Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Ir al canal en Telegram
Samarqand viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi rasmiy kanali. Aloqa uchun: +998939990040
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
7 904
Suscriptores
-3524 horas
-2557 días
-1 16830 días
Archivo de publicaciones
📱PREMYERA!
Xabaringiz bor, 5-30 may kunlari respublikamiz boʻylab “Kasblar festivali” oʻtkazildi.
Festival haqidagi film premyerasi 26-iyun 10:20 da “Mening yurtim” telekanali orqali efirga uzatiladi.
🔥Festivalning yorqin lahzalarga boy taassurotlari ko‘rsatiladigan maxsus filmni Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy YouTube sahifasi orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni kuzatingTelegram |📷Instagram
Bugun futbol bo‘yicha jahon chempionati doirasida O‘zbekiston va Portugaliya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi muhim va tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytda ushbu bahs Samarqand shahridagi "Moʻjiza" amfiteatrida katta ekran orqali jonli namoyish etilmoqda.
Bu yerda tashkil etilgan katta ekran orqali minglab muxlislar uchrashuvni jonli tomosha qilmoqda. Viloyat hokimi Adiz Boboyev, jamoatchilik vakillari va faol yoshlar, barcha futbol ishqibozlari mazkur maskanda jam bo‘lib, milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Har bir vaziyat katta hayajon bilan kuzatilmoqda.
Bugungi bahs natijasi qanday yakun topishidan qat’iy nazar, muxlislarning milliy terma jamoamizga bo‘lgan ishonchi va qo‘llab-quvvatlovi kuchli ekani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topmoqda.
✈️Бизни кузатингTelegram |📷Instagram
+2
⚽ "JCh-2026": Yana bir necha daqiqadan so‘ng futbol bo‘yicha jahon chempionati doirasida Oʻzbekiston va Portugaliya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi muhim va tarixiy uchrashuv boshlanadi.
Ushbu o‘yin Samarqand shahridagi "Moʻjiza" amfiteatrida katta ekran orqali namoyish etiladi.
Yurtdoshlarimiz mazkur uchrashuvni tomosha qilish uchun amfiteatrda yig‘ilmoqda.
✈️Бизни кузатингTelegram |📷Instagram
Ayrim koʻchalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi
Bir necha soatdan soʻng Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” amfiteatrida konsert dasturlari hamda futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv namoyishi tashkil etiladi.
Shu munosabat bilan, jamoat tartibi va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida bugun soat 19:00 dan tadbir yakuniga qadar Abdurahmon Jomiy ko‘chasining Universitet xiyobonidan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismi hamda Bobur Mirzo ko‘chasining Rim ko‘chasi kesishmasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
📱Bizni kuzatishda davom eting!
✈️Telegram |📷Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi boshlandi. Davlatimiz rahbari Namangan xalqaro aeroportida yangi yoʻlovchi terminali qurilishini koʻzdan kechirdi.
—
Началась поездка Президента Шавката Мирзиёева в Наманганскую область. Глава нашего государства осмотрел ход строительства нового пассажирского терминала международного аэропорта Намангана.
#Mirziyoyev #safar #aeroport #terminal
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
23-iyun — Davlat xizmati kuni
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish hamda xalqparvar davlat barpo etish yo‘lidagi ulkan vazifalarni ro‘yobga chiqarishda davlat xizmatchilari muhim o‘rin tutadi.
Mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natija berishi, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va xalq manfaatlariga xizmat qilishi, avvalo, sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz hamda kasbiy salohiyatingiz bilan chambarchas bog‘liqdir.
Davlat xizmati — bu nafaqat kasb, balki Vatan va xalq oldidagi yuksak mas’uliyat, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida xizmat qilish sharafidir. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha davlat xizmatchilarini samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar, ulkan zafarlar va yuksak marralar tilaymiz.
Davlat xizmati kuni muborak bo‘lsin!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Har yili “kasb vaucheri” dasturi uchun 20 milliard so‘m ajratib boriladi.
Prezidentimizga taqdim etilgan xususiy kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha taqdimotda, kelgusi uch yilda xususiy sektor ulushini oshirish orqali xalqaro standartlarga mos o‘quv va baholash markazlari sonini 50 tadan 200 taga yetkazish hamda har yili 500 ming nafar aholini kasbiy ta’lim bilan qamrab olish rejalashtirildi. Hozirda bu ko‘rsatkich 45 ming nafarni tashkil etadi.
Buning uchun 300 dan ortiq o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqilib, xalqaro talablarga moslashtiriladi. Kamida 1 ming nafar o‘qituvchi va ta’lim ustalarining malakasi oshiriladi. Ushbu dasturlarni moliyalashtirish uchun Bandlik jamg‘armasidan 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.Xususiy kasbiy ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish uchun yil yakunigacha ularni jihozlash dasturiga 100 million dollar jalb qilinadi. Bitiruvchilar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 5 million dollarlik “Venchur jamg‘armasi” tashkil etiladi. Shu yildan boshlab har yili “kasb vaucheri” dasturi uchun 20 milliard so‘m ajratib boriladi.
Taqdimotda xususiy kasbiy ta’lim tashkilotlari uyushmasini tashkil etish, uning faoliyatini moliyalashtirish hamda “Ko‘nikmalar parki” ekotizimini yaratish rejalari ham ko‘rib chiqildi. Soha muammolarini davlat idoralari bilan birgalikda tezkor hal qilish uchun doimiy ishlaydigan raqamli muloqot platformasini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.
Bizni kuzatingWebsite | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам развития частного профессионального образования.
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #bandlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Tadbirkorlarga texnikumlardagi boʻsh binolardan bepul foydalanish imkoniyati beriladi
Taqdimotda tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida:
➖bildirilgan taklif va muammolar;
➖ xususiy kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni bojxona bojidan ozod qilish;
➖ xorijiy oʻqituvchilar, mutaxassis va ustalar uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash kabi masalalar koʻrib chiqildi.
Shuningdek, 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bino qurilishi va taʼmiri, zarur uskunalarni xarid qilish uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining 7 foizi qoplab beriladi.⏏️Xorijiy mutaxassislar va malakali oʻqituvchilarni jalb qilish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Kasbiy malakani baholash uskunalari va dasturiy mahsulotlar xarajatlarining 30 foizi, xorijda tan olinadigan va milliy kasbiy malaka sertifikatlari xarajatlarining 50 foizi miqdorida kompensatsiya toʻlanadi.
Shu bilan birga, bunday imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralaridan foydalangan tadbirkorlar qurilgan yoki ijaraga olingan binolarning kamida 60 foizida kasbiy tayyorgarlikni tashkil etishi va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishi shart boʻladi.📌 Tadbirkorlarga sotilgan yer uchun toʻlovni 5 yilgacha foizsiz boʻlib toʻlash, boʻsh turgan davlat obyektlarini kamida 5 yilga ijaraga olish, texnikumlardagi boʻsh binolardan bepul foydalanish imkoniyati beriladi. Prezidentimiz taqdim etilgan choralarni maʼqullab, xususiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish, oʻquv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, aholini talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish va tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.
Bizni kuzatingWebsite | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
⚽️ Tarixiy uchrashuvga sanoqli soatlar qoldi!
Ertaga, 23-iyun kuni soat 22:00 da futbol bo‘yicha jahon chempionati doirasida Oʻzbekiston va Portugaliya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi muhim va tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Ushbu bahs Samarqand shahridagi "Moʻjiza" amfiteatrida katta ekran orqali jonli namoyish etiladi.
Barcha hamshaharlarimiz va futbol muxlislarini mazkur tarixiy uchrashuvni birgalikda tomosha qilish hamda milliy terma jamoamizni faol qoʻllab-quvvatlashga chorlaymiz.
🇺🇿 Birgalikda gʻalaba sari!
Olgʻa, Oʻzbekiston!
Olgʻa, Oq boʻrilar!
📱Bizni kuzatishda davom eting!
✈️Telegram |📷Instagram
⚡️Texnikum bitiruvchilari uchun oliy ta’limning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirish ro‘yxati tasdiqlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalarida o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishlari boʻyicha tegishli ro‘yxat tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, texnikum bitiruvchilari oliy ta'limga quyidagi tartib va imtiyozlar asosida qabul qilinadi:
➖ oliy taʼlimga kirish imtihonlarisiz, faqat yakka tartibdagi suhbat orqali;
➖ o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan boshlab;
📌Bunda oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
📱Bizni kuzatishda davom eting!
✈️Telegram |📷Instagram
+2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklari yetkazildi. Muloqot davomida ikki qardosh xalq o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik rishtalari, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva ta’kidlaganidek, Qozog‘iston O‘zbekiston uchun shunchaki qo‘shni davlat emas, balki yaqin do‘st, ishonchli strategik hamkor va ittifoqchidir. Bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib, yangi mazmun bilan boyib bormoqda.
Uchrashuv chog‘ida Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi qardoshlik va birodarlik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi hamda iliq qabul uchun minnatdorlik bildirildi.
📱Bizni kuzatishda davom eting!
✈️Telegram |📷Instagram
+1
#Sport_boks
Nigina O‘ktamova Jahon kubogi g‘olibasi!
-57 kg vazn toifasidagi vakilamiz Nigina O‘ktamova Jahon kubogi finalida hindistonlik Prachiga qarshi ringga ko‘tarildi.
Har uch raundni ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan O‘ktamova raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Yakunda 5:0 hisobida g‘alaba qozongan Nigina Jahon kubogi oltin medalini qo‘lga kiritdi!
Ma’lumot uchun, Ishtixon tuman sport maktabi tarbiyalanovchisi Nigina O‘ktamova yoshlar o‘rtasida ham jahon chempionatida zafar quchgandi.
——
📱Bizni kuzatishda davom eting!
✈️Telegram |📷Instagram
⚽️ Yillar davomidagi orzu. Millionlab yuraklarning umidi. Butun xalq kutgan tarixiy lahza.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sport sohasida amalga oshirilgan izchil islohotlar, zamonaviy infratuzilma va futbol rivojiga qaratilgan e’tibor o‘zining tarixiy samarasini berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati maydoniga chiqdi! O‘zbekiston bayrog‘i futbolning eng nufuzli maydonida hilpiradi!Millionlab muxlislar orzusini ro‘yobga chiqargan, O‘zbekiston nomini jahon chempionati sahifalariga muhrlagan futbolchilarimizga yuksak ehtirom! 📱Bizni kuzatishda davom eting! ✈️Telegram |📷Instagram
+6
📊 559 nafar yosh o‘z mahoratini namoyon etdi
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Samarqand viloyati bosqichida 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 559 nafar yosh ishtirok etdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etib, kasbiy mahorat borasida munosib raqobat olib bordilar. Tadbirda xorijiy mehmonlar ham ishtirok etib, yoshlarning salohiyatiga yuqori baho berdilar.
Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
📱Bizni kuzatishda davom eting!
✈️Telegram |📷Instagram
+6
🏆 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
Samarqand shahridagi “Nurafshon” san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi viloyat bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat rahbariyati, kasbiy ta’lim tizimi vakillari, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.Tanlov yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ishchi kasblar nufuzini yuksaltirish va xalqaro maydonlarga munosib kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
📱Bizni kuzatishda davom eting!
✈️Telegram |📷Instagram
+6
🏆 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
Samarqand shahridagi “Nurafshon” san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi viloyat bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat rahbariyati, kasbiy ta’lim tizimi vakillari, ustozlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tanlov yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ishchi kasblar nufuzini yuksaltirish va xalqaro maydonlarga munosib kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
📱Bizni kuzatishda davom eting!
✈️Telegram |📷Instagram
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
