ar
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
6 365
المشتركون
+124 ساعات
+1627 أيام
-15 99630 أيام
أرشيف المشاركات
photo content

*** birga bo'lishimizni endi tasavvur qila olmayapman - inson qancha orzu qilishi kerak bunga yetib kelishi uchun? 2024 @ahmadali_writer

*** qanday yaxshi-ya onangdan boshqaga ham kerak bo'lishing. 2024 @ahmadali_writer

*** sen bilan uchrashishni niyat qilib Aziz Nur kitobini olib qo’ydim. 2026 @ahmadali_writer

*** musobaqa o’ynaysanmi yana? kim birinchi yozishga? kim birinchi salom berishga kim birinchi baxtli bo’lishga kim birinchi turmush qurishga kim birinchi farzandli bo’lishga kim birinchi o’qishga kim birinchi hujjat olishga hujjat olishga… musobaqa o’ynaysanmi yana? men faqat sevib qolishda yutaman ikkinchi sevib qololmaysan musobaqa o’ynaysanmi yana? menga birinchi salom berasan… 2026 @ahmadali_writer

*** ko'p yildan keyin seni uchratib qolishni xohlayman endi menga kerak narsalar ko'p yil va seni uchratishim. senga esa nima kerak men tushunmadim. 2024 @ahmadali_writer

*** "endi meni tushingda ham ko'rmaysan" deganding, unday bo'lmadi... 2024 @ahmadali_writer

*** o'sha kuni havo ochiq edi o'sha kuni urushgandik o'sha kuni narsalar singandi o'sha kuni ko'chada bolachalar quvnoq o'ynayotgan edi ammo, o'sha kuni sen bor eding. 2024 @ahmadali_writer

*** seni qayerda ko’rsam bo’ladi? xatimdan tashqari seni qayerda ko’rsam bo’ladi? tushimdan tashqari seni qayerda ko’rsam bo’ladi? senga salom bermoqchiman seni kiyimingni ko’rmoqchiman seni yuzingni ko’rmoqchiman seni ko’zingni ko’rmoqchiman sen yig’lamaysan bilaman, seni qayerda ko’rsam bo’ladi? seni qayerda ko’rsam bo’ladi? insonlardan tashqari seni qayerda ko’rsam bo’ladi? “men buni yozib qo’ymoqchi edim” seni qayerda ko’rsam bo’ladi? “mana, yozdim” seni qayerda ko’rsam bo’ladi? “nima qilasan, meni?” seni nima qilaman? senga salom bermoqchiman, tushimdan tashqari. 2026 @ahmadali_writer

*** meni ham yomon ko'rishing mumkin men baribir - uyg'onaman, yuzimni yuvaman, nonushta qilishni yoqtirmayman, shuning uchun nonushta qilmayman, keyin sayr qilaman, toza havoda, nafis havoda ovqatlanaman, keyin quyosh osmon o'rtasidan tushganida uxlab olishim mumkin quyosh botmasidan avval uyg'onaman, mazza qilib uxlaganim haqida uyqisirab o'ylab o'tiraman seni yomon ko'rishing xayolimga kelmaydi o'shanda, meni ham yomon ko'rishing mumkin, men keyin uxlashga yotaman... 2024 @ahmadali_writer

*** ko'p tushuntirib yubormadingmi, ko'p so'z ishlatib yubormadingmi, ko'p sevib yubormadingmi... indamay, to'g'riga qarab o'tirdim. 2024 @ahmadali_writer

*** men siqilmayman baribir, onam bor, otam bor, hammasi yaxshi hammasi joyida men vergul qo'yishni bilaman kichkina harfda yozaman tez orada o'chirib yuboradigan kanalim bor. men siqilmayman baribir, opam bor, jiyanlarim bor, hammasi yaxshi hammasi joyida men vergul qo'yishni bilaman kanalim bor ichida odamlari bor. men siqilmayman baribir, ertaga o'g'limni ko'raman u xursand bo'ladi men vergulni bilaman men vergulni yomon ko'raman men nuqtani yomon ko'raman nega men imlo xato qilmayman? haqqim yo'qmi? bor-ku, haqqim, bor-ku... men siqilmayman baribir, kanalimda sen borsan. siqilayotib, oxiri shuni o'ylayman, kanalimda sen borsan. 2024 @ahmadali_writer

*** she'rlarga aldanib qolma agar u she'r yozishni bilsa. gullarga aldanib qolma, u hammaga gul beradi! "o, gul sotiladi-a?" aldanib qolma, gaplarga aldanib qolma u gapga usta tabassumiga aldanib qolma u kulishni biladi u inson kulishni biladi mehriga aldanib qolma "o, u mehribon!" u mehribon! u hammaga mehr beradi. u hammaga mehr beradi. sevgisiga aldanib qolma, muhabbatiga aldanib qolma "inson sevaveradi-da, nima qilsin boshqa" aldanib qolma... iloji bo'lsa, ishonma umuman. ishongan bo'lsang, endi aldanib qolma... sen esa she'r yozma boshqa, gul berma, joyingda o'tir. dunyo aybdor bo'lmasin, sen sevma, sen esa aldanib qolma. bilganingni qilinglar. she'r yozma, boshqa nima qiladi yana. aldanib qolma, nega ishonding. insonlar nima qiladi endi... bilganingni qilinglar. 2024 @ahmadali_writer

*** sahar bo'lishi bilan ko'chaga chiq sayr qil, juda piyoda yurma o'sha kuni rosa piyoda yurding, inson shuncha ham yuradimi? bu safar ko'p yurma do'konga bor masalan, bir kitoblar do'koniga kirsang bo'ladi, bir texnika do'koniga kirsang bo'ladi, do'konda bo'la turib senga do'kon yoqmasligini tushunib qolasan, sen baribir aylangani kirding, kitob qimmat, bilasan-ku sen ichidan juda zarurlarini olasan yo'q, puling bor, lekin kitob qimmat keyin biror istagan joyingga qarab yur baribir, piyoda yurgan bo'lib qolyapsan-a? unda, yuraver do'stingga qo'ng'iroq qil, agar do'sting bo'lmasa istagan odamingni o'ylaginda raqamini topib telefon qil... raqami yo'qmi? telefon qila olmaysanmi? raqami borlarga telefon qila olmaysan yo'qlarniki esa yo'q... sen o'sha yerda ham do'sting yo'q ekanini tushunmaysan baribir, telefonda quvvat kam, quvvatni tejashni o'ylaysan qaytib, telefoningni solib qo'yasan sen baribir havo yaxshi ekanini quyosh bor ekanini sog'lom ekaningni uyingda mushuklaring bor ekanini onang vaqti-vaqti bilan senga telefon qilib turishini yo'ldagi insonlar - orzu, umidli ekanini go'zal ekanini ular naqadar o'qiyotgan ishlayotgan ekanini mana-mana baxtli bo'layotgan ekanini noma'lum borib qolganing yerdan uyingga qaytayotib o'ylab ketasan. sen qaytishda yana insonlarga qaraysan, ulardan birortasi sening do'sting emas yoki sen ularga do'st emassan buning o'rniga sen havoning yaxshi ekanini o'ylaysan shu orada esa - onang telefon qilib qoladi. 2024 @ahmadali_writer

*** qayta-qayta o'qigim kelmoqda ostiga isming yozilgan maktubni. 2024 @ahmadali_writer

*** sen insonga o'xshaysan! men odamlarga qarab o'tiraman toza havoda o'zim yoqtirgan anor suvini ichib sen insonga o'xshaysan! men xatolarimni o'ylayman, o, odam shuncha ham xato qiladimi nega takrorlaydi u xatolarini sen insonga o'xshaysan! men ertaga nima qilishim haqida o'sha kuni o'ylab o'tirgandim bugun butunlay boshqacha - bugun... sen bugun insonga o'xshaysan! men mustaqil bo'lishni xohlardim men mustaqil bo'lishni... tomog'imga nimadir tiqiladi sen insonga o'xshaysan! seni hamma kutmoqda seni hech kim kutmayapti qayta sevib qolaverasanmi necha marta sevasan achchiq choy achchiq shokolad achchiq shakarsiz qahva sen o'g'irlab yozyapsan yoziqlaringni bunday sinama tajriba qilma uni tajriba qilib odamlarni sinama sen insonga o'xshaysan! senga yana havo yetmayapti eshikni ochasan oynalarni ochasan xonangni oppoq rangga bo'yaysan qani bu yerda yolg'on qani sen men oppoq xonada seni o'ylamay yotaman men havo haqida o'ylayman sen insonga o'xshaysan! yozganlarim ijodga o'xshaydi sen esa insonga o'xshaysan... 2024 @ahmadali_writer

*** taklifing o'z kuchidami? isming nima seni qayerdasan hozir soating nechi bo'ldi taklifing o'z kuchidami? esingdami, ilk uchrashuv esingdami, xayrlashish esingdami, andisha sukunat yoshlik taklifing o'z kuchidami? mushuklaringni yaxshi ko'r qalb o'zgaruvchan kutish mumkin taklifing... yo'q, sen qayerdasan hozir yo'q, sen yo'q taklifing qayerda hozir? bir kishi tong otishi bilan unga aytilgan taklifni izlab uyidan chiqib ketgan emish uy nima u uy? taklif... taklif. tomog'ingga yig'i tiqiladi. nuqtalar buncha ko'p, ko'zingni og'ritadi nuqtalar chalg'itadi nuqtalar sen yosh bola emassan endi katta ham bo'lmading sen baxtli emassan endi baxtsiz ham bo'lmading taklifing o'z kuchidami? taklifing o'z kuchidami? 2024 @ahmadali_writer

*** senda nima bor? hotirjamlikmi metin irodami sovuqqonlikmi senda nima bor? hissiyot his-hayajon zavq va ishtiyoq tez yurging keladi tezlikni oshirging keladi juda tez oh, tezlik! nega baxtli bo'lish qiyin? senda nima bor? ayt, senda nima bor? o'zingni bosib ol... senda nima bor? qimmat atir, oq ko'ylak, va qo'yishga vergul vergul, naqadar senga yoqmaydi endi vergul shu ham ijodmi, deysan senda nima bor, deyman senga aytmaysanmi... unda men aytaman, senda ism bor. faqat ism. 2024 @ahmadali_writer