es
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

Ir al canal en Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
6 362
Suscriptores
+124 horas
+1627 días
-15 99630 días
Archivo de publicaciones
*** senda nima bor? hotirjamlikmi metin irodami sovuqqonlikmi senda nima bor? hissiyot his-hayajon zavq va ishtiyoq tez yurging keladi tezlikni oshirging keladi juda tez oh, tezlik! nega baxtli bo'lish qiyin? senda nima bor? ayt, senda nima bor? o'zingni bosib ol... senda nima bor? qimmat atir, oq ko'ylak, va qo'yishga vergul vergul, naqadar senga yoqmaydi endi vergul shu ham ijodmi, deysan senda nima bor, deyman senga aytmaysanmi... unda men aytaman, senda ism bor. faqat ism. 2024 @ahmadali_writer

*** agar yonimda o’tirgan bo’lganingda qo’shilgan bo’larding gapimga agar gapirgan bo’lganimda eshitgan bo’larding gapimni men yonimga qarayman men gapirmasam ham yonimga qarayman agar yonimda o’tirgan bo’lganingda balki, gapirardim gapimga qo’shilmasang ham. 2026 @ahmadali_writer

*** dunyo naqadar go'zal-a, deding. bilaman-ku! yig'ladim... 2024 @ahmadali_writer

*** yoziqlar - kimningdir hayoti yoziqlar so'z emas gap emas ohang emas yoziqlar kimningdir hayoti yoziqlar mening hayotim senga esa bular - harf. 2024 @ahmadali_writer

*** o’lgan shoir tirik shoir men sendan keyin ham yig’ladim-ku qayerdasan hozir? nega yana bu savolni beraman nega savol beraman sendan keyin ham savol berdim-ku… sendan keyin ham nuqta yozdim-ku sendan keyin ham vergul qo’ydim-ku sendan keyin ham kuldim-ku kuldim-ku o’lgan shoir tirik shoir qayerdasan hozir? o’lganlar qayerda bo’ladi? yurakdami? o’lgan shoir tirik shoir qayerdasan hozir? 2026 @ahmadali_writer

*** o’lgan shoir tirik shoir do’stim shoir do’stim shoir men sendan keyin yashadim-ku men sensiz yashadim-ku men sendan keyin ham yashadim-ku o’lgan shoir tirik shoir o’lgan do’stim tirik do’stim yozadigan do’stim yozmaydigan do’stim ikki qator ikki qator men sensiz ham yashadim-ku sendan keyin ham yashadim-ku kim o’ylabdi deysan endi deyolmaysan endi hech narsa deyolmaysan men esa yozaman sendan keyin yozaman sensiz yozaman o’lgan shoir tirik shoir do’stim shoir do’stim shoir. 2026 @ahmadali_writer

*** ijod hammadan ko'ra yoningda ammo, ijodni quchoqlasa bo'lmaydi bag'ringga bosa olmaysan farqi shu. 2024 @ahmadali_writer

*** men hali o'ylab bo'lmadim. ammo, nega men o'ylayveraman. men axir, tashqaridan tomchi ovozlari eshitilsa yomg'irmikan deb qarashni xohlayman. men axir, mushuklarimni quchoqlashni xohlayman. men axir, go'zallikka qarab turgim keladi, senga qarab turgandek. men axir, sayr qilsam deyman, hotirjam, o'z yo'lim bo'ylab. qo'rqmay harf tersam, harflar katta bo'lib ketmasligini o'ylamasam, sen katta bo'lib ketmasligingni o'ylamasam, men loy bo'lgan oyoq kiyimim bilan indamay o'z yo'limda sayr qilsam, men nega o'ylashim kerak, men nega o'ylashim kerak, sen axir, meni yaxshi ko'rasan-ku to'g'rimi? loy yo'lakda, loy oyoq kiyimi bilan, shimining tagi loyga to'lgan ko'p o'ylaydigan odamni yaxshi ko'rasan-ku to'g'rimi? men sayrga ketdim... 2024 @ahmadali_writer

*** bir qarashda bilinmaydi sevgi bir qarashda bilinmaydi sen kechqurun uyquga yotib bilib qolasan yolg'iz qolganingda qorning ochganida havo toza payti qushlar sayrasa havo iliq bo'lib tursa ko'chaga chiqib ketging kelsa baqirging kelsa tog'larga qarab hech kim senga qo'ng'iroq qilmasa hech kim sovg'a bermasa tabriklamasa biror bayram bilan xayrli tong tilamasa bekordan bekor bo'lsin senga xabar yozmasa birdan bilinmaydi sevgi kechqurun uyquga yotib bilib qolasan kechqurun uyquga yolg'iz yotib. 2024 @ahmadali_writer

*** men ko'p narsani bilmayman. men dunyoni bilmayman, fanni bilmayman, o'qimaganman - maktabga kam borganman. men urushni bilmayman, jangni bilmayman, qurol nomlarini pichoq ishlatishni ham bilmasam kerak men hayvonlarni bilmayman o'simlikni bilmayman havo nega issiq nega sovuq yaxshi bilmayman dunyoni bilmayman xullas - qayerga borish qayerda qolish... insonlar esimda emas, so'zlar esimda emas, insonlarni bilmayman, chehralarni bilmayman, kim nima degan esimda yo'q kecha qo'shnimni ko'rib kim edi, deb eslab turibman nega men xotiramni bilmayman? nega men eslab qolishim kerak? nega men dunyoni bilishim kerak? men dunyoni bilmayman, men seni yaxshi ko'rishimni bilaman, xolos qolgani esimda yo'q. 2024 @ahmadali_writer

*** "yordam beraymi?" degan so'z qutqaradi insonni. "yordam beraymi?.." men yig'lagim keladi bu so'zni o'qisam, men tushungan eng tushunarli so'z bu. qayerda eding? avvalroq qayerda eding? demayman, seni kutganimni aytmayman, men indamayman, ayt: "yordam beraymi?" sen yomon eding, xato eding, agar, koshki hech yo'qsa, demaysan, indamaysan, faqat "yordam beraymi?" deysan. ikkimiz haqimizda shular: men yig'layman, sen esa yordam berasan. 2024 @ahmadali_writer

*** insonlar vaqt o'tsa ham bir-birini yaxshi ko'radimi? 2024 @ahmadali_writer

*** men narsalarni senga nomlatgim keladi xohla buni yaxshi ko'rish de xohla sevgi xohla sog'inch de sen sog'inibsan de masalan, bu yomon ko'rish de xafa bo'lish jahl chiqishi dilxiralik istaganingcha nomla masalan, men hozir shunchaki o'rnimga yotsam va uxlasam qolganini keyin gaplashamiz. shuni nomlab ber. men seni yaxshi ko'rib ham shunday qila olamanmi? men hozir shunchaki o'rnimga yotib osmonga qarab yotsam va uxlasam. shuni nima deb nomlasa bo'ladi? umuman, uxlayotgan odamga nomlarning nima ahamiyati bor. 2024 @ahmadali_writer

*** sen meni taniysan yomon ekanimni bilasan. sen meni taniysan, yaxshi ekanimni bilasan. sen meni taniysan, senga qo'ng'iroq qilaman suhbatlashamiz menga qo'ng'iroq qilasan suhbatlashamiz sen meni taniysan men yoningga borib seni quchoqlab olaman sen meni taniysan meni quchoqlab yig'lab yuborasan men indamay turaman ko'z yoshingni artaman sen ovunib qolasan sen meni taniysan menga tabassum qilasan oh, men bu tabassumni unutishni xohlamayman mening xotiram yomonlashmoqda seni yaxshi ko'rishim esimdan chiqib qolmasa bo'ldi sen meni taniysan esimdan chiqsa menga buni eslat. sen meni taniysan... 2024 @ahmadali_writer

*** men senga siyosat ishlatgim kelmaydi shundanmi senga doim tabassum qilaman. men siyosat ishlatgim kelmaydi sen nima desang shuni javob beraman sen nima desang shunga qarab savol yozaman. men senga siyosat ishlatgim kelmaydi men axir hech narsa qilganim yo'q-ku! nega men hech narsa qilmadim? men siyosat ishlatgim kelmaydi... men sening hayotingni qurmadim men sening hayotingni buzmadim men baxtli qilmadim baxtli qilmadim men siyosat ishlatgim kelmaydi... sen meni aybla yuzimga tarsaki ur menga tushuntir hayotni menga tushuntir hamma tushungan narsani menga tushuntir men nega seni baxtli qilmaganimni menga tushuntir men nega baxtli bo'lmaganimni menga tushuntir men siyosat ishlatgim kelmaydi men senga siyosat ishlatgim kelmaydi men seni yaxshi ko'raman. 2024 @ahmadali_writer

*** inson baxtli bo'lsa tegma insonga kulsin inson tegma unga sen nega bir muddat unga xalaqit berasan? inson baxtli bo'lsa indama unga tegma unga yana qanday baxtli qilasan qaytib? 2024 @ahmadali_writer

*** sendan xabar keldimi, deb o'ylabman boshqadan ekan men seni xafa qildim shekilli men bilmayman nima qilib seni xafa qildim men uzr so'rayman men bilmayman nega uzr so'ramoqdaman men seni yaxshi ko'raman men bilmayman... xabar kelibdi. sendan xabar keldimi, deb o'ylabman. 2024 @ahmadali_writer

*** achchiq choyni o'zim damlay olaman bu menga oson suvni olaman qaynataman choyga asta quyib turaman achchiq choy... kir yuvish ham menga ish emas nima bo'pti kir yuvish yaqinda uy supurdim supurgini suvga botirib silkitib bir chetdan supurdim toza bo'ldi. ovqatmi? oh, ovqat... men oshni sendan shirin pishirsam kerak, qozonkabobni boplayman. shirinliklarni aytmasa ham bo'ladi, men shirinlik zavodida ikki yil ishladim. unda sen menga nega keraksan? ovqatni o'zim pishirsam, uy supursam, choyni o'zim damlasam sen menga nega keraksan? men o'zimni sevmadim. 2024 @ahmadali_writer