Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Ir al canal en Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
4 718
Suscriptores
-624 horas
-507 días
-1 73930 días
Archivo de publicaciones
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Joylarda yil davomida intervensiya tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani sababli pishiqchilik paytida dalada kartoshka narxi tushib ketgani qayd etildi. Fermerlarda manfaatdorlik bo‘lmagani uchun 325 ming tonna kartoshka sotilmay turibdi.
Davlatimiz rahbari kartoshkani fermerlar foyda ko‘radigan narxda zaxiraga olib, taqchillik paytida bozorga chiqarish orqali narxni barqaror ushlash zarurligini ta’kidladi.
Yilning yarmi o‘tgan bo‘lsa-da, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatida meva-sabzavotni saqlaydigan birorta ham sovitkichli ombor ishga tushirilmagani tanqid qilindi.
Yil yakunigacha 87 ming tonna quvvatga ega 340 ta sovitkichli omborni ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Hokimlar bu yil oziq-ovqat jamg‘armalarini 2,5 barobar ko‘paytirib, 500 milliard so‘mga yetkazishi kerak edi. Lekin ayrim hududlardan tashqari birorta hokim jamg‘armaga mablag‘ o‘tkazmagani aytildi.
Bosh vazir o‘rinbosariga uch kunda grafik tasdiqlab, hokimlarga oziq-ovqat jamg‘armalariga oyma-oy qancha mablag‘ tushirishini belgilab berish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
So‘nggi uch yilda eksportbop mahsulot chiqaradigan 509 ta yangi quvvat ishga tushirilgan. Ushbu loyihalar qiymati 11 milliard dollarni tashkil etadi.
Lekin bu korxonalarning 208 tasi haligacha eksportga chiqmagan. Agar ular mahsulotining kamida 30-40 foizini eksportga chiqarsa, mamlakatga yana 1,5 - 2 milliard dollar valyuta tushishi mumkin.
Yil boshidan 47 ta maxsus iqtisodiy zonadan 29 tasida umuman eksport bo‘lmagani ham tanqid qilindi. Qolgan 18 tasidagi eksport hajmi 500 million dollardan oshmaydi.
Mutasaddilarga “tezkor brigadalar” tashkil etib, 208 ta korxona va 29 ta maxsus iqtisodiy zonaga yuborish topshirildi. Bu brigadalar korxonalarning sertifikat, aylanma mablag‘, bozor va logistika bilan bog‘liq masalalarini tezkor hal etadi.
Shuningdek, ikki yildan buyon 300 million dollarlik 219 ta uskuna ishlatilmay turgani, yana 619 million dollarlik 154 ta uskuna bo‘yicha qurilish-montaj ishlari yakunlanmagani qayd etildi. Bir oy muddatda bu boradagi vaziyatni joyida o‘rganib, mavjud kamchilik va to‘siqlarni bartaraf etish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Hozir banklar balansida 9 trillion 300 milliard so‘mlik 2 ming 411 ta mol-mulk sotilmay turibdi.
Har bir obyektning bank balansida asosli turgani tahlil qilinadi. Xaridori bor, lekin sun’iy ushlab turilgan obyektlar bo‘yicha qonun ustuvorligi ta’minlanadi.
Ayrim hududlarda import eksportdan tezroq o‘sib borayotgani ham tanqid qilindi. O‘tgan yili import eksportga nisbatan Toshkent viloyatida 1,9 milliard dollarga, Samarqandda 1,4 milliard dollarga ko‘p bo‘lgan.
Andijonda bu farq 866 million dollar, Jizzaxda 792 million dollar, Buxoroda 662 million dollarni tashkil etgan.
Davlatimiz rahbari har bir hokim bunday holatni chuqur o‘rganishi va import o‘rnini bosuvchi hamda eksportbop ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha aniq chora ko‘rishi shartligini ta’kidladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Soliq tushumlari bo‘yicha ham mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yil boshidan soliq tushumi 27 foizga ko‘payib, 130 trillion so‘mdan oshdi.
Lekin qo‘shimcha tushum bo‘yicha yillik reja atigi 40 foizga bajarilgan. Bu 12 trillion so‘mni tashkil etadi. Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari soliq tushumi bo‘yicha korxonalar bilan yetarli ishlamayotgani tanqid qilindi.
Buxoro viloyati misolida aylanmasi 100 million so‘mdan yuqori bo‘lgan 162 ta korxona ketma-ket uch yil faoliyatini zarar bilan yakunlagani uchun 1 so‘m ham foyda solig‘i to‘lamagani aytildi.
Shuningdek, 1,5 mingta korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lamasdan, faqat QQSni chegirib yurgani qayd etildi. Shu bois, Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
1-iyuldan 498 ta yirik soliq to‘lovchi korxonadan soliq undirish vakolati viloyatlarga tushirib berilgani qayd etilib, endi birorta bahonaga o‘rin qolmagani ta’kidlandi. Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, viloyat soliq rahbarlariga mazkur korxonalar bilan yaqindan ishlab, soliqlar to‘liq hajmda yig‘ilishini ta’minlash topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda “mahalla yettiligi” ishini yangicha tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan hafta bu borada barcha masalalar tushuntirilib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilgan edi.
Bu borada “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilinib, 2 mingta eng og‘ir mahallada ishlarni mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etish boshlandi.
Ushbu mahallalarda hokim, mahalla raisi va bandlik bo‘limi o‘rtasidagi uch tomonlama shartnomalar qayta ko‘rib chiqildi.
Hokimlar 2 mingta og‘ir mahallada elektr, gaz, yo‘l va suv masalalarini o‘z vaqtida hal qilishga shaxsan javobgar bo‘ladi.
Bandlik tizimi mas’ullari ehtiyojmand aholini o‘qitish, ishga joylashtirish va daromadini oshirish maqsadida hududma-hudud yuradi.
Mahalla tizimi rahbarlariga 8 ming 992 ta mahallada ko‘chalar va uylarni obod qilish, daraxt va ko‘chat ekish, ariqlarni toza tutish bo‘yicha aniq majburiyatlar yuklatildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda hudud va tarmoq rahbarlarining olti oylik rejalari ijrosi tanqidiy tahlil qilindi.
Ayrim hududlarda yalpi hududiy mahsulot, qurilish va investitsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha imkoniyatlar to‘liq ishga solinmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Davlatimiz rahbari hozirgi global tebranishlar sharoitida viloyat, tuman va shaharlarga tadbirkorlik hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalari uchun mablag‘lar ko‘paytirib berilayotganini qayd etdi.
Shu bilan birga, har bir vazir va hokimning ishi odamlarning yashash madaniyatida sezilmasa, tadbirkorlarning og‘irini yengil qilmasa, bunday natija faqat “qog‘ozdagi raqam” bo‘lib qolishi ta’kidlandi.
Oylik, choraklik va yillik rejasini bajarmagan birorta vazir, hokim yoki tarmoq rahbari bunday sharoitda xotirjam ishlashga haqli emasligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlatimiz rahbari so‘zga chiqadigan rahbarlar faqat hisobot bilan cheklanmasdan, qanday yangi zaxiralar topgani, ularni ishga solish bo‘yicha qanday tizim tashkil etayotgani va yil yakunigacha qanday natijaga erishishini aniq tushuntirishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, global vaziyat o‘zgarib borayotgan hozirgi sharoitda har bir rahbar qo‘shimcha ssenariylar bilan ishlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yil boshidan mamlakatimiz iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. Sanoatda 8 foiz, xizmatlarda 16,9 foiz, qurilishda 13,8 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sish ta’minlandi.
Investitsiyalar hajmi 28 milliard dollarga, eksport 14,4 milliard dollarga yetdi. Nufuzli “Fitch” va “Moody’s” xalqaro reyting agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi.
Shu bilan birga, davlatimiz rahbari 40 millionli aholi hayotini yaxshilash uchun 9-10 foizli iqtisodiy o‘sish zarurligini ta’kidladi.
Facebook|Instagram|X
❗️ Hurmatli Xo’ja Uchqun, “Jaloir”, “Yangi Gulzor” mahalla ahli
🛠️ Ayni damda Sergeli TET tomonidan ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli ushbu mahallalarning ayrim qismlarida elektr ta’minotida qisqa uzilishlar kuzatilishiga sabab bo’lmoqda.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so’raymiz
Repost from Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
❗️ Hurmatli yangihayotliklar!
🔵 Yozgi anomal issiq havo mavsumi uchun tezkor dispecherlik xizmatlari tunu kun ish rejimida faoliyat olib borayotganini eslatib o‘tamiz!
📌 Ayni paytda jazirama issiq tufayli yuklama ortgan bir paytda iste’molchilarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi va ichimlik suvi ta’minotini uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor hal etish bo‘yicha dispecherlik xizmatlari o‘z faoliyatini olib bormoqda.
🔺 Agar elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi yoki ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yoki savollaringiz bo‘lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
😏 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Yangihayot tumani bo‘limi:
71-257-07-78
😮 “Veolia Energy” MChJ Yangihayot tumani bo'limi:
71-258-09-35
71-257-27-54
👏 “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ Yangihayot tumani bo‘limi:
71-258-36-42
71-258-96-32
🧐 “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi:
55-503-04-98
👏 Yangihayot tumani “Oqava suv tarmoqlari” bo‘limi:
71-257-73-85
😄 “Toshshaharnur” DM Yangihayot tumani bo‘limi: 71-215-25-34
😌 "Yangihayot-Maxsustrans" ATF:
71-250-75-49
____________________________
❗️ Уважаемые жители Янгихаятского района!
🔵 Напоминаем, что в связи с сезоном аномальной жары оперативные диспетчерские службы работают в круглосуточном режиме!
📌 В настоящее время, в период повышенной нагрузки из-за знойной погоды, диспетчерские службы ведут свою деятельность по бесперебойному обеспечению потребителей электроэнергией, природным газом, тепловой энергией и питьевой водой, а также по оперативному решению обращений, поступающих от населения.
🔺 Если у вас возникли проблемы или вопросы, связанные с подачей электроэнергии, природного газа, тепловой энергии или питьевой воды, вы можете обратиться по следующим номерам:
😏 Янгихаятский районный филиал АО "Худудий электр тармоклари":
71-257-07-78
😮 Янгихаятский районный филиал ООО "Veolia Energy":
71-258-09-35
71-257-27-54
👏 Янгихаятский районный филиал АО "Тошкент шахар сув таъминоти":
71-258-36-42
71-258-96-32
🧐 Районный газоснабжающий отдел "Янгихаёттумангаз":
55-503-04-98
👏 Янгихаятский районный отдел "Окава сув тармоклари" (Канализационные сети):
71-257-73-85
😄 Янгихаётский районный филиал ГУП "Тошшахарнур":
71-215-25-34
😌 АТФ "Янгихаёт-Махсустранс":
71-250-75-49
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 “Obod mahalla” ijrosi Yangihayotda
👍 Xo‘ja Uchqun mahallasi zamonaviy qiyofa kasb etdi
🇺🇿 “Obod mahalla” dasturi doirasida Yangihayot tumanining Xo‘ja Uchqun mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada hududning infratuzilmasi yangilanib, aholi uchun yanada qulay va zamonaviy yashash muhiti yaratilmoqda.
📌 Bugungi kunda loyiha doirasida mahallada 1 ta kirish arkasi barpo etildi, 1 ta dam olish ayvonchasi va 8 ta dekorativ zont tashkil etildi. Shuningdek, 2 ta bolalar maydonchasi, 1 ta "Street workout" zonasi hamda 1 ta mini-stadion foydalanishga topshirildi.
⭕️ Hududda 9 ta bekat barpo etilib, 16 ta dekorativ fonar o‘rnatildi. Bundan tashqari, 28 776 kvadrat metr maydonga asfalt qoplamasi yotqizildi, 65 kvadrat metr piyodalar yo‘lagi, 77,5 metr lotok va bordyurlar barpo etildi.
⚫️ Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 13 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 2 ta quduq qurildi. Shuningdek, 185 metr metall panjaralar o‘rnatilib, 750 kvadrat metr hudud ko‘kalamzorlashtirildi.
👍 Ushbu videorolik orqali mahallada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, hududdagi o‘zgarishlar hamda bugungi zamonaviy qiyofasi bilan tanishishingiz mumkin.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#AlFargʻoniy
🇺🇿 Yangihayot tumani hokimligi hamda mas'ul tashkilotlar hamkorligida anomal issiq kunlarda aholimiz, ayniqsa bolajonlarimizga quvonch va salqinlik ulashish maqsadida boshlangan chellenj davom etmoqda.
💦 Xususan, aholi murojaatlari asosida bugun chellenjning navbatdagi manzili “Yo’ldosh” mavzesining Al-Farg‘oniy mahallasi bo’ldi. Maxsus texnikalar yordamida jazirama kunlarda bolalar uchun salqin va quvonchli muhit yaratildi.
😊 Salqin suv tomchilari ostida miriqib o‘ynagan bolajonlarning beg‘ubor kulgisi va ko‘tarinki kayfiyati ushbu chellenjga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
❗️ Hurmatli yangihayotliklar!
🔵 Yozgi anomal issiq havo mavsumi uchun tezkor dispecherlik xizmatlari tunu kun ish rejimida faoliyat olib borayotganini eslatib o‘tamiz!
📌 Ayni paytda jazirama issiq tufayli yuklama ortgan bir paytda iste’molchilarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi va ichimlik suvi ta’minotini uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor hal etish bo‘yicha dispecherlik xizmatlari o‘z faoliyatini olib bormoqda.
🔺 Agar elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi yoki ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yoki savollaringiz bo‘lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
😏 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Yangihayot tumani bo‘limi:
71-257-07-78
😮 “Veolia Energy” MChJ Yangihayot tumani bo'limi:
71-258-09-35
71-257-27-54
👏 “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ Yangihayot tumani bo‘limi:
71-258-36-42
71-258-96-32
🧐 “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi:
55-503-04-98
👏 Yangihayot tumani “Oqava suv tarmoqlari” bo‘limi:
71-257-73-85
😄 “Toshshaharnur” DM Yangihayot tumani bo‘limi: 71-215-25-34
😌 "Yangihayot-Maxsustrans" ATF:
71-250-75-49
____________________________
❗️ Уважаемые жители Янгихаятского района!
🔵 Напоминаем, что в связи с сезоном аномальной жары оперативные диспетчерские службы работают в круглосуточном режиме!
📌 В настоящее время, в период повышенной нагрузки из-за знойной погоды, диспетчерские службы ведут свою деятельность по бесперебойному обеспечению потребителей электроэнергией, природным газом, тепловой энергией и питьевой водой, а также по оперативному решению обращений, поступающих от населения.
🔺 Если у вас возникли проблемы или вопросы, связанные с подачей электроэнергии, природного газа, тепловой энергии или питьевой воды, вы можете обратиться по следующим номерам:
😏 Янгихаятский районный филиал АО "Худудий электр тармоклари":
71-257-07-78
😮 Янгихаятский районный филиал ООО "Veolia Energy":
71-258-09-35
71-257-27-54
👏 Янгихаятский районный филиал АО "Тошкент шахар сув таъминоти":
71-258-36-42
71-258-96-32
🧐 Районный газоснабжающий отдел "Янгихаёттумангаз":
55-503-04-98
👏 Янгихаятский районный отдел "Окава сув тармоклари" (Канализационные сети):
71-257-73-85
😄 Янгихаётский районный филиал ГУП "Тошшахарнур":
71-215-25-34
😌 АТФ "Янгихаёт-Махсустранс":
71-250-75-49
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 Anomal issiqda aholini salqinlatish uchun tumanimizda amaliy choralar koʻrilmoqda.
💧 Maxsus sepilayotgan suvlar ostida jajji kichkintoylarimiz maza qilib oʻynashyapti, yozning jaziramasini quvnoq xotiralarga aylantirishyapti.
📍Navbatdagi manzil “Gulshanobod” mahallasi
☀️ Bizning Yangihayotda yoz juda samimiy oʻtmoqda!
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Huquqiy axborot
#Биласизми #Экологик_ҳуқуқлар
🔰Чиқинди қутилари, жумладан, қуйидаги жойларда мажбурий тартибда ўрнатилади:
▫️ кўп квартирали уйларнинг подъездига кириш йўлида – 1 та;
▫️ ташкилотлар, шунингдек, савдо объектларининг биносига кириш (чиқиш) йўлида – 1-2 та;
▫️ метро, ер ости ва ер усти ўтиш жойларининг ҳар бир кириш (чиқиш) йўлида – 2 та;
▫️ жамоат йўловчи транспорт бекатларида – 1-2 та;
▫️ автотураргоҳлар ва автотранспорт воситаларини вақтинча сақлаш майдончаларига кириш (чиқиш) йўлида – 1-2 та.
➡️ Чиқинди қутилари мажбурий тартибда ўрнатилиши лозим бўлган жойлар билан батафсил бу ерда танишинг.
Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
🇺🇿Toshkentda mahallalarni rivojlantirishga doir yangicha yondashuv taqdim etildi
🧠 18-iyul kuni “Humo Arena” sport saroyida Toshkent mahallalarini rivojlantirish va “mahalla yettiligi”ning yangi faoliyat tamoyillariga bag‘ishlangan keng ko‘lamli taqdimot hamda timbilding tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.
🇺🇿 Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi tadbirda 5 mingdan ortiq kishi — shahar va tuman hokimliklari vakillari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, poytaxtdagi barcha 585 ta mahallaning “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etdi.
🔺Ishtirokchilar nafaqat yangi tizimning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishdilar, balki jamoaviy shaklda amaliy vazifalarni ham ishlab chiqdilar. Tuman va mahallalarning biznes-rejalari, daromad manbalari, xarajat yo‘nalishlari, ustuvor loyihalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari diqqat markazida bo‘ldi.
➡️Yangi yondashuvning asosiy maqsadi — mahallani aholi ma’lumotnoma yoki ijtimoiy yordam so‘rab murojaat qiladigan joydan hudud rivojlanishining to‘laqonli markaziga aylantirishdan iborat.
👉 Batafsil
⸻
🇺🇿В Ташкенте представили новый подход к развитию махаллей
🧠 18 июля во дворце спорта «Хумо Арена» состоялась масштабная презентация с элементами тимбилдинга, посвящённая развитию махаллей Ташкента и новым принципам работы «махаллинской семёрки». Мероприятие организовано в рамках исполнения Указа Президента Республики Узбекистан № УП–116 от 24 июня 2026 года «О дополнительных мерах по эффективной организации управления махаллей».
🇺🇿 В мероприятии под руководством хокима города Ташкента Шавката Умурзакова приняли участие более 5 тысяч человек — представители городского и районных хокимиятов, руководители управлений и организаций, а также члены «махаллинской семёрки» всех 585 махаллей столицы.
🔺Участники не только ознакомились с основными направлениями новой системы, но и в командном формате проработали практические задачи. В центре внимания были бизнес-планы районов и махаллей, источники доходов, направления расходов, приоритетные проекты и механизмы их реализации.
➡️Главная цель нового подхода — превратить махаллю из места, куда жители обращаются за справками или социальной помощью, в полноценный центр развития территории.
👉 Подробно
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
