Najmiddin Turon
Ir al canal en Telegram
Dilda darding bo‘lmasa, Dardisarimni kovlama. Mashrab
Mostrar más4 705
Suscriptores
-624 horas
-207 días
-7130 días
Archivo de publicaciones
4 704
Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,
Sening birla chiqishmoqlik dag'i bisyor mushkuldur.
Mizojing nozik-u sen tund, men bir beadab telba,
Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur.
Ne osig' nola-u faryod xobolud baxtimdin,
Bir unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur.
Manga osondurur bo‘lsa, agar yuz ming tuman dushman,
Vale bo‘lmoq jahonda, ey ko‘ngul, beyor mushkuldur.
Visolinkim tilarsen nozini xush tortg'il, Bobur,
Ki olam bog'ida topmoq guli bexor mushkuldur.
Bobur
https://t.me/Najmiddin_Ermatov
4 704
Hijron shomiga kirdim,
tonglarim xush qol endi,
Shabixun nayzalarga
umrim giriftor endi,
Ko‘zim, mendan ranjima,
ko‘rmasam bahor endi,
Sabuhiy tug‘yonlardan
judo bo‘lgan yo‘ldamiz.
Ko‘rganimiz nur emas,
bizdan kahkashon baland,
Ul somon sochig‘idan
tiklangan narvon baland,
Hali jism langarim,
hali bu osmon baland,
Yetim qovurg‘a yanglig‘
tanho bo‘lgan yo‘ldamiz.
Bunda faqat boyqushlar
ko‘zida mung tashiydi,
Bunda faqat alaflar
hasratimni taniydi,
Bunda faqat ashk yog‘ar-
anduhimdan chayindi,
O‘ssa faryod o‘stirib,
ado bo‘lgan yo‘ldamiz.
Bir umr va bitta Ishq,
faqat visol oz bo‘ldi,
Ko‘rar kunim boyqushning
ko‘zlariga mos bo‘ldi,
Netay endi, qismatim
shu yo‘llarga xos bo‘ldi,
Atodan meroslig‘ ul
xato bo‘lgan yo‘ldamiz.
https://t.me/Najmiddin_Ermatov
4 704
Repost from New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
“Yangi O‘zbekiston” universiteti barcha adabiyot ixlosmandlarini she'riyat tadbiriga taklif qiladi
✅ Universitetimizda 15-fevral kuni “Fonus” she'riyat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlarning xususan, “Izlam” toʻplami mualliflarining o'zidan jonli tarzda eshitishga muvaffaq bo’lasiz.
📖 Shoirlar, musiqiy chiqishlar va eksklyuziv auksiondan iborat tadbirimiz adabiyot va she’riyatga qiziquvchilar uchun unutilmas bo'lishiga ishonamiz.
👉Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/SqacVHvov8Sr4xyq5
🗓 Tadbir vaqti: 15-fevral, 10:30 da.
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (Movarounnahr ko'chasi 1)
Men o’zimni sendan izladim…
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#izlam #adabiyot #shoirlar
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
4 704
Repost from Lirika
She'riy Konsertga BEPUL CHIPTA 🎉
Vodiyda ilk bor o‘tkazilayotgan she'riy konsertga bepul chipta yutib olishni xohlarmidingiz? Balki, kitob yutgingiz bordir?
Bu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Ishtirok etish juda oson:
✅ 1-qadam: Lirika kanaliga a’zo bo‘ling.
✅ 2-qadam: Pastdagi “Yashasin she'riyat” tugmasini bosing.
🎁 Telegram orqali 3 nafar g‘olib tasodifiy tanlanadi: - 1 va 2-g'olibga: She'riy konsertga chipta + Aziz Saidning "Vaqt manzili" kitobi (muallif imzosi bilan). - 3-g'olibga: "Yashamoq" va "Vaqt manzili" kitoblari sovg‘a sifatida taqdim etiladi.📅 G‘oliblar 16-fevral, soat 20:00 da e’lon qilinadi. 🎟 P.S. Chipta yutib olsangiz-u, kela olmasangiz xavotir olmang - uni Farg'onalik do'stingizga sovg'a qilishingiz mumkin! @lirika_loyihasi
4 704
Repost from Фахриёр
Укажўрам Нажмиддин Эрматовдан дардчил ва баланд руҳли шеър
Кўк бўри кезган сарҳад итларга талош энди,
Кўтарилган бош эмас, биргина қуёш энди,
Учқун сочган кўзларнинг топингани ёш энди,
Туркий элнинг шиддати сўнганга ўхшаётир.
Сарбадорлар қонини селлар ювиб кетгандай,
Миллат учун жон берар алпни девлар ютгандай,
Ултонтозлар кун санаб, э воҳ, шуни кутгандай,
Элнинг куни номардга қолганга ўхшаётир.
Юз эллик йил отангни отганни оға санаб,
Дили бузуқ келганнинг қадамига гул қадаб,
Ё, ҳақ, дея ёнганнинг мозорига тош қалаб,
Саройингга қарғалар қўнганга ўхшаётир.
Элдан чиқиб элидан ирганганлар кўрингай,
Ўз тарихин ўзгадан ўрганганлар кўрингай,
Ғужури-ю забони ўзгарганлар кўрингай,
Ўз фарзандинг ўзингни сотганга ўхшаётир.
Кечанг заволга дўнди, ҳамма тош отиб бўлди,
Сенинг бор насибангни бекларинг тотиб бўлди,
Бугундан-ку айрилдинг, эртангни сотиб бўлди,
Йўл кўрсатар маёғинг ўчганга ўхшаётир.
Бургут учган зовларда қузғун базм этмоқда,
Илдизингни кавшабон тўнғиз ҳазм этмоқда,
Эртангни белгилашга ётлар жазм этмоқда,
Қошиқ бутун, қиличинг синганга ўхшаётир.
Кечаги ёвқир нигоҳ бугун ерга қадалган,
Ватан кутган жасорат нон топишга аталган,
Бўйин эгик, қўл қадоқ, тиззаларинг қаварган,
Умид кўзёш шўридан сўлганга ўхшаётир.
Уйғотай деб келган ул баҳорлар бекор кетар,
Ҳар тонгда қуёш туртиб, ҳар шомда безор кетар,
Бўғзин йиртиб шоирлар минг ҳайқириб, хор кетар,
Аллоҳ, бу халқ шу ҳолга кўнганга ўхшаётир.
Туркий элнинг шиддати сўнганга ўхшаётир.
4 704
Repost from BOOK.UZ
🔥Kitobxonlar talabiga binoan toʻplam sotuvda🔥
✍️ aks: jamiyatga ko‘zgu
📕«Tongotar» - 30 000 so'm
📕«Kungaboqar» - 28 000 so'm
📕«Ajdar sayyorasi» - 25 000 so'm
📕«Havo» - 21 000 soʻm
📕«Oqdan qizilga» - 21 000 soʻm
📕«Shakl» - 27 000 soʻm
Toʻplam xarid qilsangiz maxsus 10% chegirma!
Toʻplam narxi: 152 000 soʻm
✅Chegirmada: 136 800 soʻm
Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
4 704
Жим кетинг.
Тегинманг.
Қараманг, қўйинг,
Кўзига мунг экиб қўйгандир уйқу.
Қулочи кенг-ку деб беҳад севинманг,
Йиғи довушига ўйнаяпти у...
https://t.me/Najmiddin_Ermatov
4 704
Шимолдан ховури яхлаб қайтди ел,
Умидвор чечаклар топмоқда завол.
Менинг дардим оғир,
Оғринмасдан кел,
Кузакдан кўнглини узмаган аёл.
Кафтимдан дон еган қушларим учди,
Илонлар шайланди этмоққа жоду.
Лек кўнгил дардисар,
Ҳамон саросар,
Ҳамон кафтим очиқ,
Қўлларинг қушку?..
Эртанга хотирдан тўн тўқиб сотган
Умидни забтига олмоқда кузак.
Қўлларим қировга ботмасдан аввал,
Юрагим тинмасдан
Қўлингни узат.
Кузакдан кўнглини узмаган аёл.
https://t.me/Najmiddin_Ermatov
4 704
Repost from “Аkademnashr” nashriyoti
#premyera
IZLAM 2-fasl taqdimoti
Tomosha qiling: 👇
https://youtu.be/HbMHkJC_dEI?si=ChyGxIlKXDDwYN3o
📚 @akademnashr
4 704
дерлар:
баҳорни соғинган уруғ,
кута-кута гуллаб кетади,
ўзи айланади баҳорга.
дерлар:
ёмғирни соғинган дарё,
кута-кута буғланиб кетар,
ўзи эврилади ёмғирга.
билмам:
уни соғинётган мен,
кута-кута яшасам,
не бўлади охири?..
@Najmiddin_Ermatov
4 704
дерлар:
баҳорни соғинган уруғ,
кута-кута гуллаб кетади,
ўзи айланади баҳорга.
дерлар:
ёмғирни соғинган дарё,
кута-кута буғланиб кетар,
ўзи эврилади ёмғирга.
билмам:
уни соғинётган мен,
кута-кута яшасам,
не бўлади охири?..
@Najmiddin_Ermatov
4 704
Repost from XURSHID DAVRON KUTUBXONASI
Забардаст шоир ва мутаржим Одил Икромни туғилган куни билан чин қалбимдан қутлайман! Укажўрамга узоқ умр, баракали ижод тилайман!
4 704
Yomg’irshoir, qayta-qayta yog’ayotganingiz bilan tabriklayman. Poklovchi satrlaringiz ko’p bo’lsin.
@mehrnoz_abbos
4 704
Repost from Feruza Xayrullayeva
Najmiddin, butunligingiz sinmasin! So’zingiz sinmasin, uzoq yashang!
***
O‘shanda kuz edi - fasli nihoya,
Shaffof sovutini kiyar edi ko‘l.
Bir ayol dirdirab g‘o‘za yulardi,
Nigohlari dilgir, yanoqlari ho‘l.
O‘shanda kuz edi,
qiyilgan kunlar
Charnagan qismatday qiymati o‘chgan.
Bir ayol dirdirab g‘o‘za yulardi,
O‘ttiz kuzagida uch bahor ko‘chgan.
O‘shanda kuz edi,
Qora qarg‘alar
Tentirab uchganda qo‘noq axtarib,
Bir ayol dirdirab g‘o‘za yulardi,
Qaro kiprigida anduh ko‘tarib.
O‘shanda kuz edi,
Yo‘qsil yovg‘oni
Sovugan sandaldan taft olmagan kun.
Bir ayol dirdirab g‘o‘za yulardi,
Vatanday unutlig‘ qolgani uchun.
Necha kuzak o‘tdi o‘shandan beri,
Qarg‘a tumshug‘ida qish keldi ko‘p bor.
Mazlum ko‘zyoshida siyoh ivitib,
Xalq, deb shior bitdik betakror - takror.
Yangi qor yog‘yotgan shu yangi yurtda,
Bir sezgi borlig‘im etmoqda barbod:
Hamon g‘o‘za yulib yurganday ayol,
Haliyam o‘shanday turganday hayot...
Najmiddin Ermatov
@FeruzaXayrullayeva
4 704
Mazkur misralarda shoir tomonidan mislsiz tashbehlar qo‘llanilganiga guvoh bo‘lish mumkin. “Bisotimda qolgan xo‘ragim jondir” tashbehi muallifning topilmasi deyish mumkin.
Yigit va qiz o‘rtasidagi samimiy sevgi barcha shoirlarda uchraydi, biroq Najmiddinning she’rlarida u yomg‘ir vositasida ifoda qilinadi:
“Yomg‘ir yog‘sa, umid gulday unar bo‘lsa,
Kemtik ko‘ngil xalqobdayin to‘lar bo‘lsa.
Yo‘l chetida yomg‘irpo‘shsiz turgandir deb,
Ketgan yoring qaytishiga ko‘nar bo‘lsa….
….Bir tong kelsa avvaliga o‘xshamayin,
Yengillashib borsang quyosh chiqqan sayin.
Yomg‘ir tingan dunyosiga etak siltab,
Uchib ketsang ul yor ila bir bug‘dayin”.
Inson tanasining ham asosiy qismi suv, o‘zi ham suvdan yaralgan, dunyo, Yer sharining asosiy qismi ham suvdan iborat. Yomg‘irning yerdan ko‘kka ko‘tarilishida ham ko‘p hikmat bor. U negadir inson ruhiyatiga tez ta’sir qiladi, ayniqsa, kuz yomg‘irlari, bahor yomg‘irlari esa momaqaldiroqdan keyin yog‘adi, asl she’rlar ham qattiq “to‘lg‘oq”dan keyin tug‘iladi. Shu ma’noda, shoir she’rlaridagi yomg‘ir obrazi o‘ziga xos bir qancha yangi ma’nolar ifodalaydi.
Biz hozircha shoirning faqat yomg‘ir obraziga to‘xtaldik. Uning ijtimoiy mavzudagi sheʼrlarida ham topilmalar, quyma ifodalar ko‘p, umuman, N. Ermatov bugungi o‘zbek sheʼriyatida o‘z yo‘lini topishiga urinayotgan yorqin yulduzdir.
G‘ofir Hamro, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
4 704
YOMG‘IR BO‘LSAM KERAK ASLIDA
(Najmiddin Ermatov ijodi haqida)
O‘zbek adabiyoti, xususan, sheʼriyati keyingi yillarda sezilarli darajada o‘sdi, deyish mumkin. Tunyuquqdan beri bu elda qanchalar buyuk ijodkorlar yetishib chiqdi, inson tafakkurini boyitdi, bunda shoirlarning o‘rni beqiyos, albatta!
Navoiyning o‘zi bu yo‘nalishda eng katta davrni tashkil etadi. Undan keyin ham sheʼriyat Bobur, Mashrab, Ogahiy, Muqimiy kabi isteʼdodlar tomonidan boyitildi, yuksakka ko‘tarildi.
XX asr o‘zbek sheʼriyatini Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Usmon Nosir, Oybek kabi bir qator buyuk ijodkorlar davom ettirdi. Shu o‘rinda Erkin Vohid, Abdulla Oriflarning o‘zbek sheʼriyatini yuksaltirishdagi beqiyos hissasini alohida taʼkidlash zarur.
Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Muhammad Yusuf, Sirojiddin Sayyid, Xurshid Davron, Abduvali Qutbiddin, Eshqobil Shukur, Faxriyor kabi shoirlarimiz ham adabiyot maydonida o‘z so‘zini aytdi, asarlari milliy boylikka aylandi.
XXI asrda ham o‘zbek sheʼriyati taraqqiy etmoqda. Ustozlar yaratgan ulkan adabiy meros bugun yosh shoirlarga ham tajriba, ham ilhom manbayi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ustoz shoirlar ijodidan cho‘g‘langan shunday yosh, umidli ijodkorlardan biri – Najmiddin Ermatovdir. U bugungi o‘zbek sheʼriyatida munosib o‘ringa ega.
Uning sheʼrlarini o‘qir ekansiz, Cho‘lponga xos turkiy so‘zlardan foydalanish, Rauf Parfiga xos yorqin va o‘xshashi yo‘q obraz yaratish, Shavkat Rahmon kabi noodatiy so‘z tartibi va noyob metaforalardan foydalanish mahoratini egallaganiga guvoh bo‘lasiz.
Najmiddinga mazkur shoirlarning nafaqat tildan foyalanish mahoratlari, balki ulardagi “dard” – kuyunchaklik, millatparvarlik, yurt qayg‘usi bilan yashash kayfiyati ham ko‘chgan. Shundan bo‘lsa kerak uning ayrim ijtimoiy lirikaga xos she’rlarini o‘quvchilar ishtiyoq bilan qarshi oldi. Biroq intim lirikada ham shoir o‘ziga xos misralar bita oladi, mutlaqo yangi ifodalar yaratadi. Ta’kidlash kerakki, u sheʼrlarida yomg‘ir obrazidan keng foydalanadi va bu boshqa ijodkorlarda deyarli uchramaydi:
“Borliqqa sochilib keladi ketging,
Yomg‘ir bo‘lsam kerak, aslida”.
Sheʼrda insonning ozini anglashi bilan bog‘liq mulohazalar o‘rin olgan. Yomg‘ir bo‘lsam kerak, aslida deganda shoir o‘zini taftish qilgani, bu holga tushishining sabablarini qidirgani maʼlum bo‘ladi:
“Men axir osmonda yashaganmanku,
Ne qilib yuribman zamin ustida”.
Misralarda muallif yashashning muddaosi, maʼnisi, yerda yurishning sabablari haqida mulohaza qiladi va Odam atodan qolgan gunoh va nadomat haqida fikr yuritadi:
“Shayton.Ta’qiq. Va o‘sha meva—
Afsus bor quvg‘indi odam naslida.
Negadir ularga aloqam yo‘qdek,
Yomg‘ir bo‘lsam kerak, aslida”.
Mazkur ifodalar shoir tafakkuri va aqidasi g‘ayrioddiy ekanini anglatadi. She’rni boshdan oxir o‘qir ekansiz shoir ahli va she’rda yerga bog‘liq bo‘lmagan nimadir borligini his qilasiz.
Uning yomg‘ir haqida yana bir sheʼrida:
“Aslan yomg‘ir edim. Yo‘lin sindirib,
nurni tashna etdim yomg‘ir bo‘lmoqqa.
Sanduloch ko‘zidan visol o‘marib,
yog‘moqqa shay bo‘ldik, faqat yog‘moqqa”,
degan ma’nolarni o‘qiysiz. Mazkur satrlarda ham shoirning asli yomg‘ir bo‘lgani ta’kidlandi. Darhaqiqat, yomg‘ir qalam ahliga ilhom baxsh etishi bor gap, ammo hamma shoirlar ham o‘zida yomg‘irning sifatlari borligini anglamaydi. She’rdagi so‘zlar ham aslida ijodkor qalbidan, tafakkuridan yomg‘irdek to‘kiladi. Yomg‘ir undiruvchidir. Shoirlar o‘z she’rlari orqali o‘quvchi qalbida ezgulik, shijoat, g‘ayrat, sevgi-muahbbat tuyg‘ularini undiradilar.
Najmiddin Ermatovning “yomg‘ir bo‘lsam kerak aslida” deyishida ham hikmat bor.
Yoki:
"Sen yoqtirgan yomg‘irlar yog‘di,
Oynaga urildi vido shitiri.
Uyasi buzilgan qushday ruhimni,
Ololmadim uyga kiritib.
To‘r tashlab o‘tirdim Baliqchi cholday,
Bisotimda qolgan xo‘ragim jondir.
Tilla baliqnimas, duridan ayri
Tutib qaytayapman chig‘anoqlarni".
4 704
Repost from ANVAR ESHNAZAROV
Bugun erksevar, haqparast, xalqparvar shoir-Najmiddin Ermatov tug‘ilgan kun! Eh nega shuni men yozmadim deydigan sheʼrlar bo‘ladi-ku, Najmiddin og‘a ana shunday sheʼrlar muallifi. Bugungi o‘zbek adabiyotidagi kam sonli jasorat sohiblaridan biri.
Тил бу танглайингдан чиққан ортиғинг,
Тумшуғинг тилингни тийиш-чун бешак.
Юрагинг қўрқувни ҳис этмоқ учун,
Қанотинг шунчаки ҳуснингга безак.
Сайрамоқ? Нима у? Телбалар йўли,
Англамоқ - ахлоққа тескари ғоят.
Осмон бу қонунга зид бўлган маскан,
Учишга уриниш оғир жиноят.
Тухумдан чиққандан шундай дедилар:
Қафасдан ташқари - жиноят буткул.
Фақат ичкарини ҳақ йўл деб билди,
Энди ҳеч жиноят қилмайди булбул.
https://t.me/Najmiddin_Ermatov
https://t.me/AnvarEshnazarov
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
