en
Feedback
OʻzMU Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakulteti | Rasmiy

OʻzMU Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakulteti | Rasmiy

Open in Telegram

O'zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti hayotidan eng so‘nggi yangiliklar shu yerda. • E’lonlar • Tadbirlar • Tanlovlar • Yutuqlar Murojaat uchun: +998 71 246 01 47 Admin: @Mr_ravshanovich

Show more
2 002
Subscribers
+18224 hours
+2487 days
+27630 days
Posts Archive
*ЭЪЛОН* Тошкент шахри Олмазор тумани, 15-ўрта таълим мактабига “Рус тили ва адабиёти” фанидан рус синфларга ўқитувчи зарур. Манзил: Олмазор тумани, Тансиқбоев-3 мавзеси, 15-мактаб (Мўлжал Тансиқбоев бозорчаси) Боғланиш учун телефон: 90-988-66-71 Маъмура опа (директор).

#SavolJavob 📌 Magistraturaga qabul qilingan talabgordan qanday hujjatlar talab qilinadi? Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda korsatib otilgan.
Biz shu yerdamiz:
👍Telegram 👍Instagram

To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish qanday ishlaydi? 🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring! Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi. Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
Biz shu yerdamiz:
👍Telegram 👍Instagram

🗣Hurmatli 2-kurs magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan hamda 1-kursga tavsiya etilgan talaba xotin-qizlar! ⏺O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-sonli qaroriga muvofiq, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning bir o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov-kontrakt summasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. ⏺Shu munosabat bilan, 2026–2027-o‘quv yilidagi to‘lov-kontrakt summasini davlat budjetidan qoplab berish uchun arizalarni joriy yilning 14-sentabr sanasiga qadar belgilangan tartibda yozib topshirishingizni so‘raymiz. ❔Eslatma: Tabaqalashtirilgan (super) kontrakt to‘lovlari mazkur tartibda qoplab berilmaydi. ℹ️Arizani o‘z vaqtida topshirishingizni so‘raymiz!
Biz shu yerdamiz:
👍Telegram 👍Instagram

🗣2024–2025-o‘quv yilidan boshlab respublikamizning qator oliy ta’lim muassasalarida Registrator ofislari tashkil etildi. ⏺Jumladan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ham Registrator ofisi tashkil etilgan bo‘lib, uning Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti binosida Talabalarga xizmat ko‘rsatish (Front ofis) hamda Ma’lumotlar bazasi (Back ofis) bo‘limlari faoliyat yuritib kelmoqda.
1-qavatda — Talabalarga xizmat ko‘rsatish (Front ofis); 2-qavatda (orqa tomondan chiqish qismida)208-, 209-, 210-xonalarida Ma’lumotlar bazasi (Back ofis) bo‘limlari joylashgan.
⏺Mazkur bo‘limlarda Registrator ofisi menejerlari tomonidan talabalarga tegishli xizmatlar ko‘rsatilib, ularning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda. ⏺Talabalar o‘quv jarayoni, ta’limga oid hujjatlar, ma’lumotnomalar hamda boshqa tegishli masalalar yuzasidan Registrator ofisining Front ofis va Back ofis bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.
Biz shu yerdamiz:
👍Telegram 👍Instagram

🔔Jurnalistika sohasida o‘z mahoratingizni oshirishni, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni va tajribali mutaxassislardan o‘rganishni istaysizmi? ⏺Unda “Yoshlar ovozi” tahririyati tomonidan tashkil etib kelinayotgan “Mahorat maktabi” loyihasining yangi mavsumida ishtirok eting! 🗣 2 oy davomida sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan mahorat darslari o‘tkaziladi. Darslar davomida siz: ▪️ tahliliy va tanqidiy maqolalar yozish; ▪️ mavzu tanlash va faktlar bilan ishlash; ▪️ axborot olish va manbalar bilan ishlash; ▪️ matn tahriri; ▪️ fotografiya; ▪️ notiqlik san’ati; ▪️ video olish va montaj qilish kabi zamonaviy jurnalistika uchun zarur ko‘nikmalarni egallaysiz. 🎁 Eng yaxshi tomoni — darslar mutlaqo BEPUL! 🏆 Loyiha yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi. 🚀 Agar jurnalistika, media va ijodiy sohada o‘zingizni sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz — imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: 👉 @yoshlarovozigazetasibot manziliga murojaat qiling.

#Mustaqillik_darslari OʻzMU Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakultetida “Mustaqillik darslari” davom etmoqda. 🗣Darslar d
+9
#Mustaqillik_darslari
OʻzMU Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakultetida “Mustaqillik darslari” davom etmoqda.
🗣Darslar davomida talabalarga mustaqillikning tarixiy ahamiyati, yurtimizning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyoti, shuningdek, yoshlarning Vatan ravnaqidagi o‘rni haqida tushunchalar berilmoqda. Mustaqillik — bebaho ne’mat, uni qadrlash va asrab-avaylash barchamizning sharafli burchimizdir!
Biz shu yerdamiz:
👍Telegram 👍Instagram

#E’LON To'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlar diqqatiga! 🅰 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585
#E’LON
To'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlar diqqatiga!
🅰 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qarori bilan Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida to'lov kontraktlari mahalliy hokimliklar tomonidan qoplanishi mumkin. 📰 Ushbu masala yuzasidan quyidagi toifalarga tushuvchi xotin-qizlar 14-sentabr kuni, 16.00ga qadar fakultet tyutorlariga murojaat qilishlari lozim! Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar; Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlar; Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni boquvchisini yoʻqotgan (turmush oʻrtogʻi vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolgʻiz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

#Mustaqillik_darslari OʻzMU Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakultetida “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi ⏺Bugun, 7-senty
+7
#Mustaqillik_darslari OʻzMU Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakultetida “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi ⏺Bugun, 7-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi. ⏺Mazkur darslarda talabalarga yurtimiz mustaqilligi tarixi, bunyodkorlik va taraqqiyot bosqichlari, shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyati, ilm-fan sohasidagi yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. ⏺Shuningdek, talabalikka qabul qilinganlarga universitetning infratuzilmasi va asosiy faoliyat yoʻnalishlari tanishtirildi, maʼruza, seminar va amaliy mashgʻulotlar haqida koʻnikma berildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga o'qish davri va bo'sh vaqtlarida qo'llashi mumkin bo'lgan zarur tavsiyalar ta'kidlab o'tildi.
Biz shu yerdamiz:
👍Telegram 👍Instagram

#Mustaqillik35 #NUUz #YangiOquvYili 🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida birinchi kurs talabalari uchun tantanali tanishuv tadbiri o‘tkazildi Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

Talabalikka qabul qilingan abituriyentlar universitetga qanday hujjatlarni topshirishi kerak? 🇺🇿 O‘zbekiston Milliy univers
Talabalikka qabul qilingan abituriyentlar universitetga qanday hujjatlarni topshirishi kerak?
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari safiga qabul qilingan (o‘qishini ko‘chirib kelgan, qayta tiklaganlardan tashqari) 1-kurs (bakalavriat va magistratura) talabalari fakultet dekanatlariga quyidagi shaxsiy yig‘ma jild hujjatlarini topshirishi kerak: Bakalavriat 👇 ⏺Rektor nomiga ariza ⏺Pasport yoki ID-karta nusxasi ⏺Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi ⏺Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar imtiyoz beruvchi hujjatning tasdiqlangan (nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma, to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar, yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxslar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni, tegishli vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan tavsiyanomalar va boshqa imtiyozga egaligini tasdiqlovchi hujjatlar) nusxasi ⏺3,5x4,5 foto ⏺Konvert A5 formatida ⏺Akademik mobillik bo‘yicha hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa) ⏺Javoblar varaqasi (DTM) ⏺Talaba shaxsiy varaqasi Magistratura👇 ⏺Rektor nomiga ariza ⏺Pasport yoki ID-karta nusxasi ⏺Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi ⏺Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar imtiyoz beruvchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi ⏺Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli ⏺3,5x4,5 foto ⏺Konvert A5 formatida ⏺Sinov ishlari nusxasi (agar mavjud bo‘lsa) ⏺Javoblar varaqasi (DTM) ⏺Talaba shaxsiy varaqasi 🎓 O‘qishini ko‘chirib kelgan, qayta tiklagan hamda Akademik mobillik bo‘yicha universitetda tahsil olgan (olayotgan) talabalar uchun hujjatlar nimalardan iborat? Shu havolaga kirib, batafsil tanishing ➡️ qabul.nuu.uz Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

#Mustaqillik35 #NUUz #YangiOquvYili O‘zMUda birinchi kurs talabalari uchun tantanali tanishuv tadbiri o‘tkazildi 🇺🇿 Bugun,
+9
#Mustaqillik35 #NUUz #YangiOquvYili O‘zMUda birinchi kurs talabalari uchun tantanali tanishuv tadbiri o‘tkazildi 🇺🇿 Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan, shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilida universitetga qabul qilingan birinchi kurs talabalari bilan tantanali tanishuv maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. 📰 Tadbirda universitet rahbariyati, taniqli olimlar va akademiklar, ilm-fan va adabiyot namoyandalari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 🎓 Tadbirni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov ochib berib, yig‘ilganlarni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi hamda universitetning yangi talabalari — birinchi kursga qabul qilingan yoshlarni talabalik maqomi bilan qutladi. Batafsil 👉 nuu.uz 👉 На русском 👉 In English Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

Repost from Edu.uz
Markaziy bank maxsus stipendiyasiga tanlov eʼlon qilinadi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiyot, bank ishi, mol
Markaziy bank maxsus stipendiyasiga tanlov eʼlon qilinadi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiyot, bank ishi, moliya, yurisprudensiya va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qiladi.
Talabgorlar uchun asosiy talablari - Bakalavriat va magistraturaning soʻnggi bosqichi kunduzgi boʻlimi talabalari; - Soʻnggi oʻquv yili boʻyicha yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlganlar; - Davlat tilini mukammal, rus va ingliz tillarini kamida B2 darajasida biladiganlar talabalar ishtirok etishlari mumkin.
🔗 Batafsil maʼlumot va tanlovning toʻliq shartlari 📝 Ariza topshirishhttps://t.me/cbu_official_bot 🗓Hujjatlarni topshirish 11-sentabrga qadar davom etadi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Muhim Ertaga O’zbekiston Milliy universiteti birinchi kursga qabul qilingan talabalarni tantanali kutib oladi 🇺🇿 O‘zbekist
#Muhim Ertaga O’zbekiston Milliy universiteti birinchi kursga qabul qilingan talabalarni tantanali kutib oladi 🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida 1-kursga qabul qilingan bakalavriat va magistratura (barcha ta’lim shakli) yo’nalishi talabalarini 7-sentyabr, soat 8.00da universitet hovlisida o’tkaziladigan tantanali bayram tadbiriga taklif etamiz. Ushbu tadbirda universitet rahbariyati talabalarga tanishtiriladi. Rektor va boshqa mehmonlarning qutlov so’zlari tinglanadi. Qisqa konsert dasturi namoyish etiladi.
Bakalavriat (kunduzgi): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 10-sentyabr; ➖3- va 4-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi. ⏺Bakalavriat (kechki): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 10-sentyabr; ➖3-, 4- va 5-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi. ⏺Bakalavriat (masofaviy): ➖1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi; ➖Barcha kurslar uchun — 14 sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi.   ⏺Bakalavriat (sirtqi): ➖5-kurslar uchun — 3-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi; ➖4-kurslar uchun — 2-oktyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi; ➖3-kurslar uchun — 2-noyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi. ____ Magistratura (kunduzgi): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 10-sentyabr; ⏺Magistratura (kechki): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi; ⏺Magistratura (masofaviy): ➖1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi; ➖1, 2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi.
Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

#Долзарб ЭНЕРГЕТИК ИЧИМЛИКЛАР НИМАСИ БИЛАН ХАВФЛИ? Бугун ёшлар ўртасида урф бўлган энергетик ичимликлар илк бор 1960 йилда Японияда дори воситаси сифатида яратилган. Кейинчалик Европа ва АҚШни «забт этгач», бизнесменлар бу маҳсулотни оммалаштириш учун таркибига бир қанча кимёвий моддаларни қўшишган. 2014 йилга келиб, ЖССТ ўсмирлар ўртасида энергетик ичимликлар кўп истеъмол қилинаётгани юзасидан хавотирли баёнот билан чиқди. 2017 йилда эса АҚШда 16 ёшли ўсмирнинг ўлимига кўп миқдорда истеъмол қилинган энергетик ичимлик сабаб бўлгани айтилди. Ҳозир дунёнинг қатор давлатларида бундай маҳсулотлар сотувига тақиқлар ўрнатилган. Ўзбекистонда ҳам бу борада маълум қонуний чекловлар амалда. Хўш, шифокорлар нега бу маҳсулотдан тийилишни тавсия қилади? Дониёр АЛИМОВ, Республика шошилинч тиббий ёрдам илмий маркази директори: — Энергетик ичимликлар меъёрдан ортиқ ва сурункали истеъмол қилинса, бош мия, марказий нерв тизими, бўғимлар ва бошқа аъзоларга жиддий зиён етади. Таркибидаги кофеин — психостимулятор модда. У вақтинчалик тетиклик ҳиссини бағишлаб, чарчоқни аритиши, ақлий фаолиятни кучайтириши мумкин, аммо маълум бир вақтдан сўнг, масалан, 1 – 1,5 соат ўтгач, инсон организмида ҳорғинлик баттар кучаяди, бош оғриғи пайдо бўлади ва нафақат ақлий, балки жисмоний фаолият ҳам сусаяди. Бундай маҳсулотларни тез-тез истеъмол қилувчиларда кейинчалик бўғимларда оғриқлар пайдо бўла бошлайди ва маълум бир асоратларга олиб келади. Ўсмирлар ва болалар учун ҳафта мобайнида кофеин истеъмолини 60 мг.дан оширмаслик керак. Битта энергетик ичимлик таркибида эса ўртача 30 мг кофеин мавжуд. Энергетиклар ичиш 18 ёшга тўлмаган болалар ва ўсмирлар, ҳомиладор ва эмизувчи аёллар, юрак-қон томир хасталикларига чалинган ҳамда қандли диабети бор беморларга мутлақо тавсия этилмайди. Севара ФАХРУТДИНОВА, Республика ихтисослаштирилган эндокринология илмий-амалий тиббиёт маркази масъул ходими: — Энергетик ичимликлар меъёридан ортиқ истеъмол қилинганда қонда глюкоза миқдори кўпайиб кетади. Шакарнинг ортиқча қисми ёғга айланади ва инсулин организмда кўпайиб, қандли диабетга олиб келади. Энг ёмони, одам бу ичимликка беихтиёр боғланиб қолади. Қолаверса, энергетикларни кўп истеъмол қилиш инсон танасидаги ҳужайра ва тўқималарга жиддий зарар етказиб, жигар, юрак қон-томир касалликларига олиб келади. Гули ШАЙХОВА, Тошкент тиббиёт академияси профессори, тиббиёт фанлари доктори: — Юқори концентрацияланган қувватбахш ичимликлар таркибидаги таурин – энергетик жараённи жадаллаштирувчи ва нерв тизимини ривожлантирувчи модда. Унинг инсон организми учун суткалик меъёри – 400 мг. Айрим энергетиклар таркибида эса бу модда 2 баробаргача ошиқ бўлади ва ўсмирлар соғлигига салбий таъсир кўрсатади. Бундай ичимликлар қисқа муддатда организмга зарарли таъсир кўрсата бошлайди. Лекин таркибида ортофосфат кислотаси борлиги учун буни сезмайсиз. Масалан, 45 дақиқадан сўнг дофамин ишлаб чиқарилиши ортиб, бош мияда роҳатланиш, қониқиш марказини қўзғатади. 70-80 дақиқадан кейин акс таъсир қилиш вақти бошланиб, организмда ҳолсизлик ҳолатлари юзага келади. Қолаверса, энергетик ичимликлар асаб тизимини ишдан чиқаради. Руҳий касалликларга чалиниш хавфи ортади, одамларда тажовузкорлик кучаяди. Болаларнинг зеҳни ўтмаслашиб, дарсларни ўзлаштириши пасайиб кетиши, ногирон, ақли заиф фарзандлар туғилиши айни шундай иллатларнинг ҳам асорати, десак хато бўлмайди. АҚШлик тадқиқотчилар хулосаси: Энергетик ичимликлар юракдаги QT интервали (юракнинг электрик систоласи)ни ўртача 2 соатда 10 миллисонияга оширади. Агар миллисонияларда ўлчанадиган ушбу вақт оралиғи ҳаддан ташқари узун ёки калта бўлса, юрак урушида жиддий ўзгаришлар юз беради. Бу эса ҳаёт учун хавфли бўлган аритмияга олиб келиши мумкин. Telegram  |  Instagram |  Youtube |  Facebook

Китоб ўқимай қўйган жамият қандай ўзгаради? — Илм, тарбия ва зиёлилик ҳақида суҳбат Китоб ўқишдан воз кечган жамиятнинг келажаги қандай бўлади? Инсонга яхши яшаш учун фақат касбий билимнинг ўзи етарлими? Гуманитар фанлар, бадиий адабиёт ва фалсафа жамият ҳаётида қандай ўрин тутади? Илк суҳбатда иқтисодчи Жамшид Муслимов ва шифокор Одилхон Алимхонов ношир ва файласуф Хуршид Йўлдошев билан китобхонлик маданияти, илмга муносабат ва бола тарбияси ҳақида суҳбатлашди. Суҳбат давомида болалар ва катталарнинг китоб ўқишга қизиқиши нега пасайгани, ота-онанинг фарзанд таълимидаги ўрни, касбий билим билан умумий билим ўртасидаги фарқ, аниқ ва гуманитар фанларнинг аҳамияти, жамиятдаги этик стандартлар ҳамда «яхши ҳаёт кечириш учун яхши ўқишнинг ўзи етарлими?» деган саволлар муҳокама қилинди. 📹ТЎЛИҚ СУҲБАТНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

Repost from Xushnudbek.uz
❗️1 mlrd so’mlik ta’lim granti: kontraktdagi talabalar uchun XushnudbekUz kanali "Mustaqillik-35" grantini e’lon qildi Bir ne
❗️1 mlrd so’mlik ta’lim granti: kontraktdagi talabalar uchun XushnudbekUz kanali "Mustaqillik-35" grantini e’lon qildi Bir necha yil avval yaxshi niyatlar bilan Metsenat.uz loyihasini boshlagandik. Loyihadan asosiy maqsad ta’limga investitsiya kiritish, ehtiyojmand talabalarga ilm olishlari uchun moddiy ko‘mak berish, jamiyatda metsenatlik (homiylik) madaniyatini shakllantirish edi. Bugunga qadar loyihamizda salkam 7 mlrd so’mlik grant va stipendiyalar e’lon qilindi. Allohga shukr, mamnuniyat bilan navbatdagi ta’lim grantini e’lon qilmoqchimiz. Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan XushnudbekUz Telegram kanali e’lon qilgan ta’lim grantida 100 nafar talabaga 10 mln so‘mdan, jami 1 milliard so‘mlik mablag‘lar to‘lab berishni niyat qildik. ℹ️ Ma’lumot uchun: mazkur ta’lim granti Yoshlar ishlari agentligining Ibrat farzandlari, Mutolaa, UzChess, Ustoz AI, Ko‘mak, Yoshlar Ventures, UzCombinator kabi loyihalari bilan kelishuv asosida e’lon qilinmoqda. Kelishuvimizga ko‘ra, men 1 yil davomida ushbu ijtimoiy loyihalarni tekinga targ’ib qilaman, evaziga esa ular 100 nafar talabaning kontrakti uchun 10 million so’mdan to’lab berishadi. ❗️Ariza topshiring hamda 100 nafar g‘olibdan biriga aylaning. 📲 ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH Taʼlim granti haqida maʼlumot: 🏢 Qaysi OTMlar uchun: barcha davlat, nodavlat, diniy oliygohlar uchun 📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi 📚 Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, kechki, masofaviy va sirtqi 👥 Necha kishiga beriladi: 100 nafar (shundan kamida 5 nafari TDYU talabalari uchun) 💰Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 10 mln so‘mdan (jami 1 mlrd so‘m) ❓Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar. Shuningdek, anketa oxirida yoziladigan esse ham juda muhim. 📲 ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH ⏳Hujjatlar 15-sentyabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.
Eslatma: arizalar to‘liq elektron tizim orqali qabul qilinishi tufayli, mabodo hujjat topshirishda texnik muammo yoki tushunmovchilik bo‘lsa, mana bu yerda izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈

#qabul2026 #super_kontrakt ⚡️ O'zbekiston Milliy universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun super kontrakt miqdorlari tasdiqla
#qabul2026 #super_kontrakt ⚡️ O'zbekiston Milliy universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun super kontrakt miqdorlari tasdiqlandi 🇺🇿 2026/2027-o‘quv yili qabuli bo‘yicha kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan, biroq qo‘shimcha ravishda talaba bo‘lish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tomonidan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super kontrakt) miqdorlari tasdiqlandi. 🎓 Super kontrakt asosida o‘qishga to‘plagan bali 56,7 balldan kam bo‘lmagan va belgilangan qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar qo‘shimcha ravishda qabul qilinishi mumkin. Tanishing 👉 Super kontrakt miqdori 🇺🇿 O'zbekiston Milliy universitetining 2026/2027-o'quv yilida bakalavr/magistratura mutaxassisliklari bo'yicha bir nafar talabani to'lov-kontrakt shaklidagi bir yillik o'qitish 👉 QIYMATI Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qarori'ga muvofiq to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin