en
Feedback
Najmiddin Turon

Najmiddin Turon

Open in Telegram

Dilda darding bo‘lmasa, Dardisarimni kovlama. Mashrab

Show more
4 705
Subscribers
-624 hours
-207 days
-7130 days
Posts Archive
Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur, Sening birla chiqishmoqlik dag'i bisyor mushkuldur. Mizojing nozik-u sen tund, men bir beadab telba, Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur. Ne osig' nola-u faryod xobolud baxtimdin, Bir unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur. Manga osondurur bo‘lsa, agar yuz ming tuman dushman, Vale bo‘lmoq jahonda, ey ko‘ngul, beyor mushkuldur. Visolinkim tilarsen nozini xush tortg'il, Bobur, Ki olam bog'ida topmoq guli bexor mushkuldur. Bobur https://t.me/Najmiddin_Ermatov

Hijron shomiga kirdim, tonglarim xush qol endi, Shabixun nayzalarga umrim giriftor endi, Ko‘zim,  mendan ranjima, ko‘rmasam bahor endi, Sabuhiy tug‘yonlardan judo bo‘lgan yo‘ldamiz. Ko‘rganimiz nur emas, bizdan kahkashon baland, Ul somon sochig‘idan tiklangan narvon baland, Hali jism langarim, hali bu osmon baland, Yetim qovurg‘a yanglig‘ tanho bo‘lgan yo‘ldamiz. Bunda faqat boyqushlar ko‘zida mung tashiydi, Bunda faqat alaflar hasratimni taniydi, Bunda faqat ashk  yog‘ar- anduhimdan chayindi, O‘ssa faryod o‘stirib, ado bo‘lgan yo‘ldamiz. Bir umr va bitta Ishq, faqat visol oz bo‘ldi, Ko‘rar kunim boyqushning ko‘zlariga mos bo‘ldi, Netay endi,  qismatim shu yo‘llarga xos bo‘ldi, Atodan meroslig‘ ul xato bo‘lgan yo‘ldamiz. https://t.me/Najmiddin_Ermatov

“Yangi O‘zbekiston” universiteti barcha adabiyot ixlosmandlarini she'riyat tadbiriga taklif qiladi ✅ Universitetimizda 15-fevral kuni “Fonus” she'riyat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlarning xususan, Izlam toʻplami mualliflarining o'zidan jonli tarzda eshitishga muvaffaq bo’lasiz. 📖 Shoirlar, musiqiy chiqishlar va eksklyuziv auksiondan iborat tadbirimiz adabiyot va she’riyatga qiziquvchilar uchun unutilmas bo'lishiga ishonamiz. 👉Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/SqacVHvov8Sr4xyq5 🗓 Tadbir vaqti: 15-fevral, 10:30 da. 📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (Movarounnahr ko'chasi 1) Men o’zimni sendan izladim… 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #izlam #adabiyot #shoirlar ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Repost from Lirika
She'riy Konsertga BEPUL CHIPTA 🎉 Vodiyda ilk bor o‘tkazilayotgan she'riy konsertga bepul chipta yutib olishni xohlarmidingiz
She'riy Konsertga BEPUL CHIPTA 🎉 Vodiyda ilk bor o‘tkazilayotgan she'riy konsertga bepul chipta yutib olishni xohlarmidingiz? Balki, kitob yutgingiz bordir? Bu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Ishtirok etish juda oson: ✅ 1-qadam: Lirika kanaliga a’zo bo‘ling. ✅ 2-qadam: Pastdagi “Yashasin she'riyat” tugmasini bosing.
🎁 Telegram orqali 3 nafar g‘olib tasodifiy tanlanadi: - 1 va 2-g'olibga: She'riy konsertga chipta + Aziz Saidning "Vaqt manzili" kitobi (muallif imzosi bilan). - 3-g'olibga: "Yashamoq" va "Vaqt manzili" kitoblari sovg‘a sifatida taqdim etiladi.
📅 G‘oliblar 16-fevral, soat 20:00 da e’lon qilinadi. 🎟 P.S. Chipta yutib olsangiz-u, kela olmasangiz xavotir olmang - uni Farg'onalik do'stingizga sovg'a qilishingiz mumkin! @lirika_loyihasi

"Туркий элнинг шиддати сўнганга ўхшаётир..." Нажмиддин Эрматов https://t.me/Najmiddin_Ermatov

Repost from Фахриёр
Укажўрам Нажмиддин Эрматовдан дардчил ва баланд руҳли шеър Кўк бўри кезган сарҳад итларга талош энди, Кўтарилган бош эмас, биргина қуёш энди, Учқун сочган кўзларнинг топингани ёш энди, Туркий элнинг шиддати сўнганга ўхшаётир. Сарбадорлар қонини селлар ювиб кетгандай, Миллат учун жон берар алпни девлар ютгандай, Ултонтозлар кун санаб, э воҳ, шуни кутгандай, Элнинг куни номардга қолганга ўхшаётир. Юз эллик йил отангни отганни оға санаб, Дили бузуқ келганнинг қадамига гул қадаб, Ё, ҳақ, дея ёнганнинг мозорига тош қалаб, Саройингга қарғалар қўнганга ўхшаётир. Элдан чиқиб элидан ирганганлар кўрингай, Ўз тарихин ўзгадан ўрганганлар кўрингай, Ғужури-ю забони ўзгарганлар кўрингай, Ўз фарзандинг ўзингни сотганга ўхшаётир. Кечанг заволга дўнди, ҳамма тош отиб бўлди, Сенинг бор насибангни бекларинг тотиб бўлди, Бугундан-ку айрилдинг, эртангни сотиб бўлди, Йўл кўрсатар маёғинг ўчганга ўхшаётир. Бургут учган зовларда қузғун базм этмоқда, Илдизингни кавшабон тўнғиз ҳазм этмоқда, Эртангни белгилашга ётлар жазм этмоқда, Қошиқ бутун, қиличинг синганга ўхшаётир. Кечаги ёвқир нигоҳ бугун ерга қадалган, Ватан кутган жасорат нон топишга аталган, Бўйин эгик, қўл қадоқ, тиззаларинг қаварган, Умид кўзёш шўридан сўлганга ўхшаётир. Уйғотай деб келган ул баҳорлар бекор кетар, Ҳар тонгда қуёш туртиб, ҳар шомда безор кетар, Бўғзин йиртиб шоирлар минг ҳайқириб, хор кетар, Аллоҳ, бу халқ шу ҳолга кўнганга ўхшаётир. Туркий элнинг шиддати сўнганга ўхшаётир.

Repost from BOOK.UZ
🔥Kitobxonlar talabiga binoan toʻplam sotuvda🔥 ✍️ aks: jamiyatga ko‘zgu 📕«Tongotar» - 30 000 so'm 📕«Kungaboqar» - 28 000 s
🔥Kitobxonlar talabiga binoan toʻplam sotuvda🔥 ✍️ aks: jamiyatga ko‘zgu 📕«Tongotar» - 30 000 so'm 📕«Kungaboqar» - 28 000 so'm 📕«Ajdar sayyorasi» - 25 000 so'm 📕«Havo» - 21 000 soʻm 📕«Oqdan qizilga» - 21 000 soʻm 📕«Shakl» - 27 000 soʻm Toʻplam xarid qilsangiz maxsus 10% chegirma! Toʻplam narxi: 152 000 soʻm ✅Chegirmada: 136 800 soʻm Buyurtma berish: @bookuzbot / +998712300050 📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!

Жим кетинг. Тегинманг. Қараманг, қўйинг, Кўзига мунг экиб қўйгандир уйқу. Қулочи кенг-ку деб беҳад севинманг, Йиғи довушига ўйнаяпти у... https://t.me/Najmiddin_Ermatov

Шимолдан ховури яхлаб қайтди ел, Умидвор чечаклар топмоқда завол. Менинг дардим оғир, Оғринмасдан кел, Кузакдан кўнглини узма
Шимолдан ховури яхлаб қайтди ел, Умидвор чечаклар топмоқда завол. Менинг дардим оғир, Оғринмасдан кел, Кузакдан кўнглини узмаган аёл. Кафтимдан дон еган қушларим учди, Илонлар шайланди этмоққа жоду. Лек кўнгил дардисар, Ҳамон саросар, Ҳамон кафтим очиқ, Қўлларинг қушку?.. Эртанга хотирдан тўн тўқиб сотган Умидни забтига олмоқда кузак. Қўлларим қировга ботмасдан аввал, Юрагим тинмасдан Қўлингни узат. Кузакдан кўнглини узмаган аёл. https://t.me/Najmiddin_Ermatov

#premyera IZLAM 2-fasl taqdimoti Tomosha qiling: 👇 https://youtu.be/HbMHkJC_dEI?si=ChyGxIlKXDDwYN3o 📚 @akademnashr

дерлар: баҳорни соғинган уруғ, кута-кута гуллаб кетади, ўзи айланади баҳорга. дерлар: ёмғирни соғинган дарё, кута-кута буғлан
дерлар: баҳорни соғинган уруғ, кута-кута гуллаб кетади, ўзи айланади баҳорга. дерлар: ёмғирни соғинган дарё, кута-кута буғланиб кетар, ўзи эврилади ёмғирга. билмам: уни соғинётган мен, кута-кута яшасам, не бўлади охири?.. @Najmiddin_Ermatov

дерлар: баҳорни соғинган уруғ, кута-кута гуллаб кетади, ўзи айланади баҳорга. дерлар: ёмғирни соғинган дарё, кута-кута буғлан
дерлар: баҳорни соғинган уруғ, кута-кута гуллаб кетади, ўзи айланади баҳорга. дерлар: ёмғирни соғинган дарё, кута-кута буғланиб кетар, ўзи эврилади ёмғирга. билмам: уни соғинётган мен, кута-кута яшасам, не бўлади охири?.. @Najmiddin_Ermatov

Забардаст шоир ва мутаржим Одил Икромни туғилган куни билан чин қалбимдан қутлайман! Укажўрамга узоқ умр, баракали ижод тилайман!

Yomg’irshoir, qayta-qayta yog’ayotganingiz bilan tabriklayman. Poklovchi satrlaringiz ko’p bo’lsin. @mehrnoz_abbos

Najmiddin, butunligingiz sinmasin! So’zingiz sinmasin, uzoq yashang! *** O‘shanda kuz edi - fasli nihoya, Shaffof sovutini ki
Najmiddin, butunligingiz sinmasin! So’zingiz sinmasin, uzoq yashang! *** O‘shanda kuz edi - fasli nihoya, Shaffof sovutini kiyar edi ko‘l. Bir ayol dirdirab g‘o‘za yulardi, Nigohlari dilgir, yanoqlari ho‘l. O‘shanda kuz edi, qiyilgan kunlar Charnagan qismatday qiymati o‘chgan. Bir ayol dirdirab g‘o‘za yulardi, O‘ttiz kuzagida uch bahor ko‘chgan. O‘shanda kuz edi, Qora qarg‘alar Tentirab uchganda qo‘noq axtarib, Bir ayol dirdirab g‘o‘za yulardi, Qaro kiprigida anduh ko‘tarib. O‘shanda kuz edi, Yo‘qsil yovg‘oni Sovugan sandaldan taft olmagan kun. Bir ayol dirdirab g‘o‘za yulardi, Vatanday unutlig‘ qolgani uchun. Necha kuzak o‘tdi o‘shandan beri, Qarg‘a tumshug‘ida qish keldi ko‘p bor. Mazlum ko‘zyoshida siyoh ivitib, Xalq, deb shior bitdik betakror - takror. Yangi qor yog‘yotgan shu yangi yurtda, Bir sezgi borlig‘im etmoqda barbod: Hamon g‘o‘za yulib yurganday ayol, Haliyam o‘shanday turganday hayot... Najmiddin Ermatov @FeruzaXayrullayeva

Mazkur misralarda shoir tomonidan mislsiz tashbehlar qo‘llanilganiga guvoh bo‘lish mumkin. “Bisotimda qolgan xo‘ragim jondir” tashbehi muallifning topilmasi deyish mumkin. Yigit va qiz o‘rtasidagi samimiy sevgi barcha shoirlarda uchraydi, biroq Najmiddinning she’rlarida u yomg‘ir vositasida ifoda qilinadi: “Yomg‘ir yog‘sa, umid gulday unar bo‘lsa, Kemtik ko‘ngil xalqobdayin to‘lar bo‘lsa. Yo‘l chetida yomg‘irpo‘shsiz turgandir deb, Ketgan yoring qaytishiga ko‘nar bo‘lsa…. ….Bir tong kelsa avvaliga o‘xshamayin, Yengillashib borsang quyosh chiqqan sayin. Yomg‘ir tingan dunyosiga etak siltab, Uchib ketsang ul yor ila bir bug‘dayin”. Inson tanasining ham asosiy qismi suv, o‘zi ham suvdan yaralgan, dunyo, Yer sharining asosiy qismi ham suvdan iborat. Yomg‘irning yerdan ko‘kka ko‘tarilishida ham ko‘p hikmat bor. U negadir inson ruhiyatiga tez ta’sir qiladi, ayniqsa, kuz yomg‘irlari, bahor yomg‘irlari esa momaqaldiroqdan keyin yog‘adi, asl she’rlar ham qattiq “to‘lg‘oq”dan keyin tug‘iladi. Shu ma’noda, shoir she’rlaridagi yomg‘ir obrazi o‘ziga xos bir qancha yangi ma’nolar ifodalaydi. Biz hozircha shoirning faqat yomg‘ir obraziga to‘xtaldik. Uning ijtimoiy mavzudagi sheʼrlarida ham topilmalar, quyma ifodalar ko‘p, umuman, N. Ermatov bugungi o‘zbek sheʼriyatida o‘z yo‘lini topishiga urinayotgan yorqin yulduzdir. G‘ofir Hamro, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

YOMG‘IR BO‘LSAM KERAK ASLIDA (Najmiddin Ermatov ijodi haqida) O‘zbek adabiyoti, xususan, sheʼriyati keyingi yillarda sezilarli darajada o‘sdi, deyish mumkin. Tunyuquqdan beri bu elda qanchalar buyuk ijodkorlar yetishib chiqdi, inson tafakkurini boyitdi, bunda shoirlarning o‘rni beqiyos, albatta! Navoiyning o‘zi bu yo‘nalishda eng katta davrni tashkil etadi. Undan keyin ham sheʼriyat Bobur, Mashrab, Ogahiy, Muqimiy kabi isteʼdodlar tomonidan boyitildi, yuksakka ko‘tarildi. XX asr o‘zbek sheʼriyatini Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Usmon Nosir, Oybek kabi bir qator buyuk ijodkorlar davom ettirdi. Shu o‘rinda Erkin Vohid, Abdulla Oriflarning o‘zbek sheʼriyatini yuksaltirishdagi beqiyos hissasini alohida taʼkidlash zarur. Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Muhammad Yusuf, Sirojiddin Sayyid, Xurshid Davron, Abduvali Qutbiddin, Eshqobil Shukur, Faxriyor kabi shoirlarimiz ham adabiyot maydonida o‘z so‘zini aytdi, asarlari milliy boylikka aylandi. XXI asrda ham o‘zbek sheʼriyati taraqqiy etmoqda. Ustozlar yaratgan ulkan adabiy meros bugun yosh shoirlarga ham tajriba, ham ilhom manbayi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ustoz shoirlar ijodidan cho‘g‘langan shunday yosh, umidli ijodkorlardan biri – Najmiddin Ermatovdir. U bugungi o‘zbek sheʼriyatida munosib o‘ringa ega. Uning sheʼrlarini o‘qir ekansiz, Cho‘lponga xos turkiy so‘zlardan foydalanish, Rauf Parfiga xos yorqin va o‘xshashi yo‘q obraz yaratish, Shavkat Rahmon kabi noodatiy so‘z tartibi va noyob metaforalardan foydalanish mahoratini egallaganiga guvoh bo‘lasiz. Najmiddinga mazkur shoirlarning nafaqat tildan foyalanish mahoratlari, balki ulardagi “dard” – kuyunchaklik, millatparvarlik, yurt qayg‘usi bilan yashash kayfiyati ham ko‘chgan. Shundan bo‘lsa kerak uning ayrim ijtimoiy lirikaga xos she’rlarini o‘quvchilar ishtiyoq bilan qarshi oldi. Biroq intim lirikada ham shoir o‘ziga xos misralar bita oladi, mutlaqo yangi ifodalar yaratadi. Ta’kidlash kerakki, u sheʼrlarida yomg‘ir obrazidan keng foydalanadi va bu boshqa ijodkorlarda deyarli uchramaydi: “Borliqqa sochilib keladi ketging, Yomg‘ir bo‘lsam kerak, aslida”. Sheʼrda insonning ozini anglashi bilan bog‘liq mulohazalar o‘rin olgan. Yomg‘ir bo‘lsam kerak, aslida deganda shoir o‘zini taftish qilgani, bu holga tushishining sabablarini qidirgani maʼlum bo‘ladi: “Men axir osmonda yashaganmanku, Ne qilib yuribman zamin ustida”. Misralarda muallif yashashning muddaosi, maʼnisi, yerda yurishning sabablari haqida mulohaza qiladi va Odam atodan qolgan gunoh va nadomat haqida fikr yuritadi: “Shayton.Ta’qiq. Va o‘sha meva— Afsus bor quvg‘indi odam naslida. Negadir ularga aloqam yo‘qdek, Yomg‘ir bo‘lsam kerak, aslida”. Mazkur ifodalar shoir tafakkuri va aqidasi g‘ayrioddiy ekanini anglatadi. She’rni boshdan oxir o‘qir ekansiz shoir ahli va she’rda yerga bog‘liq bo‘lmagan nimadir borligini his qilasiz. Uning yomg‘ir haqida yana bir sheʼrida: “Aslan yomg‘ir edim. Yo‘lin sindirib, nurni tashna etdim yomg‘ir bo‘lmoqqa. Sanduloch ko‘zidan visol o‘marib, yog‘moqqa shay bo‘ldik, faqat yog‘moqqa”, degan ma’nolarni o‘qiysiz. Mazkur satrlarda ham shoirning asli yomg‘ir bo‘lgani ta’kidlandi. Darhaqiqat, yomg‘ir qalam ahliga ilhom baxsh etishi bor gap, ammo hamma shoirlar ham o‘zida yomg‘irning sifatlari borligini anglamaydi. She’rdagi so‘zlar ham aslida ijodkor qalbidan, tafakkuridan yomg‘irdek to‘kiladi. Yomg‘ir undiruvchidir. Shoirlar o‘z she’rlari orqali o‘quvchi qalbida ezgulik, shijoat, g‘ayrat, sevgi-muahbbat tuyg‘ularini undiradilar. Najmiddin Ermatovning “yomg‘ir bo‘lsam kerak aslida” deyishida ham hikmat bor. Yoki: "Sen yoqtirgan yomg‘irlar yog‘di, Oynaga urildi vido shitiri. Uyasi buzilgan qushday ruhimni, Ololmadim uyga kiritib. To‘r tashlab o‘tirdim Baliqchi cholday, Bisotimda qolgan xo‘ragim jondir. Tilla baliqnimas, duridan ayri Tutib qaytayapman chig‘anoqlarni".

Repost from ANVAR ESHNAZAROV
Bugun erksevar, haqparast, xalqparvar shoir-Najmiddin Ermatov tug‘ilgan kun! Eh nega shuni men yozmadim deydigan sheʼrlar bo‘
Bugun erksevar, haqparast, xalqparvar shoir-Najmiddin Ermatov tug‘ilgan kun! Eh nega shuni men yozmadim deydigan sheʼrlar bo‘ladi-ku, Najmiddin og‘a ana shunday sheʼrlar muallifi. Bugungi o‘zbek adabiyotidagi kam sonli jasorat sohiblaridan biri. Тил бу танглайингдан чиққан ортиғинг, Тумшуғинг тилингни тийиш-чун бешак. Юрагинг қўрқувни ҳис этмоқ учун, Қанотинг шунчаки ҳуснингга безак. Сайрамоқ?  Нима у?  Телбалар йўли, Англамоқ - ахлоққа тескари ғоят. Осмон бу қонунга зид бўлган маскан, Учишга уриниш оғир жиноят. Тухумдан чиққандан шундай дедилар: Қафасдан ташқари - жиноят буткул. Фақат ичкарини ҳақ йўл деб билди, Энди ҳеч жиноят қилмайди булбул. https://t.me/Najmiddin_Ermatov https://t.me/AnvarEshnazarov