uk
Feedback
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Відкрити в Telegram

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Канал Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi (@surxonvmmtb) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 23 475 підписників, посідаючи 8 327 місце в категорії Освіта та 3 386 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 23 475 підписників.

За останніми даними від 28 вересня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -734, а за останні 24 години на -13, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 13.30%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 9.00% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 3 124 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 2 113 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 2.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
“Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: surxonedu.uz Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb”

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 29 вересня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Освіта.

23 475
Підписники
-1324 години
-1577 днів
-73430 днів
Архів дописів
🏅 SURXONDARYOLIK 50 NAFAR PEDAGOGGA TARMOQ MUKOFOTLARI TOPSHIRILDI 💐 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan
+9
🏅 SURXONDARYOLIK 50 NAFAR PEDAGOGGA TARMOQ MUKOFOTLARI TOPSHIRILDI 💐 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi. 🔹 Tadbirda boshqarma boshlig‘i Bekzod Tashpulatov so‘zga chiqib, fidoyi ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ustoz mehnati — Vatan kelajagi va yosh avlod kamolotining mustahkam poydevori ekanini ta’kidlab, ta’lim sohasida yuksak natijalarga erishayotgan pedagoglarga minnatdorlik bildirdi.
🏆 Tantanali tadbirda: ✍️ 9 nafar pedagogga — “Xalq ta’limi fidoyisi”; ✍️ 41 nafar pedagogga — “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.
📚 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan mazkur tarmoq mukofotlari ustozlarning ko‘p yillik fidokorona mehnati va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir. 💐 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

📖 Nuroniy ustozlar bilan samimiy davra suhbati ✍️ 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryo vil
+9
📖 Nuroniy ustozlar bilan samimiy davra suhbati ✍️ 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov ko‘p yillar davomida ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritgan bir guruh nuroniy ustozlar bilan davra suhbati o‘tkazdi. 💬 Suhbat davomida ustozlarning ta’lim tizimida orttirgan ko‘p yillik tajribasi, yosh avlod tarbiyasidagi xizmatlari va bugungi ta’lim jarayonida ularning hayotiy tajribasi hamda qimmatli maslahatlari muhim ekani alohida ta’kidlandi. 🎁 Tadbir yakunida nuroniy ustozlarga ko‘p yillik fidokorona mehnatlari uchun tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram    🌐Facebook 🌐Instagram   ▶️You tube 😉Twitter         🌐Veb-sayt

#OAV 🏫 Bir maktab, bir kasb, o‘n to‘rt yillik yo‘l Surxondaryo viloyati Uzun tumanilik geografiya fani o‘qituvchisi Inomjon
+9
#OAV 🏫 Bir maktab, bir kasb, o‘n to‘rt yillik yo‘l
Surxondaryo viloyati Uzun tumanilik geografiya fani o‘qituvchisi Inomjon Primovning kasbiy yo‘li hududdagi 70-umumta’lim maktabi bilan bog‘liq. U oliy ta’limni tamomlagach, ilk mehnat faoliyatini aynan shu maktabda boshlagan. Bugun esa 14 yillik mehnati samarasi – “Yil o‘qituvchisi” sifatida e’tirof etildi.
Batafsil: https://uza.uz/oz/posts/bir-maktab-bir-kasb-on-tort-yillik-yol_914887
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram    🌐Facebook 🌐Instagram   ▶️You tube 😉Twitter         🌐Veb-sayt

📖 “YIL O‘QITUVCHISI” — FIDOYI USTOZ MEHNATINING E’TIROFI
Sardor Suloymonov — Denov tumanidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi. Harbiylar oilasida voyaga yetgan ustoz yoshligidan geografiya faniga qiziqib, o‘z hayot yo‘lini aynan ta’lim sohasi bilan bog‘ladi.
U dars jarayonida innovatsion metodlardan samarali foydalanib, o‘quvchilarning geografiya faniga qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
10 yillik pedagogik faoliyati davomida 100 nafarga yaqin shogird tayyorladi. Ularning aksariyati geografiya yo‘nalishini tanlab, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. Ayrim shogirdlari esa bugun ustoz bilan bir jamoada hamkasb sifatida faoliyat yuritmoqda.
Tinimsiz mehnat, izlanish va yillar davomida orttirilgan tajriba o‘z samarasini berdi — Sardor Suloymonov “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi bo‘ldi. 👏 Ustozimizni ushbu munosib e’tirof bilan muborakbod etamiz!
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

💐Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik fidoyi o‘qituvchi va murabbiylar! Prezidentimiz tomonidan imzolangan Farmonga ko‘
💐Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik fidoyi o‘qituvchi va murabbiylar! Prezidentimiz tomonidan imzolangan Farmonga ko‘ra, O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida surxondaryoliklar ham bor. 🏅“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni bilan Saidov Ergash Allanazarovich - Denov tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi; 🏅“Mehnat shuhrati” ordeni bilan Ko‘chkinov Ziyodullo Axmedovich - Bandixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining tasviriy san’at fani o‘qituvchisi; 🏅II darajali “Salomatlik” ordeni bilan Abduraxmonova Nigora Xudoyberdiyevna - Abu Ali ibn Sino nomidagi Termiz jamoat salomatligi texnikumi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari; 🏅“Mardlik” ordeni bilan Safarov Suhrobjon Yangiboy o‘g‘li - Jarqo‘rg‘on tumani sport maktabi direktori; 🏅“Shuhrat” medali bilan Qulmanova Nodira Eshdavlat qizi - Jarqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabining biologiya fani o‘qituvchisi; Choriyeva Nilufar Shaydullayevna - Muzrabot tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. 👏 Davlat mukofoti sohiblari bo'lgan o‘qituvchi va murabbiylarimizni Surxondaryo viloyati hokimligi jamoasi samimiy muborakbod etadi!
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

#oav_biz_haqimizda 🖥🖥🖥 O‘zbek muallimasi Yunesko minbarida
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram    🌐Facebook 🌐Instagram   ▶️You tube 😉Twitter         🌐Veb-sayt

🟦🟦🟦 #Ustozimga_ehtirom #Boysun_tumani 📖Boysun tumanidagi 1-maktab tomonidan 1-oktabr - "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tayyorlagan videorolik
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

#Kun_hikmati 📖 “Ta’lim — dunyoni o‘zgartirish uchun foydalanishingiz mumkin bo‘lgan eng qudratli quroldir.” ✍️ Nelson Mandel
#Kun_hikmati
📖 “Ta’lim — dunyoni o‘zgartirish uchun foydalanishingiz mumkin bo‘lgan eng qudratli quroldir.”
✍️ Nelson Mandela
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi  
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish masalasi ko‘pdan buyon deputatlar tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Kuni kecha "Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi bilan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining yig‘ilishida qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish haqida tegishli qaror qabul qilindi hamda palataning Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasiga mas’ul etib belgilandi. "Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi asosida kiritilgan mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini keskin kuchaytirishga qaratilgan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasi 29-sentyabr kuni o‘tkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish hamda oliygohlar va korxonalar hamkorligi
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish hamda oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентациями по вопросам внедрения учебников нового поколения в школах и организации дуального обучения в сотрудничестве вузов и предприятий. #Mirziyoyev #taqdimot #maktabtalimi #dualtalim Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

📖 Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi ustuvor vazifalar belgilandi 💬 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshq
+4
📖 Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi ustuvor vazifalar belgilandi 💬 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov ishtirokida maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi dolzarb masalalar yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. 👨‍💻 ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan yig‘ilishda barcha tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari mudirlari hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda: ⚡️ tarbiyalanuvchilarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish va bunday holatlarni qat’iy nazoratga olish; ⚡️ davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirish; ⚡️ 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish; ⚡️ pedagog kadrlar salohiyati va malaka toifasini oshirish; ⚡️ ta’lim-tarbiya jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
📌 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilanib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

📖 “DIGITAL RIGHTS WEEK” DOIRASIDA SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI 🏫 Denov tumanidagi 79-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Digital Rights Week” doirasida o‘quvchilar uchun “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. 📚 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. 🔹 Seminar davomida o‘quvchilarning raqamli huquq va majburiyatlari, internetdan xavfsiz foydalanish hamda kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan interaktiv mashg‘ulotlar, viktorinalar, hayotiy vaziyatlarga asoslangan keyslar va simulyatsion mashg‘ulotlar tashkil etildi. ✅ Mazkur tadbir o‘quvchilarning raqamli makondagi huquqiy savodxonligini oshirish va xavfsiz xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

📖 FAXRIY USTOZLAR E’ZOZDA 💐 1-oktabr — “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Qiziriq tumani Maktabgacha va maktab ta
+2
📖 FAXRIY USTOZLAR E’ZOZDA 💐 1-oktabr — “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Qiziriq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i S. Abdurasulov uzoq yillar ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriy ustozlar xonadoniga tashrif buyurdi. 🔄 Tashrif davomida faxriy pedagoglarning holidan xabar olinib, ularning ta’lim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, ko‘p yillik samarali mehnati va boy hayotiy tajribasi alohida e’tirof etildi. 🖌 Faxriy ustozlarga samimiy tilaklar bildirilib, mustahkam sog‘lik, uzoq umr va oilaviy farovonlik tilandi. Ustozga ehtirom — kelajakka ehtirom!
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

📖🇫🇷 SURXONDARYOLIK FRANSUZ TILI O‘QITUVCHILARI FRANSIYADA MALAKA OSHIRMOQDA 📚 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va mak
+4
📖🇫🇷 SURXONDARYOLIK FRANSUZ TILI O‘QITUVCHILARI FRANSIYADA MALAKA OSHIRMOQDA 📚 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Fransiyaning “Francophonia” tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida o‘zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilarining til bilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro loyiha amalga oshirilmoqda. ✍️ Loyiha doirasida Surxondaryo viloyatidan 4 nafar fransuz tili o‘qituvchisi 2026-yil 20-sentabrdan 3-oktabrga qadar Fransiya Respublikasining Nitsa shahrida tashkil etilayotgan ikki haftalik til bilish darajasini rivojlantirish kurslarida ishtirok etmoqda. 🌐 Mazkur xalqaro tajriba pedagoglarning kasbiy va til ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga xizmat qiladi.
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

#kelajak_soati 📖 “USTOZGA EHTIROM — MILLATGA EHTIROM” 📖 Denov tumanidagi 37-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-oktabr — “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Kelajak soati” darslari “Ustozga ehtirom — millatga ehtirom” mavzusida tashkil etildi. 👨‍🏫 Bugungi kunda mazkur maktabda 55 nafar oliy ma’lumotli pedagog faoliyat yuritib, 585 nafar o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. ✍️ “Kelajak soati” mashg‘ulotlari Denov tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda maktab mas’ullari ishtirokida tashkil etildi. 📖 Darslar davomida ustoz va murabbiylarning jamiyat hayotidagi o‘rni, yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos xizmatlari, ustozga hurmat va ehtirom ko‘rsatishning mazmun-mohiyati haqida o‘quvchilarga tushuncha va tavsiyalar berildi. 💼 Ustozga hurmat — ilmga hurmat, ilmga hurmat esa millatga hurmatdir!
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

#OAV_biz_haqimizda 📺 📖 Ishdan ajralmagan holda magistraturada ta'lim olish tizimi yo'lga qo'yildi 🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Telegram    🌐Facebook 🌐Instagram   ▶️You tube 😉Twitter         🌐Veb-sayt

📖 “YIL O‘QITUVCHISI” — MEHNAT VA FIDOYILIK E’TIROFI! 🔰 Jarqo‘rg‘on tumanidagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fa
+5
📖 “YIL O‘QITUVCHISI” — MEHNAT VA FIDOYILIK E’TIROFI! 🔰 Jarqo‘rg‘on tumanidagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi Xujamberdiyev Ural Sapar o‘g‘li “Yil o‘qituvchisi” tanlovida munosib ishtirok etib, 616 million so‘m miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.
👨‍🏫 “O‘qituvchi bo‘lish — mening tanlovim emas, otamning orzusi edi...” — Otamning orzusini amalga oshirish niyatida o‘qituvchilik kasbini tanlaganman. Bugun esa bu kasb hayotimning eng katta mazmuniga aylangan. Tanlov davomida oilamning ishonchi, ayniqsa, onamning duolari menga katta kuch berdi.
💬 “Men uchun bu natija shunchaki tanlovdagi muvaffaqiyat emas. Bu — otamning orzusi, onamning duolari, oilamning ishonchi va yillar davomida qilgan mehnatimning natijasi”, — deydi ustoz. 🌟 Ushbu e’tirof nafaqat ustozning shaxsiy yutug‘i, balki Surxondaryo ta’limi uchun ham munosib natijadir. 👏Ustozimizni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz!
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

‼️‼️‼️ #Yil_oʻqituvchisi 📣 DIQQAT! “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi bo‘lgan pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidag
‼️‼️‼️ #Yil_oʻqituvchisi 📣 DIQQAT! “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi bo‘lgan pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga tanlov g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi QR-kodli sertifikatlar joylashtirildi. 👉 Sertifikatni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. ➖Sertifikatni yuklab olish uchun: 🔹Shaxsiy kabinetingizdagi “Tanlovlarim” bo‘limiga kiring. 🔹“Yil o‘qituvchisi” tanlovini tanlang. 🔰 Shuningdek, “Yutuqlarim” bo‘limiga kirib, “Yil o‘qituvchisi” yutug‘ini tanlang va sertifikatni yuklab oling.
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram    🌐Facebook 🌐Instagram   ▶️You tube 😉Twitter         🌐Veb-sayt

‼️‼️‼️ #Yil_oʻqituvchisi 📣 DIQQAT! “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi bo‘lgan pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidag
‼️‼️‼️ #Yil_oʻqituvchisi 📣 DIQQAT! “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi bo‘lgan pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga tanlov g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi QR-kodli sertifikatlar joylashtirildi. 👉 Sertifikatni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. ➖Sertifikatni yuklab olish uchun: 🔹Shaxsiy kabinetingizdagi “Tanlovlarim” bo‘limiga kiring. 🔹“Yil o‘qituvchisi” tanlovini tanlang. 🔰 Shuningdek, “Yutuqlarim” bo‘limiga kirib, “Yil o‘qituvchisi” yutug‘ini tanlang va sertifikatni yuklab oling. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Repost from Rasmiy axborot
⚡️ Namangandagi voqea yuzasidan Prezident Administratsiyasi rahbari munosabat bildirdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namanganda yuz bergan fojiaga munosabat bildirib, jinoyatga aloqador barcha shaxslar qonun doirasida javobgarlikka tortilishi zarurligini ta’kidladi.
“Namanganda yuz bergan fojia haqida menga xabar berishdi. Bo‘lgan voqeani eshitib, g‘azabim ichimga sig‘may ketdi.
Nazarimda, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak. Amaldagi qonunchilikda oliy jazo ko‘zda tutilmagan, shu bois javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz.
Tegishli idoralarga barcha zarur ko‘rsatmalar berildi. Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi. Shuningdek, beparvoligi bilan bu qabohatga yo‘l ochgan, norasida bolani asray olmagan barcha mas’ullar ham jazolanadi.”
https://t.me/Rasmiy_axborot_official