KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI
Open in Telegram
Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat
Show more2 721
Subscribers
+4824 hours
+3697 days
+69330 days
Posts Archive
#Ilmiy_faoliyat
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Iroda Komolova dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi.
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling!
🏛 Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi mumkin.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
⚠️ RASMIY OGOHLANTIRISH
So‘nggi kunlarda Telegram messenjerida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov nomidan ochilgan soxta akkauntlar orqali yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda.
Jumladan, institutda go‘yoki rejali tekshiruvlar o‘tkazilishi haqida xabarlar yuborilmoqda. Bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.Shuningdek, soxta akkauntlar orqali turli topshiriqlar berish, pul mablag‘i yoki shaxsiy ma’lumotlarni so‘rash holatlari kuzatilmoqda. Bunday murojaatlar yolg‘ondir. Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov bunday xabarlar yubormaydi. Ehtiyot choralariga amal qiling: Xabarlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring. Noma’lum akkauntlarga ishonmang. Shaxsiy va bank ma’lumotlaringizni hech kimga taqdim etmang. Ogoh bo‘ling, soxta akkauntlarga aldanmang!
😅“Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi start olmoqda!
Joriy yilning 5–7-avgust kunlari tanlovning eng mas'uliyatli va hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Akseleratsiya bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 90 nafar eng kuchli ishtirokchi bosh sovrin uchun kurashadi.
Final bahslari quyidagi jadval bo‘yicha o‘tkaziladi:
✅ 5-avgust: “Eng yaxshi g‘oya”
✅ 6-avgust: “Eng yaxshi loyiha”
✅ 7-avgust: “Eng yaxshi ixtiro”
Ishtirokchilar — talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar ushbu yo‘nalishlarda o‘z ishlanmalarining amaliy va iqtisodiy samaradorligini kengaytirilgan ekspertiza oldida himoya qiladilar.
Taqdimotlar yakuniga ko‘ra tanlovning 9 nafar mutloq g‘olibi aniqlanadi va bosh sovrin — Prezident sovg‘asi: BYD Chazor avtomobili egasiga aylanadi.
✔️Boshlanish vaqti: 10:00
✔️Manzil: Toshkent shahri, Qamarniso ko‘chasi, 8/1-uy (Innotexnopark binosi)
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+4
Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan seminar-treningda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari Iroda Komolova va Gulnoza Xalbayeva ishtirok etmoqda.
Seminar davomida yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, konstruktiv uyg‘unlik, Reggio Emilia konsepsiyasi, STEAM, o‘yin asosidagi, inklyuziv ta’lim hamda formativ baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
+4
Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan seminar-treningda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari Iroda Komolova va Gulnoza Xalbayeva ishtirok etmoqda.
Seminar davomida yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, konstruktiv uyg‘unlik, Reggio Emilia konsepsiyasi, STEAM, o‘yin asosidagi, inklyuziv ta’lim hamda formativ baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
🎓 Respublika nomdor va Prezident davlat stipendiyalariga arizalar qabuli boshlandi!
⚡️ Agar siz quyidagi talablarga javob bersangiz ariza topshirishga shoshiling!
📌Arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
📆 Ariza topshirish muddati
1-avgustdan 15-avgustga qadar.
🎥 Batafsil videoda bilib oling.
💬 Telegram | 😀 Instagram
#Qonunchilik_yangiliklari
20 ming dollargacha ta’lim krediti: xorijda o‘qish imkoniyatlari kengaymoqda
Dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olishni rejalashtirayotgan yoshlar va pedagoglar uchun yangi imkoniyat!
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan yoshlar hamda pedagog xodimlarni xalqaro reytinglarning QS yoki THE TOP-300 ro‘yxatiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi joriy etildi.
📎 Yangi tartibga ko‘ra, bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olish uchun;
💵 Bir o‘quv yiliga 20 000 AQSH dollarigacha ekvivalent miqdorda milliy valyutada ta’lim krediti ajratiladi.
Kreditning asosiy qarzi o‘qishning rasmiy muddati tugaganidan keyin 7 oy o‘tgach boshlanib, 7 yil davomida qaytariladi.
📑 Kredit oluvchi bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
▫️ ariza; ▫️ shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi; ▫️ taklifnoma-xat (1-kurslar uchun); ▫️ akademik o‘zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab); ▫️ to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha shartnoma hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys; ▫️ birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari yuzasidan ma’lumot; ▫️ mehnat daftarchasidan ko‘chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).📈 Kredit bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi. Mazkur mexanizm iqtidorli yoshlar va pedagoglar uchun dunyoning yetakchi universitetlarida sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Mehr faqat insonlarga emas, atrofimizdagi har bir jonzotga ham kerak
Bir kosa suv, bir parcha ozuqa yoki shunchaki shafqatli munosabat — kim uchundir kichik ish boʻlishi mumkin. Ammo jonivor uchun bu hayotni saqlab qoluvchi mehr ifodasidir.
Jamiyatning insonparvarligi eng avvalo ojizlarga boʻlgan munosabati bilan oʻlchanadi. Hayvonlarga mehr-shafqat koʻrsatish, ularni asrash va himoya qilish — nafaqat qonun talabi, balki har birimizning insoniy burchimizdir.
Keling, mehr ulashaylik. Chunki ezgulik har doim kichik qadamdan boshlanadi.
#MehrUlashing
#JonivorlargaMehr
#HayvonlarniAsraylik
#EzguQadriyatlar
#Yalpiz_Darxan
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+9
Indoneziyaning Jakarta shahrida U19 va U23 yosh toifalari o‘rtasida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabasi Sevara Mamatova Kattaqo‘rg‘onga qaytdi.
Osiyo chempionini Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, talabalari, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi vakillari hamda keng jamoatchilik tantanali kutib oldi.
Repost from Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon norasmiy sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌Ilgari tarqoq bo‘lgan Markaziy Osiyo bugungi kunda taraqqiyotning umumiy maqsadlari yo‘lida birlashmoqda;
📌Murakkab va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan bugungi xalqaro voqelik bizdan yanada qat’iyat bilan harakat qilishni va yanada yaqin muvofiqlashtiruvni talab etmoqda;
📌Ozarbayjonning Maslahat uchrashuvlari formatiga qo‘shilishi o‘zaro hamkorligimizni sifat jihatidan yangi – makromintaqaviy darajaga olib chiqmoqda;
📌Biz uchun Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Afg‘onistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish borasida tarixiy imkoniyat ochilmoqda;
📌Yevroosiyoning qoq yuragida barqaror rivojlanish, o‘zaro bog‘liqlik va yaxshi qo‘shnichilik uchun mustahkam poydevor yaratishimiz zarur;
📌Mintaqamizning xalqaro subyekt sifatidagi maqomini mustahkamlagan holda davlatlararo tashkilotlar va “Markaziy Osiyo plyus” formatlari doirasida o‘zaro muvofiqlashtiruvni kuchaytirish lozim;
📌Markaziy Osiyo ta’lim, ilm-fan va katta ma’lumotlar sohasida innovatsiyalar bo‘yicha raqobatbardosh xabga aylanishi kerak;
📌Atrof-muhitni muhofaza qilish har doim mintaqaviy kun tartibining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi;
📌Gumanitar sohadagi ishlarning mohiyati sifat jihatidan o‘zgarishi xalqlarimiz o‘rtasidagi birlik, hamjihatlik va o‘zaro tushunish tuyg‘usini mustahkamlaydi;
📌Bizning umumiy kuchimiz – birlik, o‘zaro ishonch va birgalikdagi yaratuvchanlikka qat’iy sadoqatimizda.
Facebook|Instagram|X
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Muhandislik fakulteti tashkil etildi.
Yangi fakultet faoliyati muhandislik ta’limini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Hamkorlik doirasida ilg‘or ta’lim dasturlari, innovatsion o‘qitish metodlari va amaliy tajribalar joriy etiladi.
📺 Batafsil video:
https://studio.youtube.com/video/wUOz_nW1wBM/edit
Repost from Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Muhandislik fakulteti tashkil etildi.
Yangi fakultet faoliyati muhandislik ta’limini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Hamkorlik doirasida ilg‘or ta’lim dasturlari, innovatsion o‘qitish metodlari va amaliy tajribalar joriy etiladi.
📺 Batafsil video:
https://studio.youtube.com/video/wUOz_nW1wBM/edit
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi!
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
❓Nima o‘zgardi?
Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi!
Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi.
Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi.
Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Taniqli komik aktyor O‘tkir Shodmonovning samimiy tavsiyasi bilan tanishing – Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutini tanlang.
❗️Tanlovda adashmang, hech ikkilanmang! Kelajagingiz uchun to‘g‘ri qaror qabul qiling!➡️Yo‘nalishlar ro‘yxati: https://katdpi.uz/yangiliklar/582 ➡️Tanlov platformasi: my.uzbmb.uz Kelajagingiz bugungi tanlovingizdan boshlanadi! Batafsil: 👉https://youtube.com/shorts/6TiPKxb1Gz8 Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | You tube
📌1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi
Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas.
Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak.
Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi.
ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi.
🤖 Qulaylik: O‘z natijangizga mos yo‘nalish tanlashda @Uzbmb_MandatiBot sizga mukammal yordam beradi!
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
+6
#Payshanba #Yoshlar_kuni”
“Yoshlar kuni” doirasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Toxir Aripov hamda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova uyushmagan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari ham faol ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy sohalarga oid muammo hamda takliflari atroflicha o‘rganildi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
+9
Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan suhbat o‘tkazildi
2026-yil 5-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 182-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida ishchi guruh a’zolari tomonidan talabgorlarning “O‘zbekiston tarixi” hamda “O‘zbek tili va adabiyoti” fanlari bo‘yicha bilim va tayyorgarlik darajasi baholandi.
