en
Feedback
Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi

Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi

Open in Telegram

Samarqand viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi rasmiy kanali. Aloqa uchun: +998939990040

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
6 001
Subscribers
-1524 hours
-1367 days
-63330 days
Posts Archive
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Bundan ilgariroq G‘.Mirzayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi. — Указом Президента Республики Узбекистан Мирзаев Гафуржон Ганиевич назначен на должность заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан – председателя Ассоциации махаллей Узбекистана и в связи с этим освобожден от должности советника Президента Республики Узбекистан по кадровым вопросам. Ранее кандидатура Г.Мирзаева была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса. Facebook|Instagram|X

Bugun, 7 - sentabr kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo: ☀️ +33°...+22°, Ochiq havo Hozir: ☀️ +22°, ⬆️ 1.7 m/s Tong:
Bugun,  7 - sentabr kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo: ☀️ +33°...+22°, Ochiq havo Hozir: ☀️ +22°, ⬆️ 1.7 m/s Tong: ☀️ +26° Kun: ☀️ +32° Oqshom: ☀️ +28° Namlik: 14% Shamol: G'arbiy, 5.8 m/s Bosim: 759 mm sim. ust. Oy: Eski oy Quyosh chiqishi: 06:05 Quyosh botishi: 18:55 Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram

📚 KITOB — QALB CHIROG‘I VA MA’NAVIY TAYANCH Samarqand ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida zamonaviy “Kitob burchagi” foydalanishga topshirildi. ✨ Ushbu maskan o‘quvchilarga nima beradi? Ushbu burchakdan o‘rin olgan saralangan badiiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy adabiyotlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, mutolaa zavqini his etish hamda yangi bilimlar ummoniga sho‘ng‘ishlari uchun xizmat qiladi. “Kitob — inson tafakkurini boyitadigan, qalbni vazg‘inlikka, ma’naviyatni esa kamolotga yetaklaydigan eng sodiq hamrohdr.” Texnikumda yoshlarning har bir daqiqasini unumli o‘tkazish va ularni har taraflama yetuk mutaxassis hamda komil inson bo‘lib yetishishlari uchun bu kabi ma’rifiy loyihalar izchil davom ettiriladi. Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram

Bugun, 5 - sentabr kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo: ☀️ +31°...+19°, Ochiq havo Hozir: ☀️ +19°, ↖️ 2.6 m/s Tong:
Bugun,  5 - sentabr kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo: ☀️ +31°...+19°, Ochiq havo Hozir: ☀️ +19°, ↖️ 2.6 m/s Tong: ☀️ +23° Kun: ☀️ +30° Oqshom: ☀️ +28° Namlik: 19% Shamol: Shimoli-sharqiy, 6.1 m/s Bosim: 761 mm sim. ust. Oy: Eski oy Quyosh chiqishi: 06:03 Quyosh botishi: 18:58 Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram

Kasbiy ta’limda yangi imkoniyatlar Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram

📌 SAMARQAND VILOYATIDA TEXNIKUM DIREKTORINING O'RINBOSARi LAVOZIMLARIGA NOMZODLAR BILAN SUHBAT JARAYONI O‘TKAZILDI Samarqand
+2
📌 SAMARQAND VILOYATIDA TEXNIKUM DIREKTORINING O'RINBOSARi LAVOZIMLARIGA NOMZODLAR BILAN SUHBAT JARAYONI O‘TKAZILDI Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi tizimidagi texnikumlarning vakant direktor o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlar bilan suhbat jarayoni o‘tkazildi. Unda Ishtixon tumani 2-son texnikumi, Oqdaryo tumani 1-son texnikumi hamda Samarqand shahar 1-son texnikumining direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga nomzodlar ishtirok etdi. ✅ Suhbat davomida nomzodlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari, boshqaruv salohiyati, tashabbuskorligi, liderlik qobiliyati hamda zamonaviy ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha kompetensiyalari baholandi. ✅ Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, pedagogik jamoa faoliyatini samarali tashkil etish, yoshlar bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish va ta’lim muassasalarini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslariga alohida e’tibor qaratildi. ✅ Suhbat jarayoni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida ochiqlik, shaffoflik, xolislik va adolat tamoyillari asosida tashkil etildi. Mazkur jarayon kasbiy ta’lim tizimida zamonaviy bilim va boshqaruv ko‘nikmalariga ega, tashabbuskor hamda mas’uliyatli rahbar kadrlarni tanlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |Instagram

Samarqandlik yoshlar xalqaro konferensiyada faol ishtirok etmoqda Samarqand shahrida Parlamentlararo Ittifoqning Yosh parlament a’zolari XII global konferensiyasi davom etmoqda. «Murakkab davrda inson huquqlari, adolat va inson qadr-qimmatini tiklash yo‘lida» mavzusida o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro anjumanda dunyoning 58 ta mamlakatidan yosh parlament a’zolari hamda 11 ta xalqaro tashkilot vakillaridan iborat 250 ga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda. Anjuman 6-sentyabrga qadar davom etadi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |Instagram

Sayyor qabul o‘tkaziladi 5-sentabr, soat 08:00 dan boshlab Paxtachi tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi medit
Sayyor qabul o‘tkaziladi 5-sentabr, soat 08:00 dan boshlab Paxtachi tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi meditsina texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi. Sayyor qabulda viloyat Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari X.Ochilov, viloyat sudi raisining o‘rinbosari - fuqarolik sudlov hay'ati raisi O.Hasanov, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari S.Bozorov, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Haydarov hamda viloyatdagi barcha tegishli korxona va tashkilot mas’ullari ishtirok etadi. Sizni qiynayotgan muammo, taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa sayyor qabulda murojaat qilishingiz mumkin. Agar sayyor qabulga kelish imkoniyatingiz bo‘lmasa, t.me/samhokimgamurojaat_bot orqali onlayn murojaat yo‘llashingiz mumkin. Manzil: Paxtachi tumani Jahonobod mahallasi Ziyovuddin ko‘chasi 146-uy. Mo‘ljal: Paxtachi tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi meditsina texnikumi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |Instagram

#Ayni_vaqtda ✅ “Ma’naviyat soati” boʻlib oʻtmoqda. 🖋 Ayni damda haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot ber
+6
#Ayni_vaqtda “Ma’naviyat soati” boʻlib oʻtmoqda. 🖋 Ayni damda haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” doirasida “Ma’naviyat soati” bo'lib o'tmoqda. 🎬 Unda Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi, tuman va shaharlar texnikum xodimlari ham onlayn ravishda ishtirok etishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |Instagram

Bugun, 4 - sentabr kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo: 🌧 +30°...+19°, Yomg'ir Hozir: ☁️ +19°, ↖️ 2.7 m/s Tong: ☁️
Bugun,  4 - sentabr kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo: 🌧 +30°...+19°, Yomg'ir Hozir: ☁️ +19°, ↖️ 2.7 m/s Tong: ☁️ +23° Kun: ☀️ +29° Oqshom: ☁️ +27° Namlik: 22% Shamol: Sharqiy-shimoli-sharq, 6.3 m/s Bosim: 760 mm sim. ust. Oy: So'nggi chorak Quyosh chiqishi: 06:02 Quyosh botishi: 19:00 Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosq
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda. Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi. Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi. Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram

📺 “Samarqand STV”da jonli muloqot! Ayni daqiqalarda Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi rahbariyati hamda texnikum direktorlari ishtirokida dolzarb mavzuga bag‘ishlangan ko‘rsatuv efirga uzatilmoqda. Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram

Bugun, 3 - sentabr kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo: ☁️ +31°...+19°, Bulutli Hozir: ☀️ +19°, ↖️ 2.4 m/s Tong: ☁️
Bugun,  3 - sentabr kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo: ☁️ +31°...+19°, Bulutli Hozir: ☀️ +19°, ↖️ 2.4 m/s Tong: ☁️ +24° Kun: ☁️ +31° Oqshom: ☁️ +26° Namlik: 16% Shamol: Shimoli-g'arbiy, 6.8 m/s Bosim: 759 mm sim. ust. Oy: Qisqarayotgan oy Quyosh chiqishi: 06:01 Quyosh botishi: 19:01 Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram

BILIMLAR KUNI — YANGI MARRALAR SARI DADIL QADAM Samarqand viloyati texnikumlarida 2026–2027-o‘quv yilining ilk kuni — “Biliml
+6
BILIMLAR KUNI — YANGI MARRALAR SARI DADIL QADAM Samarqand viloyati texnikumlarida 2026–2027-o‘quv yilining ilk kuni — “Bilimlar kuni” munosabati bilan tantanali tadbirlar ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirda Samarqand viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Nasimov ishtirok etib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi. Tadbirda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishi muhim vazifa ekani ta’kidlandi. O‘quvchilarga yangi o‘quv yilida puxta bilim olish, tanlagan kasbini mukammal egallash va yuksak marralarni ko‘zlash borasida ezgu tilaklar bildirildi. “Bilim — kelajak poydevori, hunar — hayot tayanchi” tamoyili asosida tashkil etilgan tadbir badiiy chiqishlar va bayramona dasturlar bilan davom etdi. Yangi o‘quv yili Samarqand viloyati texnikumlari o‘quvchilari uchun yangi bilimlar, ulkan imkoniyatlar va ezgu maqsadlar sari dadil qadam bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |Instagram

Islom Karimov xotirasiga ehtirom koʻrsatildi 2-sentabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezident
+5
Islom Karimov xotirasiga ehtirom koʻrsatildi 2-sentabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi. Islom Karimov mamlakatimiz tarixining gʻoyat murakkab va masʼuliyatli davrida Oʻzbekistonga rahbarlik qildi. Uning nomi mustaqillikning qoʻlga kiritilishi, milliy davlatchiligimizning tiklanishi va yurtimizning mustaqil taraqqiyot yoʻliga chiqishi bilan uzviy bogʻliq. Mustaqillik, eng avvalo, bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |Instagram

SAMARQAND YANGILIKLARI | QURILISH SOHASIGA MALAKALI MUTAXASSISLAR TAYYORLAYDIGAN MARKAZ ISH BOSHLADI 31.08.2026-YIL
Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |Instagram

Bugun, 2 - sentabr kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo: ☀️ +31°...+17°, Ochiq havo Hozir: ☀️ +17°, ↖️ 2.5 m/s Tong:
Bugun,  2 - sentabr kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo: ☀️ +31°...+17°, Ochiq havo Hozir: ☀️ +17°, ↖️ 2.5 m/s Tong: ☁️ +22° Kun: ☁️ +30° Oqshom: ☁️ +27° Namlik: 12% Shamol: Sharqiy-janubi-sharq, 6.2 m/s Bosim: 761 mm sim. ust. Oy: Qisqarayotgan oy Quyosh chiqishi: 06:00 Quyosh botishi: 19:03 Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram

MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! Aziz hamshaharlar, qadrli kasb-hunar ta’limi fidoyilari va muhtaram ustozlar!
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! Aziz hamshaharlar, qadrli kasb-hunar ta’limi fidoyilari va muhtaram ustozlar! Samarqand viloyati Kasb-ta’lim boshqarmasi jamoasi sizlarni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to‘yi bilan samimiy muborakbod etadi. Mustaqillik — bu biz uchun bebaho ne’mat, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Yurtimiz ravnaqi va ertangi kunimiz egalari bo‘lmish yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularning salohiyatini oshirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli mehnatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Sizning har biringizning mehnatingiz Yangi O‘zbekiston kelajagini qurishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu shukuhli bayram kunlarida xonadoningizga tinchlik-totuvlik, qut-baraka, o‘zingizga sihat-salomatlik va faoliyatingizda yangi-yangi zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Hurmat bilan, Samarqand viloyati Kasb-ta'lim boshqarmasi jamoasi Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram

SAMARQAND YANGILIKLARI | SAMARQAND ILGʻOR KASBIY MAHORAT TEXNIKUMIGA OʻQISHGA KIRISH UCHUN TEST SINOVLARI OʻTKAZILDI 29.08.2026-YIL Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram

SAMARQAND YANGILIKLARI | SAMARQAND ILGʻOR KASBIY MAHORAT TEXNIKUMIGA OʻQISHGA KIRISH UCHUN TEST SINOVLARI OʻTKAZILDI 29.08.2026-YIL Rasmiy sahifalar: ✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube