cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Termiz tumani hokimligi

Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali Veb sayt: www.tertu.uz Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi Twitter: @TermizX Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
2 148
Suscriptores
+524 horas
+107 días
+2630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Murojaatlarga yechim izlandi Aholi murojaatlarini tinglash, ularga yechim topish maqsadida Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov mas’ullar ishtirokida navbatagi qabulini o‘tkazdi. Tuman hokimligida tashkil etilgan qabulda yigirmadan ortiq fuqarolarning o‘ttizga yaqin murojaati tinglandi. Xususan, moddiy yordam olish, ishga joylashish, uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, suv, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, ichki yo‘llar ta’miri, tayyorlangan mahsulotlarga xaridor topish hamda davolanish kabi murojaatlar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Xotin-qizlarning tikuchilik mahsulotlariga xaridor topish, ichimlik suvi tortish hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni hal etish bo‘yicha aniq muddat bilan ko‘rsatmalar berildi. Ijrosi vaqt va qo‘shmcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar alohida nazoratga olindi va ijrosi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mostrar todo...
01:38
Video unavailableShow in Telegram
Ўтган йили ип-калава экспорт йиғими камайтирилгани натижасида 300 минг доллардан ортиқ маблағимиз тежалди Отабек Эргашев, тадбиркор: "Бу йилги очиқ мулоқотни ҳам катта умидлар билан кутмоқдамиз. Тўқимачилик соҳасига бериладиган қўшимча имкониятлар бизга экспортни янада кенгайтириш ва янги иш ўринларини яратиш имконини беради". Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Mostrar todo...
video_2024-07-01_11-23-38.mp420.94 MB
Termiz tumanida “Yoshlar kuni” keng nishonlandi Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “30 iyun – Yoshlar kuni” etib belgilangan. Ushbu sana yoshlar uchun keng imkoniyatlar mamlakati – Yangi O‘zbekistonda har yili keng shodiyonalar bilan nishonlanadi. Kuni-kecha Termiz tumanida sana munosabati bilan katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Shuxrat Nazarov ishtirok etib, Prezidentimizning O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Har jabhada faollik ko‘rsatayotgan, o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh yoshlar, xususan, joriy yilda maktablarni a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilarning 19 nafariga oltin va 3 nafariga kumush medallar tantanali tarzda topshirildi. Yoshlar, ularning ota-onalari, murabbiylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda san'atkorlarning chiqishlari yoshlarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigidan
Farzandlari bilimli, iste’dodli, o‘zining kuchi va salohiyatiga ishonib, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli albatta yorug‘ bo‘ladi. Biz O‘zbekiston yoshlarini ana shunday ezgu fazilatlar sohiblari etib tarbiyalash uchun bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Hech qachon unutmang, sizlar yoshlikning har bir daqiqasini g‘animat bilib, doimo bunyodkorlik va ijodkorlik hissi bilan, Vatanga cheksiz mehr va sadoqat tuyg‘usi bilan yashasangiz albatta kam bo‘lmaysiz. Sizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishishda barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, omad va zafarlar tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim!
Batafsil: https://president.uz/uz/lists/view/7361 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mostrar todo...
#Yoshlar_kuni Termiz tumanida 30-iyun kuni - Yoshlar kuni munosabati tashkil etilgan tadbirlar davom etmoqda. Bugun tadbir ishtirokchilari marafon yurish va ommaviy badantarbiya mashqlaridan so‘ng, tuman Sport maktabida tashkil etilgan shaxmat, shashka va stol tennesi musobaqalarida ishtirok etishdi. Unda yoshlar o‘rta avlod va faxriylar bilan bellashishdi, uch avlod vakillari do‘stona raqiblikda dona surishdi. Eslatib o‘tamiz, bugun Yoshlar kuni munosabati bilan tuman markazidagi “Marvarid” aholi dam olish maskanida galakonsert dasturlari namoyishi bo‘lib o‘tadi. Tumanimizning barcha yoshlarini galakonsert dasturi tomoshalariga taklif etamiz. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mostrar todo...
#Yoshlar_kuni Bugun, 30-iyun kuni - Yoshlar kuni munosabati bilan Termiz tumani hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tashabbusi bilan yoshlar, tashkilot va korxonalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yurish marafoni o‘tkazildi. Shuningdek, marafondan so‘ng ommaviy badantarbiya mashqlari bajarildi. Tuman bo‘ylab bayram tadbirlari davom etmoqda. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mostrar todo...
👍 3
00:23
Video unavailableShow in Telegram
Bugun, 30-iyun - O‘zbekistonda Yoshlar kuni! Bugun yoshlar bayrami. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 30-iyun yurtimizda Yoshlar kuni deb e’lon qilingan edi. Siz aziz yoshlarning bilim va shijoatingiz, kuch va g‘ayratingiz bilan Yangi O‘zbekistonimizda uchinchi rennessans barpo etilmoqda. Vatanimiz kelajagi va istiqbolining bunyodkori bo‘lgan siz yoshlarga doimo sog‘lik-salomatlik hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Barcha yoshlarimizni bayram bilan muborakbod etamiz! Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mostrar todo...
IMG_9664.MP42.01 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
📢 Termiz tumani yoshlari diqqatiga! 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan ertaga, 30-iyun kuni soat 06:00 da M39 avtomagistral avtomobil yo‘lidagi svetafor yonidan Termiz tumani markaziga boruvchi yo‘l bo‘ylab Sport maktabigacha bo‘lgan masofada tuman tashkilot, korxona va idoralari rahbar-xodimlari hamda yoshlar ishtirokida yurish marafoni o‘tkaziladi. Shuningdek, soat 19:00 dan boshlab tuman markazida joylashgan “Marvarid” aholi dam olish maskanida "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida galakonsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Barcha yoshlarimizni yurish marofoni va galakonsert dasturi tomoshasiga taklif etamiz. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mostrar todo...
👍 1
“Adolatli”, “Xalqparvar”, “Mehnatkash” hamda “Faxriy” deputatlar taqdirlandi Xalq deputatlari tuman Kengashining yetmishinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kengash kotibiyati, aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Deputatlar tomonidan kun tartibidagi o‘n oltita masala ko‘rib chiqildi, mas’ullarning hisobotlari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, sessiyada Kengashning reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tavsiyasiga ko‘ra Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan “Adolatli deputat”, “Xalqparvar deputat”, “Mehnatkash deputat” hamda “Faxriy deputat” maqomi berilgan deputatlar taqdirlandi. Sessiya ishi tuman hokimligi Axborot xizmatining Facebook.com ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatib borildi. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Mostrar todo...
👍 1
Archivo de publicaciones
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.