ch
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

前往频道在 Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

显示更多
未指定国家未指定类别
4 710
订阅者
-1424 小时
-597 天
-1 74630 天
帖子存档
Yong’in soat 12:29 da o’chirildi. Aytilgan manzilda tan jarohati olgan fuqarolar yo’q. Hozirda yong’in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmiqda.

Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot. Bugun, 22-iyul kuni soat 12:00 da Toshkent shahar Y
Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot. Bugun, 22-iyul kuni soat 12:00 da Toshkent shahar  Yangihayot tumani, Qipchoq ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadon yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Xabarga koְ‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 12:09 da yetib borib, hozirda yong‘in o’chirish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to’liq nazoratga olingan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar to’g’risida xabar kelib tushmadi.

Hokimlarga tovar va xizmatlar taklifini ko‘paytirish orqali inflyatsiyani jilovlash bo‘yicha ishlarini yanada kuchaytirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

❗️ Hurmatli "Choshtepa" mahallasi ahli! ♻️ Hududdagi elektr tarmoqlarida avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida ta'mi
❗️ Hurmatli "Choshtepa" mahallasi ahli! ♻️ Hududdagi elektr tarmoqlarida avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida ta'mirlash ishlari olib borilayotgani sababli, bugun kun davomida elektr energiyasi ta'minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Yangihayot tumani bo‘limi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raydi.

👍 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda ⚡️ Xabaringiz bor, joriy yilning 1-iyulidan 31-iyuliga qadar respublikamiz bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom yurt” kompleks keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. 🇺🇿 Mazkur tadbir doirasida Yangihayot tumani Migratsiya va personallashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududidagi mehmonxonalar, qurilish obyektlari, sanoat zonalari hamda turli tashkilotlarda profilaktik va targ‘ibot ishlari izchil olib borilmoqda. ⚡️ Tadbirlar davomida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash, ularga sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish, pasport-viza qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda. Shuningdek, bo‘limning tunu-kun faoliyat yurituvchi ishonch telefon raqamlari ko‘rsatilgan flayerlar tarqatilib, tashrif buyurgan mehmonlarning “E-mehmon” elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishi ta’minlanmoqda. ⭕️ Bundan tashqari, korxona va tashkilotlar mas’ullariga amaldagi qonunchilik asosida xorijiy fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, uning ahamiyati hamda anomal issiq ob-havo sharoitida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan talablar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.

Основные результаты Ташкента в сфере инвестиций и экономического развития за шесть месяцев 2026 года В первом полугодии 2026 года Ташкент стал одним из ведущих регионов страны по привлечению инвестиций и темпам экономического развития. Привлечённые средства направлены на создание новых производственных мощностей, повышение экспортного потенциала, обеспечение занятости населения, расширение ассортимента отечественной продукции и устойчивый рост экономики столицы. За отчётный период валовой территориальный продукт (ВТП) Ташкента составил 226,0 трлн сумов, увеличившись на 13,3 процента по сравнению с аналогичным периодом прошлого года. При этом установленный прогноз в 11,2 процента был перевыполнен, а столица продемонстрировала самый высокий темп роста ВТП среди всех регионов республики. Объём промышленного производства за шесть месяцев 2026 года составил 109,6 трлн сумов, что на 8,0 процента больше, чем за аналогичный период прошлого года. Установленный прогноз роста промышленности в 8,0 процента выполнен в полном объёме. В инвестиционной сфере за отчётный период освоено 4,3 млрд долларов США прямых иностранных инвестиций и кредитов. Это в 1,5 раза больше, чем за аналогичный период прошлого года, что свидетельствует об укреплении доверия зарубежных инвесторов к экономике столицы. Кроме того: — запущено 249 инвестиционных проектов; — введены в эксплуатацию новые проекты общей стоимостью 657,5 млн долларов США; — создано 9,8 тысячи новых рабочих мест, обеспечивающих стабильный источник дохода для тысяч семей; — экспортировано продукции на 1 млрд 546,9 млн долларов США, что на 43 процента больше, чем за аналогичный период прошлого года. В рамках программы локализации реализовано 77 проектов и произведено продукции на 4,9 трлн сумов. Установленные показатели выполнены на 148 процентов. Эти проекты способствуют расширению производства импортозамещающей продукции, насыщению внутреннего рынка отечественными товарами, снижению производственных затрат и развитию кооперационных связей между предприятиями. За счёт проектов локализации экспортировано продукции на 121,6 млн долларов США. Это свидетельствует об укреплении позиций столичных предприятий на внешних рынках и повышении международной конкурентоспособности отечественной продукции. Главный социальный эффект достигнутых результатов — создание новых рабочих мест, рост доходов населения, запуск современных производств, расширение промышленного потенциала и формирование дополнительных возможностей для развития экономической и социальной инфраструктуры города. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

2026-yilning 6 oyida Toshkent shahrida investitsiyalar va iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishida erishilgan asosiy natijalar 2026
+2
2026-yilning 6 oyida Toshkent shahrida investitsiyalar va iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishida erishilgan asosiy natijalar 2026-yilning birinchi yarmida Toshkent shahri investitsiyalarni jalb etish hamda iqtisodiy rivojlanish sur’atlari bo‘yicha mamlakatning yetakchi hududlaridan biri bo‘ldi. Jalb etilgan mablag‘lar yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, eksport salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, mahalliy mahsulotlar turini kengaytirish hamda poytaxt iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlashga xizmat qildi. Hisobot davrida Toshkent shahrining yalpi hududiy mahsuloti (YHM) 226,0 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizlik o‘sish demakdir. Belgilangan 11,2 foizlik prognoz ortig‘i bilan bajarildi, natijada Toshkent shahri respublikada YHM o‘sish sur’ati bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etdi. Shuningdek, 2026-yilning olti oyida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 109,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,0 foizga oshdi. Belgilangan 8,0 foizlik prognoz to‘liq bajarildi. Investitsiyalar yo‘nalishida esa hisobot davrida 4,3 mlrd AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p bo‘lib, poytaxt iqtisodiyotiga xorijiy investorlarning ishonchi mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek: — 249 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi; — umumiy qiymati 657,5 mln AQSH dollari bo‘lgan yangi loyihalar foydalanishga topshirildi; — 9,8 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, minglab oilalar uchun barqaror daromad manbai ta’minlandi; — 1 mlrd 546,9 mln AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43 foizlik o‘sish qayd etildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 77 ta loyiha amalga oshirilib, 4,9 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Belgilangan ko‘rsatkichlar 148 foizga bajarildi. Mazkur loyihalar import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va yangi kooperatsiya aloqalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Mahalliylashtirish loyihalari hisobidan 121,6 mln AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirildi. Bu poytaxt korxonalarining tashqi bozorlardagi mavqei mustahkamlanib, mahalliy mahsulotlarning xalqaro raqobatbardoshligi oshib borayotganini ko‘rsatadi. Erishilgan natijalarning asosiy ijtimoiy samarasi — yangi ish o‘rinlari, aholi daromadlarining oshishi, zamonaviy ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi, sanoat salohiyatining kengayishi hamda shaharning iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilganidir. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

#ob_havo 📆 Bugun 22-iyul, haftaning chorshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Joylarda yil davomida intervensiya tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani sababli pishiqchilik paytida dalada kartoshka narxi tus
Joylarda yil davomida intervensiya tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani sababli pishiqchilik paytida dalada kartoshka narxi tushib ketgani qayd etildi. Fermerlarda manfaatdorlik bo‘lmagani uchun 325 ming tonna kartoshka sotilmay turibdi. Davlatimiz rahbari kartoshkani fermerlar foyda ko‘radigan narxda zaxiraga olib, taqchillik paytida bozorga chiqarish orqali narxni barqaror ushlash zarurligini ta’kidladi. Yilning yarmi o‘tgan bo‘lsa-da, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatida meva-sabzavotni saqlaydigan birorta ham sovitkichli ombor ishga tushirilmagani tanqid qilindi. Yil yakunigacha 87 ming tonna quvvatga ega 340 ta sovitkichli omborni ishga tushirish vazifasi qo‘yildi. Hokimlar bu yil oziq-ovqat jamg‘armalarini 2,5 barobar ko‘paytirib, 500 milliard so‘mga yetkazishi kerak edi. Lekin ayrim hududlardan tashqari birorta hokim jamg‘armaga mablag‘ o‘tkazmagani aytildi. Bosh vazir o‘rinbosariga uch kunda grafik tasdiqlab, hokimlarga oziq-ovqat jamg‘armalariga oyma-oy qancha mablag‘ tushirishini belgilab berish topshirildi. Facebook|Instagram|X

So‘nggi uch yilda eksportbop mahsulot chiqaradigan 509 ta yangi quvvat ishga tushirilgan. Ushbu loyihalar qiymati 11 milliard
So‘nggi uch yilda eksportbop mahsulot chiqaradigan 509 ta yangi quvvat ishga tushirilgan. Ushbu loyihalar qiymati 11 milliard dollarni tashkil etadi. Lekin bu korxonalarning 208 tasi haligacha eksportga chiqmagan. Agar ular mahsulotining kamida 30-40 foizini eksportga chiqarsa, mamlakatga yana 1,5 - 2 milliard dollar valyuta tushishi mumkin. Yil boshidan 47 ta maxsus iqtisodiy zonadan 29 tasida umuman eksport bo‘lmagani ham tanqid qilindi. Qolgan 18 tasidagi eksport hajmi 500 million dollardan oshmaydi. Mutasaddilarga “tezkor brigadalar” tashkil etib, 208 ta korxona va 29 ta maxsus iqtisodiy zonaga yuborish topshirildi. Bu brigadalar korxonalarning sertifikat, aylanma mablag‘, bozor va logistika bilan bog‘liq masalalarini tezkor hal etadi. Shuningdek, ikki yildan buyon 300 million dollarlik 219 ta uskuna ishlatilmay turgani, yana 619 million dollarlik 154 ta uskuna bo‘yicha qurilish-montaj ishlari yakunlanmagani qayd etildi. Bir oy muddatda bu boradagi vaziyatni joyida o‘rganib, mavjud kamchilik va to‘siqlarni bartaraf etish topshirildi. Facebook|Instagram|X

Hozir banklar balansida 9 trillion 300 milliard so‘mlik 2 ming 411 ta mol-mulk sotilmay turibdi. Har bir obyektning bank bala
Hozir banklar balansida 9 trillion 300 milliard so‘mlik 2 ming 411 ta mol-mulk sotilmay turibdi. Har bir obyektning bank balansida asosli turgani tahlil qilinadi. Xaridori bor, lekin sun’iy ushlab turilgan obyektlar bo‘yicha qonun ustuvorligi ta’minlanadi. Ayrim hududlarda import eksportdan tezroq o‘sib borayotgani ham tanqid qilindi. O‘tgan yili import eksportga nisbatan Toshkent viloyatida 1,9 milliard dollarga, Samarqandda 1,4 milliard dollarga ko‘p bo‘lgan. Andijonda bu farq 866 million dollar, Jizzaxda 792 million dollar, Buxoroda 662 million dollarni tashkil etgan. Davlatimiz rahbari har bir hokim bunday holatni chuqur o‘rganishi va import o‘rnini bosuvchi hamda eksportbop ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha aniq chora ko‘rishi shartligini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X

Soliq tushumlari bo‘yicha ham mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yil boshidan soliq tushumi 2
Soliq tushumlari bo‘yicha ham mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yil boshidan soliq tushumi 27 foizga ko‘payib, 130 trillion so‘mdan oshdi. Lekin qo‘shimcha tushum bo‘yicha yillik reja atigi 40 foizga bajarilgan. Bu 12 trillion so‘mni tashkil etadi. Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari soliq tushumi bo‘yicha korxonalar bilan yetarli ishlamayotgani tanqid qilindi. Buxoro viloyati misolida aylanmasi 100 million so‘mdan yuqori bo‘lgan 162 ta korxona ketma-ket uch yil faoliyatini zarar bilan yakunlagani uchun 1 so‘m ham foyda solig‘i to‘lamagani aytildi. Shuningdek, 1,5 mingta korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lamasdan, faqat QQSni chegirib yurgani qayd etildi. Shu bois, Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. 1-iyuldan 498 ta yirik soliq to‘lovchi korxonadan soliq undirish vakolati viloyatlarga tushirib berilgani qayd etilib, endi birorta bahonaga o‘rin qolmagani ta’kidlandi. Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, viloyat soliq rahbarlariga mazkur korxonalar bilan yaqindan ishlab, soliqlar to‘liq hajmda yig‘ilishini ta’minlash topshirildi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda “mahalla yettiligi” ishini yangicha tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan hafta bu borada ba
Yig‘ilishda “mahalla yettiligi” ishini yangicha tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan hafta bu borada barcha masalalar tushuntirilib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Bu borada “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilinib, 2 mingta eng og‘ir mahallada ishlarni mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etish boshlandi. Ushbu mahallalarda hokim, mahalla raisi va bandlik bo‘limi o‘rtasidagi uch tomonlama shartnomalar qayta ko‘rib chiqildi. Hokimlar 2 mingta og‘ir mahallada elektr, gaz, yo‘l va suv masalalarini o‘z vaqtida hal qilishga shaxsan javobgar bo‘ladi. Bandlik tizimi mas’ullari ehtiyojmand aholini o‘qitish, ishga joylashtirish va daromadini oshirish maqsadida hududma-hudud yuradi. Mahalla tizimi rahbarlariga 8 ming 992 ta mahallada ko‘chalar va uylarni obod qilish, daraxt va ko‘chat ekish, ariqlarni toza tutish bo‘yicha aniq majburiyatlar yuklatildi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda hudud va tarmoq rahbarlarining olti oylik rejalari ijrosi tanqidiy tahlil qilindi. Ayrim hududlarda yalpi hududiy
Yig‘ilishda hudud va tarmoq rahbarlarining olti oylik rejalari ijrosi tanqidiy tahlil qilindi. Ayrim hududlarda yalpi hududiy mahsulot, qurilish va investitsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha imkoniyatlar to‘liq ishga solinmagani ko‘rsatib o‘tildi. Davlatimiz rahbari hozirgi global tebranishlar sharoitida viloyat, tuman va shaharlarga tadbirkorlik hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalari uchun mablag‘lar ko‘paytirib berilayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, har bir vazir va hokimning ishi odamlarning yashash madaniyatida sezilmasa, tadbirkorlarning og‘irini yengil qilmasa, bunday natija faqat “qog‘ozdagi raqam” bo‘lib qolishi ta’kidlandi. Oylik, choraklik va yillik rejasini bajarmagan birorta vazir, hokim yoki tarmoq rahbari bunday sharoitda xotirjam ishlashga haqli emasligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasi
Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari so‘zga chiqadigan rahbarlar faqat hisobot bilan cheklanmasdan, qanday yangi zaxiralar topgani, ularni ishga solish bo‘yicha qanday tizim tashkil etayotgani va yil yakunigacha qanday natijaga erishishini aniq tushuntirishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, global vaziyat o‘zgarib borayotgan hozirgi sharoitda har bir rahbar qo‘shimcha ssenariylar bilan ishlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Yil boshidan mamlakatimiz iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. Sanoatda 8 foiz, xizmatlarda 16,9 foiz, qurilishda 13,8 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sish ta’minlandi. Investitsiyalar hajmi 28 milliard dollarga, eksport 14,4 milliard dollarga yetdi. Nufuzli “Fitch” va “Moody’s” xalqaro reyting agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi. Shu bilan birga, davlatimiz rahbari 40 millionli aholi hayotini yaxshilash uchun 9-10 foizli iqtisodiy o‘sish zarurligini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X

❗️ Hurmatli Xo’ja Uchqun, “Jaloir”, “Yangi Gulzor” mahalla ahli 🛠️ Ayni damda Sergeli TET tomonidan ta'mirlash ishlari olib
❗️ Hurmatli  Xo’ja Uchqun, “Jaloir”, “Yangi Gulzor” mahalla ahli 🛠️ Ayni damda Sergeli TET tomonidan ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli ushbu mahallalarning ayrim qismlarida elektr ta’minotida qisqa uzilishlar kuzatilishiga sabab bo’lmoqda. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so’raymiz

❗️ Hurmatli yangihayotliklar! 🔵 Yozgi anomal issiq havo mavsumi uchun tezkor dispecherlik xizmatlari tunu kun ish rejimida f
❗️ Hurmatli yangihayotliklar! 🔵 Yozgi anomal issiq havo mavsumi uchun tezkor dispecherlik xizmatlari tunu kun ish rejimida faoliyat olib borayotganini eslatib o‘tamiz! 📌 Ayni paytda jazirama issiq tufayli yuklama ortgan bir paytda iste’molchilarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi va ichimlik suvi ta’minotini uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor hal etish bo‘yicha dispecherlik xizmatlari o‘z faoliyatini olib bormoqda. 🔺 Agar elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi yoki ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yoki savollaringiz bo‘lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: 😏 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Yangihayot tumani bo‘limi: 71-257-07-78 😮 “Veolia Energy” MChJ Yangihayot tumani bo'limi: 71-258-09-35 71-257-27-54 👏 “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ Yangihayot tumani bo‘limi: 71-258-36-42 71-258-96-32 🧐 “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi: 55-503-04-98 👏 Yangihayot tumani “Oqava suv tarmoqlari” bo‘limi: 71-257-73-85 😄 “Toshshaharnur” DM Yangihayot tumani bo‘limi: 71-215-25-34 😌 "Yangihayot-Maxsustrans" ATF: 71-250-75-49 ____________________________ ❗️ Уважаемые жители Янгихаятского района! 🔵 Напоминаем, что в связи с сезоном аномальной жары оперативные диспетчерские службы работают в круглосуточном режиме! 📌 В настоящее время, в период повышенной нагрузки из-за знойной погоды, диспетчерские службы ведут свою деятельность по бесперебойному обеспечению потребителей электроэнергией, природным газом, тепловой энергией и питьевой водой, а также по оперативному решению обращений, поступающих от населения. 🔺 Если у вас возникли проблемы или вопросы, связанные с подачей электроэнергии, природного газа, тепловой энергии или питьевой воды, вы можете обратиться по следующим номерам: 😏 Янгихаятский районный филиал АО "Худудий электр тармоклари": 71-257-07-78 😮 Янгихаятский районный филиал ООО "Veolia Energy": 71-258-09-35 71-257-27-54 👏 Янгихаятский районный филиал АО "Тошкент шахар сув таъминоти": 71-258-36-42 71-258-96-32 🧐 Районный газоснабжающий отдел "Янгихаёттумангаз": 55-503-04-98 👏 Янгихаятский районный отдел "Окава сув тармоклари" (Канализационные сети): 71-257-73-85 😄 Янгихаётский районный филиал ГУП "Тошшахарнур": 71-215-25-34 😌 АТФ "Янгихаёт-Махсустранс": 71-250-75-49 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site