OʻzMPU YOSHLARI
前往频道在 Telegram
OʻZBEKISTON MILLIY PEDAGOGIKA UNIVERSITETI YOSHLAR ITTIFOQI boshlang'ich tashkiloti (rasmiy) telegram sahifasi.
显示更多1 886
订阅者
-124 小时
-137 天
-4630 天
帖子存档
1 886
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvi doirasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda ilgari surilgan tashabbuslar mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan yuksak ishonch va e'tiborning amaliy ifodasidir.
Davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor har bir yoshdan o‘z ustida muntazam ishlashni, bilim va salohiyatini izchil rivojlantirishni hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishni talab etadi. Men ham ushbu ishonchni oqlash maqsadida o‘z mutaxassisligim bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lib yetishish, ilmiy va amaliy faoliyatim orqali Yangi O‘zbekiston rivojiga munosib hissa qo‘shishni o‘zimning ustuvor vazifam deb bilaman.🔴Bizni kuzatishda davom eting: ✈️Telegram 📷Instagram
1 886
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
30-iyun Yoshlar kunida davlatimiz rahbari tomonidan e’lon qilingan "O‘zbekiston yoshlar ligasi" platformasi yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Bilim, mehnat va faollik mezonlar asosida baholanib, eng faol yoshlarga grant, kontrakt chegirmasi, xorijda ta’lim, imtiyozli kredit va boshqa imkoniyatlar taqdim etiladi. Bu tashabbus yoshlarni izlanish va rivojlanishga undaydi, undan samarali foydalanish esa har birimizning o‘z qo‘limizda.🔴Bizni kuzatishda davom eting: ✈️Telegram 📷Instagram
1 886
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
Yoshlar — Yangi Oʻzbekistonning eng katta boyligi va kelajagini bunyod etuvchi kuchidir. Prezidentimizning bizga bildirayotgan ishonchi, yaratib berayotgan keng imkoniyatlari har birimizni bilim olishga, izlanishga, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishga undaydi.
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan davlatimiz rahbarining yoshlarga bildirgan samimiy tabrigi, yuksak ishonchi va chuqur mazmunli fikrlari qalbimizda katta mas'uliyat va ilhom uygʻotdi. Bildirilgan yuksak e'tibor va gʻamxoʻrlik uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Bu ishonchni oqlash, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilishni oʻzim uchun sharafli burch deb bilaman. Yangi Oʻzbekistonning ertangi kuni — bugungi bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar qoʻlida. Barcha tengdoshlarimni Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, yoshlarimizning orzu-maqsadlari doimo yuksak boʻlsin!🔴Bizni kuzatishda davom eting: ✈️Telegram 📷Instagram
1 886
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
30-iyun- Yoshlar kuni munosabati bilan, Hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va e'tibor bizni yangi marralar sari ruhlantiradi. Bildirilgan ishonchni oqlash va Vatan ravnaqi yo'lida sidqidildan xizmat qilishga biz yoshlar hamisha tayyormiz.
🔴Bizni kuzatishda davom eting:
✈️Telegram 📷Instagram
1 886
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
Davlatimiz rahbari bizga yuksak ishonch bildirdi. Bu ishonch – bizga berilgan eng katta resurs. Endilikda, shu resursdan unumli foydalanib, har bir xonadonga kirib borish, yoshlarning dardu tashvishlari bilan yashash va ularni yuksak marralar sari yetaklash – bizning eng sharafli burchimizdir.
Prezidentimizning 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan o‘tkazgan muloqoti shunchaki bayramona uchrashuv emas, balki mamlakatimiz taraqqiyotining kelgusi bosqichlarini belgilab beruvchi strategik platforma bo‘ldi. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar yoshlarga bo‘lgan yondashuvni tubdan o‘zgartirib, ularni "yordamga muhtoj qatlam"dan "mamlakatning asosiy intellektual va iqtisodiy kuchiga" aylantirishga qaratilganini ko‘rishimiz mumkin. Biz, yoshlar yetakchilari, bugungi islohotlar mohiyatini nafaqat tushunishimiz, balki ularni har bir yoshning hayotiga tatbiq etuvchi "ko‘prik" bo‘lishimiz shart. Bizning maqsadimiz – yoshlarni shunchaki birlashtirish emas, balki ularning salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirish, zararli illatlardan yiroq, sog‘lom dunyoqarashga ega, kreativ va mas’uliyatli avlodni tarbiyalashdir.🔴Bizni kuzatishda davom eting: ✈️Telegram 📷Instagram
1 886
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
Yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etilishi, mazkur stipendiyaning yangi o‘quv yilidan boshlab davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga ham taqdim etilishi yosh xotin-qizlarning ilm-fan va innovatsion sohalarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi. Biz, yoshlar vakillari, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, bildirilgan yuksak ishonchni oqlash hamda Vatanimiz ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishga intilamiz.🔴Bizni kuzatishda davom eting: ✈️Telegram 📷Instagram
1 886
Repost from Hilola Umarova
Ayni kunlarda universitetimizga Buyuk Britaniyaning dunyo reytingida 8-o'rinda turuvchi (QS) University College London (UCL) universiteti hamda xalqaro ta’lim tashkilotlari rahbarlari tashrif buyurgan.
Bugun mehmonlarimiz hamrohligida Yangi Toshkent shahrida qurilayotgan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti binosining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdik.
Qirq gektarlik maydonda 20 ming talabaga moʻljallab qurilayotgan oʻquv binolari, yotoqxona, kutubxona, sport va madaniyat inshootlarimiz mehmonlarimizda katta qiziqish uygʻotdi. Qisqa taqdimotdan soʻng kelgusidagi hamkorlik rejalarini koʻrib chiqdik.
Binolarni oʻz vaqtida va sifatli qurib bitkazilishi, talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish, tranport, turar joy masalalarini ham muhokama qildik.
@hilola_umarova
1 886
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
30-iyun – Yoshlar kuni nafaqat bayram, balki o‘tgan davr mobaynida erishilgan yutuqlarimizni sarhisob qilish va kelajakdagi marralarni belgilab olish uchun muhim chorrahadir. Bugun davlatimiz tomonidan yoshlar poydevorini mustahkamlashga qaratilayotgan ulkan e’tiborni yuksak qadrlayman va to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.
Bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlar siyosati mutlaqo yangi bosqichga chiqdi. Har bir yigit-qizning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasblarni egallashi va o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. O‘z navbatida, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallab, innovatsion loyihalar hamda ijtimoiy tashabbuslar orqali Yangi O‘zbekistonning yuksalishiga munosib hissa qo‘shishni o‘zimning bosh maqsadim va fuqarolik burchim deb hisoblayman.🔴Bizni kuzatishda davom eting: ✈️Telegram 📷Instagram
1 886
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvi va videoselektor yig‘ilishi mamlakatimiz yoshlari hayotida yangi davrni boshlab bergan muhim voqelik bo‘ldi.
"Prezidentimizning Yoshlar kuni munosabati bilan belgilab bergan strategik vazifalari – Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yoshlar drayver kuch ekanligini yana bir bor isbotladi. Berilgan imtiyozlar, grantlar va yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda, o‘z sohamda professional darajaga yetishishni, innovatsion g‘oyalarim bilan vatanimiz iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotiga munosib hissa qo‘shishni o‘zimning fuqarolik burchim deb bilaman. Yoshlarga ko‘rsatilayotgan bu qadar yuksak e’tibor, bizni yanada ko‘proq mehnat qilishga va global maydonda raqobatbardosh bo‘lishga undaydi."🔴Bizni kuzatishda davom eting: ✈️Telegram 📷Instagram
1 886
👋🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
"Prezidentimizning 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan muloqoti va unda ilgari surilgan yangi tashabbuslar biz — yoshlar yetakchilariga juda katta ruh va mas’uliyat bag‘ishladi"
📑 Ayniqsa, yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun "Kasb vaucherlari" joriy etilishi, tadbirkorlik uchun 300 million so'mgacha foizsiz ssuda beruvchi "Yoshlar mini-franshizasi" hamda qiyin vaziyatdagi yigit-qizlarga qaratilgan "Kafolatlangan birinchi qadam" tizimi millionlab yoshlarimiz hayotida hal qiluvchi ijobiy burilish yasaydi. IT va sun'iy intellekt sohasidagi yangiliklar esa yoshlarimizning global raqobatga tayyor bo'lishini ta'minlaydi. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, bugungi kunda dunyoda bilim va inson kapitali hal qiluvchi kuchga aylangan. Biz yetakchilar bildirilgan bu yuksak ishonchni oqlashga, yaratilgan davlat imkoniyatlarini har bir xonadonga yetkazishga va yoshlarimizni ezgu maqsadlar atrofida birlashtirib, zararli illatlardan asrashga bor kuch-g'ayratimizni sarflaymiz!🔴Bizni kuzatishni davom eting: ✈️Telegram | 📷Instagram
1 886
+3
Talabalarimiz Xitoydagi nufuzli universitetning yozgi maktab dasturida ishtirok etdi
💙Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti talabalari dunyo reytingida 131-o'rinda turuvchi Harbin texnologiya institutida tashkil etilgan xalqaro yozgi maktab dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
💫Dastur davomida talabalar zamonaviy ilmiy va ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ma'ruza hamda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish, turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan tajriba almashish va xalqaro akademik muhitda bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✨ Mazkur ishtirok talabalarning global kompetensiyalarini shakllantirish hamda xalqaro akademik mobillikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
1 886
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Iqtidorli talabalar uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi davlat stipendiyasi va “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 886
+3
30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni muborak bo‘lsin!
Bugun poytaxtimizda ushbu bayram munosabati bilan ulkan Gala-konsert bo‘lib o‘tdi. Mazkur tantanali tadbirda universitetimiz yoshlari o‘zlarining yuksak g‘ayrat-shijoati, cheksiz quvvati va faolligi bilan alohida ajralib turishdi!
1 886
Repost from N/a
Qadrli talaba-yoshlar, tengdoshlar va aziz do‘stlar!
Barchangizni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Sizlar Yangi O‘zbekiston kelajagini bunyod etadigan, xalqimiz ma’rifati va ma’naviyatini yuksaltiradigan bo‘lajak muallimsizlar.
Yoshlik imkoniyatlaridan unumli foydalanib, zamonaviy ilm-fan cho'qqilarini zabt etishdan aslo to‘xtamang. Barchangizga mustahkam sog‘lik, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat va o‘qishlaringizda ulkan zafarlar tilayman!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Azamat Abdulatipov
O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Yoshlar yetakchisi
t.me/azamat_abdulatipov
1 886
Repost from Hilola Umarova
Qadrli yoshlar, aziz talabalarimiz!
Sizlarni bugungi bayram – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.
O‘zbekiston chinakam yoshlar mamlakati, yurtimizning ertasi, farovon kelajagi esa siz aziz yoshlarning qoʻlida.
Bugun davlatimiz rahbari yoshlarimiz bilan uchrashuvda ertamiz egalari uchun yanada keng imkoniyatlar eshigini ochib, yoshlarimizga katta ishonch bildirdilar.
Ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyoti uchun qanday buyuk ishlar qilgan bo‘lsa, sizlar Yangi O‘zbekistonda yangi uyg‘onish davri – Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan kuch bo‘lishingiz kerak!”, – dedi Prezidentimiz.Biz sizlarga ishonamiz, katta maqsadlarga erishishingiz yoʻlida zarur shart-sharoitlarni yaratish va qo‘llab-quvvatlashda har doim tayyormiz. Bayram yana bir bor muborak bo‘lsin, sizlarga sog‘lik-salomatlik va muvaffaqiyat tilayman. Ilm olish, izlanish va harakatdan toʻxtamang! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori @hilola_umarova
1 886
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 886
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 886
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz amalga oshirilgan sa’y-harakatlar hisobiga yurtimizda yoshlar bilan ishlash muhiti tubdan o‘zgarganini ta’kidladi.
Xususan, bilim olish, kasb-hunar egallash, til o‘rganish, ish topish va biznes boshlashda qiyinchilikka uchragan 1,5 million yoshlarning muammosi “Yoshlar daftari” orqali hal qilindi. Alohida dasturlar asosida jozibador biznes muhiti va imtiyozli resurslar natijasida yosh tadbirkorlar soni 5 karra ko‘payib, 287 mingdan oshdi.
O‘quv markazlarini ko‘paytirishga qulay sharoit yaratilgani uchun xorijiy tillarni intensiv o‘rganayotgan yigit-qizlarimiz 3,5 millionga yetdi. Iqtidorli o‘quvchi va talabalarimiz nufuzli fan olimpiadalarida 434 ta, yosh sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda 2 ming 245 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Tarbiyasi og‘ir yoshlarga huquq-tartibot idoralari va hokimlar biriktirilgani uchun ikki yilda yoshlar jinoyatchiligi 2,5 karra kamaydi.
“Lekin bu – yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalar hal bo‘ldi, degani emas”,– dedi davlatimiz rahbari. Yoshlar masalalari uchun mas’ul idoralar, vazirlar, hokimlar, rektorlar, texnikum va maktab direktorlari yoshlar muammosi, ehtiyoj va qiziqishlari bo‘yicha tinimsiz ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X
1 886
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Aziz o‘g‘il-qizlarim! Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman. Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang! Shuni bilingki, ortingizda sizlarni katta umidlar bilan voyaga yetkazgan ota-onangiz bor, sizlarga bilim va tarbiya bergan, kasb o‘rgatgan ustoz va murabbiylaringiz bor, sizlarga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladigan, ishonadigan va doim qo‘llab-quvvatlaydigan Prezidentingiz bor! Yo‘lingiz ochiq, niyatingiz ulug‘, qaddingiz baland bo‘lsin!”– dedi Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot yakunida. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Facebook|Instagram|X
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
