli maktabga qo‘shimcha 480 o‘rinli o‘quv binosining qurilishi ko‘zdan kechrildi. Soha mutasaddilari, buyurtmachi, pudratchi va boshqa mas’ullarga ishlarni belgilangan vaqtda yakunlash, qurilish normalari va sifatiga qat’iy rioya qilish topshirildi. Shuningdek, qurilish jarayonlari ustidan doimiy nazorat olib borish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mostrar todo...
👍 3
Siyosiy-ma’rifat soati | Ta’lim va tarbiya bo‘yicha Yaponiya tajribasi Davlat xizmatchilari uchun joriy haftaga rejalashtirilgan navbatdagi onlayn mashg‘ulotida tuman hokimining o‘rinbosarlari, hokimlik apparati xodimlari hamda korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Bugungi davlat xizmatchisi soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti, ta’lim va tarbiya bo‘yicha Yaponiya tajribasi mavzusidagi videolavha namoyishi hamda “Mahalladan gapiramiz”, “Mutolaa vaqti” ruknlari namoyish etildi. Mazkur o‘quvning to‘liq shaklini Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda You tube`dagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mostrar todo...
02:25
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga tashrifi: O‘zbekiston SHHT doirasida ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishga sodiq Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mostrar todo...
IMG_4674.MP428.10 MB
00:11
Video unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati Xaloyiqqa yaxshi, o‘z nafsingga esa yomon gumon qil! Shunda birovlar haqqidan ogoh va o‘z nafsingni isloh qilgan bo‘lasan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mostrar todo...
Blue and White Watercolor Resolution Quote Facebook Post.mp41.70 MB
02:27
Video unavailableShow in Telegram
Telegram аккаунтингизни қандайдир онлайн-савдо дўконлари ёки турли хизматлар таклиф қилинадиган гуруҳлар, умуман шунга ўхшаш ўзингиз истамаган каналларга қўшиб қўйиш ҳолатлари кўпаймоқдами?
Медиасаводхонлик бўйича навбатдаги видеолавҳада Telegram аккаунтларини ташқи хавфлардан ҳимоялаш қоидалари ҳақида батафсил маълумот берилган. Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Mostrar todo...
15.90 MB
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️📣 “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yilgi II mavsumiga 6-iyuldan start beriladi! Bunda: 1️⃣Loyihalar kiritish: 6-26-iyul; 2️⃣Loyihalarni saralash: 26-iyul – 15-avgust; 3️⃣Targ‘ibot qilish: 15-22-avgust; 4️⃣Ovoz berish: 22-avgust – 1-sentabr sanalari davomida o‘tkaziladi. 🪙Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi! ‼️Eslatma! Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 360 mln so‘mni tashkil etadi.
O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!
#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mostrar todo...
👍 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.