en
Feedback
Foydali malumot

Foydali malumot

Open in Telegram

Hayotda foyda beradigan oddiy va qisqa malumotlar. Mustaqil, betaraf kanal.

Show more
938
Subscribers
-124 hours
-137 days
-4530 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+1
in 0 channels
August '26
+16
in 0 channels
Get PRO
July '26
+199
in 0 channels
Get PRO
June '26
+20
in 0 channels
Get PRO
May '26
+47
in 1 channels
Get PRO
April '26
+875
in 1 channels
Get PRO
March '26
+130
in 0 channels
Get PRO
February '260
in 0 channels
Get PRO
January '26
+93
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
09 September0
08 September0
07 September0
06 September0
05 September0
04 September0
03 September+1
02 September0
01 September0
Channel Posts
🗓 7 KUN QOIDASI HAQIDA BILASIZMI? Kecha Apple yangi iPhone modellarini taqdim etdi. Narxlari $1199 dan $1999 gacha ekan. Ayn
🗓 7 KUN QOIDASI HAQIDA BILASIZMI? Kecha Apple yangi iPhone modellarini taqdim etdi. Narxlari $1199 dan $1999 gacha ekan. Ayni fursati boʻlgani uchun "7 kun qoidasi" haqida eslatib oʻtamiz. Bu qoidaga koʻra, katta summada nimadir xarid qilishdan oldin o‘zingizga 7 kun vaqt bering. 🤔 Nega deysizmi? Chunki, ko‘plab xaridlarimiz hissiyot bilan qilinadi. 1-kuni "shart"dek ko‘ringan narsalar, 7 kun oʻtgach, "aslida keraksiz" bo‘lib chiqishi mumkin! 📌 7 KUN DAVOMIDA: ☑️ Hissiyotlar soviydi. ☑️ Mantiqiy fikrlash kuchayadi. ☑️ Pulni behuda sovurish xavfi kamayadi. Demak, "iPhone vasvasasi" sizni bezovta qilsa, ushbu qoidani sinab koʻring. 1-kuni "albatta olishim kerak" degan hissiyot, 7-kuni "eski telefonim ham yaxshi ishlayapti-ku" degan xulosaga aylanishi mumkin :) 🔝 @foydali_malumotuzz — obuna boʻling

2
#Кун_Тарихи Бугун 10-Сентябр Пайшанба : • 🌏 Бутунжаҳон ўз жонига қасд қилишнинг олдини оли куни • 🌏 Фашизм қурбонларини хот
#Кун_Тарихи Бугун 10-Сентябр Пайшанба : • 🌏 Бутунжаҳон ўз жонига қасд қилишнинг олдини оли куни • 🌏 Фашизм қурбонларини хотирлаш куни • 🇺🇸 АҚШ, 🇨🇦 Канада ‐ Миллий бобо ва бувилар куни • 1835 - йил  Германияда биринчи темир ёъл очилди • 1939 - йил Канада Германияга қарши уруш еълон қилди • 1984 - йил ДНК ноёблиги - “генетик излар” кашф етилган • 1996 -йил БМТ Ядро синовларини ҳар томонлама тақиқлаш тўғрисидаги шартномани тасдиқлади. https://t.me/foydali_malumotuzz obuna bo‘ling
1
3
💥 Бугун, 10-cентабр, Меҳр-оқибат ва яқинларга муҳаббат куни 🎉 Байрам муносабати билан, қариндош-уруғ ва дўст-биродарлар йиғ
💥 Бугун, 10-cентабр, Меҳр-оқибат ва яқинларга муҳаббат куни 🎉 Байрам муносабати билан, қариндош-уруғ ва дўст-биродарлар йиғини ташкил қилинг. 🤝 Аразлашганлар ярашсинлар, дийдорлашмай қўйганлар учрашсинлар, соғинганлар бир дастурхон устида мазза қилиб суҳбатлашсинлар https://t.me/foydali_malumotuzz obuna bo‘ling
43
4
💰 Pul topishni biladigan odamlarning besh tamoyili 1️⃣ Bozordan ko‘zingni uzma. Ishing yaxshi bo‘lishi mumkin, lekin vaqti-v
💰 Pul topishni biladigan odamlarning besh tamoyili 1️⃣ Bozordan ko‘zingni uzma. Ishing yaxshi bo‘lishi mumkin, lekin vaqti-vaqti bilan bozorni kuzat. Bu "yangi ish izlash" emas – bu o‘zingning haqiqiy qiymatingni bilish. 2️⃣ Avvalo o‘zingga to‘la. Har safar daromad olganingda, kamida 10 foizini darhol o‘zing uchun ajrat. "Qolsa, jamg‘araman" emas – avval o‘zingni hurmat qil. 3️⃣ Albatta 3–6 oylik xarajatlaring miqdorida zaxira bo‘lsin. Bu shunchaki "zaxira" emas, bu – vahimasiz qaror qabul qilish erkinligi. 4️⃣ O‘zingga sarmoya qil. Yangi ko‘nikmalar, tafakkur, tanishlar – bular qiymatini yo‘qotmaydigan aktivlar. 5️⃣ "Yo‘q" deyishni o‘rgan. Har bir rad javobi – kelajakdagi "Ha" uchun sarmoya. Keraksiz xaridlar va foydasiz takliflardan voz kech. 🔝 @foydali_malumotuzz — obuna bo‘ling
235
5
🔵 Kibr boshqa, Qadr boshqa... Kamtarlik — insonni yuksaltiradigan fazilat. Lekin kamtar bo‘lish — o‘zingizni qadrsiz sanash
🔵 Kibr boshqa, Qadr boshqa... Kamtarlik — insonni yuksaltiradigan fazilat. Lekin kamtar bo‘lish — o‘zingizni qadrsiz sanash degani emas. Hayotda ikki muhim narsani unutmang: 1️⃣ Haddan tashqari kibrli inson hech qachon hurmatga erishmaydi. 2️⃣ O‘zining qadrini bilmagan odamni esa boshqalar ham qadrlamaydi. Shuning uchun Kamtar bo‘ling, lekin hech qachon qadringiz yerga urilishiga yoʻl qoʻymang. 🔝 @foydali_malumotuzz — obuna boʻling
1 182
6
🗓 Бугун, 8-сентябрь — Кечирим сўраш куни экан... 🤝 Келинг шу кун бахонасида билиб-билмай хафа қилиб қўйган инсонимиздан кўн
🗓 Бугун, 8-сентябрь — Кечирим сўраш куни экан... 🤝 Келинг шу кун бахонасида билиб-билмай хафа қилиб қўйган инсонимиздан кўнгил сўраб, кайфиятини кўтариб қўямиз. Бизнинг расмий сахифаларимизга аъзо бўлинг🔽 @foydali_malumotuzz
1 010
7
Aksariyat odamlar shunday oʻylaydi: Hozir koʻproq ishlashim, pul topishim kerak. Nafaqaga chiqsam, barcha ishlardan ozod bo'l
Aksariyat odamlar shunday oʻylaydi: Hozir koʻproq ishlashim, pul topishim kerak. Nafaqaga chiqsam, barcha ishlardan ozod bo'laman. Ana keyin, oʻzim uchun yashayman. Ammo bir savol bor: umringiz aynan o'sha yoshgacha davom etishiga kim sizga kafolat berdi? Jahon statistikasiga ham qaraydigan boʻlsak, tahminan 20—25 foiz odam nafaqa yoshiga yetmay, oʻlib ketar ekan. Mayli, oʻsha umid qilingan nafaqa yoshigacha yetib bordingiz ham deylik: Umrning eng yaxshi davrlarini boshqalarga berib, deyarli yaroqsiz holatga kelib boʻlgan, qolgan-qutgan qisminigina o'zingizga ajratish qanchalar toʻgʻri?! Yashashni keyinga qoldirmang. Har kuni bugun yashang! 🔝 @foydali_malumotuzz — obuna bo‘ling
1 645
8
🇺🇿 Bugungi kunda O‘zbekistonda: ➖ Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 360 000 so‘m. ➖ BHM (bazaviy hisoblash miqdo
🇺🇿 Bugungi kunda O‘zbekistonda: ➖ Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 360 000 so‘m. ➖ BHM (bazaviy hisoblash miqdori) – 440 000 so‘m. ➖ Yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 983 000 so‘m. ➖ Nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – 1 083 000 so‘m. ➖ Minimal isteʼmol savatchasi (kambagʻallik chegarasi) kishi boshiga – 715 000 soʻm. Kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasining har oylik miqdori: ➖ 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 386 000 so‘m, ➖ Oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 177 000 so‘m, ➖ Oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 118 000 so‘m. ➖ Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 so‘m. 🔝 @foydali_malumotuzz — obuna boʻling
1 783
9
#Кун_Тарихи Бугун 6-Сентябр Якшанба : • 🌏 Маллаларсочлар куни • 🇵🇰 Покистон - Мудофаа куни • 1819 - йил Томас Бланчард ток
#Кун_Тарихи Бугун 6-Сентябр Якшанба : •  🌏 Маллаларсочлар куни • 🇵🇰 Покистон - Мудофаа куни • 1819 - йил Томас Бланчард токарлик дастгоҳини патентлади • 1967 - йил Беруний номидаги Давлат мукофоти таъсис етилди • 1991 - йил  Ленинград шаҳри Санкт-Петербург деб ўзгартирилди. https://t.me/foydali_malumotuzz obuna bo‘ling
1 728
10
Boylik izlang, ammo unga xirs qoʻymang! Boylik – bu imkoniyat. U bilan siz o‘zingizni, oilangizni, jamiyatni yaxshilashingiz
Boylik izlang, ammo unga xirs qoʻymang! Boylik – bu imkoniyat. U bilan siz o‘zingizni, oilangizni, jamiyatni yaxshilashingiz mumkin. Ammo boylikni hayot maqsadiga aylantirib yuborsangiz, u sizni boshqarishni boshlaydi. Bugun pul topish zaruratga aylangan. Har kim rohatda yashashni xohlaydi – bu tabiiy. Lekin boylik ortidan quvib, toʻgʻri yoʻldan adashsangiz, sog‘lig‘ingizni, vaqt va munosabatlaringizni qurbon qilsangiz bu yutuq emas, yo‘qotishdir! Pul yaxshi hayot va foydali ishlar uchun vosita xolos. U sizga xizmat qilishi kerak, siz pulga emas. 🔝 @foydali_malumotuzz — Juma muborak!
896
11
Kema sohilda xavfsiz turadi, ammo kema sohilda turish uchun yaralmagan! Hayotda ko‘pchilik eng xavfsiz yo‘lni tanlaydi: orzu
Kema sohilda xavfsiz turadi, ammo kema sohilda turish uchun yaralmagan! Hayotda ko‘pchilik eng xavfsiz yo‘lni tanlaydi: orzu qilganini emas, imkon borini qiladi. Xavf yo‘q joyda xotirjamlik bor, lekin o‘sish yo‘q. Muvaffaqiyatga erishmoqchimisiz? Unda harakat qiling! Tavakkal qiling! Xatolardan qo‘rqmang! Chunki har bir muvaffaqiyat orqasida bir vaqtlar qilingan jasoratli qadam turadi! Agar harakat qilmasangiz, o‘zingizdagi bor imkoniyatlarni hech qachon bila olmaysiz. Qo‘rquvda emas, harakatda kuch bor! 🔝 @foydali_malumotuzz — obuna bo‘ling
1 028
12
💥 Бугун 3-сентябрь кўплаб мамлакатларда – ОТАЛАР куни. Ушбу кунда анъанавий совға - бу атир ва бир нечта доллар банкнотлари.
💥 Бугун 3-сентябрь кўплаб мамлакатларда – ОТАЛАР куни. Ушбу кунда анъанавий совға - бу атир ва бир нечта доллар банкнотлари. Бундан ташқари, табиат қўйнига чиқишингиз ёки оилавий кечки овқат қилишингиз мумкин. Оталар куни бутун дунёда йилига бир неча марта нишонланади. Аммо бу оталарга уларнинг аҳамиятини эслатиш учун имконият деб ҳисобланади. Яқинларга ҳам юбориб қўямиз! https://t.me/foydali_malumotuzz obuna bo‘ling
899
13
❗️Соат нечада ухлайсиз? Соат нечада ухлашингиз танангизга қандай таъсир қилишини билиб олинг. 21:00 - Соғлом бўласиз, 22:00 -
❗️Соат нечада ухлайсиз? Соат нечада ухлашингиз танангизга қандай таъсир қилишини билиб олинг. 21:00 - Соғлом бўласиз, 22:00 - Ақлингиз тиниқлашади, 23:00 - Вазн йиғасиз, 00:00 - Тана дам ололмайди, 01:00 - Ўз ўзингизни заҳарлайсиз! Жуда кеч ухлайдиганларга юбориб қўямиз. https://t.me/foydali_malumotuzz obuna bo‘ling
920
14
Фарзандларингизни тарбиялашда зарур бўладиган 10 сеҳрли сўзлар: - Сени яхши кўраман - Сен яхшисан - Кел, бағримга босай - Ним
Фарзандларингизни тарбиялашда зарур бўладиган 10 сеҳрли сўзлар: - Сени яхши кўраман - Сен яхшисан - Кел, бағримга босай - Нима қилишни хоҳлардинг? - Кўрсатган натижангдан хурсандман, бундан ҳам яхши бўлишини кутаман - Сенга ишонаман - Сен ажойибсан - Сени фикрингни ҳурмат қиламан - Сен мен учун Аллоҳимдан қадрли неъматсан - Машғул бўлган барча нарсаларингни менга ҳикоя қилиб бер. https://t.me/foydali_malumotuzz obuna bo‘ling
137
15
❗️Магистратура қабул натижалари эълон қилинди 2026/2027-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига қа
❗️Магистратура қабул натижалари эълон қилинди 2026/2027-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига қабул натижалари маълум бўлди. Талабгорлар ўз натижаларини my.edu.uz электрон тизимидаги шахсий кабинети орқали текшириши мумкин. https://t.me/foydali_malumotuzz
48
16
❗️ Taʼtildan keyingi birinchi ish kuni sogʻliq uchun xavfli New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, ta’tildan keyingi birinchi i
❗️ Taʼtildan keyingi birinchi ish kuni sogʻliq uchun xavfli New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, ta’tildan keyingi birinchi ish kuni organizm uchun eng og‘ir kunlardan biri hisoblanadi. Shifokorlar aynan shu davrda yurak xurujlari ko‘payishini qayd etishgan ekan. Buning sabablari esa: — kuchli stress — uyqu rejimining buzilishi — ortiqcha ovqatlanish — erta turishga majbur bo‘lish — va "ertaga ish..." degan fikr Ta’tildan keyin organizm dam olish rejimidan "ish rejimi"ga o‘tadi. Shu sabab mutaxassislar birinchi ish kunida o‘zingizni haddan tashqari zo‘riqtirmaslikni tavsiya qiladi. 🔝 @foydali_malumotuzz — obuna bo‘ling
483
17
🍂 Kuz fasliga xush kelibsiz! Kechagina yangi yilga qadam qoʻygandik... Kechagina oʻrik gullagandi... Kechagina Ramazonni kuz
🍂 Kuz fasliga xush kelibsiz! Kechagina yangi yilga qadam qoʻygandik... Kechagina oʻrik gullagandi... Kechagina Ramazonni kuzatgan edik... Kechagina qurbonliklar soʻygandik... Kechagina yoz faslini kutib olgan edik... Kechagina Mundialni orziqib kutayotgan edik... Koʻz ochib yumguncha yilning 8 oyi ham oʻtib ketibdi, qarang. Bugundan yilning eng sokin, eng iliq xotiralar fasli boshlandi. Kuz – bu yakunlar va yangi boshlanishlar davri. 🔝 @foydali_malumotuzz — obuna boʻling
1 221
18
📌 BHM nima? Nega u oshib boradi? Ertadan 1 BHM = 440 000 so'mga oʻzgaradi. Hoʻsh, BHM nima va u nima uchun kerak? BHM (Bazav
📌 BHM nima? Nega u oshib boradi? Ertadan 1 BHM = 440 000 so'mga oʻzgaradi. Hoʻsh, BHM nima va u nima uchun kerak? BHM (Bazaviy Hisoblash Miqdori) — bu davlat tomonidan belgilangan hisoblash ko‘rsatkichi bo‘lib, turli to'lovlar, jarimalar, soliqlar va boshqa ijtimoiy to'lovlar miqdorini aniqlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi.  BHM odatda, har yili oʻzgarib (koʻtarilib) boradi. Chunki vaqt o‘tishi bilan narxlar, xizmatlar va xarajatlar oshib borishi natijasida davlat ayrim hisoblash mezonlarini ham yangilab turadi. BHM quyidagilarni aniqlashda ishlatiladi: 🔸 Litsenziyalar, patentlar va biznes yuritish bilan bog'liq baʼzi to'lovlar; 🔸 Soliqlar, bojlar, jarimalar va davlat xizmatlari uchun to'lovlar; 🔸 Mikrokreditlar, lizing va boshqa moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlar; 🔸 Tashkilotlarning ustav kapitali miqdorini belgilashda va boshqalarda . 🔝 @foydali_malumotuzz — obuna boʻling
995
19
🇺🇿 31-avgustmi yoki 1-sentabr? Mustaqillik kuni va bayrami haqida gap ketganda, koʻpchilik adashtirib yuborar ekan. Kimdir
🇺🇿 31-avgustmi yoki 1-sentabr? Mustaqillik kuni va bayrami haqida gap ketganda, koʻpchilik adashtirib yuborar ekan. Kimdir — 31-avgust, yana kimdir — 1-sentabr deydi. Shunga aniqlik kiritamiz: 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida tegishli qonun qabul qilinib, Oʻzbekiston Mustaqil davlat deb e’lon qilindi! 1991-yil 1-sentabr esa, Mustaqillik bayrami kuni deb belgilandi! Demak: ✅ 31-avgust — Mustaqillik e’lon qilingan tarixiy sana; ✅ 1-sentabr — Mustaqillik bayrami sifatida nishonlanadigan kun. ✨ BAYRAM MUBORAK BOʻLSIN! 🔝 @foydali_malumotuzz — obuna bo‘ling
1 591
20
Qarz olishning 3 sababi: qaysi biri xavfliroq? Odatda odamlar qarzni uch xil sabab bilan olishadi: 1️⃣ Iqtisodiy rivojlanish
Qarz olishning 3 sababi: qaysi biri xavfliroq? Odatda odamlar qarzni uch xil sabab bilan olishadi: 1️⃣ Iqtisodiy rivojlanish uchun Bu eng foydali qarz turi bo‘lishi mumkin. Masalan, biznes boshlash, bilim olish, daromadni oshirish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun olingan mablag‘ kelajakda yangi imkoniyat yaratadi. 2️⃣ Zarurat uchun Hayotda kutilmagan vaziyatlar bo‘lishi mumkin: davolanish, uy-joy masalalari yoki boshqa muhim ehtiyojlar. Bunday holatlarda qarz muammoni hal qilish vositasiga aylanadi. 3️⃣ Xohishlar uchun Yangi telefon, qimmat avtomobil, sayohat yoki boshqa istaklarni tezroq amalga oshirish uchun olinadigan qarzlar. ⚠️ Eng xavfli qarz — xohishlar uchun olingani. Chunki, inson xohishlarining chegarasi yoʻq. Xohish — bu nafs, nafs esa, hech qachon "toʻxta" demaydi. 🔝 @foydali_malumotuzz — obuna bo‘ling
1 643