my.gov.uz
Rasmiy kanal Fikringiz biz uchun muhim: 🤖 @MyGovRasmiyBot 📞 1242 ✉️ epigu@egov.uz 🌐 my.gov.uz 🌐 e-gov.uz 📱@eGovUz Youtube: https://www.youtube.com/@mygovuzb Facebook: https://www.facebook.com/mygovuzb Instagram: https://www.instagram.com/my.gov.uz
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram my.gov.uz
El canal my.gov.uz (@mygovuz) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 263 497 suscriptores, ocupando la posición 151 en la categoría Política y el puesto 103 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 263 497 suscriptores.
Según los últimos datos del 28 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 1 534, y en las últimas 24 horas de -83, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: Verificado (confirmado oficialmente por Telegram)
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 26.80%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 12.26% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 70 555 visualizaciones. En el primer día suele acumular 32 281 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 56.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Rasmiy kanal
Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz
Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.g...”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 29 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Política.
❗️ Eslatma: Hozirda ushbu imkoniyat test sinov rejimida ishlamoqda va faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi tijorat banklari kartalarini aks ettiradi.💻 my.gov.uz — barcha raqamli xizmatlar bir joyda! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot
❗️ Eslatma: Hozirda ushbu imkoniyat test sinov rejimida ishlamoqda va faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi tijorat banklari kartalarini aks ettiradi.💻 my.gov.uz — barcha raqamli xizmatlar bir joyda! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot
🗣"Ikki karra olimpiada chempioni degan yuksak sharafli unvon, buyuk zafar barchamizga, ko‘pmillatli xalqimizga muborak bo‘lsin! Mana shu g‘oyat hayajonli onlarda 200 dan ziyod mamlakatdan 2 mingga yaqin eng kuchli va mashhur grossmeysterlar, nomdor jamoalar ishtirok etgan murosasiz bellashuvlarda ko‘rsatgan aql-zakovatingiz, yuksak irodangiz, mahorat va jasoratingiz uchun butun el-yurtimiz, dunyo shaxmat jamoatchiligi sizlarga tasannolar aytmoqda. Sizlar – Yangi O‘zbekiston qahramonlari, jahon shaxmat olamida yangi tarix yaratgan oltin avlodsiz", – deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigida.👍 Eslatib o'tamiz, my.gov.uz portali sport sohasi vakillari uchun ham eng yaqin ko‘makchi! 🏆 Sportchilar uchun: 🟢Sport unvonlari va razryadlarini olish: Mahoratingizni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarga ega bo‘ling! 🟢Sport pasportini olish: Faoliyatingizni rasmiylashtiring va imtiyozlardan foydalaning! 🟢Sport unvonini tekshirish: Unvoningizning haqiqiyligini osongina tekshirib ko‘ring. 🟢Sport imtiyozlarini tekshirish: Qonuniy imtiyozlaringiz haqida ma’lumotga ega bo‘ling. ❗️Murabbiylar va hakamlar uchun: 🟢Hakamlarga malaka toifasini berish: Professional hakam sifatida faoliyat yuritish uchun ariza topshiring. 🟢Trener-o‘qituvchilar uchun oliy malaka toifasini olish: Malakangizni oshiring va yuqori darajadagi mutaxassisga aylaning! 🥇Yosh sportchilar uchun: 🟢Sport maktablariga onlayn ariza berish: O‘zingizga mos sport maktabini tanlang va onlayn ariza topshiring! ❗️ G‘alaba sari yo‘lni my.gov.uz bilan boshlang! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot
Muhim: Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish uchun ariza berish jarayonida mobil raqamini o'tkazmoqchi bo'lgan va qabul qiluvchi shaxslar MyID orqali arizani tasdiqlashlari talab etiladi.☄️ Ma'lumot uchun: Mobil aloqa operatorlari o'z narx siyosatidan kelib chiqib, xizmat tarifi asosida to'lov shakllantiradi. 📱Raqamli imkoniyatlardan foydalanib, vaqtingiz va naqdingizni tejang! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot
⏱️ Arizani ko‘rib chiqish muddati: ⏺ Jismoniy shaxslar: Avtomatik. ⏺ Yuridik shaxslar: 5 ish kuni ichida. 🔅 Yuridik shaxslar uchun tartib: Tashkilot rahbari har bir mashina uchun alohida ariza yuboradi va ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasini ilova qiladi. ❗️ Muhim: Davlat organlari va yo‘lovchi tashuvchilar uchun o‘z xodimlariga javobgarlikni rasmiylashtirish — BEPUL! ⚠️ Asosiy talablar: 💬 Haydovchida haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shart. 💬 Ishonchnoma mavjud bo‘lishi kerak. 🛡 Sug‘urta (OSAGO): Agar sug‘urta cheklangan bo‘lsa, haydovchi ismi unda bo‘lishi shart.📸 Endi kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun avtomobil egasi sarson bo‘lmaydi va unga ortiqcha jarima ballari yozilmaydi. Mas’uliyatni haqiqiy haydovchi o‘z bo‘yniga oladi. 📇 Ushbu foydali ma’lumotni yaqinlaringizga ham ulashing! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot
🧢23-sentabr | 10:00 “GAP bilan yangi imkoniyatlar sari” GAP loyihalari bilan tanishtiruv seminariIshtirokchilar klubning asosiy yo‘nalishlari, hududiy faoliyati, ta’lim va karyera imkoniyatlari hamda kelgusi loyihalari bilan yaqindan tanishadilar.
🧢
24-sentabr | 11:30–13:30
Xotin-qizlar uchun
“Women Shaping the Startup Ecosystem”
forumiForum texnologiya va tadbirkorlik sohasidagi yetakchi xotin-qizlar, ekspertlar va startap asoschilarini bir maydonda birlashtiradi. Unda ayollarning startap ekotizimidagi o‘rni, g‘oyalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi. Bu - yangi bilim, muhim aloqalar va katta imkoniyatlar sari qadam. 🏷ICT Week’da GAP bilan birga bo‘ling. Chunki texnologiyalar kelajagi xotin-qizlar ishtirokisiz to‘liq bo‘la olmaydi. Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
📌 Manzil: Toshkent shahri, CAEx (Central Asian Expo), Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi stendi.⚠️ Bizni kuzatishda davom eting! 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
✔️ Unda ishtirok etish juda oddiy: 🔗 Telegram-bot orqali so‘rovnomaga kiring, rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling; 🔗 Savollarga javob bering va telefon raqamingizni kiriting; 🔗 Sizga berilgan unikal ishtirokchi ID raqamini saqlab qo’ying; 🔗 22-24-sentabr kunlari Markaz stendiga tashrif buyurib, ID raqamingizni ko‘rsating va esdalik sovg’angizni oling!🔝 Oldinda asosiy sovrin ham bor: noutbuk
🎉 G‘olib 24-sentabr kuni soat 17:00 dan 18:00 oralig‘ida tasodifiy tanlash usuli orqali aniqlanadi.📌So‘rovnomani to’ldirish muddati: 24-sentabr, soat 16:00 gacha. ⌛ Keyin to‘ldirilgan so‘rovnomalar tahlil uchun qabul qilinadi, biroq asosiy sovrin tanlovida ishtirok etmaydi. 🌐 ICT WEEK UZBEKISTAN 2026: Raqamli hukumat markazi stendiga albatta keling! ▶️ https://youtube.com/shorts/oTpLsqkZAfo?si=LUjqxr1Scljs0Zhg 👉Tanlovda ishtirok etish uchun bot: https://t.me/mygov_sorovnoma_bot 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot
🗣Kimlar ushbu imkoniyatdan foydalana oladi? ⏺ Davlat tibbiyot muassasasida ayni paytda ishlayotgan; ⏺ Kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari. (Farzandi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridabakalavriat yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan bo’lishi kerak).❗️Ortiqcha hujjat va ovoragarchilikka o’rin yo’q! 🟡 Ish staji, qarindoshlik va talabalik maqomi tegishli idoralarning axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi. Hech qanday qog‘ozbozlik talab etilmaydi. 👤 Mablag‘ naqd berilmaydi — bevosita OTMning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Farzand o‘qishni davom ettirsa, subsidiya bakalavriat bosqichi yakunlanguniga qadar har o‘quv yilida to‘lab boriladi. Oilada bir nechta talaba bo‘lsa, har biri uchun subsidiya alohida hisoblanadi. 👉 Ariza topshirish juda oson: 💬 my.gov.uz portalidagi tegishli xizmatga kiring; 💬 Zarur ma’lumotlarni to‘ldirib, avtomatik tekshiruvga rozilik bering; 💬 Arizani yuboring va natijani shaxsiy kabinetda kuzatib boring.
Xizmatdan foydalanish mutlaqo BEPUL! Arizalar yil davomida qabul qilinadi.📱 my.gov.uz dagi ushbu imkoniyatni oq xalat kiygan fidoyi tibbiyot xodimlariga ulashing! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot
Natija: To‘lov qilingandan so‘ng real vaqt rejimida Yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi elektron guvohnoma shakllanadi va uni darhol yuklab olishingiz mumkin.📱 Vaqtingizni tejang — o‘z biznesingizni uydan chiqmasdan, bir necha daqiqada rasmiylashtiring! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot
👉 Nomzod tashkilotlarga qo‘yiladigan asosiy talablar: ⏺ Akkreditatsiya sohasida kamida 5 yillik xalqaro tajriba; ⏺ Akkreditatsiyaning yakuniy bosqichini oflayn tartibda o‘tkazish; ⏺ Mutaxassislarning kamida 30 foizi xorijiy ekspertlardan iborat bo‘lishi; ⏺ Tegishli faoliyat huquqini tasdiqlovchi sertifikat hamda rasmiy veb-saytida akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim tashkilotlari haqida ochiq ma’lumotlar mavjudligi.❗️ Ma’lumot uchun: Ro‘yxatga olingan xalqaro tashkilotning O‘zbekistonda faoliyat yuritish vakolati 3 yilni tashkil etadi. 💻 Ariza topshirish tartibi: 🗄 my.gov.uz portaliga kirib, "Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish uchun elektron murojaat yuborish" xizmatini tanlang; 🗄 Xalqaro tashkilot haqidagi ma’lumotlarni kiriting; 🗄 Rasmiy ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi hamda boshqa zarur hujjatlarni elektron shaklda ilova qiling; 🗄 Arizani tasdiqlang va yuboring! 🗣 Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik qiluvchi va manfaatdor tashkilot vakillariga ushbu xabarni ulashing! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot
📄 Taqdim etilishi kerak boʻlgan hujjatlar: ⏺ Yashash joyidagi poliklinikadan sogʻliq holati toʻgʻrisida maʼlumotnoma; ⏺ Sport sohasidagi yutuqlar, xorijiy tillarni bilish, IT-kurslar hamda “Vatanparvar” tashkiloti sertifikatlari (mavjud boʻlgan taqdirda).🌐Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul! ⏱ Vaqtingizni tejang va arizangizni my.gov.uz orqali uydan chiqmasdan yuboring! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot
