es
Feedback
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Ir al canal en Telegram

📈 Análisis del canal de Telegram Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

El canal Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi (@surxonvmmtb) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 23 478 suscriptores, ocupando la posición 8 327 en la categoría Educación y el puesto 3 386 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 23 478 suscriptores.

Según los últimos datos del 29 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -689, y en las últimas 24 horas de -9, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 13.53%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 8.98% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 3 177 visualizaciones. En el primer día suele acumular 2 109 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 3.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: surxonedu.uz Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb”

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 30 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.

23 478
Suscriptores
-924 horas
-1337 días
-68930 días
Archivo de publicaciones
Prezidentimiz ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Maktab – taraqqiyotning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvoza
Prezidentimiz ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Maktab – taraqqiyotning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidir” degan so‘zlarini yodga oldi. O‘g‘il-qizlarimiz uchun bu darvozani yanada keng ochish, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish Uchinchi Renessans g‘oyasining o‘zagidir. Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojlanar ekan, yangi kasblar paydo bo‘lmoqda, mavjud kasblar ham boshqa ko‘nikmalarni talab qilmoqda. Shu bois, maktab bitiruvchisi katta hayotga til va kasbni egallamasdan chiqmasligi kerak.
– Bolani maktabdan kasb, til o‘rgatmasdan chiqarish – uning kelajagiga beparvolik emasmi?
– dedi Prezidentimiz. Direktorlar o‘quvchilar qaysi til va kasbni o‘rganayotgani, bitirganda qanday hunarga ega bo‘lishi haqida jiddiy o‘ylashi zarurligi qayd etildi. Maktab rahbarlariga zarur vakolatlar beriladi, hamkorlikka tayyor tadbirkorlarga sharoit yaratiladi. Yoshlarni maktabdanoq kasbga tayyorlash va ta’lim bosqichlari uzviyligini ta’minlash uchun komissiya tuziladi; uch oy ichida yangi yechimlar e’lon qilinadi. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Muallimning qadri va obro‘sini yuksaltirish natijasida sohaga ko‘plab malakali pedagoglar kirib keldi. Xalqaro va milliy sert
Muallimning qadri va obro‘sini yuksaltirish natijasida sohaga ko‘plab malakali pedagoglar kirib keldi. Xalqaro va milliy sertifikatga ega o‘qituvchilar soni besh yilda 29 mingdan 143 mingga oshdi, maktablarda o‘qituvchi yetishmasligi uch barobar kamaydi. PISA tahlilida bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda 8 foiz, o‘rganilgan 91 davlatda o‘rtacha 40 foiz ekani keltirilgan. Hozir 40 ming muallim 1 ming dollardan, yana 1,5 ming nafari 2 ming dollardan yuqori maosh olmoqda. Zamonaviy metodikani joriy qilayotgan, olimpiada g‘oliblarini tayyorlayotgan ustozlarning mehnati rag‘batlantirilmoqda. Yangi formatda o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining 208 nafar tuman va shahar g‘olibiga ilk bor 616 million so‘mdan mukofot berildi. Prezidentimiz bunday e’tirof yanada ko‘proq muallimlarni yuksak marralarga intilishga undashini ta’kidladi. Kelasi yildan tanlovni 14 ta hududdagi bog‘cha tarbiyachilari va texnikum ustalari o‘rtasida ham o‘tkazish, ularni mukofotlash taklif qilindi. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Ta’lim islohotlarining natijalari xalqaro baholash va o‘quvchilar yutuqlarida ham ko‘rinayotgani aytildi. “MELQO” tadqiqotida
Ta’lim islohotlarining natijalari xalqaro baholash va o‘quvchilar yutuqlarida ham ko‘rinayotgani aytildi. “MELQO” tadqiqotida maktabgacha ta’lim tizimi yuqori baholandi. PISA reytingida 15 yoshli o‘quvchilar tabiiy fanlar bo‘yicha 32 pog‘ona yuqorilab, dunyoda 48-o‘rinni egalladi. Joriy yilning o‘zida iste’dodli yoshlar nufuzli olimpiadalarda 228 ta medal – 38 ta oltin, 82 ta kumush va 108 ta bronzani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilgan xalqaro kimyo va informatika olimpiadalarida o‘quvchilarimiz yana 8 ta medalga sazovor bo‘ldi. Maktab paytidayoq xorijiy til va fan sertifikatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar soni 100 mingga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich 2,5 barobar ko‘paygan. Bu yil qariyb 5 ming bitiruvchi oliygohga kirishda eng yuqori ballni to‘pladi. Prezidentimiz mazkur natijalarni ustozlar mehnati, yangilangan ta’lim mazmuni va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan bog‘ladi. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Prezidentimiz yangi avlod darsliklarini yaratish ishlari 2018-yilda boshlanganini esladi. Unga tajribali mutaxassislar, muall
Prezidentimiz yangi avlod darsliklarini yaratish ishlari 2018-yilda boshlanganini esladi. Unga tajribali mutaxassislar, mualliflar, olimlar, pedagoglar va xususiy kompaniyalar jalb qilindi. Kitoblarni yaratishda Finlyandiya va Singapur kabi davlatlarning tajribasi o‘rganildi. Faqat shu yilning o‘zida 324 ta darslik yangilandi. Ularni tayyorlashda 400 nafardan ziyod mutaxassis mehnat qildi. Davlatimiz rahbari bu ishga bilimi va kuchini bag‘ishlagan har bir insonga minnatdorlik bildirdi. Yangi avlod darsliklari milliy qadriyatlar bilan birga bolalarda Vatanga muhabbat, tabiatni asrash va suvni tejash tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Ular raqamli texnologiyalar, moliyaviy savodxonlik va kelajak kasblariga qiziqishni, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Prezidentimiz bu kitoblar o‘qituvchilarni o‘z ustida ishlashga undagani, pedagogika oliygohlarini o‘quv dasturlarini xalqaro talablarga moslashtirishga harakatlantirganini ta’kidladi. 2030-yilga qadar 8-11-sinflar uchun darsliklarni yangilash ishlari ham oxiriga yetkaziladi.
– Maqsadimiz aniq – har bir o‘quv yili bolaga keyingi bosqich uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilsin! Bitiruvchi maktabni hayotga tayyor, o‘z bilimiga, o‘z kuchiga ishongan holda tamomlasin!
– dedi davlatimiz rahbari.
“Eng avvalo, farzandlarimizga, ularning iste’dodi, qobiliyati, kelajagiga ishonaman!”.
Prezidentimiz bolalar eng yaxshi ta’lim, eng yaxshi sharoit va eng yaxshi kelajakka munosib ekanini alohida ta’kidladi. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

– Ta’limni rivojlantirish Yangi O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim bo‘g‘inidir, – dedi Prezidentimiz. O‘n yilda 1 millio
– Ta’limni rivojlantirish Yangi O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim bo‘g‘inidir,
– dedi Prezidentimiz. O‘n yilda 1 million 800 ming o‘rinli bog‘chalar va 1,5 million o‘rinli maktablar barpo etildi, 10 mingdan ziyod bog‘cha va maktab zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Davlatimiz rahbari ta’limda binolar va sharoit bilan birga, eng avvalo, mazmun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
“Biz bolalarimizni paxta dalasidan maktab partasiga, o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga qaytardik”,
– dedi u islohotlarning eng katta natijasi haqida to‘xtalib. Har bir bola o‘qishi, izlanishi, kamol topishi va katta orzular bilan yashashi kerak. Bu orzular ro‘yobga chiqishi uchun esa eng yaxshi darsliklar, kuchli va malakali o‘qituvchilar zarur.
– Biz bugun bolaga nimani bersak, ertaga uning natijasini mamlakat kelajagida ko‘ramiz,
– dedi Prezidentimiz. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Uchrashuvda dunyoda bilim yaratish, axborot tarqatish va mehnat qilish usullari shiddat bilan o‘zgarayotgani qayd etildi. Sun
Uchrashuvda dunyoda bilim yaratish, axborot tarqatish va mehnat qilish usullari shiddat bilan o‘zgarayotgani qayd etildi. Sun’iy intellekt matn tayyorlashi, dastur yozishi va ma’lumotni tahlil qilishi mumkin. Lekin hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topib, unga Vatanga muhabbat va mas’uliyat tuyg‘usini singdira olmaydi. Prezidentimiz ta’lim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi. Ular orasida pedagoglar bilan birga ta’lim rivojiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham bor. Uchrashuvda mukofotlar o‘z egalariga topshirildi. Davlatimiz rahbari mukofot sohiblarini tabriklar ekan,
“Ishoning, men ularni ko‘ksingizga taqib, sizlardan ham ko‘proq xursand bo‘lyapman”,
– dedi. Shuningdek, ta’limning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini ta’sis etish taklif qilindi. Uning ilk sohiblarini kelasi yilgi bayram arafasida e’lon qilish va taqdirlash ko‘zda tutilmoqda. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun alohida davlat mukofoti ta’sis etilishini ma’lum qildi. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari mazkur dargoh ta’lim tizimiga yangicha ruh va mazmun olib kirishini ta’kidlab, barcha pedagoglarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
– O‘qituvchi – mehr daryosi, o‘qituvchi – ezgulik bulog‘i, o‘qituvchi – ma’rifat quyoshi! Ustozlar bugun yoshlar qalbiga qadayotgan ma’rifat va ezgulik urug‘ining hosilidan ertaga butun jamiyat bahramand bo‘ladi,
– dedi Prezidentimiz. Mamlakatimiz yetakchisi buyuk ajdodlarimiz kamoloti ortida ham ularga saboq bergan muallimlar turganini yodga oldi. Imom Buxoriy, Beruniy, Amir Temur va Alisher Navoiy kabi siymolarni yetishtirgan ustozlarni “odamiylik bog‘ining bog‘bonlari” deb atadi. Davlatimiz rahbari umrini yoshlar kamolotiga bag‘ishlagan barcha ustoz va murabbiylarga yuksak hurmat va minnatdorlik bildirdi. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

“Taqdirimizni faqat muallim hal qiladi” — Prezident Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda oʻzbek shaxmatchilarining kechagi gʻalabalarida ustozlarning ham katta hissasi borligini taʼkidladi. “Shaxmatda bizning qahramonlarimiz nimaga natija qildi, degan savolga ham javob bitta. Muallimlarning qilgan mehnati kechagi gʻalabalarimizga olib keldi desak, bu ham adolatdan boʻladi. Sizlar hal qiluvchi kuchsizlar. Sizlar Oʻzbekistonimizning buyuk kelajagi poydevorini qoʻyyapsizlar desam, bu ham adolatdan boʻladi. Oʻn marta qaytarishdan charchamayman: taqdirimizni faqat muallim hal qiladi”, — dedi Prezident. Davlat rahbari uchrashuv ishtirokchilari va hududlardan muloqotga qoʻshilgan barcha ustozlarni bayram bilan tabriklab, ularning baxti va kelajagi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar qilinishini maʼlum qildi. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

+8
💐 FAXRIY USTOZLAR E’ZOZDA 📚 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida uzoq yillar ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilgan faxriy ustozlar holidan xabar olinib, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatilmoqda. 🎲Mazkur tumanlarda faxriy pedagoglar bayram bilan samimiy muborakbod etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ustozlarning ta’lim-tarbiya rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, ko‘p yillik samarali mehnati, boy hayotiy tajribasi hamda yosh avlod kamolotidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.
🎥📸 Quyidagi video va suratlarda Sherobod, Qumqo'rg'on, Boysun va Sho'rchi tumanlaridagi jarayonlar aks etgan.
💐 Ustozga ko‘rsatilgan ehtirom — uning zahmatiga berilgan yuksak bahodir!
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

Repost from Bekzod Tashpulatov
📖 Ustozlar tajribasi — avlodlar uchun bebaho meros 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ko‘p yillar davomida ta’lim sohasida samarali mehnat qilgan nuroniy ustozlarimiz bilan samimiy davra suhbatida jam bo‘ldik. Suhbat davomida ustozlarning ta’lim tizimidagi ko‘p yillik tajribasi, yosh avlod tarbiyasidagi xizmatlari hamda bugungi pedagoglar uchun qimmatli tavsiya va maslahatlari haqida fikr almashdik. Ustozning yillar davomida to‘plagan tajribasi — ta’lim tizimining bebaho boyligi. Bu tajribani yosh pedagoglarga yetkazish biz uchun muhim. Suhbat yakunida nuroniy ustozlarimizga ta’lim-tarbiya yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona mehnatlari uchun tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alarini topshirdik. Aziz ustozlar, sizlarga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va uzoq umr tilayman! 🔹Telegram 🔹Facebook🔹Instagram

🏅 SURXONDARYOLIK 50 NAFAR PEDAGOGGA TARMOQ MUKOFOTLARI TOPSHIRILDI 💐 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan
+9
🏅 SURXONDARYOLIK 50 NAFAR PEDAGOGGA TARMOQ MUKOFOTLARI TOPSHIRILDI 💐 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi. 🔹 Tadbirda boshqarma boshlig‘i Bekzod Tashpulatov so‘zga chiqib, fidoyi ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ustoz mehnati — Vatan kelajagi va yosh avlod kamolotining mustahkam poydevori ekanini ta’kidlab, ta’lim sohasida yuksak natijalarga erishayotgan pedagoglarga minnatdorlik bildirdi.
🏆 Tantanali tadbirda: ✍️ 9 nafar pedagogga — “Xalq ta’limi fidoyisi”; ✍️ 41 nafar pedagogga — “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.
📚 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan mazkur tarmoq mukofotlari ustozlarning ko‘p yillik fidokorona mehnati va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir. 💐 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

📖 Nuroniy ustozlar bilan samimiy davra suhbati ✍️ 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryo vil
+9
📖 Nuroniy ustozlar bilan samimiy davra suhbati ✍️ 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov ko‘p yillar davomida ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritgan bir guruh nuroniy ustozlar bilan davra suhbati o‘tkazdi. 💬 Suhbat davomida ustozlarning ta’lim tizimida orttirgan ko‘p yillik tajribasi, yosh avlod tarbiyasidagi xizmatlari va bugungi ta’lim jarayonida ularning hayotiy tajribasi hamda qimmatli maslahatlari muhim ekani alohida ta’kidlandi. 🎁 Tadbir yakunida nuroniy ustozlarga ko‘p yillik fidokorona mehnatlari uchun tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram    🌐Facebook 🌐Instagram   ▶️You tube 😉Twitter         🌐Veb-sayt

#OAV 🏫 Bir maktab, bir kasb, o‘n to‘rt yillik yo‘l Surxondaryo viloyati Uzun tumanilik geografiya fani o‘qituvchisi Inomjon
+9
#OAV 🏫 Bir maktab, bir kasb, o‘n to‘rt yillik yo‘l
Surxondaryo viloyati Uzun tumanilik geografiya fani o‘qituvchisi Inomjon Primovning kasbiy yo‘li hududdagi 70-umumta’lim maktabi bilan bog‘liq. U oliy ta’limni tamomlagach, ilk mehnat faoliyatini aynan shu maktabda boshlagan. Bugun esa 14 yillik mehnati samarasi – “Yil o‘qituvchisi” sifatida e’tirof etildi.
Batafsil: https://uza.uz/oz/posts/bir-maktab-bir-kasb-on-tort-yillik-yol_914887
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram    🌐Facebook 🌐Instagram   ▶️You tube 😉Twitter         🌐Veb-sayt

📖 “YIL O‘QITUVCHISI” — FIDOYI USTOZ MEHNATINING E’TIROFI
Sardor Suloymonov — Denov tumanidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi. Harbiylar oilasida voyaga yetgan ustoz yoshligidan geografiya faniga qiziqib, o‘z hayot yo‘lini aynan ta’lim sohasi bilan bog‘ladi.
U dars jarayonida innovatsion metodlardan samarali foydalanib, o‘quvchilarning geografiya faniga qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
10 yillik pedagogik faoliyati davomida 100 nafarga yaqin shogird tayyorladi. Ularning aksariyati geografiya yo‘nalishini tanlab, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. Ayrim shogirdlari esa bugun ustoz bilan bir jamoada hamkasb sifatida faoliyat yuritmoqda.
Tinimsiz mehnat, izlanish va yillar davomida orttirilgan tajriba o‘z samarasini berdi — Sardor Suloymonov “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi bo‘ldi. 👏 Ustozimizni ushbu munosib e’tirof bilan muborakbod etamiz!
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

💐Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik fidoyi o‘qituvchi va murabbiylar! Prezidentimiz tomonidan imzolangan Farmonga ko‘
💐Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik fidoyi o‘qituvchi va murabbiylar! Prezidentimiz tomonidan imzolangan Farmonga ko‘ra, O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida surxondaryoliklar ham bor. 🏅“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni bilan Saidov Ergash Allanazarovich - Denov tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi; 🏅“Mehnat shuhrati” ordeni bilan Ko‘chkinov Ziyodullo Axmedovich - Bandixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining tasviriy san’at fani o‘qituvchisi; 🏅II darajali “Salomatlik” ordeni bilan Abduraxmonova Nigora Xudoyberdiyevna - Abu Ali ibn Sino nomidagi Termiz jamoat salomatligi texnikumi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari; 🏅“Mardlik” ordeni bilan Safarov Suhrobjon Yangiboy o‘g‘li - Jarqo‘rg‘on tumani sport maktabi direktori; 🏅“Shuhrat” medali bilan Qulmanova Nodira Eshdavlat qizi - Jarqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabining biologiya fani o‘qituvchisi; Choriyeva Nilufar Shaydullayevna - Muzrabot tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. 👏 Davlat mukofoti sohiblari bo'lgan o‘qituvchi va murabbiylarimizni Surxondaryo viloyati hokimligi jamoasi samimiy muborakbod etadi!
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

#oav_biz_haqimizda 🖥🖥🖥 O‘zbek muallimasi Yunesko minbarida
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram    🌐Facebook 🌐Instagram   ▶️You tube 😉Twitter         🌐Veb-sayt

🟦🟦🟦 #Ustozimga_ehtirom #Boysun_tumani 📖Boysun tumanidagi 1-maktab tomonidan 1-oktabr - "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tayyorlagan videorolik
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

#Kun_hikmati 📖 “Ta’lim — dunyoni o‘zgartirish uchun foydalanishingiz mumkin bo‘lgan eng qudratli quroldir.” ✍️ Nelson Mandel
#Kun_hikmati
📖 “Ta’lim — dunyoni o‘zgartirish uchun foydalanishingiz mumkin bo‘lgan eng qudratli quroldir.”
✍️ Nelson Mandela
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi  
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish masalasi ko‘pdan buyon deputatlar tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Kuni kecha "Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi bilan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining yig‘ilishida qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish haqida tegishli qaror qabul qilindi hamda palataning Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasiga mas’ul etib belgilandi. "Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi asosida kiritilgan mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini keskin kuchaytirishga qaratilgan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasi 29-sentyabr kuni o‘tkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedi