Ahmad Ali Dilmurod
Ir al canal en Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
6 365
Suscriptores
+124 horas
+1627 días
-15 99630 días
Archivo de publicaciones
6 360
***
birga bo'lishimizni
endi tasavvur qila olmayapman -
inson
qancha orzu qilishi kerak
bunga yetib kelishi uchun?
2024
@ahmadali_writer
6 360
***
musobaqa o’ynaysanmi yana?
kim birinchi yozishga?
kim birinchi salom berishga
kim birinchi baxtli bo’lishga
kim birinchi turmush qurishga
kim birinchi farzandli bo’lishga
kim birinchi o’qishga
kim birinchi hujjat olishga
hujjat olishga…
musobaqa o’ynaysanmi yana?
men faqat sevib qolishda yutaman
ikkinchi sevib qololmaysan
musobaqa o’ynaysanmi yana?
menga birinchi salom berasan…
2026
@ahmadali_writer
6 360
***
ko'p yildan keyin
seni uchratib qolishni xohlayman
endi menga kerak narsalar
ko'p yil
va seni uchratishim.
senga esa
nima kerak
men tushunmadim.
2024
@ahmadali_writer
6 360
***
o'sha kuni havo ochiq edi
o'sha kuni urushgandik
o'sha kuni narsalar singandi
o'sha kuni ko'chada bolachalar quvnoq o'ynayotgan edi
ammo,
o'sha kuni sen bor eding.
2024
@ahmadali_writer
6 360
***
seni qayerda ko’rsam bo’ladi?
xatimdan tashqari
seni qayerda ko’rsam bo’ladi?
tushimdan tashqari
seni qayerda ko’rsam bo’ladi?
senga salom bermoqchiman
seni kiyimingni ko’rmoqchiman
seni yuzingni ko’rmoqchiman
seni ko’zingni ko’rmoqchiman
sen yig’lamaysan
bilaman,
seni qayerda ko’rsam bo’ladi?
seni qayerda ko’rsam bo’ladi?
insonlardan tashqari
seni qayerda ko’rsam bo’ladi?
“men buni yozib qo’ymoqchi edim”
seni qayerda ko’rsam bo’ladi?
“mana, yozdim”
seni qayerda ko’rsam bo’ladi?
“nima qilasan, meni?”
seni nima qilaman?
senga salom bermoqchiman,
tushimdan tashqari.
2026
@ahmadali_writer
6 360
***
meni ham yomon ko'rishing mumkin
men baribir -
uyg'onaman,
yuzimni yuvaman,
nonushta qilishni yoqtirmayman,
shuning uchun nonushta qilmayman,
keyin sayr qilaman,
toza havoda, nafis havoda
ovqatlanaman,
keyin quyosh osmon o'rtasidan tushganida
uxlab olishim mumkin
quyosh botmasidan avval
uyg'onaman,
mazza qilib uxlaganim haqida
uyqisirab o'ylab o'tiraman
seni yomon ko'rishing xayolimga kelmaydi o'shanda,
meni ham yomon ko'rishing mumkin,
men keyin uxlashga yotaman...
2024
@ahmadali_writer
6 360
***
ko'p tushuntirib yubormadingmi,
ko'p so'z ishlatib yubormadingmi,
ko'p sevib yubormadingmi...
indamay,
to'g'riga qarab o'tirdim.
2024
@ahmadali_writer
6 360
***
men siqilmayman baribir,
onam bor,
otam bor,
hammasi yaxshi
hammasi joyida
men vergul qo'yishni bilaman
kichkina harfda yozaman
tez orada o'chirib yuboradigan
kanalim bor.
men siqilmayman baribir,
opam bor,
jiyanlarim bor,
hammasi yaxshi
hammasi joyida
men vergul qo'yishni bilaman
kanalim bor
ichida odamlari bor.
men siqilmayman baribir,
ertaga o'g'limni ko'raman
u xursand bo'ladi
men vergulni bilaman
men vergulni yomon ko'raman
men nuqtani yomon ko'raman
nega men imlo xato qilmayman?
haqqim yo'qmi?
bor-ku,
haqqim,
bor-ku...
men siqilmayman baribir,
kanalimda sen borsan.
siqilayotib,
oxiri shuni o'ylayman,
kanalimda sen borsan.
2024
@ahmadali_writer
6 360
***
she'rlarga aldanib qolma
agar u she'r yozishni bilsa.
gullarga aldanib qolma,
u hammaga gul beradi!
"o, gul sotiladi-a?"
aldanib qolma,
gaplarga aldanib qolma
u gapga usta
tabassumiga aldanib qolma
u kulishni biladi
u inson kulishni biladi
mehriga aldanib qolma
"o, u mehribon!"
u mehribon!
u hammaga mehr beradi.
u hammaga mehr beradi.
sevgisiga aldanib qolma,
muhabbatiga aldanib qolma
"inson sevaveradi-da,
nima qilsin boshqa"
aldanib qolma...
iloji bo'lsa, ishonma umuman.
ishongan bo'lsang, endi aldanib qolma...
sen esa she'r yozma boshqa,
gul berma,
joyingda o'tir.
dunyo aybdor bo'lmasin,
sen sevma,
sen esa aldanib qolma.
bilganingni qilinglar.
she'r yozma,
boshqa nima qiladi yana.
aldanib qolma,
nega ishonding.
insonlar nima qiladi endi...
bilganingni qilinglar.
2024
@ahmadali_writer
6 360
***
sahar bo'lishi bilan ko'chaga chiq
sayr qil,
juda piyoda yurma
o'sha kuni rosa piyoda yurding,
inson shuncha ham yuradimi?
bu safar ko'p yurma
do'konga bor masalan,
bir kitoblar do'koniga kirsang bo'ladi,
bir texnika do'koniga kirsang bo'ladi,
do'konda bo'la turib
senga do'kon yoqmasligini tushunib qolasan,
sen baribir aylangani kirding,
kitob qimmat, bilasan-ku
sen ichidan juda zarurlarini olasan
yo'q, puling bor, lekin kitob qimmat
keyin biror istagan joyingga qarab yur
baribir, piyoda yurgan bo'lib qolyapsan-a?
unda, yuraver
do'stingga qo'ng'iroq qil,
agar do'sting bo'lmasa
istagan odamingni o'ylaginda
raqamini topib
telefon qil...
raqami yo'qmi?
telefon qila olmaysanmi?
raqami borlarga telefon qila olmaysan
yo'qlarniki esa yo'q...
sen o'sha yerda ham
do'sting yo'q ekanini tushunmaysan
baribir, telefonda quvvat kam,
quvvatni tejashni o'ylaysan
qaytib, telefoningni solib qo'yasan
sen baribir havo yaxshi ekanini
quyosh bor ekanini
sog'lom ekaningni
uyingda mushuklaring bor ekanini
onang vaqti-vaqti bilan
senga telefon qilib turishini
yo'ldagi insonlar -
orzu, umidli ekanini
go'zal ekanini
ular naqadar o'qiyotgan
ishlayotgan ekanini
mana-mana baxtli bo'layotgan ekanini
noma'lum borib qolganing yerdan
uyingga qaytayotib
o'ylab ketasan.
sen qaytishda
yana insonlarga qaraysan,
ulardan birortasi sening do'sting emas
yoki sen ularga do'st emassan
buning o'rniga
sen havoning yaxshi ekanini o'ylaysan
shu orada esa -
onang telefon qilib qoladi.
2024
@ahmadali_writer
6 360
***
sen insonga o'xshaysan!
men odamlarga qarab o'tiraman
toza havoda
o'zim yoqtirgan anor suvini ichib
sen insonga o'xshaysan!
men xatolarimni o'ylayman,
o, odam shuncha ham xato qiladimi
nega takrorlaydi u xatolarini
sen insonga o'xshaysan!
men ertaga nima qilishim haqida
o'sha kuni o'ylab o'tirgandim
bugun butunlay boshqacha -
bugun...
sen bugun insonga o'xshaysan!
men mustaqil bo'lishni xohlardim
men mustaqil bo'lishni...
tomog'imga nimadir tiqiladi
sen insonga o'xshaysan!
seni hamma kutmoqda
seni hech kim kutmayapti
qayta sevib qolaverasanmi
necha marta sevasan
achchiq choy
achchiq shokolad
achchiq shakarsiz qahva
sen o'g'irlab yozyapsan
yoziqlaringni bunday sinama
tajriba qilma uni
tajriba qilib odamlarni sinama
sen insonga o'xshaysan!
senga yana havo yetmayapti
eshikni ochasan
oynalarni ochasan
xonangni oppoq rangga bo'yaysan
qani bu yerda yolg'on
qani sen
men oppoq xonada
seni o'ylamay yotaman
men havo haqida o'ylayman
sen insonga o'xshaysan!
yozganlarim ijodga o'xshaydi
sen esa insonga o'xshaysan...
2024
@ahmadali_writer
6 360
***
taklifing o'z kuchidami?
isming nima seni
qayerdasan hozir
soating nechi bo'ldi
taklifing o'z kuchidami?
esingdami, ilk uchrashuv
esingdami, xayrlashish
esingdami,
andisha
sukunat
yoshlik
taklifing o'z kuchidami?
mushuklaringni yaxshi ko'r
qalb o'zgaruvchan
kutish mumkin
taklifing...
yo'q, sen qayerdasan hozir
yo'q, sen
yo'q
taklifing qayerda hozir?
bir kishi
tong otishi bilan
unga aytilgan taklifni izlab
uyidan chiqib ketgan emish
uy
nima u uy?
taklif...
taklif.
tomog'ingga yig'i tiqiladi.
nuqtalar buncha ko'p,
ko'zingni og'ritadi nuqtalar
chalg'itadi nuqtalar
sen yosh bola emassan endi
katta ham bo'lmading
sen baxtli emassan endi
baxtsiz ham bo'lmading
taklifing o'z kuchidami?
taklifing o'z kuchidami?
2024
@ahmadali_writer
6 360
***
senda nima bor?
hotirjamlikmi
metin irodami
sovuqqonlikmi
senda nima bor?
hissiyot
his-hayajon
zavq va ishtiyoq
tez yurging keladi
tezlikni oshirging keladi
juda tez
oh, tezlik!
nega baxtli bo'lish qiyin?
senda nima bor?
ayt, senda nima bor?
o'zingni bosib ol...
senda nima bor?
qimmat atir,
oq ko'ylak,
va qo'yishga vergul
vergul,
naqadar senga yoqmaydi endi vergul
shu ham ijodmi, deysan
senda nima bor, deyman senga
aytmaysanmi...
unda men aytaman,
senda ism bor.
faqat ism.
2024
@ahmadali_writer
