es
Feedback
e-gov.uz

e-gov.uz

Ir al canal en Telegram

✅Raqamli hukumat markazining rasmiy kanali 🤖 @egovuz_bot 📞+998 55-501-36-06 ✉️ E-mail: info@egov.uz 🌐Web: e-gov.uz Youtube: https://www.youtube.com/@mygovuzb Facebook: https://www.facebook.com/egovernmentuz Instagram: https://www.instagram.com/egov.

Mostrar más
4 306
Suscriptores
+224 horas
+87 días
-1030 días

Carga de datos en curso...

Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
septiembre '26
septiembre '26
+52
en 19 canales
agosto '26
+171
en 115 canales
Get PRO
julio '26
+221
en 142 canales
Get PRO
junio '26
+143
en 97 canales
Get PRO
mayo '26
+190
en 80 canales
Get PRO
abril '26
+354
en 69 canales
Get PRO
marzo '26
+841
en 77 canales
Get PRO
febrero '26
+1 116
en 192 canales
Get PRO
enero '26
+598
en 153 canales
Get PRO
diciembre '25
+110
en 61 canales
Get PRO
noviembre '25
+128
en 45 canales
Get PRO
octubre '25
+102
en 69 canales
Get PRO
septiembre '25
+65
en 59 canales
Get PRO
agosto '25
+69
en 70 canales
Get PRO
julio '25
+92
en 113 canales
Get PRO
junio '25
+123
en 51 canales
Get PRO
mayo '25
+105
en 52 canales
Get PRO
abril '25
+127
en 49 canales
Get PRO
marzo '25
+134
en 45 canales
Get PRO
febrero '25
+144
en 65 canales
Get PRO
enero '25
+140
en 62 canales
Get PRO
diciembre '24
+119
en 71 canales
Get PRO
noviembre '24
+108
en 58 canales
Get PRO
octubre '24
+98
en 51 canales
Get PRO
septiembre '24
+118
en 67 canales
Get PRO
agosto '24
+154
en 72 canales
Get PRO
julio '24
+97
en 72 canales
Get PRO
junio '24
+126
en 92 canales
Get PRO
mayo '24
+297
en 253 canales
Get PRO
abril '24
+266
en 92 canales
Get PRO
marzo '24
+139
en 27 canales
Get PRO
febrero '24
+278
en 85 canales
Get PRO
enero '24
+455
en 28 canales
Get PRO
diciembre '23
+464
en 33 canales
Get PRO
noviembre '23
+211
en 44 canales
Get PRO
octubre '23
+185
en 48 canales
Get PRO
septiembre '23
+211
en 0 canales
Get PRO
agosto '23
+163
en 0 canales
Get PRO
julio '23
+196
en 0 canales
Get PRO
junio '23
+150
en 0 canales
Get PRO
mayo '23
+143
en 0 canales
Get PRO
abril '23
+104
en 0 canales
Get PRO
marzo '23
+100
en 0 canales
Get PRO
febrero '23
+163
en 0 canales
Get PRO
enero '23
+117
en 0 canales
Get PRO
diciembre '22
+87
en 0 canales
Get PRO
noviembre '22
+387
en 0 canales
Get PRO
octubre '22
+109
en 0 canales
Get PRO
septiembre '22
+156
en 0 canales
Get PRO
agosto '22
+175
en 0 canales
Get PRO
julio '22
+177
en 0 canales
Get PRO
junio '22
+183
en 0 canales
Get PRO
mayo '22
+123
en 0 canales
Get PRO
abril '22
+159
en 0 canales
Get PRO
marzo '22
+138
en 0 canales
Get PRO
febrero '22
+116
en 0 canales
Get PRO
enero '22
+165
en 0 canales
Get PRO
diciembre '21
+86
en 0 canales
Get PRO
noviembre '21
+102
en 0 canales
Get PRO
octubre '21
+87
en 0 canales
Get PRO
septiembre '21
+63
en 0 canales
Get PRO
agosto '21
+1 162
en 0 canales
Get PRO
julio '21
+76
en 0 canales
Get PRO
junio '21
+79
en 0 canales
Get PRO
mayo '21
+58
en 0 canales
Get PRO
abril '21
+60
en 0 canales
Get PRO
marzo '21
+100
en 0 canales
Get PRO
febrero '21
+50
en 0 canales
Get PRO
enero '21
+382
en 0 canales
Fecha
Crecimiento de Suscriptores
Menciones
Canales
08 septiembre+8
07 septiembre+8
06 septiembre+3
05 septiembre+7
04 septiembre+8
03 septiembre+6
02 septiembre+6
01 septiembre+6
Publicaciones del Canal
🇺🇿  #Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️Xalqaro turizm yarmarkalarida ishtirok etish uchun turizm sohasi sub’yektlarini aniqlash tartibi belgilandi   Hukumat qarori (467-son, 04.09.2026 y.) bilan “Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida ishtirok etish uchun turizm sohasi sub’yektlarini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.   📜 Ushbu Ma’muriy reglament  xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida ishtirok etish uchun turoperatorlar, joylashtirish vositalari, transport tashkilotlari va turizm sohasida faoliyat yuritadigan boshqa tadbirkorlarni aniqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.   📋 Markaz har bir xalqaro turizm yarmarkasi va ko‘rgazmasi o‘tkazilishidan kamida 120 kalendar kun oldin bu haqidagi e’lonni o‘zining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtiradi.   🔘 Ariza beruvchi davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali foydalanishi mumkin.   ⏳ Bunda ariza quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:   🔹 viza talab qilinadigan davlatlarda o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun – xalqaro tadbir to‘g‘risida e’lon berilgan kundan boshlab (biroq, tadbir o‘tkazilishidan kamida 100 kalendar kun oldin);   🔹 viza talab qilinmaydigan davlatlarda ishtirok etish uchun – xalqaro tadbir to‘g‘risida e’lon berilgan kundan boshlab (biroq, tadbir o‘tkazilishidan kamida 30 kalendar kun oldin).   🔎 Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun turizm sohasi sub’yektlari quyidagi toifalar bo‘yicha aniqlanadi:   ▫️ I toifa– turoperatorlar; ▫️ II toifa– joylashtirish vositalari; ▫️ III toifa– transport va aviatsiya tashkilotlari; ▫️ IV toifa – ishtirok etish istagini bildirgan turizm sohasida faoliyat yuritadigan boshqa tadbirkorlik sub’yektlari.   ✉️ Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun ajratilgan joylar soni quyidagi toifalarga bo‘linadi:   ➖ turoperator uchun – 60 foiz; ➖ joylashtirish vositalari uchun – 15 foiz; ➖ transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun – 15 foiz; ➖ turizm sohasida faoliyat yuritadigan boshqa tadbirkorlik sub’yektlari uchun – 10 foiz. 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn

2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟡 Xalqaro e’tirof: Raqamli hukumat markazi ISO 9001 va ISO 37001 sertifikatlariga muvofuqligini yan
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟡 Xalqaro e’tirof: Raqamli hukumat markazi ISO 9001 va ISO 37001 sertifikatlariga muvofuqligini yana bir bor tasdiqladi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi ISO 9001 hamda ISO 37001 xalqaro standartlari bo‘yicha qayta sertifikatlash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tib, tegishli xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. O‘tkazilgan nufuzli audit natijalariga ko‘ra, Markaz faoliyatida hech qanday tanqidiy nomuvofiqliklar aniqlanmadi. Bu esa muassasada sifatli boshqarish hamda korrupsiyaga qarshi samarali tizim to‘liq shakllanganini amalda isbotlaydi. Xalqaro standartlar nima beradi? ⏺ISO 9001 (Sifat menejmenti tizimi) — davlat xizmatlari va raqamli loyihalarni boshqarishda yuqori sifat, aniq rejalashtirish hamda samaradorlikni ta’minlaydi. ⏺SO 37001 (Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi) — tashkilot faoliyatida halol, shaffof va korrupsiyaga murosasiz ish muhiti yaratilganining kafolatidir. Ushbu muvaffaqiyat Markaz rahbariyati ko‘magi, Korrupsiyaga qarshi (komplaens) nazorat bo‘limining tizimli faoliyati va butun jamoaning mas’uliyatli mehnati natijasidir. E’tirof etilgan xalqaro sertifikatlar — bu erishilgan natija bilan cheklanmay, fuqarolar va davlat organlari uchun yanada sifatli, shaffof hamda xavfsiz raqamli xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lidagi yangi bosqichdir. 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
1 697
3
👨‍💻 ICTWeek 2026: Dunyo АT hamjamiyati O‘zbekistonda jamlanadi O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasid
👨‍💻 ICTWeek 2026: Dunyo АT hamjamiyati O‘zbekistonda jamlanadi O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng muhim va nufuzli tadbirlardan biri — ICTWeek Uzbekistan 2026 joriy yilda yana bir bor mamlakatning raqamli taraqqiyot kun tartibini belgilaydigan yirik xalqaro maydonga aylanishi kutilmoqda. 2004-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — ICTWeek yillar davomida mamlakatning AT sohasidagi eng muhim voqealaridan biri sifatida shakllandi. Tadbir har yili soha vakillari, davlat tashkilotlari, mahalliy va xorijiy kompaniyalar, investorlar, startaplar, IT mutaxassislari hamda texnologiyalarga qiziquvchi keng auditoriyani bir maydonda birlashtirib kelmoqda. 🟢ICTWeek 2026: yanada katta ko‘lam va yangi imkoniyatlar Joriy yilda esa ICTWeek yanada keng ko‘lamda o‘tkazilishi kutilmoqda. 50 dan ortiq mamlakatdan 25 mingdan ziyod ishtirokchi, 300 dan ortiq kompaniya va minglab potensial biznes vakillari tadbirda ishtirok etishi prognoz qilinmoqda. Bu esa ICTWeek 2026’ni nafaqat texnologiyalar namoyishi, balki biznes, investitsiya, startaplar va xalqaro hamkorlik uchun yirik maydonga aylantirishi kutilayotganidan dalolat beradi. 🟢Biznes va investorlar uchun yangi maydon ICTWeek’ning muhim jihatlaridan biri — tadbirning texnologiyalar ko‘rgazmasi bilan cheklanib qolmasligi. Hafta davomida B2B uchrashuvlar, investitsiyaviy muloqotlar, startaplar taqdimotlari, biznes uchrashuvlar va professional netvorking uchun imkoniyatlar yaratiladi. 🟢O‘zbekistonning raqamli salohiyati xalqaro maydonda So‘nggi yillarda O‘zbekistonda AT sohasi jadal rivojlanib, raqamli iqtisodiyot mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. IT Park ekotizimining kengayishi, eksportga yo‘naltirilgan AT kompaniyalar sonining ortishi, startaplar uchun yangi imkoniyatlarning yaratilishi va raqamli davlat xizmatlarining rivojlanishi O‘zbekistonning mintaqaviy texnologik markaz sifatidagi salohiyatini oshirmoqda. Shu jarayonda ICTWeek’ning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Chunki tadbir mamlakatda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarni xalqaro auditoriyaga namoyish etish, xorijiy texnologiya va investitsiyalarni jalb qilish hamda mahalliy AT kompaniyalarni global bozor bilan bog‘lash uchun muhim ko‘prik vazifasini bajaradi. 🟢Bir hafta — ko‘plab imkoniyatlar ICTWeek’ni boshqa texnologik tadbirlardan ajratib turadigan muhim jihatlardan biri — u birgina konferensiya yoki ko‘rgazma emas, balki bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtiradigan yaxlit texnologik hafta hisoblanadi. Bu ishtirokchilarga bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishlardagi tadbirlarda qatnashish, yangi texnologiyalar bilan tanishish, ekspertlar fikrini eshitish, biznes aloqalarini kengaytirish va yangi hamkorlik loyihalarini boshlash imkonini beradi. 🟢Texnologiyalar emas, imkoniyatlar haftaligi Shunday sharoitda ICTWeek’ning vazifasi faqat yangi texnologiyalarni namoyish etish emas. Uning eng muhim vazifalaridan biri — texnologiyalarni insonlar, biznes va iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarga aylantirish. ICTWeek 2026 ham aynan shu maqsad atrofida davlat, biznes, investorlar va texnologik hamjamiyatni birlashtirib, O‘zbekistonning raqamli kelajagi uchun yangi g‘oyalar, yangi hamkorliklar va yangi loyihalarga yo‘l ochishi kutilmoqda. 📌ICTWeek 2026’da ishtirok eting! Toshkent, O‘zbekiston 22–25-sentabr, 2026 yil CAEx Ro‘yxatdan o‘tish Tel.:+998 (55) 511 07 77 Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/215037 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
3 335
4
Diqqat, Tanlov! 🇺🇿Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻ+1
Diqqat, Tanlov! 🇺🇿Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: • oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot; • oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; • oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; • davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material; • oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik; • oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish; • oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish. ⚠️Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna: Ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi yoki o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha yuborishlari lozim. Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi: • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi (Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A); • @Jonajontilim_bot telegram boti; • Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi. G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi. ✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
2 830
5
🇺🇿 #raqamlashtirish Oliy sudning Interaktiv xizmatlari portalida foydalanuvchilar uchun yana bir qulaylik — “Mening suddagi
🇺🇿 #raqamlashtirish Oliy sudning Interaktiv xizmatlari portalida foydalanuvchilar uchun yana bir qulaylik — “Mening suddagi ishim” interaktiv xizmati ishga tushirildi. 👉 Qulayliklari: 🗄 Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli sud ishlarining joriy holatini onlayn tarzda tezkor kuzatib borishlari mumkin. 🗄 Xizmat sud ishining ko‘rib chiqilish bosqichlari hamda jarayonga oid muhim ma’lumotlardan masofadan turib xabardor bo‘lish imkonini beradi. 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
2 291
6
🇺🇿 #Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati takomillashtiriladi   “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–174-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.   ✅ Farmonga ko‘ra, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030” strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda quyidagilar Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:   ⏺ bojxona jarayonlarida tadbirkorlik sub’yektlariga va jismoniy shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish; ⏺ bojxona organlari infratuzilmasini yaxshilash va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini yuqori bosqichga olib chiqish; ⏺ bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va boshqalar.   🚫 2026-yil 1-sentyabrdan quyidagi talablar bekor qilinadi: 💬 tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida importni amalga oshirishda xorijiy hamkorga oldindan to‘lov o‘tkazish cheklovi; 💬 tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida eksportni amalga oshirishda oldindan 50 foiz tushumni ta’minlash; 💬 tovarlar eksportini milliy valyutada amalga oshirishda oldindan to‘lovni ta’minlash yoki to‘lovning kafolatli shakllarini (akkreditiv, bank kafolati, sug‘urta polisi) taqdim etish; 💬 oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish uchun mahsulot namunasi yetarli bo‘lmaganda, sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish; 💬 bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida biologik aktiv va yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, polimer, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kirish uchun ruxsatnoma, shuningdek, dori vositalari hamda tibbiy jihozlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish. 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
1 889
7
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗣POYDEVOR — 35 yillik taraqqiyot ortidagi insonlar hikoyasi. 📆 1991-yildan 2026-yilgacha O‘zbekiston aloqa va axborot texnologiyalari sohasi oddiy telefon stansiyalaridan zamonaviy ma’lumotlar markazlari, raqamli davlat xizmatlari va yuqori texnologiyalargacha ulkan yo‘lni bosib o‘tdi. 🟡 Ammo bu tarix faqat texnologiyalar haqida emas. Uning ortida insonlar bor. 🎬 “POYDEVOR” hujjatli filmida soha fidoyilarining xotiralari hamda bugungi raqamli infratuzilmani rivojlantirayotgan mutaxassislarning tajribasi bir tarixda jamlangan. 🇺🇿35 yil — bir avlod yaratgan poydevor va keyingi avlod davom ettirayotgan taraqqiyot. 👇 “POYDEVOR” hujjatli filmini to‘liq tomosha qiling: ▶️ https://youtu.be/_5nSF83s7WE 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
2 578
8
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟡 O‘tmishning og‘ir yukidan — kelajakning yengil yechimlarigacha! Bir vaqtlar davlat xizmatidan foydalanish — soatlab navbat kutish, qog‘oz hujjatlarni yig‘ib yurish va ortiqcha ovoragarchilik degani edi. Bugun esa texnologiyalar bu jarayonni tubdan o‘zgartirmoqda. Endi ko‘plab davlat xizmatlarini uydan chiqmasdan, navbatsiz va ortiqcha qog‘ozbozliksiz olish mumkin. Eng muhimi — vaqtingiz tejaladi, jarayon shaffoflashadi va inson omili kamayadi. Kecha bir necha kun talab qilgan xizmatlar bugun telefoningizdagi bir necha bosish orqali hal bo‘lmoqda. Raqamli O‘zbekiston — inson uchun qulay, tezkor va zamonaviy davlat xizmatlari sari qadam. Bugungi qulaylik — o‘tmishning orzusi edi. ▶️ https://youtu.be/KM4jpqtkFWI 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
2 128
9
🇺🇿 ✨ Mustaqillikning 35 yilligi: Raqamli transformatsiya, shaffoflik va inson qadri 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqill
🇺🇿 ✨ Mustaqillikning 35 yilligi: Raqamli transformatsiya, shaffoflik va inson qadri 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilgan islohotlar sarhisob qilinmoqda. Xususan, raqamlashtirish siyosati aholi uchun shaffof, qulay va adolatli ekotizim yaratishning asosiy omiliga aylandi. So‘nggi yillarda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimida tub sifat o‘zgarishlari amalga oshirildi. Bugun my.gov.uz orqali fuqarolarimiz uzog‘i yaqin, og‘iri yengil bo‘layotganiga guvoh bo‘lmoqda. Ushbu tizimning barqaror va xavfsiz ishlashi ortida esa OneID (Yagona identifikatsiya tizimi) hamda Idoralararo integratsiyalashuv platformasi (IIP) kabi ko‘zga ko‘rinmas, ammo strategik ahamiyatga ega infratuzilmalar turibdi. Tizimlararo integratsiya natijasida idoralar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi avtomatlashtirilib, ortiqcha qog‘ozbozlik va vaqt yo‘qotilishiga chek qo‘yildi. «O’zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor vazifalar yurtimizda raqamli transformatsiyani yangi bosqichga olib chiqmoqda. Raqamlashtirish yo‘lida to‘g‘ri tanlangan strategik yondashuv — inson qadrini yuksaltirish, uning vaqtini tejash hamda jamiyatda shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi. ❗️ Yurtimiz tinchligi va ravnaqi, fuqarolarimiz farovonligi hamda taraqqiyot sari tashlanayotgan har bir qadamimiz bardavom bo‘lsin! 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
1 830
10
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗣Koreya va O‘zbekiston: Raqamli kelajak sari mustahkam hamkorlik Koreya-O‘zbekiston Raqamli hukumat markazi rahbari Jeong A Choi ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p yillik strategik sheriklik va istiqboldagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Ta’kidlanganidek, 2020–2023-yillar davomida IT ta’lim, sun’iy intellekt strategiyasi, BMTning elektron hukumat indeksi hamda raqamli xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha samarali loyihalar amalga oshirildi. Mazkur aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida joriy yilning iyun oyida Koreya-O‘zbekiston Raqamli hukumat markazi o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ydi. Bunda sun’iy intellektga asoslangan zamonaviy davlat xizmatlarini joriy etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar uchun inklyuziv raqamli qulayliklar yaratish, hukumatning raqamli salohiyati va kadrlar tajribasini oshirish asosiy yo’nalishlar bo’lishi belgilab olindi. Koreya-O‘zbekiston Raqamli hukumat markazi rahbarining samimiy qutlovi hamda Mustaqillikning 35 yillik bayramiga bag‘ishlangan tabrigini videoda tomosha qiling! ▶️https://youtu.be/PGEpqnDyOyQ 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
2 006
11
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillik35 #Uzb35 📌O‘zbekiston — jahon ilm-fanini o‘zgartirgan buyuk mutafakkirlar yurti. Bugun
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillik35 #Uzb35 📌O‘zbekiston — jahon ilm-fanini o‘zgartirgan buyuk mutafakkirlar yurti. Bugun biz ana shu buyuk merosga munosib raqamli kelajakni barpo etmoqdamiz. Prezidentimizning keng ko‘lamli islohotlari va uzoqni ko‘ra oladigan siyosati sababli O‘zbekiston texnologik rivojlanishda katta sakrashni amalga oshirdi. Mamlakatimizdagi barcha maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va mahalla binolari yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlandi. 🌐Mobil internet qamrovi 66 foizdan 98 foizgacha oshirildi. Bir vaqtlar qimmat hisoblangan mobil internet bugun dunyodagi eng hamyonbop xizmatlardan biriga aylandi — so‘nggi 5 yil ichida internet tezligi bo‘yicha 65 ta davlatni ortda qoldirib, narxlar bo‘yicha dunyoda 22-o‘rinni egalladik. Endilikda fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun navbatlarda turish shart emas — qariyb 900 ta xizmatni my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin. 📌150 dan ortiq turdagi hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilindi. Agar ilgari davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga borish talab etilgan bo‘lsa, bugungi kunda fuqarolar va tadbirkorlarning 90 foizi xizmatlardan onlayn foydalanmoqda. Natijada O‘zbekiston Jahon bankining GovTech Maturity Index reytingida dunyoda 9-o‘rinni egalladi. Prezident tomonidan tasdiqlangan Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi doirasida qariyb 100 ta loyiha amalga oshirilmoqda. ➡️20 ta oliy ta’lim muassasasida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etilmoqda. Ular ta’lim va ilm-fanni real ishlab chiqarish masalalarini hal etish bilan bog‘lamoqda. NVIDIA bilan hamkorlikda davlat loyihalari uchun zamonaviy GPU-klaster ishga tushirildi. Xorijiy investitsiyalar hisobidan qiymati 3 milliard dollargacha bo‘lgan sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan yashil data-markazning birinchi bosqichi barpo etilmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Government AI Readiness Index reytingida 62-pog‘onaga koʻtarildi. ⏩O‘zbekiston xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar uchun jozibador markazga aylandi: 2017-yilda bunday kompaniyalar soni atigi 4 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda har oyda 70 dan ortiq shunday kompaniya, jumladan, mamlakat hududlarida ham IT Park rezidentiga aylanmoqda. Hozirda IT Park rezidentlari soni qariyb 4 mingtaga yetdi. 100 dan ortiq mamlakatga IT xizmatlari eksporti 1,1 milliard dollardan oshdi. 🟣O‘zbekiston StartupBlink reytingida startap ekotizimi o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallab, "Yil mamlakati" deb e’tirof etildi. Ingliz huquqi asosida faoliyat yurituvchi Enterprise Uzbekistan Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi tashkil etildi. AT mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari soni 145 taga yetdi. Mamlakat bo‘ylab IT Parkning 1000 dan ortiq ta’lim rezidenti zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rgatmoqda. ⚪️"5 million sun’iy intellekt yetakchilari" dasturi doirasida 1 milliondan ortiq kishi ta’lim oldi, ularning yarmi ayollardir. Coursera platformasida O‘zbekiston zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha onlayn ta’lim olayotganlar ulushi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, sun’iy intellektni o‘rganishda ayollarni jalb qilish bo‘yicha namunaviy tajriba sifatida e’tirof etildi: AI kurslaridan foydalanuvchilar orasida ayollar ulushi 58,9 foizga yetdi. Joriy yilda O‘zbekiston ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026ga mezbonlik qildi. Unda rekord darajadagi ishtirokchilar jamlandi. Buyuk merosdan buyuk kelajak sari. Oldinda biz allaqachon yoza boshlagan yangi tarix sahifalari turibdi. Bayram muborak!
1 462
12
🇺🇿 ❗️ O‘tgan 35 yil ichida aloqa va telekommunikatsiya sohasi qanday tarixiy bosqichlarni bosib o‘tdi? Bugungi kunda dunyoning istalgan nuqtasi bilan soniyasiga bog‘lanish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalar va raqamli infratuzilmaning shakllanishi oson kechmagani aniq. "Qulay hayot" podkastining Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan maxsus sonida aloqa sohasi faxriysi Hakim Asrorovich Muhitdinov mehmon bo‘ldilar. ❓Mamlakatimiz aloqa tizimi mustaqillik yillarida qanday ulkan o‘zgarishlarni boshdan kechirdi? An'anaviy telegraf va analog stansiyalardan tortib bugungi yuqori tezlikdagi optik tolali va raqamli tarmoqlargacha bo‘lgan yo‘l qanday bosib o‘tildi? Soha faxriylarining tajribasi yosh avlod uchun qanday ibrat maktabi bo‘la oladi? O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan faxriyimiz bilan kechgan ushbu samimiy muloqotda sohaning o‘tmishi, buguni va kelajagi haqida qiziqarli xotiralar hamda muhim tahlillar o‘rtaga tashlandi. 👇 Podkastni hoziroq tomosha qiling: https://youtu.be/beQVEvzZXT0 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
1 552
13
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗣 Finlyandiyalik ekspert O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasi haqida: «Eshikdan kirishingiz bilanoq kuchli energiya va ishtiyoqni his qilasiz!» O‘zbekistondagi raqamli davlat xizmatlari va rivojlanish sur’ati xalqaro mutaxassislarda qanday taassurot qoldirmoqda? Finlyandiyalik ekspert, Yevropa Ittifoqining «Markaziy Osiyoda o‘zaro bog‘liqlik» loyihasi katta maslahatchisi Nina Kristiina Niva mamlakatimizdagi my.gov.uz va raqamli ekotizim imkoniyatlarini yuqori baholadi. Ekspertning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning eng katta afzalliklaridan biri — soha vakillaridagi yuqori ishtiyoq, ijobiy energiya hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlardir. «Sizlarda rivojlanishga, yangilik yaratishga va maqsad sari intilishga bo‘lgan kuchli ruhiyat bor. Aynan shu intilish sizni juda uzoqqa olib boradi!» Xorijlik mehmonning raqamli O‘zbekiston va Mustaqillik bayrami haqidagi samimiy fikrlarini videoda tomosha qiling! ▶️ https://youtu.be/zsnXOqZ8tA4 #RaqamliHukumat #DigitalUzbekistan #MyGovUz #Mustaqillik35 #XalqaroEtirof #Finlyandiya #Investitsiya #Raqamlashtirish
1 401
14
Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belg
Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilandi.   AT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot rivojiga yangi ruh berilib, 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.   Istiqlol bayrami arafasida xitoylik hamkorlar bilan “Samarqand – 2028” sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirilgani alohida g‘urur bilan qayd etildi.   – Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim, – dedi davlatimiz rahbari.   Inson qadri haqida so‘z yuritganda, aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. So‘nggi yillarda sohaga ajratilayotgan mablag‘ 8 karradan ziyod oshirilib, sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyati markazda ham, hududlarda ham yaratildi. 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
1 445
15
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomo
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling: — Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам: Telegram Youtube Facebook Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 148
16
🇺🇿 ✨ Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi O‘zbekiston Respublikas+6
🇺🇿 ✨ Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida soha fidoyilarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbarining 2026-yil 22-avgustdagi tegishli Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, davlat xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi uchun qulay va shaffof ekotizim yaratishga munosib hissa qo‘shgan Markazning bir guruh xodimlari «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlandilar. Tantanali yig‘ilishda Markaz direktori Anvar Mansurov soha vakillarini qutlug‘ ayyom hamda yuksak e’tirof bilan qutladi. U o‘z nutqida so‘nggi yillarda raqamlashtirish yo‘nalishida erishilayotgan yutuqlar ortida har bir xodimning mas’uliyatli va fidoyi mehnati turganini alohida ta’kidlab, mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi. Tadbir yakunida taqdirlanganlar ko‘rsatilgan yuksak e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham sohani rivojlantirish hamda fuqarolar mushkulini oson qilish yo‘lida bor kuch-g‘ayratlarini safarbar etishlarini ta’kidladilar. 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
4 007
17
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️ Raqamli savodxonlik va bayram shukuhi: Surxondaryoda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi Mamlakatimizda O‘zbe+5
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️ Raqamli savodxonlik va bayram shukuhi: Surxondaryoda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami shukuhi kezib turgan bir paytda, joylarda aholining raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan muhim targ‘ibot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda. 25-avgust kuni Oltinsoy tumanida aholiga my.gov.uz portali imkoniyatlari hamda kiberjinoyatlardan himoyalanish usullari yuzasidan maxsus videorolik va taqdimotlar namoyish etildi. Tadbir davomida fuqarolarga my.gov.uz orqali davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish, vaqtni tejash va ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish yo‘llari tushuntirildi. Shu bilan birga, firibgarlik, soxta havolalar, noma’lum dasturlar hamda bank karta ma'lumotlari va SMS-kodlarni begona shaxslarga oshkor etishning salbiy oqibatlari haqida amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, Sariosiyo tumanida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tantanalari o‘tkazildi. Bayramona kayfiyat ruhida o‘tgan tadbir doirasida tuman aholisiga my.gov.uz portalidan foydalanish bo‘yicha maxsus seminarlar tashkil etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga raqamli muhitda xavfsiz harakatlanish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi. Bunday targ‘ibot va tushuntirish tadbirlarini muntazam tashkil etish fuqarolarning raqamli xizmatlardan ongli va xavfsiz foydalanish madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
239
18
🇺🇿 Men – Mustaqillik tengdoshiman! 🗣 O‘z taqdirini yurt taraqqiyoti bilan bog‘lagan mustaqillik farzandlari bugun barcha sohalarda munosib o‘rin egallamoqda. Shunday faol zamondoshlarimizdan biri – Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi yetakchi mutaxassisi Gulruh Rahmatovadir. 🟡 Qahramonimiz my.gov.uz xizmatlarini takomillashtirish, biznes jarayonlarini soddalashtirish va zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. 👨‍💻 Kunduzi mas’uliyatli ish bilan band bo‘lgan Gulruh kechki payt INHA universitetining «Sun’iy intellekt va Data Science» magistraturasida tahsil olib, bugungi bilimlarini ertangi kun texnologiyalari bilan boyitmoqda. ✨ «Men – Mustaqillik tengdoshiman!» loyihasi orqali biz shijoatli vaf aol zamondoshlarimizning mehnati va orzulari haqida hikoya qilamiz. Zero, mustaqillikning eng ulug‘ qadriyati – uning ma’no-mohiyatini kundalik fidokorona mehnati bilan isbotlayotgan ana shunday yurt fidoyilaridadir. ▶️ https://youtu.be/F-ot9w_D7Sc 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
2 348
19
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi. — Президент Шав
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi. — Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил государственные награды в преддверии празднования Дня независимости. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2 213
20
🇺🇿 🇺🇿 🇰🇷 Koreya Respublikasining ODA dasturlarini baholash guruhi Raqamli hukumat markazida bo‘ldi 2026-yil 25-avgust k+1
🇺🇿 🇺🇿 🇰🇷 Koreya Respublikasining ODA dasturlarini baholash guruhi Raqamli hukumat markazida bo‘ldi 2026-yil 25-avgust kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida Koreya Respublikasining Korea Institute of Public Administration (KIPA) hamda GSI Consulting vakillaridan iborat ODA dasturlarini baholash guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Koreya Respublikasi Bosh vazir kotibiyati topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilayotgan “Evaluation of Multi-Regional ODA Programs” tadqiqoti doirasida tashkil etildi. Muloqot davomida Koreya-O‘zbekiston Raqamli hukumat hamkorlik markazi (DGCC) loyihasining tashkil etilishi, faoliyati va amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, loyiha doirasida ko‘rsatilgan ko‘maklarning O‘zbekiston raqamli hukumati ehtiyojlariga muvofiqligi hamda IT infratuzilmasining o‘ziga xos sharoitlarga moslashtirilishi muhokama qilindi. Kelgusida DGCC faoliyatini kengaytirish, uning funksiyalarini rivojlantirish hamda ushbu muvaffaqiyatli modelni boshqa hudud va mamlakatlarda qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida loyiha hujjatlari, yillik baholash hisobotlari, topshirish rejasi va maslahat materiallarini o‘rganish masalalari kelishib olindi. Mazkur tadbir Koreya Respublikasining ODA dasturlari doirasidagi raqamli hukumat loyihalari natijadorligini baholash va kelgusi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashda muhim qadam bo‘ldi. 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
2 358