uz
Feedback
my.gov.uz

my.gov.uz

Kanalga Telegram’da o‘tish

Rasmiy kanal Fikringiz biz uchun muhim: 🤖 @MyGovRasmiyBot 📞 1242 ✉️ epigu@egov.uz 🌐 my.gov.uz 🌐 e-gov.uz 📱@eGovUz Youtube: https://www.youtube.com/@mygovuzb Facebook: https://www.facebook.com/mygovuzb Instagram: https://www.instagram.com/my.gov.uz

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali my.gov.uz analitikasi

my.gov.uz (@mygovuz) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 265 353 obunachidan iborat bo'lib, Siyosat toifasida 144-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 110-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 265 353 obunachiga ega bo‘ldi.

30 Iyul, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -5 013 ga, so‘nggi 24 soatda esa -37 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlangan (Telegram tomonidan rasmiy tasdiq)
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 25.46% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 12.69% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 67 572 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 33 676 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 45 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Rasmiy kanal Fikringiz biz uchun muhim: 🤖 @MyGovRasmiyBot 📞 1242 ✉️ epigu@egov.uz 🌐 my.gov.uz 🌐 e-gov.uz 📱@eGovUz Youtube: https://www.youtube.com/@mygovuzb Facebook: https://www.facebook.com/mygovuzb Instagram: https://www.instagram.com/my.g...

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 31 Iyul, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Siyosat toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

265 353
Obunachilar
-3724 soatlar
-9947 kunlar
-5 01330 kunlar
Postlar arxiv
my.gov.uz
265 337
🇺🇿 ❗️Talabalar diqqatiga: Yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatga turish endi bir joyda! 📆 1-avgustdan boshlab talab
🇺🇿 ❗️Talabalar diqqatiga: Yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatga turish endi bir joyda! 📆 1-avgustdan boshlab talabalar turar joyiga (TTJ) joylashish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi. Bu yilgi jarayon talabalar uchun yanada qulaylashtirildi. 🔵 Endi yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatdan oʻtish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o’zgardi? 🏢 Ilgari yotoqxonaga joylashgandan soʻng vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun alohida hujjat yigʻib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! 👉 Ariza topshirish uchun:my.gov.uz’ga kirib, “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” xizmatini tanlang va maʼlumotlarni toʻldiring. ✅ Arizangiz koʻrib chiqilib, elektron shartnoma va yo’llanma taqdim etiladi. 💰 Shartnomada koʻrsatilgan toʻlovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha roʻyxatga olish uchun toʻlov shakllanadi. 🔔 Roʻyxatdan oʻtish toʻlovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz boʻyicha roʻyxatga olinganligingiz haqida qayd varagʻi taqdim etiladi.
📌 Muhim eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi.
Bitta murojaat — ikki natija! my.gov.uz orqali vaqtingizni tejang. 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagramYouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ☄️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling! 👨‍💻Abituriyentlar onlayn ro'yxatdan o'tgand
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ☄️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling! 👨‍💻Abituriyentlar onlayn ro'yxatdan o'tganda ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi. ✅Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida: “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida; “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. 👆 Yuqoridagi rasmda ularning aniq mexanizmi ko‘rsatilgan. 💬 Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik asosida amalga oshiriladi. 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagramYouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ☄️ my.gov.uz orqali sug‘urta xizmatlariga 133 mingdan ortiq ariza kelib tushdi! 🟡 Mamlakatimizda ra
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ☄️ my.gov.uz orqali sug‘urta xizmatlariga 133 mingdan ortiq ariza kelib tushdi! 🟡 Mamlakatimizda raqamli davlat xizmatlarining qamrovi tobora kengayib bormoqda. Bu jarayonda my.gov.uz portali fuqarolarning og‘irini yengil qiluvchi va vaqtini tejovchi eng qulay platformaga aylandi. 🛡 2026-yilning o‘tgan davrida birgina sug‘urta xizmatlari bo‘yicha portal orqali jami 133 178 ta elektron ariza yuborilgan. 📊 Arizalar soni bo‘yicha TOP-3 hudud:Toshkent shahri — 51,7 ming (jami arizalarning 39% ulushi) ⏺ Toshkent viloyati — 16,5 ming ⏺ Samarqand viloyati — 10,1 ming 💻 Ariza yuborish nuqtalari: 🗄 my.gov.uz portali orqali — 66,4% 🗄 MyGov ilovasi orqali — 33,6% 👥 Foydalanuvchilar toifasi: 🗄 Jismoniy shaxslar — 97,43% 🗄 Yuridik shaxslar — 2,57%
🔔 Qiziqarli fakt! Foydalanuvchilarning eng yuqori faolligi ertalabki soat 07:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan oraliqda kuzatilgan. Shu bir soat ichida 16 861 ta ariza (jami arizalarning 12,7% qismi, ya’ni har 8-ariza) yuborilgan.
🌎 my.gov.uz bilan sug‘urta xizmatlaridan istalgan joyda, navbatlarsiz va ortiqcha qog‘ozbozliksiz foydalaning! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagramYouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
🎓 Akademik litseylarga qabul natijalari e’lon qilindi! 🗣Akademik litseylarga kirish imtihonlarida qatnashgan abituriyentlar
🎓 Akademik litseylarga qabul natijalari e’lon qilindi! 🗣Akademik litseylarga kirish imtihonlarida qatnashgan abituriyentlar bugundan o’z natijalarini my.gov.uzdagi shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. 🟢 Natijani ko'rish uchun:my.gov.uz portali yoki MyGov ilovasidagi Shaxsiy kabinetingizga kiring. ⏺ “Mening arizalarim” bo‘limini tanlang. ⏺ Akademik litseyga qabul bo‘yicha yuborgan arizangizni oching va natijani ko‘ring. ☑️ Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶️YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
☄️ Sug‘urta xizmatlari cho‘ntagingizda! 🛡 Aholi va tadbirkorlar uchun eng kerakli sug‘urta xizmatlari Yagona interaktiv davl
☄️ Sug‘urta xizmatlari cho‘ntagingizda! 🛡 Aholi va tadbirkorlar uchun eng kerakli sug‘urta xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn ko‘rsatilmoqda. 🔵 Portal orqali quyidagi polislarni bir necha daqiqada olishingiz mumkin: ⏺ Majburiy avtosug‘urta polisini rasmiylashtirish; ⏺ Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish; ⏺ Sportchilarni sug‘urtalash; ⏺ Gaz uskunasi o‘rnatilgan transport vositalarini sug‘urtalash; ⏺ Ko‘chmas mulk sug‘urtasini rasmiylashtirish; ⏺ Ixtiyoriy tibbiy sug‘urtani rasmiylashtirish; ⏺ Hujjatlarni sug‘urtalash. ❓ Nega aynan my.gov.uz orqali rasmiylashtirish kerak? 🗄24/7 xizmat: Istalgan vaqtda va istalgan joydan ariza yuboring. 🗄Ortiqcha hujjatlarsiz: Tizim barcha kerakli ma'lumotlarni o'zi yuklab oladi. 🗄Tezkorlik: Sug'urta polisi onlayn shakllanadi va saqlanadi. 🗄Shaffoflik: To'lovlarni onlayn amalga oshiring va holatni kuzatib boring.
Eslatma: Xizmat narxi siz tanlagan sug‘urta turi va qoplanadigan zarar miqdoriga qarab tizim tomonidan avtomatik hisoblanadi.
🧑‍💻 Hoziroq foydalaning: Vaqtingizni tejang va xavfsizligingizni masofadan turib ta’minlang! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶️YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
🟡 1-avgustdan 2-bosqich boshlanadi: Farzandini mikrohududdan tashqaridagi maktabga bermoqchi bo‘lganlar uchun arizalar shaff
🟡 1-avgustdan 2-bosqich boshlanadi: Farzandini mikrohududdan tashqaridagi maktabga bermoqchi bo‘lganlar uchun arizalar shaffof tartibda qabul qilinadi ❗️Hurmatli ota-onalar! Farzandingizni o‘z mikrohududingizda bo‘lmagan boshqa maktabga (bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lsa) joylashtirmoqchi bo‘lsangiz, 1-avgustdan e’tiboran yangi ariza yuborishingiz mumkin.
Eng asosiy qoida: Birinchi va ikkinchi bosqichlar bir-biriga mutlaqo bog‘liq emas! Avval topshirgan arizangiz, yangi ariza yuborishingizga xalaqit bermaydi. Uni bekor qilish yoki o‘chirish talab etilmaydi.
👉 1-avgustdan bajarilishi kerak bo‘lgan 5 ta oddiy qadam: 1️⃣ Avvalgi arizangiz tizimda qolaversin, uni bekor qilish shart emas. 2️⃣ my.gov.uz portalidagi "1-sinfga qabul" xizmatiga kiring, farzandingizni tanlang va jarayonni qaytadan boshlang. 3️⃣ Hududiy darajani to‘g‘ri tanlang. Ma’lumotlarni to‘ldirishda “Ariza topshirishning hududiy darajasi” maydonida albatta “Tuman doirasida qabul” bandini belgilang. Shunda keyingi qadamda tizim sizga mikrohududingizdan tashqaridagi hududni tanlash imkoniyatini beradi. 4️⃣ Bo‘sh o‘rinlari mavjud bo‘lgan kerakli maktabni tanlang hamda arizani tasdiqlang. 5️⃣ Yangi arizangiz tasdiqlangach, tizim avtomatik ravishda maktabga borish vaqtini belgilaydi (u haqida bildirishnoma yuboriladi).
⚠️ Hujjat topshirish bo‘yicha muhim eslatma: Yangi (2-bosqich) ariza bo‘yicha ijobiy javob olganingizdan so‘ng, farzandingizning hujjatlar to‘plamini yangi tanlangan maktabga shaxsan borib topshirishingiz shart.
📲 Ma’lumotni 1-sinfga chiqadigan farzandi bor yaqinlaringiz va ota-onalar guruhlariga ulashing! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶️YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
❗️ my.gov.uz telegram kanali endi rasmiy tasdiqlangan (✅) maqomda! 🔐 Xalqaro kiberxavfsizlik va axborot makonini himoya qili
❗️ my.gov.uz telegram kanali endi rasmiy tasdiqlangan () maqomda! 🔐 Xalqaro kiberxavfsizlik va axborot makonini himoya qilish tajribasida rasmiy kanallarni verifikatsiyadan o‘tkazish fuqarolarni feyk va soxta havolalardan himoya qilishning eng samarali omili hisoblanadi. ✅ Kanalimiz olgan bu ko‘k belgi — e’lon qilinayotgan har bir xizmat va yangilikning haqiqiy va ishonchli ekanining kafolatidir. 👉 Bugungi kunda katta raqamli oilamiz yanada kengayib bormoqda: 🕊 Telegram — 265 000+ obunachi 📺 YouTube — 104 000+ obunachi 📱 Instagram — 72 500+ obunachi 🗣 Bizga bildirayotgan yuksak ishonchingiz va har kuni biz bilan birga ekanligingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz!
Muhim eslatma: Internet tarmog‘idagi turli xabarlarga emas, faqat my.gov.uz’ning rasmiy va tasdiqlangan sahifalarida e’lon qilinadigan ma’lumotlarga ishoning. my.gov.uz nomi ostida ochilgan turli xil kanallarga ishonmang va shaxsiy ma'lumotlaringizni ulashmang.
❗️Yangi davlat xizmatlari, raqamli qulayliklar va amaliy tavsiyalardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting! 👇 Bizning rasmiy sahifalarimiz: 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶️YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
☄️ Jarima ballaringizni qayerdan tekshirishni bilasizmi? 🚗 Yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun to‘plangan jarima ballarini My
☄️ Jarima ballaringizni qayerdan tekshirishni bilasizmi? 🚗 Yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun to‘plangan jarima ballarini MyGov ilovasidan tekshiring! 📱 my.gov.uz orqali onlayn tekshirganda nimalarni bilish mumkin? ⏺ To‘plangan jami jarima ballari; ⏺ Qoidabuzarlik bo‘yicha qaror raqami va sanasi; ⏺ MJtKning tegishli moddasi va bandi.
Hurmatli foydalanuvchilar! Hushyorlikni oshiring va my.gov.uz dan foydalanib, jarima ballaringiz yo'qligiga ishonch hosil qiling! Bu haydovchilik guvohnomasini saqlab qolishning eng oson yo‘li!
👉 Xizmatdan foydalanish: https://my.gov.uz/uz/service/1238 📱 MyGov ilovasini GooglePlay yoki AppStore orqali yuklab oling. 🔵 my.gov.uz — barcha davlat xizmatlari bitta ilovada! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶️YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
🟡 Taqiq yoki xatlov qo’yilgan uyga onlayn ro‘yxatga turish mumkinmi? 👍 Endilikda taqiq yoki xatlov qo‘yilgan turar joyga ga
🟡 Taqiq yoki xatlov qo’yilgan uyga onlayn ro‘yxatga turish mumkinmi? 👍 Endilikda taqiq yoki xatlov qo‘yilgan turar joyga garovga oluvchining roziligisiz yashash joyi (doimiy) yoki turgan joyi (vaqtincha) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi. 📁 Ushbu qulaylik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-iyuldagi PQ–265-son qaroriga muvofiq amaliyotga joriy etildi. ⏱️ Pasport stoliga borish va navbat kutish shart emas. Barcha jarayonlarni uyda o‘tirgan holda, my.gov.uz orqali onlayn bajarishingiz mumkin. 🌐 Xizmatdan foydalanish uchun: 💻 my.gov.uz portaliga kirib, qidiruv satriga quyidagi xizmat nomlaridan birini yozing: ⏺ Yashash joyi bo‘yicha (doimiy) ro‘yxatdan o’tkazish: 👉 my.gov.uz/uz/service/363Turgan joyi bo‘yicha (vaqtincha) ro‘yxatdan o’tkazish: 👉 my.gov.uz/uz/service/187
❗️ Muhim eslatma: Mulkdor, garovga oluvchi yoki taqiq qo‘yish/bekor qilishga mas’ul organning ichki ishlar organlariga murojaati asosida fuqaroning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bekor qilinishi mumkin.
🔵 my.gov.uz — vaqtingiz va mablag‘ingizni tejang! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagramYouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ☄️ Endi 3 ta hujjatga bitta ariza orqali apostil olish mumkin! 🟡 Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiya
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ☄️ Endi 3 ta hujjatga bitta ariza orqali apostil olish mumkin! 🟡 Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida "Chet elga taqdim etiladigan hujjatlarni kompozit apostil qilish" xizmati ishga tushirildi.
✅ Endilikda fuqarolar my.gov.uz portali orqali bitta ariza yuborish bilan quyidagi uchta hujjatni apostil qo‘yilgan holda olishlari mumkin: ⏺ sudlanmaganlik haqida ma'lumotnoma; ⏺ ruhiy kasalliklar dispanserida ro'yxatda turmaslik haqida ma'lumotnoma; ⏺ narkologiya dispanserida ro'yxatda turmaslik haqida ma'lumotnoma.
Qulayligi nimada? 👉 Yangi xizmat "Bir ariza – bir natija" (1-0-1) tamoyili asosida ishlaydi. Fuqarodan faqat bitta elektron ariza talab etiladi, xolos. Qolgan barcha jarayonlar davlat organlarining o‘zaro elektron axborot almashinuvi orqali, fuqaroning ishtirokisiz amalga oshiriladi. Oldin qanday edi? 👉 Avvallari bu jarayon uchun fuqaro Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib, ma'lumotnomalarni alohida-alohida olishi, ularga muhr qo‘ydirishi, apostil uchun yana alohida ariza topshirib, natijasini olish uchun qayta murojaat qilishi talab etilar edi — ya'ni 5 ta bosqichdan o'tishga to'g'ri kelardi. ✨ Hozirda esa barcha bosqichlar bitta ariza bilan hal etiladi. Bu fuqarolarning vaqtini tejab, ortiqcha ovvoragarchilik va qog‘ozbozlikning oldini oladi. 🌐 Xizmatdan foydalanish: my.gov.uz/uz/service/1486 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagramYouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
🗣 Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma olish bunchalik oson bo‘lmagan!  📁 "Hujjat yig‘ishga vaqtim yo‘q", deydigan kunlar ortda qoldi. Navbatda turish va idorama-idora yurishlarni ham unutayapmiz! 👨‍💻 Endi my.gov.uz orqali sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risidagi ma’lumotnomani yanada tez va oson oling. 👉 Xizmatning qulayligi shundaki: ✅ O‘zingiz, farzandingiz yoki yaqin qarindoshingiz uchun arizani daqiqalar ichida topshirasiz; ✅ Ma’lumotnoma tilini o‘zingizga qulay tarzda tanlaysiz; ✅ Tayyor hujjat “Mening arizalarim” bo‘limida tezkor ko‘rinadi! ▶️ Barcha jarayonni videoyo‘riqnomada tushuntirdik, marhamat, sinab ko‘ring! 💻 my.gov.uz — vaqtingiz va mablag'ingizni tejaydi! 🔔 Postni saqlab qo‘ying va do‘stlaringizga ham ulashing! ▶️ https://youtu.be/RsvsXJp4Iec 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagramYouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
#subsidiya ❗️ Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga 26 mingdan ortiq ariza kelib tushdi ☄️ Bugundan ishga tushirilga
#subsidiya ❗️ Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga 26 mingdan ortiq ariza kelib tushdi ☄️ Bugundan ishga tushirilgan Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olish xizmatiga fuqarolardan 26 216 ta ariza kelib tushdi. 👉 Shundan: 🔵 11 810 tasi my.gov.uz portali, 🔵 10 755 tasi MyGOV ilovasi, 🔵 3 651 tasi Davlat xizmatlari markazlari hissasiga to'g'ri keldi. 🔎 Xabaringiz bor, avvalroq Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya ajratish yangi maqsadli ko’rsatkichlar asosida ishga tushirilgandi. 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagramYouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
🟡 Ipoteka krediti uchun my.gov.uz orqali subsidiyaga arizalar qabuli boshlandi! 🏠 Sizda o‘z xonadoningizga ega bo‘lish imko
🟡 Ipoteka krediti uchun my.gov.uz orqali subsidiyaga arizalar qabuli boshlandi! 🏠 Sizda o‘z xonadoningizga ega bo‘lish imkoniyati bor. Bugun, 27-iyul soat 15:00 dan boshlab, ipoteka kreditlari uchun davlat subsidiyasiga arizalar qabul qilinishi yo‘lga qo‘yildi. 💰 Kreditning yuqori miqdorlari qancha? Toshkent shahri uchun: 480 mln so‘mgacha. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun: 380 mln so‘mgacha. 📋 Kimlar ariza topshirishi mumkin? (Asosiy talablar) 👉 Subsidiya olish uchun quyidagi mezonlarga mos kelishingiz kerak:
Ball tizimi: Ijtimoiy mezonlar bo‘yicha kamida 30 ball to‘plashingiz lozim. ✅ Uy-joy yo‘qligi: Ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida shaxsiy turar joy mavjud bo‘lmasligi shart. ✅ Daromad chegarasi (oylik o‘rtacha): Viloyatlarda: 3,4 mln so‘mdan 10,1 mln so‘mgacha. ⏺Toshkent shahrida: 3,4 mln so‘mdan 11,6 mln so‘mgacha. (Bu daromadga yaqin qarindoshlarning daromadini ham qo‘shish mumkin).
📲 Arizani qayerda va qanday topshirish kerak? Navbat kutmasdan, o‘zingizga qulay usulni tanlang: 💻 my.gov.uz portali orqali onlayn. 📱 MyGov mobil ilovasi orqali. 🚶‍♂️Davlat xizmatlari markazlariga (DXM) shaxsan tashrif buyurgan holda. ❗️ Muhim eslatma: Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun alohida imtiyozli baholash mezonlari amal qiladi. Limitlar soni cheklangan, shuning uchun hujjat topshirishga shoshiling! Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagramYouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
🟡 Ruhiy kasalliklar dispanseridan ma’lumotnoma kerakmi? 💻 Endi navbatlarda turish va ortiqcha vaqt yo‘qotishga hojat yo‘q! Barchasini my.gov.uz orqali uydan chiqmay hal qiling. ❓ Ma’lumotnomani kimlar uchun olish mumkin? 🗄 O‘zingiz uchun; 🗄  Farzandingiz uchun; 🗄  Yaqin qarindoshlaringiz uchun. 👉 Xizmatdan foydalanish uchun:  1️⃣ my.gov.uz portali yoki MyGov ilovasiga kiring. 2️⃣Qidiruv satriga "Ruhiy kasalliklar dispanseridan ma'lumotnoma olish" deb yozing. 3️⃣ Kerakli tilni tanlab, “Davom etish” tugmasini bosing. 4️⃣ To‘lovni amalga oshiring. ✨ Bo‘ldi! Tayyor elektron ma’lumotnoma avtomatik ravishda shakllanadi. 👇 Batafsil videoqo‘llanmada tanishing va yaqinlaringizga ham ulashing! ▶️ https://youtu.be/4_AW_px3FLc 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagramYouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
☄️ Сегодня начинается приём заявлений на получение жилищной субсидии! 💰 Открывается возможность подачи новых заявлений за сч
☄️ Сегодня начинается приём заявлений на получение жилищной субсидии! 💰 Открывается возможность подачи новых заявлений за счёт неиспользованных уведомлений, ранее выделенных по ипотечным кредитам. 📆  Приём заявлений начнётся сегодня в 15:00. 👉 Основные требования к заявителю: ✅Социальный балл: по результатам оценки необходимо набрать 30 и более баллов; ✅ Кредитная история: заявитель должен соответствовать внутренним требованиям как минимум одного коммерческого банка, участвующего в программе; ✅ Отсутствие жилья: у заявителя и его супруга или супруги не должно быть недвижимого имущества на территории республики; ✅ Уровень дохода: среднемесячный доход должен соответствовать установленным социальным критериям. 👉 Выберите удобный способ подачи заявления: 🗄 онлайн через портал my.gov.uz; 🗄 через мобильное приложение MyGov из любой точки; 🗄 при личном обращении в Центр государственных услуг. ❗️  Количество неиспользованных лимитов может быть ограничено. Успейте своевременно подать заявление! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagramYouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
☄️ Bugundan uy-joy subsidiyasiga arizalar qabuli boshlanadi! 💰 Ipoteka kreditlari boʻyicha ajratilgan, ammo foydalanilmay qo
☄️ Bugundan uy-joy subsidiyasiga arizalar qabuli boshlanadi! 💰 Ipoteka kreditlari boʻyicha ajratilgan, ammo foydalanilmay qolgan xabarnomalar hisobidan yangidan ariza topshirish imkoniyati ochilmoqda. 📆 Arizalar qabuli bugun soat 15:00 dan boshlanadi. 👉 Ariza topshiruvchiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilar: Ijtimoiy ball: Baholash natijasida 30 va undan yuqori ball toʻplashi lozim; ✅Kredit tarixi: Dasturda qatnashayotgan kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos kelishi kerak; ✅Uy-joy yoʻqligi: Ariza beruvchi va uning turmush oʻrtogʻi nomida respublika boʻylab koʻchmas mulk boʻlmasligi shart; ✅Daromad darajasi: Oʻrtacha oylik daromad belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida boʻlishi zarur. 👉 Arizani topshirishda oʻzingizga qulay usulni tanlang: 🗄 my.gov.uz portali orqali onlayn; 🗄 MyGov mobil ilovasi orqali istalgan joydan; 🗄 Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurgan holda. ❗️ Foydalanilmagan limitlar soni cheklangan boʻlishi mumkinligini inobatga olib, arizani oʻz vaqtida topshirishga shoshiling! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagramYouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⏰ Bugun tanlovning 2-bosqishi boshlandi 📆 Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiri
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⏰ Bugun tanlovning 2-bosqishi boshlandi 📆 Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. 💻 Buning uchun my.gov.uz portalining Abituriyentni onlayn ro'yxatdan o'tkazish xizmati tanlanib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. 🧑‍💻 Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. 💼 Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. 🏛 Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Keyingisi” tugmasi bosiladi, so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 📁 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan keyin, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
📎 Eslatma: Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. 🎉 Barcha abituriyentlarga omad va yuqori natijalar tilaymiz! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagramYouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ☄️ Uy-joy subsidiyasiga arizalar qabuli 27-iyuldan boshlanadi! 💰 Ipoteka kreditlari boʻyicha ajrati
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ☄️ Uy-joy subsidiyasiga arizalar qabuli 27-iyuldan boshlanadi! 💰 Ipoteka kreditlari boʻyicha ajratilgan, ammo foydalanilmay qolgan xabarnomalar hisobidan yangidan ariza topshirish imkoniyati ochilmoqda. 📆 Qabul joriy yilning 27-iyul kuni, soat 15:00 dan boshlanadi. 👉 Ariza topshiruvchiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilar: Ijtimoiy ball: Baholash natijasida 30 va undan yuqori ball toʻplashi lozim; ✅Kredit tarixi: Dasturda qatnashayotgan kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos kelishi kerak; ✅Uy-joy yoʻqligi: Ariza beruvchi va uning turmush oʻrtogʻi nomida respublika boʻylab koʻchmas mulk boʻlmasligi shart; ✅Daromad darajasi: Oʻrtacha oylik daromad belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida boʻlishi zarur. 👉 Arizani topshirishda oʻzingizga qulay usulni tanlang: 🗄 my.gov.uz portali orqali onlayn; 🗄 MyGov mobil ilovasi orqali istalgan joydan; 🗄 Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurgan holda. ❗️ Foydalanilmagan limitlar soni cheklangan boʻlishi mumkinligini inobatga olib, arizani oʻz vaqtida topshirishga shoshiling! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagramYouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️ Qabul-2026: Test sinovlari yakunlandi — navbat 2-bosqich tanloviga! 📆 Joriy yilning 23-iyul kuni oliy va
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️ Qabul-2026: Test sinovlari yakunlandi — navbat 2-bosqich tanloviga! 📆 Joriy yilning 23-iyul kuni oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari to‘liq yakunlandi. 📊 10 kunlik test natijalariga ko’ra, 610 000 nafardan ortiq abituriyent test sinovlarida qatnashdi. ❌ Test tartib-qoidalarini buzgani uchun 70 nafardan ziyod abituriyent jarayondan chetlatildi. 🟡 Sinovlarning so‘nggi kuni (23-iyul)da 45 mingdan ortiq abituriyent ishtirok etdi va hech qanday chetlatishlar kuzatilmadi. 👉 2-bosqich bo’yicha yo‘riqnoma ⏺ Bugun, 24-iyul kuni 10-kun natijalari e'lon qilingach, barcha abituriyentlar uchun eng mas'uliyatli bosqich boshlanadi. 📆 Muddat: 25-iyuldan 8-avgustga qadar (15 kun davomida). 👉 Shu muddat oralig‘ida abituriyentlar my.gov.uzdagi "Abituriyentni onlayn ro'yxatdan o'tkazish" xizmati orqali: ✅ OTM va taʼlim yo‘nalishlarini (5 tagacha); ✅ Taʼlim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki); ✅ Tanlov ustuvorligini va grant/kontrakt o‘rinlarini tanlashlari lozim.
Yakuniy natijalar (talabalikka tavsiya etilganlik holati) 2-bosqich tanlovi to‘liq tugagach, bir hafta ichida eʼlon qilinadi.
🎉 Barcha abituriyentlarga omad va yuqori natijalar tilaymiz! 💻 my.gov.uz Davlat xizmatlari har doim yoningizda! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagramYouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

my.gov.uz
265 337
🇺🇿🇺🇿 ❗️ Yangi xizmat! ☄️ Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari diqqatiga: Ipoteka subsidiyasiga ariza berish endi my.gov.uz
🇺🇿🇺🇿 ❗️ Yangi xizmat!
☄️ Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari diqqatiga: Ipoteka subsidiyasiga ariza berish endi my.gov.uz da!
✨ Davlat tibbiyot muassasalarida mehnat qilayotgan soha vakillari uchun ajoyib yangillik! 🏠 Endilikda my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali ipoteka krediti asosida xarid qilinadigan uy-joy dastlabki badalining bir qismini qoplash uchun subsidiya olishga onlayn ariza yuborishingiz mumkin. 📁 Ushbu qulaylik Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori asosida yoʻlga qoʻyildi. 👩‍⚕️ Mazkur imkoniyatdan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yillik ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari foydalanishlari mumkin. 👉 Xizmatning asosiy afzalliklari: 🗄 Ariza to’liq onlayn topshiriladi. 🗄 Respublikaning istalgan hududidan birlamchi bozordan (yangi qurilgan) uy-joy xarid qilish mumkin. 🗄 Arizalar onlayn koʻrib chiqiladi va gʻoliblar shaffof aniqlanadi. Gʻoliblar qanday aniqlanadi? Barcha talablarga toʻliq mos kelgan ishtirokchilar orasidan har chorakda 125 nafar gʻolib maxsus tasodifiy tanlash dasturi (random.org) orqali avtomatik ravishda aniqlab olinadi.Imkoniyatdan foydalaning va arizangizni hoziroq yuboring: 📱 my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali. 👨‍💻 Bizni kuzatib boring va yangiliklarni yaqinlaringizga ham ulashing! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagramYouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot