KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI
Open in Telegram
Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat
Show more2 721
Subscribers
+4824 hours
+3697 days
+69330 days
Posts Archive
#mandat #akademik_litsey
⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor
2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.
Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876
Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#29_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
🌍Biz bilan kuzatib boring!
🕊Telegram | 📸Instagram
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Muhandislik fakultetiga 2+2 xalqaro ta’lim dasturi asosida qabul davom etmoqda!
Kelajagingiz sari ishonchli qadam tashlang!
2 yil Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida, keyingi 2 yil esa Turin politexnika universitetida yoki Italiyada tahsilni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shuningdek, dastur bitiruvchilari Kattaqo‘rg‘on tumanida tashkil etiladigan avtomobilsozlik klasterida ishlashlari mumkin.Dastur afzalliklari: • 2+2 xalqaro ta’lim modeli; • Turin politexnika universiteti o‘quv dasturlari asosida ta’lim; • Xalqaro darajadagi diplom; • Avtomobilsozlik klasterida ishlash istiqbollari; • Turin politexnika universitetiga nisbatan maqbul kontrakt to‘lovi; • O‘zingizga yaqin hududda tahsil olish va yashash xarajatlarini sezilarli darajada tejash imkoniyati. Diplom bir xil, tanlov o‘zingizda! 🌐 Hoziroq hujjat topshirish
🎓 Kelajagingizni bugundan quring!
❗️Test natijangiz kutilganingizdek bo‘lmadimi? OTMga kirishga yetarli ball to‘play olmasligingizdan xavotirdamisiz?
💡 Siz uchun yana bir ajoyib imkoniyat mavjud!
⚙️ Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda MUHANDISLIK FAKULTETI tashkil etildi!
📚 Iqtidorli abituriyentlar uchun quyidagi qo‘shma ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul davom etmoqda:
🔹 Ishlab chiqarish texnologiyalari
🔹 Barqaror transport
🌍 "2+2" xalqaro ta'lim modeli:
📍 1–2-kurs — Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida;
📍 3–4-kurs — Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida.
🎯 Nima uchun aynan ushbu yo‘nalishlar?
✅ Xalqaro standartlar asosidagi ta'lim;
✅ Zamonaviy muhandislik bilim va ko‘nikmalari;
✅ Nufuzli oliy ta'lim muassasalari hamkorligida o‘qish;
✅ Kelajak kasblarini egallash va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish imkoniyati.
📖 Qabul matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha saralash asosida amalga oshiriladi.
📝
30-iyul — Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat_tanlov
🏆 Startaplar uchun 6 million AQSH dollari miqdoridagi qo‘llab-quvvatlash dasturlari e’lon qilindi2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistondagi texnologik startaplar uchun “President Tech Award” hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi innovatsion loyihalar uchun “President AI Award” tanlovlariga arizalar qabuli boshlandi. “President Tech Award” tanlovining umumiy mukofot va investitsiya jamg‘armasi 5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur tanlov doirasida 70 tagacha startap jamoasini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiquvchi startaplar uchun “President AI Award” tanlovi tashkil etilgan bo‘lib, loyihalar quyidagi beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha qabul qilinadi:
⚫️ davlat boshqaruvi; ⚫️ sanoat va biznes; ⚫️ sog‘liqni saqlash; ⚫️ ta’lim; ⚫️ yashil iqtisodiyot va agrotexnologiyalar.Tanlovda 18 yoshdan katta ishtirokchilardan iborat 3–8 kishilik jamoalar qatnashishi mumkin. Unda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bir qatorda mamlakat hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ishtirok etish huquqiga ega. “President AI Award” tanlovining umumiy investitsiya jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 tadan g‘olib loyiha aniqlanib, jami 15 ta startap investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 📝 Tanlovlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan jamoalar arizalarini awards.gov.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin.
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Taniqli komik aktyor O‘tkir Shodmonovning samimiy tavsiyasi bilan tanishing – Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutini tanlang.
❗️Tanlovda adashmang, hech ikkilanmang! Kelajagingiz uchun to‘g‘ri qaror qabul qiling!➡️Yo‘nalishlar ro‘yxati: https://katdpi.uz/yangiliklar/582 ➡️Tanlov platformasi: my.uzbmb.uz Kelajagingiz bugungi tanlovingizdan boshlanadi! Batafsil: 👉https://youtube.com/shorts/6TiPKxb1Gz8 Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#diqqat_tanlov
Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlovning asosiy maqsadi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik sovg‘a sifatida targ‘ib qilish, hududlardagi ijodkorlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda turistlar uchun ixcham, sifatli va hamyonbop esdalik sovg‘alari namunalarini yaratishdan iborat.☄️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan dizaynerlar, rassomlar, ijodkor yoshlar hamda “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandlar belgilangan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. G‘olib deb topilgan har bir ishtirokchi 5 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: ⏺Dizaynerlar uchun: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8 ⏺Hunarmandlar uchun: https://forms.gle/MQ6XX6og9jjJVNKp7 ❗️Arizalar birinchi bosqich uchun 16-avgustga qadar, ikkinchi bosqich uchun esa 20-sentabrga qadar qabul qilinadi.
“Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha NIZOM Hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yicha ko‘rik-tanlov talablari Yo‘nalishlar bo‘yicha talablar jadvali🌐 Batafsil Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+1
Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Otabek Sagʻdullayevning Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risidagi e’lon Oliy attestatsiya komissiyasining rasmiy veb-saytida joylashtirildi.
Ushbu muhim ilmiy bosqich munosabati bilan Otabek Sagʻdullayevni samimiy muborakbod etamiz hamda dissertatsiya himoyasida ulkan muvaffaqiyat, yuksak natijalar va ilmiy faoliyatida yangi zafarlar tilaymiz.
Otabek Sagʻdullayevga omad va muvaffaqiyat yor bo‘lsin!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi Nilufar Ruziqulovaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya kengashining tegishli qaroriga muvofiq dotsent ilmiy unvoni berildi.
Mazkur yutuq ustozning ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda ko‘p yillik samarali mehnatining e’tirofi hisoblanadi.
+3
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir, kitob ko‘rgazmasi hamda ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida do‘stlik, hamjihatlik va umuminsoniy qadriyatlarni asrashning ahamiyati haqida so‘z yuritilib, ishtirokchilar o‘rtasida fikr almashildi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida bag‘rikenglik, vatanparvarlik va millatlararo totuvlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
💧Suvni asrashni bugundan boshlaylik
Suv – hayot manbai bo‘lib, uni asrash va oqilona foydalanish har birimizning muhim burchimizdir. Bugungi kunda suv resurslaridan samarali foydalanish, isrofning oldini olish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Taniqli komik aktyor O‘tkir Shodmonovning samimiy tavsiyasi bilan tanishing – Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutini tanlang.
❗️Tanlovda adashmang, hech ikkilanmang! Kelajagingiz uchun to‘g‘ri qaror qabul qiling!➡️Yo‘nalishlar ro‘yxati: https://katdpi.uz/yangiliklar/582 ➡️Tanlov platformasi: my.uzbmb.uz Kelajagingiz bugungi tanlovingizdan boshlanadi!
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!Bugungi tinch va farovon hayotimiz, millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat hamda birdamlik - Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.
Repost from Edu.uz
📢 Abituriyentlar diqqatiga!
Test sinovida ishtirok etgan boʻlsangiz, qabul jarayoni davom etayotganini unutmang!
🗓 25-iyuldan 8-avgustga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali:
✅ oliy taʼlim tashkiloti;
✅ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
✅ taʼlim shaklini (kunduzgi, kechki yoki masofaviy) tanlashingiz shart.
📌 5 tagacha oliy taʼlim tashkiloti va yoʻnalishni tanlash mumkin.
⚠️ Tanlovni 8-avgustga qadar oʻzgartirish mumkin. Muddat tugagach esa hech qanday oʻzgartish kiritilmaydi.
📄 Tanlovni tasdiqlagandan keyin shakllanadigan «Abituriyent qayd varaqasi»ni yuklab olib, saqlab qoʻyishni unutmang.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2026/2027-o‘quv yili uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarni oliy ta’lim bilan qamrab olish maqsadida ajratilgan qo‘shimcha 2 foizli davlat granti asosidagi qabul kvotalari oliy ta’lim tashkilotlari kesimida tasdiqlandi.
Mazkur taqsimotga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga jami 27 ta grant o‘rni ajratilgan bo‘lib, shundan 20 ta o‘rin kunduzgi ta’lim shakli, 7 ta o‘rin esa kechki ta’lim shakli hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hali ham ikkilanib turibsizmi?Qaysi oliy ta’lim muassasasini tanlash haqida o'ylayapsizmi? Bilasiz! 8-avgustga qadar abituriyentlar 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi, shuningdek, kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllaridan birini belgilashi mumkin. Hech ikkilanmang! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutini tanlang! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti – zamonaviy ta’lim muhiti, malakali professor-o‘qituvchilar, innovatsion pedagogik yondashuvlar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etuvchi oliy ta'lim muassasasidir. Quyidagi havola orqali https://katdpi.uz/yangiliklar/582 institutimizning barcha ta'lim yo‘nalishlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin. Tanlovni my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiring. Kelajagingiz sari ishonchli qadam qo‘ying!
🎙 #Do‘stlikFest2026 onlayn chellenjiga start berildi!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida #Do‘stlikFest2026 onlayn chellenji boshlandi.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va do‘stlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi videorolik, fotolavha, ijodiy chiqish hamda maqolalar tayyorlab, ularni #Do‘stlikFest2026 xeshtegi ostida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilishga taklif etiladi.
✅Batafsil ma’lumot uchun fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Keling, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik madaniyatini birgalikda targ‘ib qilaylik!
+2
🎙OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash boshlandi
Bugun, 25-iyuldan boshlab test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi hamda ta’lim shaklini tanlashlari mumkin.
Abituriyentlar 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini, shuningdek, kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllaridan birini tanlash imkoniyatiga ega.
Tanlov jarayoni my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
✅Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutini tanlang!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti – zamonaviy ta’lim muhiti, malakali professor-o‘qituvchilar, ilg‘or pedagogik yondashuvlar, xalqaro hamkorlik va talabalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan oliy ta’lim muassasasidir.Kelajagingiz sari ishonchli qadam qo‘ying – Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutini tanlang! Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | You tube
