OʻzMPU YOSHLARI
Open in Telegram
O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining rasmiy telegram sahifasi.
Show more2 992
Subscribers
+5824 hours
+3587 days
+75930 days
Posts Archive
3 243
+9
Talabalikning ilk kuni bilan barcha birinchi bosqich talabalarimizni tabriklaymiz!
👍Bugun birinchi bosqich talabalari uchun hayotning yangi va unutilmas sahifasi ochilmoqda. Yangi muhit, yangi doʻstlar, yangi bilimlar va katta maqsadlar sari ilk qadam aynan bugundan boshlanadi.
🎉 Aziz talabalarimiz, oldinda sizni izlanishlar, imkoniyatlar va unutilmas talabalik yillari kutmoqda.
💥Har bir dars, har bir yangi tajriba va har bir kichik yutuq kelajakdagi katta muvaffaqiyatlaringizga poydevor boʻlsin.
✨ Talabalik hayotingizga xush kelibsiz! Yangi bosqichingiz muborak boʻlsin!
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
3 243
💠Barcha 1-bosqich talabalarga yangi oʻquv yili muborak boʻlsin. Sizlarga omad va zafarlar tilaymiz.
3 243
Repost from Yoshlar parlamenti
🗣🔹🔹🔹🔹🔹🔹
➡️Yoshlar uchun yangi media imkoniyat
💬Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti tashabbusi bilan yoshlarning media savodxonligini oshirish, siyosiy va huquqiy yo‘nalishda sifatli kontent yaratish hamda jurnalistik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan 5 kunlik intensiv seminar tashkil etilmoqda.
⏺Seminar davomida ishtirokchilar soha mutaxassislari bilan amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, media, jurnalistika va kontent yaratish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
✅Agar siz ham media va jurnalistikaga qiziqsangiz, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!
🏢 Rasmiy sahifalarimiz
3 243
+1
🏃♂️ Toshkent yarim marafoni: Talabalarimiz safda va marrada!
Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan nufuzli Toshkent yarim marafonida O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti talaba-yoshlari juda faol va munosib ishtirok etishdi.
Sport ruhi, do‘stlik va yuqori kayfiyat ulashgan ushbu yugurish bahslarida talabalarimiz matonat va jipslik ko‘rsatib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda namuna bo‘lishdi.
🔥 Matonatli va g‘ayratli yoshlarimizga keyingi sport musobaqalarida ham ulkan zafarlar va yangi marralarni zabt etishlarini tilaymiz!
#ToshkentMarafoni #SoglomTurmushTarzi #Sport #Talabalar #YoshlarIttifoqi
3 243
🏃Ayni daqiqalarda talaba-yoshlarimiz bilan birgalikda “Tashkent yarim marafoni” da qatnashmoqdamiz.
