es
Feedback
BFAUZ

BFAUZ

Ir al canal en Telegram

Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan LEARN, CHANGE, BE THE LEADER! Мурожаат учун: https://t.me/bfa_bma www.bfa.uz

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram BFAUZ

El canal BFAUZ (@bfauz) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 10 733 suscriptores, ocupando la posición 11 268 en la categoría Economía y Finanzas y el puesto 7 432 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 10 733 suscriptores.

Según los últimos datos del 26 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 412, y en las últimas 24 horas de 1, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 59.54%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 30.86% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 6 391 visualizaciones. En el primer día suele acumular 3 313 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 20.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan LEARN, CHANGE, BE THE LEADER! Мурожаат учун: https://t.me/bfa_bma www.bfa.uz

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 27 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Economía y Finanzas.

10 733
Suscriptores
+124 horas
+2117 días
+41230 días

Carga de datos en curso...

Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
julio '26
julio '26
+515
en 7 canales
junio '26
+808
en 15 canales
Get PRO
mayo '26
+535
en 3 canales
Get PRO
abril '26
+304
en 4 canales
Get PRO
marzo '26
+98
en 2 canales
Get PRO
febrero '26
+75
en 1 canales
Get PRO
enero '26
+90
en 1 canales
Get PRO
diciembre '25
+75
en 0 canales
Get PRO
noviembre '25
+28
en 1 canales
Get PRO
octubre '25
+66
en 4 canales
Get PRO
septiembre '25
+398
en 3 canales
Get PRO
agosto '25
+581
en 3 canales
Get PRO
julio '25
+929
en 0 canales
Get PRO
junio '25
+304
en 0 canales
Get PRO
mayo '25
+220
en 3 canales
Get PRO
abril '25
+177
en 1 canales
Get PRO
marzo '25
+122
en 0 canales
Get PRO
febrero '25
+109
en 1 canales
Get PRO
enero '25
+147
en 0 canales
Get PRO
diciembre '24
+87
en 0 canales
Get PRO
noviembre '24
+100
en 0 canales
Get PRO
octubre '24
+151
en 18 canales
Get PRO
septiembre '24
+578
en 4 canales
Get PRO
agosto '24
+1 771
en 13 canales
Get PRO
julio '24
+1 078
en 1 canales
Get PRO
junio '24
+346
en 1 canales
Get PRO
mayo '24
+271
en 3 canales
Get PRO
abril '24
+211
en 1 canales
Get PRO
marzo '24
+275
en 1 canales
Get PRO
febrero '24
+742
en 0 canales
Get PRO
enero '24
+573
en 0 canales
Get PRO
diciembre '23
+144
en 2 canales
Get PRO
noviembre '23
+14
en 3 canales
Get PRO
octubre '23
+56
en 4 canales
Get PRO
septiembre '23
+353
en 0 canales
Get PRO
agosto '23
+501
en 0 canales
Get PRO
julio '23
+4 366
en 0 canales
Get PRO
junio '23
+443
en 0 canales
Get PRO
mayo '23
+491
en 0 canales
Get PRO
abril '23
+179
en 0 canales
Get PRO
marzo '23
+1 914
en 0 canales
Get PRO
febrero '23
+59
en 0 canales
Get PRO
enero '23
+77
en 0 canales
Get PRO
diciembre '22
+4 256
en 0 canales
Get PRO
noviembre '22
+3 088
en 0 canales
Get PRO
octubre '22
+92
en 0 canales
Get PRO
septiembre '22
+763
en 0 canales
Get PRO
agosto '22
+2 901
en 0 canales
Get PRO
julio '22
+102
en 0 canales
Get PRO
junio '22
+66
en 0 canales
Get PRO
mayo '22
+25
en 0 canales
Get PRO
abril '22
+20
en 0 canales
Get PRO
marzo '22
+30
en 0 canales
Get PRO
febrero '22
+17
en 0 canales
Get PRO
enero '22
+10
en 0 canales
Get PRO
diciembre '21
+17
en 0 canales
Get PRO
noviembre '21
+43
en 0 canales
Get PRO
octubre '21
+68
en 0 canales
Get PRO
septiembre '21
+426
en 0 canales
Get PRO
agosto '21
+92
en 0 canales
Get PRO
julio '21
+187
en 0 canales
Get PRO
junio '21
+265
en 0 canales
Get PRO
mayo '21
+22
en 0 canales
Get PRO
abril '21
+27
en 0 canales
Get PRO
marzo '21
+11
en 0 canales
Get PRO
febrero '21
+22
en 0 canales
Get PRO
enero '21
+20
en 0 canales
Get PRO
diciembre '20
+1 580
en 0 canales
Fecha
Crecimiento de Suscriptores
Menciones
Canales
27 julio+13
26 julio+5
25 julio+18
24 julio+21
23 julio+29
22 julio+59
21 julio+58
20 julio+36
19 julio+5
18 julio+4
17 julio+24
16 julio+28
15 julio+18
14 julio+23
13 julio+16
12 julio+1
11 julio+5
10 julio+11
09 julio+14
08 julio+20
07 julio+11
06 julio+10
05 julio+7
04 julio+38
03 julio+12
02 julio+21
01 julio+8
Publicaciones del Canal
#Axborot24 | 27.07.2026 Aql markazi: Namanganda yashil energetika boʻyicha xalqaro hamkorlik 👉Yaqinlaringizga ulashing! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in

2
⚠️ BFA abituriyentlari diqqatiga: «O‘qishga kiritamiz», «Test savollari bizda» degan yolg‘on va’dalarga aldanmang! 🕊So‘nggi
⚠️ BFA abituriyentlari diqqatiga: «O‘qishga kiritamiz», «Test savollari bizda» degan yolg‘on va’dalarga aldanmang! 🕊So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa Telegram orqali «BFAga tayyorlaymiz», «Imtihon savollari bizda bor», «Albatta o‘qishga kiritib qo‘yamiz», «Maxsus testlar beramiz», «Yopiq guruhimizga qo‘shiling» kabi yolg‘on va asossiz va’dalar bilan fuqarolarni aldashga urinayotgan firibgarlar uchramoqda. ❗️Ehtiyot bo‘ling! Bank-moliya akademiyasi hech qanday shaxsiy yoki norasmiy Telegram guruhlari orqali abituriyentlarni tayyorlamaydi, test savollarini tarqatmaydi va hech kimga o‘qishga qabul qilinish bo‘yicha kafolat bermaydi. 📖 Bank-moliya akademiyasiga qabul test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilangan tartibda mustaqil ravishda o‘tkaziladi. 📚Test jarayonlarini tashkil etish va baholash vakolati mazkur agentlikka tegishli bo‘lib, hech qanday vositachi yoki norasmiy shaxs test natijalariga ta’sir o‘tkaza olmaydi. ❗️Firibgarlarning aldovlariga ishonib, mablag‘ o‘tkazmang, shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etmang va shubhali guruhlarga a’zo bo‘lishdan saqlaning. Ularning asosiy maqsadi — fuqarolarning ishonchidan foydalanib, moliyaviy manfaat ko‘rishdir. 📚 Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun faqat rasmiy tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalanishingizni tavsiya qilamiz. Quyida Bank-moliya akademiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati taqdim etilmoqda. ⚠️Unutmang, Bank-moliya akademiyasiga qabul faqat abituriyentning bilimi va test sinovlarida qayd etgan natijalari asosida amalga oshiriladi. O‘zingizni va yaqinlaringizni firibgarlardan asrang, faqat rasmiy axborot manbalariga ishoning! 👉Test jarayonlariga tayyorlanish uchun adabiyotlar 👉Yaqinlaringizga ulashing! ⚠️ БФА абитуриентлари диққатига: «Ўқишга киритамиз», «Тест саволлари бизда» деган ёлғон ваъдаларга алданманг! 🕊Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқлар, айниқса Telegram орқали «БФАга тайёрлаймиз», «Имтиҳон саволлари бизда бор», «Албатта ўқишга киритиб қўямиз», «Махсус тестлар берамиз», «Ёпиқ гуруҳимизга қўшилинг» каби ёлғон ва асоссиз ваъдалар билан фуқароларни алдашга уринаётган фирибгарлар учрамоқда. ❗Эҳтиёт бўлинг! Банк-молия академияси ҳеч қандай шахсий ёки норасмий Telegram гуруҳлари орқали абитуриентларни тайёрламайди, тест саволларини тарқатмайди ва ҳеч кимга ўқишга қабул қилиниш бўйича кафолат бермайди. ❗️Банк-молия академиясига қабул тест синовлари Ўзбекистон Республикаси Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги томонидан белгиланган тартибда мустақил равишда ўтказилади. Тест жараёнларини ташкил этиш ва баҳолаш ваколати мазкур агентликка тегишли бўлиб, ҳеч қандай воситачи ёки норасмий шахс тест натижаларига таъсир ўтказа олмайди. ❗️Фирибгарларнинг алдовларига ишониб, маблағ ўтказманг, шахсий маълумотларингизни тақдим этманг ва шубҳали гуруҳларга аъзо бўлишдан сақланинг. Уларнинг асосий мақсади — фуқароларнинг ишончидан фойдаланиб, молиявий манфаат кўришдир. 📚 Имтиҳонларга тайёргарлик кўриш учун фақат расмий тавсия этилган адабиётлардан фойдаланишингизни тавсия қиламиз. Қуйида Банк-молия академияси томонидан тавсия этилган адабиётлар рўйхати тақдим этилмоқда. ⚠️Унутманг, Банк-молия академиясига қабул фақат абитуриентнинг билими ва тест синовларида қайд этган натижалари асосида амалга оширилади. ❗️Ўзингизни ва яқинларингизни фирибгарлардан асранг, фақат расмий ахборот манбаларига ишонинг! 👉Teст жараёнларига тайёрлаш учун адабиётлар 👉Яқинларингизга улашинг! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
2 830
3
🗓 DAYJEST: 20-IYUL — 27-IYUL 👉 Haftaning eng muhim yangiliklari! 1️⃣ E'LON! O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyas
🗓 DAYJEST: 20-IYUL — 27-IYUL 👉 Haftaning eng muhim yangiliklari! 1️⃣ E'LON! O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi 2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga qabul boshlanganini ma’lum qiladi! Batafsil. 2⃣ Sarvinoz Pardayeva: Prezidentimiz yaratayotgan imkoniyatlar — mening muvaffaqiyatim poydevori. Batafsil. 3⃣ Ilk bor! Bank-moliya akademiyasida 2026/2027 o‘quv yilidan "Islom iqtisodiyoti va moliyasi" magistratura mutaxassisligi yo‘lga qo‘yildi. Batafsil 4⃣ Jasur Safarboyev: Bank-moliya akademiyasida tahsil olish o‘zimga bo‘lgan ishonchimni yanada oshirdi. Batafsil. 5⃣ Dilshoda Safarova: Bank-moliya akademiyasida tahsil, Turkiyada tajriba,uning muvaffaqiyat yo‘li. Batafsil 6⃣ Bank-moliya akademiyasi va Chonnam universiteti Namangan viloyatida qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlikni boshladi. Batafsil 👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
2 905
4
✍️ Bank-moliya akademiyasi va Chonnam universiteti Namangan viloyatida qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlikni bosh+6
✍️ Bank-moliya akademiyasi va Chonnam universiteti Namangan viloyatida qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlikni boshladi ❗️ Mamlakatimizda ilm-fan, innovatsiya va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali hududlarning barqaror taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil amalga oshirilmoqda. ❗️Ana shunday muhim tashabbuslardan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tomonidan Namangan viloyatida barqaror energetika va sun’iy intellekt sohasida xalqaro ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. 🔼Bank-moliya akademiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda Janubiy Koreyaning Chonnam milliy universiteti qoshidagi Mintaqaviy rivojlanish markazi (CRD) delegatsiyasi ishtirok etib, barqaror energetika va sun’iy intellekt sohasidagi eng so‘nggi ilmiy ishlanmalar taqdim etildi. Tadbirda Akademiya mutasaddilari, Namangan viloyati hokimligi mas’ullari, “O‘zbekgidroenergo” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari vakillari hamda qayta tiklanuvchi energetika sohasida faoliyat yuritayotgan mahalliy tadbirkorlar hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashdi. 📍Seminar davomida professor Be Jong Xvan boshchiligidagi koreyalik olimlar iqlim o‘zgarishi sharoitida energiya resurslaridan samarali foydalanish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt orqali energetika tizimini boshqarishning zamonaviy mexanizmlari haqida ma’ruza qildi. Xususan, raqamli egizak texnologiyasi asosida ishlaydigan virtual qishloq modeli, quyosh energetikasi va energiya saqlash tizimlarini birlashtiruvchi innovatsion yechimlar taqdim etildi. 🔽Seminar yakunida Bank-moliya akademiyasi, Chonnam milliy universitetining Mintaqaviy rivojlanish markazi va mahalliy hamkorlar Namangan viloyatida sun’iy intellekt asosidagi energetika loyihalarini birgalikda amalga oshirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish hamda kelgusida xalqaro «Qayta tiklanuvchi energetika investitsiyalar forumi»ni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi. ✍️ Банк-молия академияси ва Чоннам университети қайта тикланувчи энергетика соҳасида ҳамкорликни бошлади ❗️ Мамлакатимизда илм-фан, инновация ва халқаро ҳамкорликни ривожлантириш орқали ҳудудларнинг барқарор тараққиётини таъминлашга қаратилган кенг кўламли ишлар изчил амалга оширилмоқда. Ана шундай муҳим ташаббуслардан бири сифатида Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси томонидан Наманган вилоятида барқарор энергетика ва сунъий интеллект соҳасида халқаро илмий ҳамкорлик йўлга қўйилмоқда. 🔼Банк-молия академияси ташаббуси билан ташкил этилган семинарда Жанубий Кореянинг Чоннам миллий университети қошидаги Минтақавий ривожланиш маркази (CРД) делегацияси иштирок этиб, барқарор энергетика ва сунъий интеллект соҳасидаги энг сўнгги илмий ишланмалар тақдим этилди. Тадбирда Академия мутасаддилари , Наманган вилояти ҳокимлиги масъуллари, “Ўзбекгидроэнерго” ва “Ҳудудий электр тармоқлари” акциядорлик жамиятлари вакиллари ҳамда қайта тикланувчи энергетика соҳасида фаолият юритаётган маҳаллий тадбиркорлар ҳамкорликда амалга ошириладиган ишлар юзасидан фикр алмашди. 📍Семинар давомида профессор Бе Жонг Хван бошчилигидаги кореялик олимлар иқлим ўзгариши шароитида энергия ресурсларидан самарали фойдаланиш, рақамли технологиялар ва сунъий интеллект орқали энергетика тизимини бошқаришнинг замонавий механизмлари ҳақида маъруза қилди. Хусусан, рақамли эгизак технологияси асосида ишлайдиган виртуал қишлоқ модели, қуёш энергетикаси ва энергия сақлаш тизимларини бирлаштирувчи инновацион ечимлар тақдим этилди. 🔽Семинар якунида Банк-молия академияси, Чоннам миллий университетининг Минтақавий ривожланиш маркази ва маҳаллий ҳамкорлар Наманган вилоятида сунъий интеллект асосидаги энергетика лойиҳаларини биргаликда амалга ошириш, қўшма илмий тадқиқотларни йўлга қўйиш ҳамда келгусида халқаро «Қайта тикланувчи энергетика инвестициялар форуми»ни ташкил этиш бўйича келишувга эришди. 👉Телеграм каналимизга аъзо бўлинг! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
3 920
5
Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! 👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱
Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! 👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
3 998
6
#O‘rgan_o‘zgartir_yetakchi_bo‘l #Ўрган_ўзгартир_етакчи_бўл 🎓 Dilshoda Safarova: Bank-moliya akademiyasida tahsil, Turkiyada
#O‘rgan_o‘zgartir_yetakchi_bo‘l #Ўрган_ўзгартир_етакчи_бўл 🎓 Dilshoda Safarova: Bank-moliya akademiyasida tahsil, Turkiyada tajriba,uning muvaffaqiyat yo‘li ✔️ O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Turkiya Respublikasi Markaziy banki hamkorligida tashkil etilgan “Islom moliyasi bo‘yicha o‘quv dasturi” akademiya tinglovchilari uchun xalqaro tajriba maktabiga aylandi. ❗️ Mazkur dasturda Akademiyaning Biznesni boshqarish yo‘nalishi magistratura bosqichi tinglovchisi Dilshoda Safarova ham ishtirok etdi. U Turkiyadagi o‘quv dasturi davomida islom moliyasining zamonaviy tamoyillari, foizsiz moliyalashtirish mexanizmlari, ishtirokchi moliya tizimi va xalqaro moliyaviy instrumentlar bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi. “Bu o‘quv dasturi men uchun nafaqat yangi bilimlar, balki xalqaro tajribani chuqur o‘rganish imkoniyati bo‘ldi. Orttirgan bilim va ko‘nikmalarimni mamlakatimizda islom moliyasini rivojlantirish yo‘lida qo‘llashga intilaman.” #BankMoliyaAkademiyasi #IslamicFinance #Turkiya #XalqaroHamkorlik #Magistratura #DilshodaSafarova 🎓 Дилшода Сафарова: Банк-молия академиясида таҳсил, Туркияда тажриба, унинг муваффақият йўли ✔️ Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ҳамда Туркия Республикаси Марказий банки ҳамкорлигида ташкил этилган “Ислом молияси бўйича ўқув дастури” академия тингловчилари учун халқаро тажриба мактабига айланди. ❗️Мазкур дастурда Академиянинг Бизнесни бошқариш йўналиши магистратура босқичи тингловчиси Дилшода Сафарова ҳам иштирок этди. У Туркиядаги ўқув дастури давомида ислом молиясининг замонавий тамойиллари, фоизсиз молиялаштириш механизмлари, иштирокчи молия тизими ва халқаро молиявий инструментлар бўйича билим ва амалий кўникмаларини янада мустаҳкамлади. “Бу ўқув дастури мен учун нафақат янги билимлар, балки халқаро тажрибани чуқур ўрганиш имконияти бўлди. Орттирган билим ва кўникмаларимни мамлакатимизда ислом молиясини ривожлантириш йўлида қўллашга интиламан.” #BankMoliyaAkademiyasi #IslamicFinance #Turkiya #XalqaroHamkorlik #Magistratura #DilshodaSafarova 👉Телеграм каналимизга аъзо бўлинг! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
4 591
7
🎓 Jasur Safarboyev: Bank-moliya akademiyasida tahsil olish o‘zimga bo‘lgan ishonchimni yanada oshirdi 🌏 Bugungi Yangi O‘zbe
🎓 Jasur Safarboyev: Bank-moliya akademiyasida tahsil olish o‘zimga bo‘lgan ishonchimni yanada oshirdi 🌏 Bugungi Yangi O‘zbekistonda inson kapitaliga sarmoya kiritish, raqobatbardosh va zamonaviy bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. 📍Prezidentimiz rahbarligida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida talabalarning xalqaro standartlar asosida bilim olish, dunyoning yetakchi mutaxassislari bilan tajriba almashish hamda ilg‘or xorijiy amaliyotlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari tobora kengaymoqda. ❗️Ana shunday imkoniyatlardan samarali foydalanayotganlardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistratura tinglovchisi Jasur Safarboyevdir. U Akademiyada tahsil olish bilan birga, o‘z kasbiy faoliyatida ham yuqori natijalarga erishib, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan mustahkamlab bormoqda. 📍Yaqinda Jasur Safarboyev O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Turkiya Respublikasi Markaziy banki hamkorligida tashkil etilgan “Islom moliyasi bo‘yicha o‘quv dasturi”da ishtirok etdi. Ushbu dastur davomida u islom moliyasi sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, xalqaro tajriba va ilg‘or amaliyotlar bilan yaqindan tanishdi. 📊 Xorijlik ekspertlar ishtirokida o‘tkazilgan ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va kasbiy muloqotlar Jasur Safarboyevning bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitishga xizmat qildi. ✔️ Agar siz ham nufuzli xorijiy mutaxassislardan ta’lim olish, xalqaro o‘quv dasturlari va stajirovkalarda ishtirok etish, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan boyitish hamda o‘z sohangizda raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishni istasangiz, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida tahsil olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. 👉Ertangi muvaffaqiyatingiz bugun qabul qiladigan to‘g‘ri qaroringizdan boshlanadi! 🎓 Жасур Сафарбоев: Банк-молия академиясида таҳсил олиш ўзимга бўлган ишончимни янада оширди 🌏 Бугунги Янги Ўзбекистонда инсон капиталига сармоя киритиш, рақобатбардош ва замонавий билимга эга мутахассисларни тайёрлаш давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бирига айланган. Президентимиз раҳбарлигида олий таълим тизимида амалга оширилаётган изчил ислоҳотлар натижасида талабаларнинг халқаро стандартлар асосида билим олиш, дунёнинг етакчи мутахассислари билан тажриба алмашиш ҳамда илғор хорижий амалиётларни ўзлаштириш имкониятлари тобора кенгаймоқда. ❗️ Ана шундай имкониятлардан самарали фойдаланаётганлардан бири — Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси магистратура тингловчиси Жасур Сафарбоевдир. У Академияда таҳсил олиш билан бирга, ўз касбий фаолиятида ҳам юқори натижаларга эришиб, назарий билимларни амалий тажриба билан мустаҳкамлаб бормоқда. 📍Яқинда Жасур Сафарбоев Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ҳамда Туркия Республикаси Марказий банки ҳамкорлигида ташкил этилган “Ислом молияси бўйича ўқув дастури”да иштирок этди. Ушбу дастур давомида у ислом молияси соҳасидаги замонавий ёндашувлар, халқаро тажриба ва илғор амалиётлар билан яқиндан танишди. Хорижлик экспертлар иштирокида ўтказилган маърузалар, амалий машғулотлар ва касбий мулоқотлар Жасур Сафарбоевнинг билим ва кўникмаларини янада бойитишга хизмат қилди. ✔️ Агар сиз ҳам нуфузли хорижий мутахассислардан таълим олиш, халқаро ўқув дастурлари ва стажировкаларда иштирок этиш, назарий билимларни амалий тажриба билан бойитиш ҳамда ўз соҳангизда рақобатбардош кадр бўлиб етишишни истасангиз, Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясида таҳсил олиш имкониятини қўлдан бой берманг. 👉 Эртанги муваффақиятингиз бугун қабул қиладиган тўғри қарорингиздан бошланади! 👉Телеграм каналимизга аъзо бўлинг! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
4 906
8
🌙 ILK BOR! "ISLOM IQTISODIYOTI VA MOLIYASI" MAGISTRATURASIGA QABUL BOSHLANDI! 📢 Ilk bor! O‘zbekiston Respublikasi Bank-moli
🌙 ILK BOR! "ISLOM IQTISODIYOTI VA MOLIYASI" MAGISTRATURASIGA QABUL BOSHLANDI! 📢 Ilk bor! O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida 2026/2027 o‘quv yilidan 70411701 – "Islom iqtisodiyoti va moliyasi" magistratura mutaxassisligi yo‘lga qo‘yildi. ✅ Ta’lim AAOIFI, IFSB, IsDB, CIBAFI va IFRS xalqaro standartlari asosida olib boriladi. 👨‍🏫 Darslar AAOIFI sertifikatiga ega mutaxassislari, Markaziy bank mutaxassislari, tijorat banklari rahbarlari, xalqaro ekspertlar va amaliyotchi auditorlar ishtirokida o‘tiladi. 💼 Bitiruvchilar islomiy banklar, Markaziy bank, investitsiya va boshqa moliya institutlarida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 📚 Qabul kvotalari: 🎓 Kunduzgi ta’lim — 60 nafar 🌙 Kechki ta’lim — 25 nafar "Qaror qabul qilishda adashmang — kelajagingizni Bank-moliya akademiyasi bilan quring!" Hujjatlar https://admission.bfa.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 📞 Bog‘lanish uchun: +998 55 515 54 23 📥 Elektron manzil: qabul@bfa.uz 🗓 Hujjatlarni qabul qilish 2026-yil 20-avgustgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi. 👉Xabarni tarqating! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
5 412
9
📣 E’LON! ❗️ 2026 yilning 23 iyul kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Janubiy Koreyanin
📣 E’LON! ❗️ 2026 yilning 23 iyul kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Janubiy Koreyaning Chonnam milliy universiteti (Chonnam National University) hamkorligida «Adolatli energetik transformatsiya uchun qayta tiklanuvchi energiya kooperativlarida manfaatlarni taqsimlash modellari» mavzusida xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi. ✔️ Seminar doirasida Chonnam milliy universitetining yetakchi olimlari va tadqiqotchilari qayta tiklanuvchi energiya, barqaror rivojlanish, energetik transformatsiya hamda xalqaro tajribalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar va taqdimotlar bilan ishtirok etadilar. 📍Seminar ishtirokchilari: · Doktor Chon Xvan Be — Mintaqaviy rivojlanish markazi (CRD) direktori; · Doktor Jang Sop Byon — Mintaqaviy rivojlanish markazi (CRD) ilmiy professori; · Doktor Alan Dikson Braun — Mintaqaviy rivojlanish markazi (CRD) ilmiy professori; · Doktor Juxi Jong — Mintaqaviy rivojlanish markazi (CRD) ilmiy professori; · Doktor Dmitriy Li — Mintaqaviy rivojlanish markazi (CRD) ilmiy professori; · Kyongjin Li — Chonnam milliy universiteti magistranti. 👉 Barcha qiziquvchi professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrantlar va Bank-moliya akademiyasi tinglovchilarini mazkur xalqaro ilmiy seminarda faol ishtirok etishga taklif etamiz. 👉 E'lonni tarqating! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
3 881
10
🎓 Sarvinoz Pardayeva: Prezidentimiz yaratayotgan imkoniyatlar — mening muvaffaqiyatim poydevori 📚 Sarvinoz Pardayeva O‘zbek
🎓 Sarvinoz Pardayeva: Prezidentimiz yaratayotgan imkoniyatlar — mening muvaffaqiyatim poydevori 📚 Sarvinoz Pardayeva O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida iqtidorli tinglovchilardan biri. U Аkademiyaning "Biznesni boshqarish (MBA)" yo‘nalishida tahsil olish bilan bir qatorda, «O‘zmilliybank» AJ Axborot tizimlarini texnologik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi dasturiy ta’minot bo‘yicha yetakchi mutaxassisi sifatida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, u ingliz tilini erkin biladi va xalqaro hamkorlar hamda xorijlik ekspertlar bilan professional darajada muloqot qila oladi. 🔽Yaqinda Sarvinoz Pardayeva O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Turkiya Respublikasi Markaziy banki hamkorligida tashkil etilgan "Islom moliyasi bo‘yicha o‘quv dasturi"da ishtirok etib, sohaga oid eng dolzarb bilim va xalqaro amaliyotlar bilan yaqindan tanishdi. 🔼O‘quv mashg‘ulotlari davomida u ingliz tilida xorijlik mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilib, muhokamalar va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdi. ✔️Siz ham shunday imkoniyatlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tanlang! ❗️Bugungi tanlovingiz — ertangi muvaffaqiyatingiz poydevoridir. 🎓Сарвиноз Пардаева: Президентимиз яратаётган имкониятлар — менинг муваффақиятим пойдевори 📚 Сарвиноз Пардаева Банк-молия академиясида иқтидорли тингловчилардан бири. У Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясининг «Бизнесни бошқариш (MBA)» йўналишида таҳсил олиш билан бир қаторда, «Ўзмиллийбанк» АЖ Ахборот тизимларини технологик қўллаб-қувватлаш бўлими дастурий таъминот бўйича етакчи мутахассиси сифатида самарали фаолият юритиб келмоқда. Шунингдек, у инглиз тилини эркин билади ва халқаро ҳамкорлар ҳамда хорижлик экспертлар билан профессионал даражада мулоқот қила олади. 🔽Яқинда Сарвиноз Пардаева Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ҳамда Туркия Республикаси Марказий банки ҳамкорлигида ташкил этилган "Ислом молияси бўйича ўқув дастури"да иштирок этиб, соҳага оид энг долзарб билим ва халқаро амалиётлар билан яқиндан танишди. Ўқув машғулотлари давомида у инглиз тилида хорижлик мутахассислар билан бевосита мулоқот қилиб, муҳокамалар ва амалий машғулотларда фаол иштирок этди. 👉Сиз ҳам шундай имкониятларга эга бўлишингиз мумкин. Бунинг учун Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясини танланг! ❗️Бугунги танловингиз — эртанги муваффақиятингиз пойдеворидир. 👉Телеграм каналимизга аъзо бўлинг! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
5 883
11
E'LON! 📉 BANK-MOLIYA AKADEMIYASI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI BO‘YICHA 2026/2027 O‘QUV YILI UCHUN QABUL BOSHLANGANINI MA’L
E'LON! 📉 BANK-MOLIYA AKADEMIYASI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI BO‘YICHA 2026/2027 O‘QUV YILI UCHUN QABUL BOSHLANGANINI MA’LUM QILADI! Master of Business Administration (MBA) magistratura mutaxassisliklari: ✅ 70410901 – Biznesni boshqarish (MBA General); ✅ 70410901 – Biznesni boshqarish (MBA FinTech); ✅ 70410901 – Biznesni boshqarish (MBA Banking); Master of Science (MSc) magistratura mutaxassisliklari: ✅ 70410502 – Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori; ✅ 70410301 – Soliqlar va soliqqa tortish; ✅ 70410501 – Moliya; ✅ 70410505 – Sugʻurta kompaniyalarini boshqarish; ✅ 70410601 – Bank ishi; ✅ 70410506 – Davlat moliyaviy nazorati va auditi; ✅ 70410508 - Iqtisodiyotni monetar tartibga solish; ✅ 70411202 – Loyiha boshqaruvi (Project Management). ✅ 70411701 – Islom iqtisodiyoti va moliyasi. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kvotalar bilan ushbu 👉 hovola 👈 orqali tanishishingiz mumkin. Hujjatlar https://admission.bfa.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 📞 Bog‘lanish uchun: +998 55 515 54 23 📥 Elektron manzil: qabul@bfa.uz 🗓 Hujjatlarni qabul qilish 2026-yil 20-avgustgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi. ❗️Eslatma ⚡️ Faqatgina Biznesni boshqarish (MBA-General) hamda Loyiha boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha turdosh bo‘lmagan ta'lim yo‘nalishini tamomlagan talabgorlar hujjat topshirishi mumkin. Qolgan barcha mutaxassisliklarga bakalavriatning iqtisodiyot ta'lim yo‘nalishini tamomlagan nomzodlar topshirishlari mumkin. 👉Xabarni tarqating! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
11 056
12
🗓 DAYJEST: 13-IYUL — 20-IYUL 👉 Haftaning eng muhim yangiliklari! 1⃣ Navro‘zbek Qurbonov muvaffaqiyat sari qadamini aynan O‘
🗓 DAYJEST: 13-IYUL — 20-IYUL 👉 Haftaning eng muhim yangiliklari! 1⃣ Navro‘zbek Qurbonov muvaffaqiyat sari qadamini aynan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida boshladi. Batafsil 2⃣ O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Rossiyaning nufuzli «Oliy iqtisodiyot maktabi» Milliy tadqiqot universiteti (NIU VSHE)ning qo‘shma magistratura dasturiga qabul davom etmoqda. Shoshiling! Batafsil 3⃣ O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Malayziyaning Utara universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma ta'lim dasturi asosidagi o‘qishga taklif etamiz. Shoshiling! Batafsil 4⃣ “Аql markazlari” orqali barqaror rivojlantirish sari. Batafsil 6⃣ O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi Go‘zal Yo‘ldosheva Malayziyada xalqaro bilim va tajriba orttirdi. Batafsil 7⃣ Siz ham Malayziyaning nufuzli Utara universitetida tahsil olishni istasangiz, Bank-moliya akademiyasining qo‘shma dasturiga hujjat topshiring va ikki xalqaro diplomga ega bo‘ling. Shoshiling! Batafsil 8⃣ Bank-moliya akademiyasi bitiruvchisi Markaziy bankning Islomiy moliya kengashi tarkibiga kiritildi. Batafsil 👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
5 536
13
✍ Bank-moliya akademiyasi bitiruvchisi Markaziy bankning Islomiy moliya kengashi tarkibiga kiritildi 🔘Xabaringiz bor, Markaz
✍ Bank-moliya akademiyasi bitiruvchisi Markaziy bankning Islomiy moliya kengashi tarkibiga kiritildi 🔘Xabaringiz bor, Markaziy bankda Islomiy moliya faoliyati bilan bogʻliq masalalarni muvofiqlashtiruvchi Markaziy bankning Islomiy moliya kengashi tashkil etildi. ❗️Kengash islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar, islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatuvchi mikromoliya tashkilotlari, Omonatlarni kafolatlash agentligi hamda Markaziy bank nazorati ostidagi boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan islomiy moliya faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Markaziy bankning kollegial organi hisoblanadi. 🔘 Kengash tarkibi Islom huquqi boʻyicha mutaxassis va texnik ekspert bo‘lgan 5 nafar a’zodan iborat. 🔘 Quvonarlisi, Kengash tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bitiruvchisi Sadullayev Ahrorjon Baxritdinovich ham Islom huquqi bo‘yicha texnik ekspert-a’zo sifatida kiritildi. ❗️Bu esa Akademiyada tayyorlanayotgan yuqori malakali mutaxassislarning islomiy moliya tizimini rivojlantirishdagi munosib o‘rni va salohiyatining yana bir e’tirofi hisoblanadi. 👉Xabarni tarqating! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
7 667
14
✍️ O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Malayziyaning Utara universiteti: xalqaro hamkorlik — yangi imkoniyatl
✍️ O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Malayziyaning Utara universiteti: xalqaro hamkorlik — yangi imkoniyatlar sari 🇲🇾 Malayziyaning Utara universiteti (UUM) 1984 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2023 yilgi QS Jahon universitetlari reytingida 491-o‘rinni, Malayziya oliy ta’lim muassasalari orasida Menejment bo'yicha 1-o‘rinni egallagan. 🔼O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Malayziyaning Utara universiteti o‘rtasidagi strategik hamkorlik ana shu maqsadga xizmat qilmoqda. 🔽2024 yil 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Malayziyaning Utara universiteti o‘rtasida xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi to‘g‘risidagi hamkorlik shartnomasi imzolangan. Dastur biznes boshqaruvi, raqamli iqtisodiyot, korporativ moliya, strategik tahlil, tadbirkorlik, innovatsiyalar va zamonaviy boshqaruv sohalari bo‘yicha xalqaro standartlarga mos bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Hamkorlik ta’lim bilan cheklanmaydi. ❗️Professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro forumlar va akademik muloqotlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqmoqda. ✔️ 2025 yilda Bank-moliya akademiyasi delegatsiyasining Malayziyada o‘tkazilgan nufuzli LeadersMind 2025 forumi, Global Partnership Dinner 2025, Utara universitetining 38-konvokatsiya marosimi hamda "LEADING STRATEGICALLY: GLOBAL PERSPECTIVE UUM AND BFA" akademik forumidagi ishtiroki mazkur hamkorlikning amaliy samarasiga aylandi. 📊 Uchrashuvlar davomida raqamli iqtisodiyot, moliyaviy savodxonlik, barqaror rivojlanish, ilmiy tadqiqotlar va qo‘shma ta’lim loyihalarini yanada kengaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. ❗️Agar siz ham Malayziyaning nufuzli Utara universitetida tahsil olishni istasangiz, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining qo‘shma ta’lim dasturi orqali o‘qib, quyidagi ikki xalqaro diplomni qo‘lga kiritishingiz mumkin: 🇺🇿 MBA — Master of Business Administration (O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi); 🇲🇾 MBM — Master in Business Management (Malayziyaning Utara universiteti). ✔️ Mazkur qo‘shma magistratura dasturiga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlanganini ma’lum qilamiz. Batafsil Xalqaro darajadagi ta’lim, zamonaviy bilim va ikki diplom sohibiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! ✅ TA’LIM BIRLASHTIRADI. ✅ ILM YUKSALTIRADI. ✅ HAMKORLIK IMKONIYATLARNI KENGAYTIRADI. 👉Xabarni tarqating! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
7 702
15
✍️ «Orzu emas, qaror hayotingizni o‘zgartiradi. Qaroringizni bugun qabul qiling — Bank-moliya akademiyasini tanlang!» 🌏 Yang
✍️ «Orzu emas, qaror hayotingizni o‘zgartiradi. Qaroringizni bugun qabul qiling — Bank-moliya akademiyasini tanlang!» 🌏 Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy tayanchi sifatida ilm-fan, innovatsiya va malakali kadrlar salohiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilari, bank-moliya sohasi va iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislari uchun xalqaro darajadagi bilim va ko‘nikmalarni egallash, zamonaviy boshqaruv usullarini o‘zlashtirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga tatbiq etish muhim vazifaga aylandi. 🎓 Bu yo‘lda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida tahsil olayotgan magistrantlar orasida o‘z kasbiy faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan, izlanuvchan va tashabbuskor yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulardan biri — Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimi Go‘zal Yo‘ldoshova. U kasbiy faoliyati davomida zamon talablari tez o‘zgarayotganini, yuqori natijaga erishish uchun bilimni muntazam yangilab borish va xalqaro tajribani o‘rganish zarurligini chuqur angladi. ✔️Ana shu maqsad uni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining MBA General magistratura dasturiga yetakladi. Yaqinda Go‘zal Akademiyaning xalqaro hamkorlik dasturlari orqali u Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarida ishtirok etib keldi. Uning Akademiya tomonidan tashkil etilgan xalqaro o‘quv kurslarda olgan bilim va ko‘nikmalari haqida taassurotini eshitamiz... ❗️Siz ham Go‘zal Yo‘ldosheva kabi xalqaro imkoniyatlardan foydalanishni, bilimingizni dunyo tajribasi bilan boyitishni va kelajagingiz uchun mustahkam poydevor yaratishni istaysizmi? Unda bugunning o‘zida to‘g‘ri qaror qabul qiling! 👉 Ayni paytda Rossiya Federatsiyasi va Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayonlari davom etmoqda. ****** ✍️ «Орзу эмас, қарор ҳаётингизни ўзгартиради. Қарорингизни бугун қабул қилинг — Банк-молия академиясини танланг!» 🌏 Янги Ўзбекистон тараққиётининг асосий таянчи сифатида илм-фан, инновация ва малакали кадрлар салоҳиятига алоҳида эътибор қаратилмоқда. Айниқса, мамлакатимизда фаолият юритаётган давлат хизматчилари, банк-молия соҳаси ва иқтисодиёт тармоқлари мутахассислари учун халқаро даражадаги билим ва кўникмаларни эгаллаш, замонавий бошқарув усулларини ўзлаштириш ҳамда илғор хорижий тажрибаларни амалиётга татбиқ этиш муҳим вазифага айланди. 🎓 Бу йўлда Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясида таҳсил олаётган магистрантлар орасида ўз касбий фаолиятини янги босқичга олиб чиқишни мақсад қилган, изланувчан ва ташаббускор ёшлар кўпчиликни ташкил этади. Улардан бири — Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси ходими Гўзал Йўлдошова. У касбий фаолияти давомида замон талаблари тез ўзгараётганини, юқори натижага эришиш учун билимни мунтазам янгилаб бориш ва халқаро тажрибани ўрганиш зарурлигини чуқур англади. ✔️Ана шу мақсад уни Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясининг MBA General магистратура дастурига етаклади. Яқинда Гўзал Академиянинг халқаро ҳамкорлик дастурлари орқали у Индонезиянинг нуфузли олий таълим муассасаларида ташкил этилган қисқа муддатли ўқув курсларида иштирок этиб келди. Унинг Академия томонидан ташкил этилган халқаро ўқув курсларда олган билим ва кўникмалари ҳақида таассуротини эшитамиз... ❗️Сиз ҳам Гўзал Йўлдошева каби халқаро имкониятлардан фойдаланишни, билимингизни дунё тажрибаси билан бойитишни ва келажагингиз учун мустаҳкам пойдевор яратишни истайсизми? Унда бугуннинг ўзида тўғри қарор қабул қилинг! 👉 Айни пайтда Россия Федерацияси ва Малайзиянинг нуфузли олий таълим муассасалари билан амалга оширилаётган қўшма таълим дастурларига қабул жараёнлари давом этмоқда. 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 Сўнгги янгиликлар учун — @bfauz 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
6 143
16
“АҚЛ МАРКАЗЛАРИ” ОРҚАЛИ БАРҚАРОР РИВОЖЛАНИШ САРИ" Президентимизнинг мамлакатимиз ёшлари билан ўтказган очиқ мулоқоти янги Ўзб
“АҚЛ МАРКАЗЛАРИ” ОРҚАЛИ БАРҚАРОР РИВОЖЛАНИШ САРИ" Президентимизнинг мамлакатимиз ёшлари билан ўтказган очиқ мулоқоти янги Ўзбекистон тараққиётининг навбатдаги муҳим стратегик босқичини белгилаб берди. Унда илгари сурилган ҳар бир ташаббус ёшларни қўллаб-қувватлашнинг навбатдаги босқичи бўлибгина қолмай, мамлакат иқтисодиётини инсон капитали, инновация ва билимлар иқтисодиёти асосида ривожлантиришнинг аниқ дастури сифатида намоён бўлди. Давлатимиз раҳбари таъкидлаганидек: “Бугунги куннинг муваффақият форму ласи, эртанги тараққиётнинг мустаҳкам замини учта энг муҳим устунга таянади. Бу — билим, касб ва технология”. Ушбу ғоя янги Ўзбекистон тараққиёт стратегияси нинг туб моҳиятини, мамлакатимизда амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотларнинг концептуал асосини ўзида мужассам этган. Бугун глобал иқтисодиётда устунликка эришиш, биринчи навбатда, билимли ва та шаббускор инсонларга сармоя киритиш, ил мий ғояларни амалий натижага айлантириш, замонавий технологияларни иқтисодиёт тар моқларига кенг жорий этиш билан чамбарчас боғлиқ. Шу маънода, Банк-молия академияси нинг ёшлар тадбиркорлигини ривожлантириш бўйича мамлакатнинг “ақл маркази” сифатида белгиланиши давлатимиз раҳбарининг акаде мияга бўлган юксак ишончи, унинг илмий-ин теллектуал салоҳияти ва стратегик аҳамияти нинг юксак эътирофи ҳисобланади. ➡️ Батафсил Муаллиф: Элмурод Ҳошимов, Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ректори Манба: "Янги Ўзбекистон" газетаси , № 141 (1740), 2026 йил 14 июль, сешанба. www.bfa.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in
4 955
17
📣E'LON! 🇺🇿 🇲🇾 Qo‘shma ta'lim dasturi asosidagi o‘qishga hujjatlar qabuli boshlandi 🎓Bank-moliya akademiyasi hamda Malay
📣E'LON! 🇺🇿 🇲🇾 Qo‘shma ta'lim dasturi asosidagi o‘qishga hujjatlar qabuli boshlandi 🎓Bank-moliya akademiyasi hamda Malayziyaning Utara universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma ta'lim dasturi asosidagi o‘qishga taklif etamiz. 📚Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistr darajasini tasdiqlovchi diplomlar beriladi: 🇺🇿 MBA – Master of Business Administration (BMA); 🇲🇾 MBM — Master in Business Management (UUM). Nomzodlar Ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha UUM tomonidan belgilangan quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak: - TOEFL 60 - IELTS 6.0 - MUET 4.0 (Malayziya) - Cambridge English Advanced (CAE) minimal ball 169. - Pearson Test of English Academic (PTE Academic) minimal ball 50; - Bakalavr darajasini ingliz tilida o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom). Batafsil ma'lumotlar bilan ushbu ➡️havola orqali tanishishingiz mumkin. Hujjatlar 2026-yil 6-iyuldan 12-sentyabrgacha (shu kuni ham) https://admission.bfa.uz/ platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. Murojaat uchun: +998 55 515-54-23 #BFA #Uzbekistan #Malaysia #UUM #double_degree 👉Xabarni tarqating! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in
5 119
18
📣EʼLON! Kelajagingiz sari dadil qadam qo‘ying — xalqaro diplom sohibi bo‘ling! 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akade
📣EʼLON! Kelajagingiz sari dadil qadam qo‘ying — xalqaro diplom sohibi bo‘ling! 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Rossiyaning nufuzli «Oliy iqtisodiyot maktabi» Milliy tadqiqot universiteti (NIU VSHE)ning qo‘shma magistratura dasturiga qabul boshlandi! 🌍 Dunyoda e’tirof etilgan ta’lim, xalqaro tajriba va yuqori malakali mutaxassisga aylanish imkoniyati sizni kutmoqda. ✨ Dasturning ustunliklari: ✅ Ikki universitetning diplomi; 🎓 Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistr darajasini tasdiqlovchi diplomlar beriladi: 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Bank va moliya akademiyasining “Moliya” mutaxassisligi 🇷🇺 “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universitetining “Moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik diplomlari beriladi. ✅ Jahonning Top-500 talik nufuzli universiteti diplomini qo‘lga kiritish imkoniyati; ✅ O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi tashkilotlarida amaliyot va stajirovka; ✅ Xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bilim va ko‘nikmalar. 🔥 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Bugun ariza topshiring va kelajagingizni xalqaro ta’lim bilan bog‘lang! ❗️Hujjatlar 2026-yil 6-iyuldan  12-sentyabrgacha (shu kuni ham) https://admission.bfa.uz/ platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. ❗️Batafsil maʼlumot bilan ushbu 👉 havola orqali tanishing. #BFA #Uzbekistan #Rossiya #Vishka #BMA #double_degree 👉Xabarni tarqating! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in
5 166
19
Xalqaro maydonda tajriba orttirayotgan yoshlar taassuroti 🎓Bugun Yangi O‘zbekistonda yoshlarning xalqaro standartlar asosida
Xalqaro maydonda tajriba orttirayotgan yoshlar taassuroti 🎓Bugun Yangi O‘zbekistonda yoshlarning xalqaro standartlar asosida ta’lim olishi, dunyoning ilg‘or tajribalarini o‘rganishi va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib kamol topishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar o‘z samarasini bermoqda. 🎓 Ana shunday iqtidorli yoshlardan biri — Navro‘zbek Qurbonov. Uning muvaffaqiyat sari odimlari aynan Bank-moliya akademiyasida boshlandi. Akademiyada olgan zamonaviy bilimlari, amaliy mashg‘ulotlar va xalqaro standartlarga asoslangan ta’lim jarayoni uning professional salohiyatini yuksaltirishda muhim poydevor bo‘lmoqda. 📚Bugun Navro‘zbek Qurbonov Akademiya tomonidan Turkiya va Indoneziyada tashkil etilgan xalqaro qisqa muddatli ta’lim dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. 📈 U muvaffaqiyatga erishish yo‘lini topdi. Navro‘zbek Qurbonovning fikriga quloq tutamiz. Sizda ham shunaqa imkoniyat bor. Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tanlasangiz bas. 👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
5 778
20
DAYJEST: 5-IYUL — 13-IYUL 👉 Haftaning eng muhim yangiliklari! 1⃣ Eʼlon. Bank-moliya akademiyasi va Rossiyaning nufuzli «Oliy
DAYJEST:  5-IYUL — 13-IYUL 👉 Haftaning eng muhim yangiliklari! 1⃣ Eʼlon. Bank-moliya akademiyasi va Rossiyaning nufuzli «Oliy iqtisodiyot maktabi» Milliy tadqiqot universiteti (NIU VSHE)ning qo‘shma magistratura dasturiga qabul boshlandi!. Batafsil 2⃣ Bank-moliya akademiyasi hamda Malayziyaning Utara universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma ta'lim dasturi asosidagi o‘qishga taklif etamiz. Batafsil 3⃣ Bank-moliya akademiyasida 2025/2026 o‘quv yili yakunlari muhokama qilindi. Batafsil 4⃣ 2024 yil 18-may kuni Bank-moliya akademiyasi hamda Malayziyaning Utara universiteti o‘rtasida xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi to‘g‘risidagi hamkorlik shartnomasi imzolangan. Batafsil 5⃣ 2024 yil 6 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi «Iqtisodiyot oliy maktabi» Milliy tadqiqot universitetining Perm filiali o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish to‘g‘risida hamkorlik bitimi imzolangan. Batafsil 6⃣ Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi Sarvinoz Almuratova Turkiya, Ozarbayjon, Inbaneziyada tashkil etilgan xalqaro o‘quv kurslarida ishrirok etib, bilum va ko‘nikmasini oshirmoqda. Batafsil 👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
5 678