Yoshlar ishlari agentligi
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
显示更多📈 Telegram 频道 Yoshlar ishlari agentligi 的分析概览
频道 Yoshlar ishlari agentligi (@yoshlaragentligi) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 273 472 名订阅者,在 教育 类别中位列第 216,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 99 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 273 472 名订阅者。
根据 04 九月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -27 174,过去 24 小时变化为 -249,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 已认证(Telegram 官方确认)
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 9.36%。内容发布后 24 小时内通常能获得 4.53% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 25 588 次浏览,首日通常累积 12 380 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 59。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi”
凭借高频更新(最新数据采集于 05 九月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。
数据加载中...
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 05 九月 | +316 | |||
| 04 九月 | +236 | |||
| 03 九月 | +1 | |||
| 02 九月 | +24 | |||
| 01 九月 | 0 |
Yoshlar huquqlarini himoya qilish: Inqirozli vaziyatlarning yoshlar hayotiga taʼsiri, ularning taʼlim olishi va xavfsiz muhitda yashashini taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi. Raqamli makonda inson huquqlari: Raqamli muhitda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, onlayn xavfsizlik va yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish muhokama qilindi. Iqlim xavfsizligi va barqarorlik: Kelajak avlodlar uchun toza, sog‘lom va barqaror atrof-muhitni taʼminlash hamda iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish masalalari ilgari surildi.Sessiyalarda xalqaro tashkilotlar va turli mamlakatlar parlamentlari vakillari o‘zaro tajriba almashib, yoshlar manfaatlarini himoya qilishda parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar. Konferensiya o‘z yo‘nalishi bo‘yicha muhokama va sessiyalarni davom ettirmoqda. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
| 2 | 🌍 Kelajak ovozi Samarqandda: RCOY Central Asia 2026 boshlandi!
Samarqand shahrida 4–6-sentyabr kunlari BMTning Markaziy Osiyo yoshlar iqlim konferensiyasi — RCOY Central Asia 2026 o‘z ishini boshladi.
Nufuzli anjumanda mintaqaning 9 ta davlatidan kelgan 100 nafarga yaqin faol yoshlar, ekspertlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ekologiya, iqlim o‘zgarishi va suv resurslarini boshqarish masalalarini muhokama qilish uchun bir maydonda jamlandi.
Anjuman doirasida yoshlar tomonidan tayyorlangan mintaqaviy bayonot va eng ilg‘or tashabbuslar joriy yilning noyabr oyida Turkiyada o‘tkaziladigan BMTning COP31 iqlim sammitida taqdim etiladi.
Konferensiya o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishlar va muhokamalarni davom ettirmoqda.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 15 109 |
| 3 | 🇺🇿 Yosh parlament a’zolari Samarqandda
Ayni damda Samarqand viloyatida Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq hamkorligida Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi bo’lib o’tmoqda.
Konferensiyada yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilinmoqda.
Mazkur konferensiyaning Samarqandda o‘tkazilayotgani katta ahamiyatga ega. Chunki bu tadbir yoshlarning siyosiy va ijtimoiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ularning fikr va tashabbuslarini xalqaro darajada ilgari surish uchun muhim maydon yaratadi.
#12IPU #Samarqand
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 20 602 |
| 4 | Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 14 642 |
| 5 | 🇺🇿Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoqning Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi o‘z ishini boshladi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
#12IPU #Samarqand
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 15 189 |
| 6 | Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkaziladi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 17 175 |
| 7 | Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirishni mustaqil hal qiladi.
Shuningdek, inklyuziv moliyalashtirish masalalari ham shtablar vakolatiga o‘tkaziladi.
Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun 1 trillion 370 milliard so‘m, yoshlar tadbirkorligi uchun esa 450 milliard so‘m resurs mavjud.
Tuman shtablariga mahalliy sharoit va loyihalarning samaradorligidan kelib chiqib, moliyalashtirish masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati beriladi.
Lider tadbirkor 10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million so‘mgacha, 100 ta oila bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysa, 5 milliard so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 20 872 |
| 8 | Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.
Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.
Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.
Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 15 274 |
| 9 | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.
Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.
Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 12 607 |
| 10 | 没有文字... | 13 699 |
| 11 | 🌎 Yoshlarning ekologik tashabbuslarini rivojlantirishga qaratilgan “Yashil kelajak” oromgohi o‘tkazildi
Yashil tashabbuslar jamg‘armasi hamda Xalqaro ekologik yoshlar qo‘mitasi hamkorligida Xalqaro shaxmat maktabida “Yashil kelajak” oromgohi tashkil etildi.
Batafsil
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 16 942 |
| 12 | 🏫Yangi o‘quv yili yangi orzular va katta maqsadlar bilan boshlandi
Bugun Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 220-maktabda yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etib, maktab o‘quvchilariga davlatimiz rahbarining yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigini yetkazdi.
Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida Alisher Sa’dullayev 11-sinfning 30 nafar o‘quvchisi uchun “Kelajak soati” darsini o‘tib berdi. Dars davomida yoshlar bilan ularning kelajakdagi maqsadlari, kasb tanlovi, sifatli ta’lim olish va mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni haqida samimiy suhbat qurildi.
Maktab kutubxonasiga o‘quvchilarning bilim olishi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan kitoblar to‘plami ham taqdim etildi. Jumladan, 100 ta kitob, 40 ta “Garvard” to‘plami hamda “Ming kitob” loyihasining 4 ta to‘plami sovg‘a qilindi.
🕊Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilar uchun yangi bilimlar, katta imkoniyatlar va ulkan yutuqlarga boy bo‘lsin!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 19 562 |
| 13 | 🔲 Startapingizni Yandex Uzbekistan ofisida taqdim eting!
Startapingiz yoki texnologik g‘oyangiz bormi? Uni soha mutaxassislari va investorlar oldida taqdim etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
StartupFest va Yandex Uzbekistan hamkorligida Catalyst Pitch Day uchun arizalar qabul qilinmoqda.
Tadbir ishtirokchilari:
🔹 o‘z startapi yoki texnologik g‘oyasini mutaxassislar va investorlarga taqdim etish;
🔹 Yandex ekspertlari bilan muloqot qilish;
🔹 o‘z loyihasi bo‘yicha fikr-mulohaza va tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Startap jamoalari, texnologik g‘oya egalari, dasturchilar, talabalar hamda jamoalarga qo‘shilishni istagan yoshlar ariza topshirishlari mumkin.
Tadbir Yandex Uzbekistan ofisida oflayn formatda bo‘lib o‘tadi.
Ariza topshirish uchun havola.
Arizalar 2-sentabr soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 14 715 |
| 14 | 🌷“Moda yo‘li” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari yakuniga yetdi
Tanlovning hududiy bosqichlari mamlakatimizning turli hududlarida o‘tkazilib, unda yuzlab yosh dizaynerlar o‘zining ijodiy ishlari, yangi g‘oyalari va betakror kolleksiyalarini namoyish etdilar.
Tanlov davomida ishtirokchilarning ijodiy ishlari soha mutaxassislaridan iborat professional hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Bunda liboslarning badiiy-estetik va konstruktiv yechimi, mualliflik g‘oyasi, materiallardan foydalanish mahorati, kolleksiya yaxlitligi hamda taqdimot saviyasiga alohida e’tibor qaratildi.
Endi Toshkent, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida bo‘lib o‘tgan hududiy har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etgan yosh dizaynerlar aniqlandi.
Barcha ishtirokchilarni munosib ishtiroki va ijodiy izlanishlari bilan tabriklaymiz!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 17 938 |
| 15 | Qadrli yoshlar va kitobsevar vatandoshlar! 🇺🇿
Mustaqillik — qalbimizdagi Vatan tuyg‘usi bo‘lsa, kitob uni anglatuvchi eng buyuk ma’rifat manbaidir.
Kitobxonlik jamg‘armasi tomonidan tayyorlangan ushbu maxsus videorolik orqali tafakkuri ozod avlod qiyofasini namoyon etamiz. Chunki to‘xtatib bo‘lmaydigan kuch — bu Yangi O‘zbekiston avlodi!
✨ Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 18 553 |
| 16 | 🇺🇿To‘xtatib bo‘lmaydigan kuch — Yangi O‘zbekiston avlodi!
Biz bu kunlarga shunchaki kelib qolmadik — bu kunni kimdir kutdi, kimdir orzu qildi, kimdir esa shu orzusi uchun kurashdi. Bugun esa o‘sha orzuning davomchilari aynan bizmiz!
Mustaqillik bizga berilgan shunchaki tarix emas, bu biz davom ettiradigan buyuk kelajakdir. Ilm-fan, IT, sport, tibbiyot, startaplar, xalqaro minbarlar va har bir mahallada o‘zining shijoati bilan qadam tashlayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlari — bu yurtning haqiqiy quvvati va intellektual qiyofasidir.
#Mustaqillik35
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 33 957 |
| 17 | Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
#Mustaqillik35
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 16 907 |
| 18 | 🇺🇿Qadrli yoshlar, aziz vatandoshlar!
Sizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Bugun yoshlarimiz ilm-fan, zamonaviy kasblar va xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarmoqda. Mustaqillik bizga o‘z salohiyatimizni ro‘yobga chiqarish uchun ulkan imkoniyatlar ochdi.
Yangi O‘zbekistonni yuksaltirish yo‘lida har biringizning shijoatingiz beqiyos!
💐Bayramingiz muborak bo‘lsin, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
#Mustaqillik35 #Uzb35
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 21 024 |
| 19 | 🎓 Ayol-qizlarimiz uchun ajoyib yangilik!
Jamiyatimiz ayol-qizlarining rivojlanishini o‘z oldiga asosiy maqsad qilgan “Qizlar akademiyasi” loyihasi biznes, ta’lim va salomatlik yo‘nalishlarida 4 ta yangi bepul kurslarni taqdim qildi!
Nega ayol-qizlar bu kurslarda o‘qishlari kerak?
1. TOP universitetlarga tayyorlov: dunyoning yetakchi universitetlariga boshlang‘ich darajadan tayyorlanishni o‘rganish uchun;
2. Eko Kolbasa tayyorlash: uy sharoitida oila uchun zararsiz, to‘yimli kolbasa tayyorlash, yoki yangi biznes boshlash uchun;
3. Uzumda biznes: talaba va uy bekasi bo‘la turib, shaxsiy biznes orqali daromad topish uchun;
4. Qizlar salomatligi: ayol-qizlar sog‘liklariga doir bilimlarga ega bo‘lishlari uchun.
Har bir dars professional mutaxassislar tomonidan olib borilgan,
inklyuzivlashtirilgan va har bir kursda surdotarjimon mavjud!
📱Qizlar akademiyasi ilovasini yuklab olish uchun:
Google Play | App Store
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 33 913 |
| 20 | O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 27 206 |
