Foydali malumot
Open in Telegram
Hayotda foyda beradigan oddiy va qisqa malumotlar. Mustaqil, betaraf kanal.
Show more938
Subscribers
-124 hours
-137 days
-4530 days
Posts Archive
☀️Эрталаб 1 стакан илиқ сув ичишнинг 4 та фойдаси
1. Қон босимини меъёрида ушлаб туради;
2. Ошқозон ва ичакни токсинлардан тозалайди;
3. Ҳуснбузар ва ёғли теридан халос қилади;
4. Заифлаштирувчи парҳезларсиз ортиқча вазндан халос қилади.
Жуда совуқ ёки иссиқ сув ичиш ошқозон шиллиқ қаватини зарарлайди. Ўртача илиқликдаги сувни ичиш керак.👇
https://t.me/foydali_malumotuzz obuna bo‘ling
🗓 7 KUN QOIDASI HAQIDA BILASIZMI?
Kecha Apple yangi iPhone modellarini taqdim etdi. Narxlari $1199 dan $1999 gacha ekan.
Ayni fursati boʻlgani uchun "7 kun qoidasi" haqida eslatib oʻtamiz. Bu qoidaga koʻra, katta summada nimadir xarid qilishdan oldin o‘zingizga 7 kun vaqt bering.
🤔 Nega deysizmi?
Chunki, ko‘plab xaridlarimiz hissiyot bilan qilinadi. 1-kuni "shart"dek ko‘ringan narsalar, 7 kun oʻtgach, "aslida keraksiz" bo‘lib chiqishi mumkin!
📌 7 KUN DAVOMIDA:
☑️ Hissiyotlar soviydi.
☑️ Mantiqiy fikrlash kuchayadi.
☑️ Pulni behuda sovurish xavfi kamayadi.
Demak, "iPhone vasvasasi" sizni bezovta qilsa, ushbu qoidani sinab koʻring. 1-kuni "albatta olishim kerak" degan hissiyot, 7-kuni "eski telefonim ham yaxshi ishlayapti-ku" degan xulosaga aylanishi mumkin :)
🔝 @foydali_malumotuzz — obuna boʻling
#Кун_Тарихи
Бугун 10-Сентябр Пайшанба :
• 🌏 Бутунжаҳон ўз жонига қасд қилишнинг олдини оли куни
• 🌏 Фашизм қурбонларини хотирлаш куни
• 🇺🇸 АҚШ, 🇨🇦 Канада ‐ Миллий бобо ва бувилар куни
• 1835 - йил Германияда биринчи темир ёъл очилди
• 1939 - йил Канада Германияга қарши уруш еълон қилди
• 1984 - йил ДНК ноёблиги - “генетик излар” кашф етилган
• 1996 -йил БМТ Ядро синовларини ҳар томонлама тақиқлаш
тўғрисидаги шартномани тасдиқлади.
https://t.me/foydali_malumotuzz obuna bo‘ling
💥 Бугун, 10-cентабр, Меҳр-оқибат ва яқинларга муҳаббат куни
🎉 Байрам муносабати билан,
қариндош-уруғ ва дўст-биродарлар йиғини ташкил қилинг.
🤝 Аразлашганлар ярашсинлар, дийдорлашмай қўйганлар учрашсинлар, соғинганлар бир дастурхон устида мазза қилиб суҳбатлашсинлар
https://t.me/foydali_malumotuzz obuna bo‘ling
💰 Pul topishni biladigan odamlarning besh tamoyili
1️⃣ Bozordan ko‘zingni uzma. Ishing yaxshi bo‘lishi mumkin, lekin vaqti-vaqti bilan bozorni kuzat. Bu "yangi ish izlash" emas – bu o‘zingning haqiqiy qiymatingni bilish.
2️⃣ Avvalo o‘zingga to‘la. Har safar daromad olganingda, kamida 10 foizini darhol o‘zing uchun ajrat. "Qolsa, jamg‘araman" emas – avval o‘zingni hurmat qil.
3️⃣ Albatta 3–6 oylik xarajatlaring miqdorida zaxira bo‘lsin. Bu shunchaki "zaxira" emas, bu – vahimasiz qaror qabul qilish erkinligi.
4️⃣ O‘zingga sarmoya qil. Yangi ko‘nikmalar, tafakkur, tanishlar – bular qiymatini yo‘qotmaydigan aktivlar.
5️⃣ "Yo‘q" deyishni o‘rgan. Har bir rad javobi – kelajakdagi "Ha" uchun sarmoya. Keraksiz xaridlar va foydasiz takliflardan voz kech.
🔝 @foydali_malumotuzz — obuna bo‘ling
🔵 Kibr boshqa, Qadr boshqa...
Kamtarlik — insonni yuksaltiradigan fazilat. Lekin kamtar bo‘lish — o‘zingizni qadrsiz sanash degani emas.
Hayotda ikki muhim narsani unutmang:
1️⃣ Haddan tashqari kibrli inson hech qachon hurmatga erishmaydi.
2️⃣ O‘zining qadrini bilmagan odamni esa boshqalar ham qadrlamaydi.
Shuning uchun
Kamtar bo‘ling, lekin hech qachon qadringiz yerga urilishiga yoʻl qoʻymang.
🔝 @foydali_malumotuzz — obuna boʻling
🗓 Бугун, 8-сентябрь — Кечирим сўраш куни экан...
🤝 Келинг шу кун бахонасида билиб-билмай хафа қилиб қўйган инсонимиздан кўнгил сўраб, кайфиятини кўтариб қўямиз.
Бизнинг расмий сахифаларимизга аъзо бўлинг🔽
@foydali_malumotuzz
Aksariyat odamlar shunday oʻylaydi:
Hozir koʻproq ishlashim, pul topishim kerak. Nafaqaga chiqsam, barcha ishlardan ozod bo'laman. Ana keyin, oʻzim uchun yashayman.
Ammo bir savol bor: umringiz aynan o'sha yoshgacha davom etishiga kim sizga kafolat berdi?
Jahon statistikasiga ham qaraydigan boʻlsak, tahminan 20—25 foiz odam nafaqa yoshiga yetmay, oʻlib ketar ekan.
Mayli, oʻsha umid qilingan nafaqa yoshigacha yetib bordingiz ham deylik:
Umrning eng yaxshi davrlarini boshqalarga berib, deyarli yaroqsiz holatga kelib boʻlgan, qolgan-qutgan qisminigina o'zingizga ajratish qanchalar toʻgʻri?!
Yashashni keyinga qoldirmang. Har kuni bugun yashang!
🔝 @foydali_malumotuzz — obuna bo‘ling
🇺🇿 Bugungi kunda O‘zbekistonda:
➖ Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 360 000 so‘m.
➖ BHM (bazaviy hisoblash miqdori) – 440 000 so‘m.
➖ Yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 983 000 so‘m.
➖ Nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – 1 083 000 so‘m.
➖ Minimal isteʼmol savatchasi (kambagʻallik chegarasi) kishi boshiga – 715 000 soʻm.
Kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
➖ 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 386 000 so‘m,
➖ Oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 177 000 so‘m,
➖ Oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 118 000 so‘m.
➖ Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 so‘m.
🔝 @foydali_malumotuzz — obuna boʻling
#Кун_Тарихи
Бугун 6-Сентябр Якшанба :
• 🌏 Маллаларсочлар куни
• 🇵🇰 Покистон - Мудофаа куни
• 1819 - йил Томас Бланчард токарлик дастгоҳини патентлади
• 1967 - йил Беруний номидаги Давлат мукофоти таъсис етилди
• 1991 - йил Ленинград шаҳри Санкт-Петербург деб ўзгартирилди.
https://t.me/foydali_malumotuzz obuna bo‘ling
Boylik izlang, ammo unga xirs qoʻymang!
Boylik – bu imkoniyat. U bilan siz o‘zingizni, oilangizni, jamiyatni yaxshilashingiz mumkin. Ammo boylikni hayot maqsadiga aylantirib yuborsangiz, u sizni boshqarishni boshlaydi.
Bugun pul topish zaruratga aylangan. Har kim rohatda yashashni xohlaydi – bu tabiiy. Lekin boylik ortidan quvib, toʻgʻri yoʻldan adashsangiz, sog‘lig‘ingizni, vaqt va munosabatlaringizni qurbon qilsangiz bu yutuq emas, yo‘qotishdir!
Pul yaxshi hayot va foydali ishlar uchun vosita xolos. U sizga xizmat qilishi kerak, siz pulga emas.
🔝 @foydali_malumotuzz — Juma muborak!
Kema sohilda xavfsiz turadi, ammo kema sohilda turish uchun yaralmagan!
Hayotda ko‘pchilik eng xavfsiz yo‘lni tanlaydi: orzu qilganini emas, imkon borini qiladi. Xavf yo‘q joyda xotirjamlik bor, lekin o‘sish yo‘q.
Muvaffaqiyatga erishmoqchimisiz? Unda harakat qiling! Tavakkal qiling! Xatolardan qo‘rqmang! Chunki har bir muvaffaqiyat orqasida bir vaqtlar qilingan jasoratli qadam turadi!
Agar harakat qilmasangiz, o‘zingizdagi bor imkoniyatlarni hech qachon bila olmaysiz. Qo‘rquvda emas, harakatda kuch bor!
🔝 @foydali_malumotuzz — obuna bo‘ling
💥 Бугун 3-сентябрь кўплаб мамлакатларда – ОТАЛАР куни.
Ушбу кунда анъанавий совға - бу атир ва бир нечта доллар банкнотлари. Бундан ташқари, табиат қўйнига чиқишингиз ёки оилавий кечки овқат қилишингиз мумкин. Оталар куни бутун дунёда йилига бир неча марта нишонланади. Аммо бу оталарга уларнинг аҳамиятини эслатиш учун имконият деб ҳисобланади.
Яқинларга ҳам юбориб қўямиз!
https://t.me/foydali_malumotuzz obuna bo‘ling
❗️Соат нечада ухлайсиз?
Соат нечада ухлашингиз танангизга қандай таъсир қилишини билиб олинг.
21:00 - Соғлом бўласиз,
22:00 - Ақлингиз тиниқлашади,
23:00 - Вазн йиғасиз,
00:00 - Тана дам ололмайди,
01:00 - Ўз ўзингизни заҳарлайсиз!
Жуда кеч ухлайдиганларга юбориб қўямиз.
https://t.me/foydali_malumotuzz obuna bo‘ling
Фарзандларингизни тарбиялашда зарур бўладиган 10 сеҳрли сўзлар:
- Сени яхши кўраман
- Сен яхшисан
- Кел, бағримга босай
- Нима қилишни хоҳлардинг?
- Кўрсатган натижангдан хурсандман, бундан ҳам яхши бўлишини кутаман
- Сенга ишонаман
- Сен ажойибсан
- Сени фикрингни ҳурмат қиламан
- Сен мен учун Аллоҳимдан қадрли неъматсан
- Машғул бўлган барча нарсаларингни менга ҳикоя қилиб бер.
https://t.me/foydali_malumotuzz obuna bo‘ling
❗️Магистратура қабул натижалари эълон қилинди
2026/2027-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига қабул натижалари маълум бўлди.
Талабгорлар ўз натижаларини my.edu.uz электрон тизимидаги шахсий кабинети орқали текшириши мумкин.
https://t.me/foydali_malumotuzz
❗️ Taʼtildan keyingi birinchi ish kuni sogʻliq uchun xavfli
New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, ta’tildan keyingi birinchi ish kuni organizm uchun eng og‘ir kunlardan biri hisoblanadi.
Shifokorlar aynan shu davrda yurak xurujlari ko‘payishini qayd etishgan ekan.
Buning sabablari esa:
— kuchli stress
— uyqu rejimining buzilishi
— ortiqcha ovqatlanish
— erta turishga majbur bo‘lish
— va "ertaga ish..." degan fikr
Ta’tildan keyin organizm dam olish rejimidan "ish rejimi"ga o‘tadi. Shu sabab mutaxassislar birinchi ish kunida o‘zingizni haddan tashqari zo‘riqtirmaslikni tavsiya qiladi.
🔝 @foydali_malumotuzz — obuna bo‘ling
🍂 Kuz fasliga xush kelibsiz!
Kechagina yangi yilga qadam qoʻygandik...
Kechagina oʻrik gullagandi...
Kechagina Ramazonni kuzatgan edik...
Kechagina qurbonliklar soʻygandik...
Kechagina yoz faslini kutib olgan edik...
Kechagina Mundialni orziqib kutayotgan edik...
Koʻz ochib yumguncha yilning 8 oyi ham oʻtib ketibdi, qarang.
Bugundan yilning eng sokin, eng iliq xotiralar fasli boshlandi. Kuz – bu yakunlar va yangi boshlanishlar davri.
🔝 @foydali_malumotuzz — obuna boʻling
📌 BHM nima? Nega u oshib boradi?
Ertadan 1 BHM = 440 000 so'mga oʻzgaradi. Hoʻsh, BHM nima va u nima uchun kerak?
BHM (Bazaviy Hisoblash Miqdori) — bu davlat tomonidan belgilangan hisoblash ko‘rsatkichi bo‘lib, turli to'lovlar, jarimalar, soliqlar va boshqa ijtimoiy to'lovlar miqdorini aniqlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. BHM odatda, har yili oʻzgarib (koʻtarilib) boradi. Chunki vaqt o‘tishi bilan narxlar, xizmatlar va xarajatlar oshib borishi natijasida davlat ayrim hisoblash mezonlarini ham yangilab turadi. BHM quyidagilarni aniqlashda ishlatiladi: 🔸 Litsenziyalar, patentlar va biznes yuritish bilan bog'liq baʼzi to'lovlar; 🔸 Soliqlar, bojlar, jarimalar va davlat xizmatlari uchun to'lovlar; 🔸 Mikrokreditlar, lizing va boshqa moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlar; 🔸 Tashkilotlarning ustav kapitali miqdorini belgilashda va boshqalarda. 🔝 @foydali_malumotuzz — obuna boʻling
🇺🇿 31-avgustmi yoki 1-sentabr?
Mustaqillik kuni va bayrami haqida gap ketganda, koʻpchilik adashtirib yuborar ekan. Kimdir — 31-avgust, yana kimdir — 1-sentabr deydi. Shunga aniqlik kiritamiz: 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida tegishli qonun qabul qilinib, Oʻzbekiston Mustaqil davlat deb e’lon qilindi! 1991-yil 1-sentabr esa, Mustaqillik bayrami kuni deb belgilandi! Demak: ✅ 31-avgust — Mustaqillik e’lon qilingan tarixiy sana; ✅ 1-sentabr — Mustaqillik bayrami sifatida nishonlanadigan kun.✨ BAYRAM MUBORAK BOʻLSIN! 🔝 @foydali_malumotuzz — obuna bo‘ling
