cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Feruza Xayrullayeva

Adabiyot | kino | hayot | = san'at |

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
651
Suscriptores
+324 horas
+37 días
+9630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Va nihoyat bizdayam ijodkorlarga metsenatlik qilish boshlandi! Boshlanganda ham kontrakt boʻlib qolsa, yuragi dukillab, oʻqitisharmikin, deb koʻzlari jovdirab turadigan qizlar uchun! Boshlanganda ham ijodkor qizlar uchun! Xullas, sheʼr yo hikoya yozadigan, uydagilariga ogʻirligini tushirmay oʻqishni istayotgan ijodkor qizlar beshtadan ijodiy ish va oʻzi haqida maʼlumotlarni 1-iyuldan 1-avgustgacha Mehrnozbotga yuborishlari kerak. Mehrinoz bu haqda yozganda, katta odam boʻlsam, boshlayman degandim, boʻlmasdan ham boshlayverdim, degandi. Lekin aslida shuncha boshqa narsalar turganda, ijodkorni qoʻllash uchun metsenatlik boshlagani - katta odam boʻldi degani, men uchun. Bu borada Mehrinozning yoʻlini bersin hammamizga! Katta odamlarimiz koʻp boʻlsin! @FeruzaXayrullayeva
Mostrar todo...
10👍 4
Va nihoyat bizdayam ijodkorlarga metsenatlik qilish boshlandi! Boshlanganda ham kontrakt boʻlib qolsa, yuragi dukillab, oʻqitisharmikin, deb koʻzlari jovdirab turadigan qizlar uchun! Boshlanganda ham ijodkor qizlar uchun! Xullas, sheʼr yo hikoya yozadigan, uydagilariga ogʻirligini tushirmay oʻqishni istayotgan ijodkor qizlar beshtadan ijodiy ish va oʻzi haqida maʼlumotlarni 1-iyuldan 1-avgustgacha Mehrnozbotga yuborishlari kerak. Mehrinoz bu haqda yozganda, katta odam boʻlsam, boshlayman degandim, boʻlmasdan ham boshlayverdim, degandi. Lekin aslida shuncha boshqa narsalar turganda, ijodkorni qoʻllash uchun metsenatlik boshlagani - katta odam boʻldi degani, men uchun. Bu borada Mehrinozning yoʻlini bersin hammamizga! Katta odamlarimiz koʻp boʻlsin! @FeruzaXayrullayeva
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Buning baxtini bilgan biladi🫠 @FeruzaXayrullayeva
Mostrar todo...
18👍 9
01:26
Video unavailableShow in Telegram
Bahorsiz umr Shokir Xoliqovning hamma odamlari haqiqiy. U hech kimni yasamaydi, aldamaydi, shunchaki bizning nazarimizdan chetda qolgan yo koʻrib koʻrmaganga olgan, ammo yashayotgan insonlar haqida hikoya qiladi. Filmni birinchi marta koʻrganimda ichim titilib ketgandi. Shu soʻzni, tuygʻuni his qilish uchun olingandek film ham. Shokir aka insonni insoniylikka qaytarib turadigan filmlar uchun rahmat! Aytgancha, bayram muborak. Bizning jurnalistikamizda ham haqiqiy odamlar yashasin doim! Filmi toʻliq koʻrish: https://youtu.be/eJ7Y0aC0uuo @FeruzaXayrullayeva
Mostrar todo...
18.48 MB
👍 5👎 2
"Abadiyat oralab" "Bor"ni qidirib yurganlar diqqatiga: 3 mlnga 50 ta kitob sotilyotgan ekan. Istasangiz hammasini, istasangiz donalab sotib olsangiz boʻladi. Bu yerda batafsil aytilgan: https://www.facebook.com/share/p/w89WB3Bho8wkexth/?mibextid=xfxF2i
Mostrar todo...
Log in or sign up to view

See posts, photos and more on Facebook.

3
🔥Va nihoyat! Bugunning eng yaxshi xabar boʻldi man uchun! Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topuvchi qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi. ❗️ Qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston xalqining sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi, davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib chiqaruvchi harakatlar sodir etgan shaxslar mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topiladi. ✅ Bunday shaxslar O‘zbekistondan deportatsiya qilinadi va besh yil davomida O‘zbekistonga kirish, banklarda hisobvaraq ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishishi taqiqlanadi. @FeruzaXayrullayeva
Mostrar todo...
18👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
Rahmat sizga yaxshi odamlar!❤️ Hozircha shuncha pul tushdi va oʻtkazib berdim. Imkon boricha pul yuborsangiz yoki yuqoridagi xabarni ulashsangiz minnatdor boʻlardim! Yana biroz harakat qilsak, yetarlicha pul toʻplanadi nasib
Mostrar todo...
👍 13🕊 4
Bir ijodkor qizga yordamimiz kerak. Avval hayriya ishlari bilan shugʻullanib koʻrmaganman. Ammo oʻzim taniydigan bir ijodkor qizdan xabar kelgani uchun shu ishga jazm qildim. Xabarni biroz o'zgaritirb joylayman: Kecha shaxsiyimga bir xabar kelgandi: "Opa, to'g'risi nima deb gap boshlashni ham bilmayapman. Menga yordam kerak, shu oy juda qiynalib qoldim. Yaqinda plastigim, telefonimni yoʻqotib qoʻydim. Bir yaqinim 1 mlncha pulni qaytarib bermadi. Ishimdayam oylik berish choʻzilyapti. Qishloqqa qaytib ketgim kelmayapti, ketsam yo uydagilardan pul so'rasam ular meni uzatvorishadi. Men hali o'qib, izlanmoqchiman. Shunga o'ylanib, nima qilishni bilmay oxiri sizdan yordam so'rayapman. Haligi... kanallarda yordam so'rab murojaat qilishadiku, o'zim ochiq yordam so'rolmaymanda, pulim bo'lmasa ham g'ururim bor. Shunga siz yozib yordam bersangiz deb iltimos qilmoqchi edim". Uning iltimosiga koʻra, karta raqamni oʻzimnikini qoldiraman, oʻzinikini qoldirsa, tanishlaridan hijolat boʻldi. (Istasangiz, shaxsiyda raqamini beraman, oʻzingiz yordam berishingiz uchun) Imkon boricha bir qizning yoʻlini topib, qaddini tiklab olishi uchun yordam beraylik. 5614 6821 2326 6878 Feruza Xayrullayeva
Mostrar todo...
15👍 10
laylo_aliyeva_jonginam_64 (1).mp35.07 MB
👍 2
Yondiradi Laylo Laylo Alieva.mp38.23 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.