BFAUZ
Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan LEARN, CHANGE, BE THE LEADER! Мурожаат учун: https://t.me/bfa_bma www.bfa.uz
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel BFAUZ
Channel BFAUZ (@bfauz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 11 341 subscribers, ranking 10 389 in the Economy & Finance category and 6 915 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 11 341 subscribers.
According to the latest data from 06 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 402 over the last 30 days and by -5 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 40.47%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 27.56% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 4 587 views. Within the first day, a publication typically gains 3 123 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 16.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan
LEARN, CHANGE, BE THE LEADER!
Мурожаат учун: https://t.me/bfa_bma
www.bfa.uz”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 07 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Economy & Finance category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 07 September | +11 | |||
| 06 September | +8 | |||
| 05 September | +33 | |||
| 04 September | +20 | |||
| 03 September | +12 | |||
| 02 September | +20 | |||
| 01 September | +4 |
| 2 | 📣 E’LON!
XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISHGA TAKLIF ETAMIZ!
🇰🇷 Handong UNESCO UNITWIN SIERA & SOMTU xalqaro konferensiyasi “Inklyuziv va barqaror kelajak: sun’iy intellekt davrida ijtimoiy innovatsiyalar” mavzusida o‘tkaziladi.
📍 Хalqaro konferensiya dunyoning turli mamlakatlaridan tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, amaliyotchilar sun’iy intellekt davrida ijtimoiy innovatsiyalar orqali barqaror kelajakni shakllantirish masalalarini muhokama qilishga qaratilgan.
📅 Konferensiya sanasi:
05. 11. 2026, payshanba
📍 O‘tkazilish shakli:
Gibrid shaklda — oflayn va onlayn.
Oflayn konferensiya Nepalning Katmandu shahrida o‘tkaziladi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun onlayn qatnashish imkoniyati ham mavjud.
👤Konferensiya doirasida ishtirokchilarga:
· ilmiy-tadqiqot natijalarini taqdim etish;
· xalqaro ekspertlar va ishtirokchilardan fikr-mulohaza olish;
· turli mamlakatlardan kelgan tadqiqotchilar va mutaxassislar bilan tajriba va g‘oyalar almashish;
· xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlari taqdim etiladi.
Shuningdek, tanlab olingan ilmiy maqolalar SIERA va SOMTU jurnallarida jurnallarning tahrir va nashr talablariga muvofiq ko‘rib chiqilgandan so‘ng chop etilishi mumkin.
⚠️ Eslatma:
Ilmiy tadqiqotini konferensiyada taqdim etish istagida bo‘lgan ishtirokchilar 2026-yil 14-sentabr kunigacha conference@som.tu.edu.np manziliga tezis (Abstract) topshirish zarur.
👉Konferensiyada ilmiy maqola taqdim etmasdan ishtirok etish ham mumkin. Bunday ishtirokchilar o‘z qiziqishlarini quyidagi elektron pochta manzili orqali bildirishlari mumkin: conference@som.tu.edu.np
💰 Ishtirok etish:
Bepul.
Konferensiya mavzusi, ilmiy materiallarga qo‘yiladigan talablar, muhim sanalar va ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida batafsil ma’lumot olish uchun Call for Papers (CFP) hujjati bilan tanishish tavsiya etiladi.
Barcha qiziquvchi tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va mutaxassislarni mazkur xalqaro konferensiyada faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Muloqot va hamkorlik uchun:
conference@som.tu.edu.np
📣 ЭЪЛОН!
ХАЛҚАРО КОНФЕРЕНЦИЯДА ИШТИРОК ЭТИШГА ТАКЛИФ ЭТАМИЗ!
🇰🇷Handong UNESCO UNITWIN SIERA & SOMTU халқаро конференцияси «Инклюзив ва барқарор келажак: сунъий интеллект даврида ижтимоий инновациялар» мавзусида ўтказилади.
👉Халқаро конференция дунёнинг турли мамлакатларидан тадқиқотчилар, профессор-ўқитувчилар, амалиётчилар сунъий интеллект даврида ижтимоий инновациялар орқали барқарор келажакни шакллантириш масалаларини муҳокама қилишга қаратилган.
📅 Конференция санаси:
05. 11. 2026 йил, пайшанба
📍 Ўтказилиш шакли:
Гибрид шаклда — офлайн ва онлайн.
Офлайн конференция Непалнинг Катманду шаҳрида ўтказилади. Шунингдек, иштирокчилар учун онлайн қатнашиш имконияти ҳам мавжуд.
👤 Конференция доирасида иштирокчиларга:
илмий-тадқиқот натижаларини тақдим этиш;
халқаро экспертлар ва иштирокчилардан фикр-мулоҳаза олиш;
турли мамлакатлардан келган тадқиқотчилар ва мутахассислар билан тажриба ва ғоялар алмашиш;
халқаро илмий ҳамкорлик алоқаларини ривожлантириш имкониятлари тақдим этилади.
Шунингдек, танлаб олинган илмий мақолалар SIERA ва SOMTU журналларида журналларнинг таҳрир ва нашр талаблари асосида чоп этилиши мумкин.
⚠️Эслатма:
Илмий тадқиқотини конференцияда тақдим этиш истагида бўлган иштирокчилар 2026 йил 14 сентябрь кунигача conference@som.tu.edu.np манзилига тезис (Abstract) топшириши лозим.
👉Конференцияда илмий мақола тақдим этмасдан иштирок этиш ҳам мумкин. Бундай иштирокчилар ўз қизиқишларини conference@som.tu.edu.np электрон почта манзили орқали билдиришлари мумкин:
💰 Иштирок этиш:
Бепул.
Конференция мавзуси, илмий материалларга қўйиладиган талаблар, муҳим саналар ва рўйхатдан ўтиш тартиби ҳақида батафсил маълумот олиш учун Call for Papers (CFP) ҳужжати билан танишиш тавсия этилади.
Барча қизиқувчи тадқиқотчилар, профессор-ўқитувчилар, ёш олимлар ва мутахассисларни мазкур халқаро конференцияда фаол иштирок этишга таклиф этамиз.
Мулоқот учун:
conference@som.tu.edu.np
👉 Хабарни тарқатинг !
🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in | 4 025 |
| 3 | #Yoshlar telekanal
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Bank-moliya akademiyasida o‘tkazilgan tadbir tafsiloti.
🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in | 4 074 |
| 4 | #Axborot24 | 05.09.2026
Mustaqilligimizning 35 yilligi: Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in | 4 250 |
| 5 | #Test_imtihoni
🎓 Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.
🎤 Reportajimizda abituriyentlarning fikrlarini eshiting!
🎓Банк-молия академияси магистратурасига қабул бўйича тест синовлари ўтказилди.
🎤 Репортажимизда абитуриентларнинг фикрларини эшитинг!
👉 Телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in | 5 385 |
| 6 | ⭕️ LIVE
🎓 Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilmoqda
❗️Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari respublika bo‘ylab belgilangan hududlarda o‘tkazilmoqda.
📖 Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardagi Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy bo‘limlari va oliy ta’lim tashkilotlari binolarida tashkil etilgan.
📚 Imtihon jarayonlarida ishtirokchilar uchun zarur tashkiliy shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, nomzodlarning bilim va ko‘nikmalarini xolis baholash, test sinovlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📈 Test sinovlarida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar ishtirok etib, o‘z bilim va tayyorgarlik darajalarini namoyon etmoqda.
📌 Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etildi.
🎓 Банк-молия академияси магистратурасига қабул бўйича тест синовлари ўтказилмоқда
📋 Айни пайтда Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясининг магистратура мутахассисликларига ўқишга қабул қилиш бўйича тест синовлари республика бўйлаб белгиланган ҳудудларда ўтказилмоқда.
📖 Тест синовлари Қорақалпоғистон Республикаси, Тошкент шаҳри ҳамда барча вилоятлардаги Билим ва малакаларни баҳолаш агентлигининг ҳудудий бўлимлари ва олий таълим ташкилотлари биноларида ташкил этилган.
📚 Имтиҳон жараёнларида иштирокчилар учун зарур ташкилий шарт-шароитлар яратилган бўлиб, номзодларнинг билим ва кўникмаларини холис баҳолаш, тест синовларининг очиқлиги ва шаффофлигини таъминлашга алоҳида эътибор қаратилмоқда.
📈 Тест синовларида магистратура мутахассисликлари бўйича ҳужжат топширган талабгорлар иштирок этиб, ўз билим ва тайёргарлик даражаларини намоён этмоқда.
📌 Имтиҳон жараёнлари белгиланган тартиб ва талаблар асосида ташкил этилди.
👉Телеграм каналимизга аъзо бўлинг!
🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in | 4 638 |
| 7 | #Davlat_mustaqilligining_35_yilligi
❗️Bank-moliya akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
👉Telegram kanalimizda a’zo bo‘ling!
🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in | 4 483 |
| 8 | 📢 E’LON
Respublika Bank-moliya akademiyasiga 2026-yil 4-choragi uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirgan talabgor nomzodlar bilan suhbat jarayonlari tashkil etiladi.
📅 Suhbat sanasi: 2026-yil 7-sentabr
🕚 Boshlanish vaqti: soat 11:00
📍 Manzil: Respublika Bank-moliya akademiyasi
Suhbatlar quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha o‘tkaziladi:
· 08.00.07 — “Moliya, pul muomalasi va kredit” — 2-qavat, 216-xona;
· 08.00.08 — “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” — 2-qavat, 217-xona;
· 08.00.16 — “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” — 2-qavat, 217-xona.
📑 Suhbat jarayonida taqdim etiladigan hujjatlar:
1. Ilmiy maqola;
2. Ilmiy tezis;
3. Bank-moliya akademiyasi namunasidagi ilmiy rahbarning rozilik xati.
Barcha hujjatlar fayl-papkaga joylashtirilgan holda taqdim etilishi lozim.
❗️ Barcha talabgor nomzodlardan suhbatga belgilangan vaqtda, zarur hujjatlarni to‘liq taqdim etgan holda ishtirok etishlari so‘raladi.
👉 Xabarni tarqating!
www.bfa.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in | 4 249 |
| 9 | ✍️ 35 yillik taraqqiyot: “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
❗️O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda akademiyaning professor-o‘qituvchilari, olimlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, tinglovchilar va OAV vakillari ishtirok etdi.
🔰 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Shundan so‘ng tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov ochib berdi. O‘z nutqida rektor mustaqillik xalqimiz uchun eng ulug‘ va bebaho ne’mat ekanini ta’kidlab, yurtimizning milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini yuksaltirish, xalqning munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtaldi. Qayd etilganidek, mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘z milliy taraqqiyot yo‘lini belgilab, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida bosqichma-bosqich va izchil islohotlarni amalga oshirib kelmoqda.
🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Firdavs Sharipov bugungi yangilanishlar mohiyati faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki infratuzilmadagi o‘zgarishlar bilan emas, avvalo, insonning dunyoqarashi, jamiyatdagi o‘rni, huquq va manfaatlariga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishi bilan belgilanishini qayd etdi.
🌙 Tadbir doirasida “Mustaqillik zafarlari” nomli videorolik namoyish etildi. Unda O‘zbekistonning 35 yillik taraqqiyot yo‘li, mustaqillik yillarida mamlakat hayotining turli sohalarida amalga oshirilgan o‘zgarishlar, iqtisodiy va ijtimoiy yangilanishlar, zamonaviy infratuzilma va inson kapitali rivoji bilan bog‘liq jarayonlar aks ettirildi.
♻️ Tadbir yakunida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi ruhi va kelajakka intilishlarini mujassam etuvchi umumiy xulosa sifatida yangradi.
✍️ 35 йиллик тараққиёт: “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!”
❗️ Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясида Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!” мавзусида тадбир ўтказилди. Унда академиянинг профессор-ўқитувчилари, олимлар, Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутатлари, тингловчилар ва ОАВ вакиллари иштирок этди.
🔰 Тадбир Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳияси ижроси билан бошланди. Шундан сўнг тадбирни Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ректори Элмурод Ҳошимов очиб берди. Ўз нутқида ректор мустақиллик халқимиз учун энг улуғ ва бебаҳо неъмат эканини таъкидлаб, юртимизнинг миллий давлатчилик асосларини мустаҳкамлаш, иқтисодий ва ижтимоий салоҳиятини юксалтириш, халқнинг муносиб ҳаёт кечириши учун зарур шароитларни яратиш борасида амалга оширилган ишларга алоҳида тўхталди. Қайд этилганидек, мустақиллик йилларида Ўзбекистон ўз миллий тараққиёт йўлини белгилаб, давлат ва жамият ҳаётининг барча соҳаларида босқичма-босқич ва изчил ислоҳотларни амалга ошириб келмоқда.
🇺🇿 Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати Фирдавс Шарипов бугунги янгиланишлар моҳияти фақат иқтисодий кўрсаткичлар ёки инфратузилмадаги ўзгаришлар билан эмас, аввало, инсоннинг дунёқараши, жамиятдаги ўрни, ҳуқуқ ва манфаатларига бўлган муносабатнинг ўзгариши билан белгиланишини қайд этди.
🌙 Тадбир доирасида “Мустақиллик зафарлари” номли видеоролик намойиш этилди. Унда Ўзбекистоннинг 35 йиллик тараққиёт йўли, мустақиллик йилларида мамлакат ҳаётининг турли соҳаларида амалга оширилган ўзгаришлар, иқтисодий ва ижтимоий янгиланишлар, замонавий инфратузилма ва инсон капитали ривожи билан боғлиқ жараёнлар акс эттирилди.
♻️ Тадбир якунида “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!” ғояси мамлакатимиз тараққиётининг бугунги руҳи ва келажакка интилишларини мужассам этувчи умумий хулоса сифатида янгради.
www.bfa.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in | 4 125 |
| 10 | ✍️ «Aql markazi»: hudud taraqqiyotga ilmiy va amaliy yechimlar izlanmoqda
📈 Joriy yilning 3 sentyabr kuni Bank-moliya akademiyasining “Aql markazi” tashabbusi bilan Namangan davlat texnika universitetida Namangan viloyatida mavjud zaxira va imkoniyatlardan samarali foydalanish, hududlarning salohiyatini oshirish hamda tizimli muammolarga ilmiy-amaliy yechimlar ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
❗️Unda Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov, Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev, universitet masʼul xodimlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi.
📌 Muloqot davomida Namangan viloyati tumanlaridagi mavjud imkoniyatlar va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, universitet kafedralari hamkorligida hududlar kesimida ishlab chiqilgan takliflarni o‘rganish, ularni ilmiy asosda takomillashtirish va amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📚Seminarda yosh ilmiy tadqiqotchilar loyihalarini shakllantirishga ko‘maklashish, ularning innovatsion g‘oyalarini amaliyotga yo‘naltirish, shuningdek, Namangan viloyatida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha “Aql markazi” faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.
📍Uchrashuv yakunida belgilangan tashabbuslarni tegishli yo‘nalishlarda amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hududlarning real ehtiyojlari bilan bog‘lash hamda hamkorlikdagi loyihalarni aniq amaliy natijalarga yo‘naltirish bo‘yicha kelishib olindi.
✍️ «Ақл маркази»: ҳудуд тараққиётга илмий ва амалий ечимлар изланмоқда
📈 Жорий йилнинг 3 сентябрь куни Банк-молия академиясининг “Ақл маркази” ташаббуси билан Наманган давлат техника университетида Наманган вилоятида мавжуд захира ва имкониятлардан самарали фойдаланиш, ҳудудларнинг салоҳиятини ошириш ҳамда тизимли муаммоларга илмий-амалий ечимлар ишлаб чиқиш масалаларига бағишланган семинар ўтказилди.
❗️Унда Банк-молия академияси ректори Элмурод Ҳошимов, Наманган давлат техника университети ректори Ойбек Эргашев, университет раҳбарияти ҳамда кафедра мудирлари иштирок этди.
Мулоқот давомида Наманган вилояти туманларидаги мавжуд имкониятлар ва долзарб масалалар атрофлича муҳокама қилинди. Хусусан, университет кафедралари ҳамкорлигида ҳудудлар кесимида ишлаб чиқилган таклифларни ўрганиш, уларни илмий асосда такомиллаштириш ва амалиётга жорий этиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.
📚Семинарда ёш илмий тадқиқотчилар лойиҳаларини шакллантиришга кўмаклашиш, уларнинг инновацион ғояларини амалиётга йўналтириш, шунингдек, Наманган вилоятида ёшлар тадбиркорлигини ривожлантириш бўйича “Ақл маркази” фаолиятини тизимли йўлга қўйиш масалалари ҳам муҳокама қилинди.
📍Учрашув якунида белгиланган ташаббусларни тегишли йўналишларда амалга ошириш, илмий-тадқиқот ишларини ҳудудларнинг реал эҳтиёжлари билан боғлаш ҳамда ҳамкорликдаги лойиҳаларни аниқ амалий натижаларга йўналтириш бўйича келишиб олинди.
👉Телеграм каналимизга аъзо бўлинг!
www.bfa.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in | 4 323 |
| 11 | ISHONCH BERILGAN JOYDA IMKONIYAT BERILADI
Bugun taraqqiyotni faqat raqamlar bilan emas, balki insonning o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan ham o‘lchash zarurati paydo bo‘lmoqda.
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotidagi nutqining eng muhim jihati ham ana shu nuqtada — tadbirkorga ishonchni iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omiliga aylantirish g‘oyasida namoyon bo‘ldi.
BATAFSIL
Muallif: Elmurod Hoshimov, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori
Mаnba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2026 yil 3 sentyabr kungi 182 (1781)-soni
ИШОНЧ БЕРИЛГАН ЖОЙДА ИМКОНИЯТ БЕРИЛАДИ
Бугун тараққиётни фақат рақамлар билан эмас, балки инсоннинг ўз салоҳиятини намоён этиши учун яратилган имкониятлар билан ҳам ўлчаш зарурати пайдо бўлмоқда.
Президентимизнинг
тадбиркорлар билан навбатдаги очиқ мулоқотидаги нутқининг энг муҳим жиҳати ҳам ана шу нуқтада — тадбиркорга ишончни иқтисодий тараққиётнинг асосий омилига айлантириш ғоясида намоён бўлди.
👉БАТАФСИЛ
Муаллиф: Элмурод Ҳошимов, Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ректори
Манба: “Янги Ўзбекистон” газетасининг 2026 йил 3 сентябрь кунги 182 (1781)-сони. Пайшанба
👉Телеграм каналимизга аъзо бўлинг!
www.bfa.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in | 4 284 |
| 12 | #Axborot24 | 02.09.2026
Elmurod Hoshimov Bank-moliya akademiyasi rektori:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi va “ShHT+” formatidagi yig‘ilishlarda ishtirokiga munosabat
👉Telegram kanalimizda a’zo bo‘ling!
🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in | 4 228 |
| 13 | 📣 ANNOUNCEMENT!
🇺🇿 🇲🇾 Applications are currently being accepted for admission under the Joint Educational Program.
🎓 The Banking and Finance Academy, in partnership with Universiti Utara Malaysia (UUM), invites applicants to enroll in a joint educational programme.
📚 Upon successful completion of the programme, graduates will be awarded master’s degrees in the following fields:
🇺🇿 MBA – Master of Business Administration (BFA)
🇲🇾 MBM – Master in Business Management (UUM)
Applicants must meet one of the following English language proficiency requirements established by UUM:
TOEFL: minimum score of 60
IELTS: minimum score of 6.0
MUET (Malaysia): minimum score of 4.0
Cambridge English Advanced (CAE): minimum score of 169
Pearson Test of English Academic (PTE Academic): minimum score of 50
A document (diploma) confirming that the applicant completed their bachelor’s degree programme in English
For detailed information, please follow this ➡️ link.
Admission Process: Interview-based
🎓 Candidates wishing to apply for the Master’s degree program can submit their applications to the Admissions Committee through the website admission.bfa.uz.
❗️Duration of study: 2 years
📍Tuition fee: 44 million UZS per year.
🗓 Applications will be accepted online from July 6 through September 12, 2026, inclusive, via the BFA Admissions Platform.
For inquiries: +998 55 515-54-23
📣E'LON!
🇺🇿 🇲🇾 Qo‘shma ta'lim dasturi asosidagi o‘qishga hujjatlar qabul davom etmoqda.
🎓Bank-moliya akademiyasi hamda Malayziyaning Utara universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma ta'lim dasturi asosidagi o‘qishga taklif etamiz.
📚Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistr darajasini tasdiqlovchi diplomlar beriladi:
🇺🇿 MBA – Master of Business Administration (BMA);
🇲🇾 MBM — Master in Business Management (UUM).
Nomzodlar Ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha UUM tomonidan belgilangan quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
- TOEFL 60
- IELTS 6.0
- MUET 4.0 (Malayziya)
- Cambridge English Advanced (CAE) minimal ball 169.
- Pearson Test of English Academic (PTE Academic) minimal ball 50;
- Bakalavr darajasini ingliz tilida o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom).
Batafsil ma'lumotlar bilan ushbu ➡️havola orqali tanishishingiz mumkin.
Qabul jarayoni: Suhbat asosida
🎓 Magistraturada tahsil olish istagida bo‘lgan nomzodlar admission.bfa.uz sayti orqali Qabul komissiyasiga ariza topshirishlari mumkin.
❗️O‘qish muddati: 2 yil
📍Kontrakt to‘lovi: Bir yiliga 44 million so‘m.
Hujjatlar 2026-yil 6-iyuldan 12-sentyabrgacha (shu kuni ham) https://admission.bfa.uz/ platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Murojaat uchun: +998 55 515-54-23
👉Xabarni tarqating!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in | 4 399 |
| 14 | ✍️ Bank-moliya akademiyasida Islom moliyasi ta’limi yo‘nalishida xalqaro hamkorlik kengaymoqda
⭐️ O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida islom moliyasi sohasida nufuzli xalqaro tashkilot – Islom moliya institutlari buxgalteriya va audit tashkiloti (AAOIFI) bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muloqot o‘tkazildi.
❗️Uchrashuvda Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov, AAOIFIning MDH mamlakatlarida islom moliyasini rivojlantirish markazi direktori Amier Al Mousa, shuningdek, tashkilotning katta konsultanti, buxgalteriya standartlari hammuallifi, Pokiston Markaziy Shar’iy kengashining sobiq a’zosi Haroon Tabraze bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
🔰 Muloqot davomida islom moliyasi sohasida zamonaviy kadrlar tayyorlash, xalqaro standartlarni ta’lim jarayoniga joriy etish va ilg‘or xorijiy tajribadan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, ta’lim jarayonida islom moliyasi yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikda dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, sohaning nazariy va amaliy jihatlarini qamrab olgan maxsus kurslarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, AAOIFIning professional sertifikatlash dasturlarini hamkorlikda taqdim etish bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
💢 O‘zaro fikr almashish chog‘ida islom moliyasi sohani rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xalqaro tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik va ta’lim tizimida yangi dasturlarning joriy etilishi moliya bozorining kelgusi taraqqiyoti uchun muhim zamin yaratilayotganligiga urg‘u berildi.
✅Muloqot yakunida Islom moliyasi tizimi uchun xalqaro talablarga javob beradigan, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, global moliyaviy jarayonlarni chuqur anglaydigan mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, AAOIFI bilan hamkorlikda ta’lim va sertifikatlash yo‘nalishlarini rivojlantirishga kelishib olindi.
✍️ Банк-молия академиясида ислом молияси таълими йўналишида халқаро ҳамкорлик кенгаймоқда
⭐️ Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясида ислом молияси соҳасида нуфузли халқаро ташкилот – Ислом молия институтлари бухгалтерия ва аудит ташкилоти (AAOIFI) билан ҳамкорликни ривожлантиришга қаратилган мулоқот ўтказилди.
❗️ Учрашувда Банк-молия академияси ректори Элмурод Ҳошимов, AAOIFI нинг МДҲ мамлакатларида ислом молиясини ривожлантириш маркази директори Амиер Ал Моуса, шунингдек, ташкилотнинг катта консультанти, бухгалтерия стандартлари ҳаммуаллифи, Покистон Марказий Шаръий кенгашининг собиқ аъзоси Ҳароон Табразе билан ҳамкорликда амалга ошириладиган ишлар юзасидан фикр алмашилди.
🔰 Мулоқот давомида ислом молияси соҳасида замонавий кадрлар тайёрлаш, халқаро стандартларни таълим жараёнига жорий этиш ва илғор хорижий тажрибадан самарали фойдаланиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. Жумладан, таълим жараёнида ислом молияси йўналиши бўйича ҳамкорликда дарс машғулотларини ташкил этиш, соҳанинг назарий ва амалий жиҳатларини қамраб олган махсус курсларни йўлга қўйиш, шунингдек, AAOIFIнинг профессионал сертификатлаш дастурларини ҳамкорликда тақдим этиш бўйича атрофлича фикр алмашилди.
💢 Ўзаро фикр алмашиш чоғида ислом молияси соҳани ривожлантириш учун яратилаётган имкониятлар, халқаро ташкилотлар билан йўлга қўйилаётган ҳамкорлик ва таълим тизимида янги дастурларнинг жорий этилиши молия бозорининг келгуси тараққиёти учун муҳим замин яратилаётганлигига урғу берилди.
✅Мулоқот якунида Ислом молияси тизими учун халқаро талабларга жавоб берадиган, замонавий билим ва амалий кўникмаларга эга, глобал молиявий жараёнларни чуқур англайдиган мутахассисларни тайёрлаш, шунингдек, AAOIFI билан ҳамкорликда таълим ва сертификатлаш йўналишларини ривожлантиришга келишиб олинди.
👉Телеграм каналимизда аъзо бўлинг!
🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in | 7 590 |
| 15 | 🇺🇿🇯🇵 Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari Yaponiyada malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda
🎓 Ayni kunlarda Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari Yaponiya Moliya vazirligi huzuridagi Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
🏙 Mazkur dastur doirasida tinglovchilar Yaponiyaning tarixi, madaniyati, ta’lim tizimi, iqtisodiy rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy iqtisodiy siyosati bilan yaqindan tanishmoqda. Interaktiv ma’ruzalar, amaliy seminarlar va keys-tahlillar nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, ishtirokchilarning tahliliy fikrlash va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.
📍Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyingi xalqaro iqtisodiy tizimning ko‘p tomonlama hamkorlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillari asosida shakllanishiga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish, bozorni tahlil qilish, biznes modellarini shakllantirish va investitsiyalarni jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌆 Dasturning yana bir muhim jihati — tinglovchilarning Yaponiyaning yirik kompaniya va tashkilotlarida bevosita amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘layotganidir. 21 avgustdan 11 sentyabrga qadar davom etadigan ushbu jarayon zamonaviy boshqaruv, innovatsion tadbirkorlik va ilg‘or iqtisodiy yondashuvlarni o‘rganish uchun muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.
📙 Bunday xalqaro ta’lim dasturlari Akademiya tinglovchilarining kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘zlashtirish va uni milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿🇯🇵 Банк-молия академияси тингловчилари Японияда малака ошириш дастурида иштирок этмоқда
🎓 Айни кунларда Банк-молия академияси тингловчилари Япония Молия вазирлиги ҳузуридаги Иқтисодий сиёсат тадқиқотлари институти томонидан ташкил этилган малака ошириш дастурида иштирок этмоқда.
🏙 Мазкур дастур доирасида тингловчилар Япониянинг тарихи, маданияти, таълим тизими, иқтисодий ривожланиш босқичлари ҳамда замонавий иқтисодий сиёсати билан яқиндан танишмоқда. Интерактив маърузалар, амалий семинарлар ва кейс-таҳлиллар назарий билимларни амалиёт билан уйғунлаштириб, иштирокчиларнинг таҳлилий фикрлаш ва стратегик қарор қабул қилиш кўникмаларини мустаҳкамламоқда.
📍 Айниқса, Иккинчи жаҳон урушидан кейинги халқаро иқтисодий тизимнинг кўп томонлама ҳамкорлик ва ўзаро манфаатдорлик тамойиллари асосида шаклланишига бағишланган машғулотлар муҳим аҳамият касб этмоқда. Шунингдек, инновацион ғояларни ривожлантириш, бозорни таҳлил қилиш, бизнес моделларини шакллантириш ва инвестицияларни жалб этиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилмоқда.
🌆 Дастурнинг яна бир муҳим жиҳати — тингловчиларнинг Япониянинг йирик компания ва ташкилотларида бевосита амалий тажриба орттириш имкониятига эга бўлаётганидир. 21 августдан 11 сентябрга қадар давом этадиган ушбу жараён замонавий бошқарув, инновацион тадбиркорлик ва илғор иқтисодий ёндашувларни ўрганиш учун муҳим майдон вазифасини ўтамоқда.
📙 Бундай халқаро таълим дастурлари Академия тингловчиларининг касбий салоҳиятини юксалтириш, илғор хорижий тажрибани ўзлаштириш ва уни миллий иқтисодиёт тараққиётига татбиқ этишда муҳим аҳамият касб этади.
👉 Хабарни тарқатинг!
🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in | 4 709 |
| 16 | Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌O‘tgan 25 yil davomida ShHT teng huquqli muloqotni ta’minladi, mintaqaviy barqarorlik va mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashdi;
📌Hamkorligimiz markazida ShHTning geografik va strategik o‘zagi bo‘lgan Markaziy Osiyo turganini alohida qadrlaymiz;
📌Yaqin Sharqda muloqotni qayta tiklash va keskinlikni yumshatishning qat’iy tarafdorimiz;
📌ShHT mamlakatlarining ulkan insoniy, tabiiy, ishlab chiqarish va intellektual resurslari, eng avvalo, xalqlarimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi kerak;
📌“ShHT – 2040: umumiy taraqqiyot makoni” konseptual qarashini ishlab chiqishga kirishishni taklif etaman. Uning asosiy maqsadi o‘zaro bog‘liq va barqaror makonni shakllantirishdan iborat bo‘lishi lozim;
📌Maxsus iqtisodiy zonalar, ishlab chiqarish jarayonlari, sotuv bozorlari va logistikani birlashtiradigan ShHT Sanoat kooperatsiyasi xaritasini ishlab chiqishni taklif etamiz;
📌Hozirning o‘zidayoq umumiy tamoyillarni kelishish bosqichidan ShHT Taraqqiyot bankini amaliy ishga tushirishga o‘tishni zarur deb hisoblaymiz;
📌Sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha Butunjahon tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusni olqishlaymiz;
📌Kelgusi yili Toshkent shahrida ShHTning sun’iy intellekt va yangi raqamli yechimlar bo‘yicha forumini o‘tkazishga tayyormiz;
📌Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar mamlakatlarimizning oziq-ovqat, suv va energetik xavfsizligiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ShHT doirasida ushbu masalalar bo‘yicha yagona kun tartibini shakllantirish zaruratini taqozo etmoqda;
📌ShHTga a’zo davlatlarning temir yo‘l makonlari integratsiyasi bo‘yicha kengash ta’sis etishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman;
📌Xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilish uchun ShHTning Afg‘oniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklash vaqti keldi.
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Бишкекдаги ШҲТ Давлат раҳбарлари кенгаши йиғилишидаги нутқидан асосий фикрлар:
📌Ўтган 25 йил давомида ШҲТ тенг ҳуқуқли мулоқотни таъминлади, минтақавий барқарорлик ва мамлакатларимизнинг барқарор ривожланишига кўмаклашди;
📌Ҳамкорлигимиз марказида ШҲТнинг географик ва стратегик ўзаги бўлган Марказий Осиё турганини алоҳида қадрлаймиз;
📌Яқин Шарқда мулоқотни қайта тиклаш ва кескинликни юмшатишнинг қатъий тарафдоримиз;
📌ШҲТ мамлакатларининг улкан инсоний, табиий, ишлаб чиқариш ва интеллектуал ресурслари, энг аввало, халқларимиз фаровонлигини юксалтиришга хизмат қилиши керак;
📌“ШҲТ – 2040: умумий тараққиёт макони” консептуал қарашини ишлаб чиқишга киришишни таклиф этаман. Унинг асосий мақсади ўзаро боғлиқ ва барқарор маконни шакллантиришдан иборат бўлиши лозим;
📌Махсус иқтисодий зоналар, ишлаб чиқариш жараёнлари, сотув бозорлари ва логистикани бирлаштирадиган ШҲТ Саноат кооперацияси харитасини ишлаб чиқишни таклиф этамиз;
📌Ҳозирнинг ўзидаёқ умумий тамойилларни келишиш босқичидан ШҲТ Тараққиёт банкини амалий ишга туширишга ўтишни зарур деб ҳисоблаймиз;
📌Сунъий интеллект соҳасида ҳамкорлик бўйича Бутунжаҳон ташкилотини ташкил этиш тўғрисидаги ташаббусни олқишлаймиз;
📌Келгуси йили Тошкент шаҳрида ШҲТнинг сунъий интеллект ва янги рақамли ечимлар бўйича форумини ўтказишга тайёрмиз;
📌Иқлим ўзгариши билан боғлиқ хавф-хатарлар мамлакатларимизнинг озиқ-овқат, сув ва энергетик хавфсизлигига тобора кўпроқ таъсир кўрсатмоқда. Бу ШҲТ доирасида ушбу масалалар бўйича ягона кун тартибини шакллантириш заруратини тақозо этмоқда;
📌ШҲТга аъзо давлатларнинг темир йўл маконлари интеграцияси бўйича кенгаш таъсис этишни мақсадга мувофиқ деб ҳисоблайман;
📌Хавфсизлик ва иқтисодий ҳамкорликнинг кенг кўламли масалаларини муҳокама қилиш учун ШҲТнинг Афғонистон билан мунтазам мулоқотини қайта тиклаш вақти келди.
👉Телеграм каналимизда аъзо бўлинг!
🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in | 4 553 |
| 17 | 📣 ОБЪЯВЛЕНИЕ!
Сделайте уверенный шаг навстречу своему будущему — станьте обладателем международного диплома!
🎓 Продолжается приём документов на совместную магистерскую программу Академии банковского и финансового дела Республики Узбекистан и престижного российского Национального исследовательского университета «Высшая школа экономики» (НИУ ВШЭ).
🌍 Вас ждут образование, признанное во всём мире, международный опыт и возможность стать высококвалифицированным специалистом.
✨ Преимущества программы:
✅ Дипломы двух университетов;
🎓 По итогам успешного завершения программы выпускникам выдаются дипломы о присвоении степени магистра по следующим специальностям:
🇺🇿 Академии банковского и финансового дела Республики Узбекистан — по специальности «Финансы»;
🇷🇺 Национального исследовательского университета «Высшая школа экономики» — по специальности «Финансы и кредит».
✅ Возможность получить диплом престижного университета, входящего в ТОП-500 лучших университетов мира;
✅ Возможность пройти практику и стажировку в ведущих организациях Узбекистана и России;
✅ Получение знаний и навыков, обеспечивающих конкурентоспособность на международном рынке труда.
Требование: наличие диплома бакалавра по специальности «Экономика».
Порядок проведения вступительных испытаний: на основе собеседования и тестирования.
1-й этап: мотивационное письмо и эссе.
2-й этап: тест по русскому языку (тест проводится Агентством по оценке знаний и навыков).
⚠️ При наличии сертификата, подтверждающего знание русского языка на уровне B2 и выше, сдавать тест по русскому языку не требуется.
Срок обучения: 2 года.
Стоимость обучения: 32,5 млн сумов за 1 год.
💻 Кандидаты, желающие поступить в магистратуру, могут подать заявление в приёмную комиссию через сайт admission.bfa.uz.
❗️ Документы принимаются в онлайн-формате до 12 сентября 2026 года включительно через платформу admission.bfa.uz.
❗️ Более подробную информацию о программе можно получить по ссылке.
📣EʼLON!
Kelajagingiz sari dadil qadam qo‘ying — xalqaro diplom sohibi bo‘ling!
🎓 O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Rossiyaning nufuzli «Oliy iqtisodiyot maktabi» Milliy tadqiqot universiteti (NIU VSHE) ning qo‘shma magistratura dasturiga qabul davom etmoqda!
🌍 Dunyoda e’tirof etilgan ta’lim, xalqaro tajriba va yuqori malakali mutaxassisga aylanish imkoniyati sizni kutmoqda.
✨ Dasturning ustunliklari: Ikki universitetning diplomi;
🎓 Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistr darajasini tasdiqlovchi diplomlar beriladi:
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining “Moliya” mutaxassisligi
🇷🇺 “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universitetining “Moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik diplomlari beriladi.
✅ Jahonning Top-500 talik nufuzli universiteti diplomini qo‘lga kiritish imkoniyati;
✅ O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi tashkilotlarida amaliyot va stajirovka;
✅ Xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bilim va ko‘nikmalar.
Talablar: Bakalavr diplomi mutaxassisligi iqtisodiyot bo‘lishi lozim.
Qabul sinovlari tartibi: Suhbat va test asosida
1-bosqich: motivasion xat va essey
2-bosqich: rus tili fanidan test (Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test olinadi)
⚠️ Agar B2 va undan yuqori rus tilini bilish bo‘yicha sertifikati bo‘lsa test topshirmaydi.
O‘qish muddati: 2 yil
Shartnoma (Kantrakt) puli: 1 yil uchun 32 million 500 ming so‘m
💻 Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga admission.bfa.uz sayti orqali ariza topshirishlari mumkin.
❗️Hujjatlar 2026-yil 12-sentyabrgacha (shu kuni ham) https://admission.bfa.uz/ platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
📲 Batafsil ushbu 👉 havola orqali tanishing.
👉 Xabarni tarqating!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in | 4 345 |
| 18 | 🗓 DAYJEST: 24 -AVGUST—2-SENTYABR
👉 HAFTANING ENG MUHIM YANGILIKLAR!
1️⃣ Bank-moliya akademiyasi hamda Malayziyaning Utara universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma ta'lim dasturi asosidagi o‘qishga taklif etamiz. Qabul 2026 yilning 12 sentyabrgacha davom etadi! Batafsil
2⃣ Bank-moliya akademiyasi va Rossiyaning nufuzli «Oliy iqtisodiyot maktabi» Milliy tadqiqot universiteti (NIU VSHE) ning qo‘shma magistratura dasturiga qabul 2026 yilning 12 sentyabrgacha davom etadi! Batafsil
3⃣ E’LON: 2026 yil 3-choragi uchun ilmiy maqolalar qabul qilinishi boshlandi! Batafsil
4⃣ Bank-moliya akademiyasi haqida maʼlumot kerakmi? Unda ushbu reportajni ko‘rishni tavsiya qilamiz. Batafsil
5⃣ Koreyaning nufuzli ilmiy muassasalari bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Batafsil
6⃣ Bank-moliya akademiyasida tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Batafsil
7⃣ Toshkent shahridagi oliygohlarda yangi oʻquv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi. Batafsil
8⃣ Оchiq muloqot: Koreya tajribasi va yangi imkoniyatlar. Batafsil
9⃣ Prezident Sh.Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. Batafsil
🔟 Bank-moliya akademiyasi rektori Hoshimov Elmurod Abdusattorovich “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. Batafsil
1⃣1⃣ 2026/2027-o‘quv yili uchun Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2026-yilning 5-sentyabr kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz. Batafsil
1⃣2⃣ 1-sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni munosabati bilan Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod HOSHIMOVning bayram tabrigi. Batafsil
1⃣3⃣ Ushbu videoda mamlakatimizda so‘nggi 10 yillik tarixning muhim lahzalari 10 daqiqaga joylangan. Batafsil
1⃣4⃣ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “ShHT plyus” formati majlisidagi nutqi
👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling!
🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in | 4 537 |
| 19 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “ShHT plyus” formati majlisidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании в формате «ШОС плюс»
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Meeting in the “SCO Plus” Format
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 3 924 |
| 20 | #mustaqilligimizning_35yilligi
🇺🇿Ushbu videoni ko‘rishingizni tavsiya qilamiz. Unda mamlakatimizda so‘nggi 10 yillik tarixning muhim lahzalari 10 daqiqaga joylangan.
🇺🇿Ушбу видеони кўришингизни тавсия қиламиз. Унда мамлакатимизда сўнгги 10 йиллик тарихнинг муҳим лаҳзалари 10 дақиқага жойланган.
www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in | 5 489 |
