KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI
Open in Telegram
Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat
Show more2 721
Subscribers
+4824 hours
+3697 days
+69330 days
Posts Archive
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti – zamonaviy ta’lim va yuksak marralar maskani!
Talabalarimiz tomonidan sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda tayyorlangan ushbu videorolik institutimizdagi zamonaviy ta’lim muhiti, yangicha yondashuv va ijodiy izlanishlarni o‘zida aks ettiradi.
Siz ham maqsadli ta’lim sari dadil qadam tashlang, bilim va salohiyatingizni yuksaltirib, yorqin kelajagingizni bugundan boshlang!
Kelajagingiz sari ishonchli qadam – Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi D.Sayipova Samarqand radiokanalida “Adabiyot o‘qitish” fani bo‘yicha intervyu berdi.
Intervyu davomida adabiyot fanini o‘qitish metodikasi, zamonaviy ta’lim yondashuvlari hamda o‘quvchilarda badiiy adabiyotga qiziqishni oshirish masalalari haqida fikrlar bildirildi.
+1
#E’tirof
Boks bo‘yicha Osiyo chempioni, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabasi Sevara Mamatova Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu e’tirof yosh sportchining xalqaro maydondagi yuksak natijalariga berilgan munosib baho bo‘ldi.
Sevara Mamatovaga kelgusidagi sport faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!
IMA O'QUVMARKAZIDA O'QIB NAFAQAT BILIM, BALKI MUKOFOT HAM QO'LGA KIRITING!
Tasavvur qiling...
🏆 Farzandingiz Prezident maktabiga qabul qilindi.
💻 Noutbuk sovg'a oldi.
💰 Sizni tayyorlagan maktab o'qituvchisi ham moddiy rag'batlantirildi.
IMA O'quvmarkazi aynan shunday imkoniyatni taqdim etadi!
🎯 MAXSUS LOYIHA
🥇 Prezident maktabiga 1-o'rin bilan qabul qilinsa 💰 1 000 AQSH dollari 🥇 Prezident maktabi va Al-Xorazmiy maktabining Samarqand filialiga 1-o'rin bilan qabul qilinsa 💰 2 000 AQSH dollari 🥇 Prezident maktabi, Al-Xorazmiy maktabining Samarqand filiali va IMIga uchalasiga ham 1-o'rin bilan qabul qilinsa 💰 3 000 AQSH dollari💻 HAR BIR G'OLIBGA SOVG'A 🎁 Prezident maktabi yoki Al-Xorazmiy maktabining Samarqand filialiga qabul qilingan har bir o'quvchiga noutbuk sovg'a qilinadi. 👨🏫 MAKTAB O'QITUVCHILARI UCHUN HAM BONUS
Farzandingiz muvaffaqiyatga erishsa, uni tayyorlashga hissa qo'shgan
maktab o'qituvchisi ham 1 000 AQSH dollari bonus bilan rag'batlantiriladi.Biz ishonamiz: muvaffaqiyatni yaratgan ustoz qadrlanishi kerak. 📅 Qabul davom etmoqda! 📍 1-filial: Kattaqo'rg'on shahri, Universitet yonida 📞 +998 (77) 123-26-61 📍 2-filial: Kattaqo'rg'on shahri, Eski telegraf yonida (Gospital ko'chasi) 📞 +998 (93) 335-26-61 📍 3-filial: Kattaqo'rg'on tumani, Suv hovuzi shaharchasi, Jome masjidi yonida 📞 +998 (77) 124-26-61 🔥 IMA — muvaffaqiyat tasodif emas, to'g'ri tanlov natijasidir. ❤️"IMA" ijtimoiy tarmoqlari: 📱 Kanal 📱 Instagram 📱 Guruh 📱 YouTube
+8
BARCHAGA TENG IMKONIYATLAR YARATISH YO‘LIDA!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarning erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun taktil yo‘laklar tashkil etildi.
Mazkur yo‘laklar ta’lim muassasasida inklyuziv va qulay muhitni shakllantirish, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
+2
#Talabaga_yordam
#Dolzarb40kunlik
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida talabalarni turar joy bilan ta’minlashda navbat va sarsongarchiliklarning oldini olish, turar joysiz qolish ehtimolini bartaraf etish hamda ularni munosib va xavfsiz yashash sharoiti bilan ta’minlash maqsadida maxsus markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur markaz orqali talabalarga turar joy masalasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish va bu boradagi murojaatlarini tezkor hal etish imkoniyati yaratiladi.
#kiberogohlik #xavfsiz_va_soglom_yurt
⚠️ Oʻqituvchilar diqqatiga! Firibgarlarning yangi hiylasidan ogoh boʻling!
Soʻnggi paytlarda oʻqituvchilarga notanish raqamlardan qoʻngʻiroq qilib, "Kursda oʻqib, 20% lik ustamaga ega boʻling" deb, plastik kartaga pul oʻtkazishni talab qilish holatlari kuzatilmoqda.
Telegram | Instagram | Youtube
+6
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari va professor-o‘qituvchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar
BATAFSIL:👉https://katdpi.uz/yangiliklar/590
+4
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari va professor-o‘qituvchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar
BATAFSIL:👉https://katdpi.uz/yangiliklar/590
Vazirlar Mahkamasining 149-son qaroriga muvofiq, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida ta’lim grantini qayta taqsimlash natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar ijtimoiy va akademik ko‘rsatkichlar bo‘yicha natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat ichida apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Apellyatsiya quyidagi tartibda amalga oshiriladi: talabgor institut rektori nomiga ariza taqdim etadi; ariza tegishli ijtimoiy yoki akademik faollik komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi; ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma rasmiylashtirilib, tasdiqlanadi; apellyatsiya natijalari hamda bayonnomalar SAI.edu.uz platformasining “Apellyatsiya jarayonlari” bo‘limiga kiritiladi; tizimga kiritilgan ma’lumotlar Maxsus komissiya kotibi tomonidan tasdiqlanadi.Muhim eslatma: barcha apellyatsiya murojaatlari to‘liq ko‘rib chiqilib, natijalar tizimga kiritilib tasdiqlangandan so‘nggina Maxsus komissiyaning yakuniy bayonnomasi shakllantiriladi. Murojaat uchun Ijtimoiy faollik komissiyasi kotibi: B.Ishmurodov Telegram: @bunyodjon88921722 Akademik faollik komissiyasi kotibi: Sh.Himmatov Telegram: @Shohrux_Himmatov
+3
#Xalqaro
#Seminar
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsentlari Dildora Ganiyeva va Nurbek Umarov O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etmoqdalar.
Seminar davomida boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturi, XXI asr ko‘nikmalari, P21 "4K" modeli va STEAM yondashuvlarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish masalalari muhokama qilinmoqda.
Mazkur seminar-trening o‘qituvchilarimizning xalqaro tajribasini boyitish va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
#30_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi soni taqdim etilmoqda.
#Giyohvandlik
⏺Giyohvandlik dunyo xalqlari va millatlar kelajagiga tahdid solayotgan, og‘ir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millatlar genofondining buzilishiga sabab bo‘layotgan illatlardan biridir.
O‘zingiz va yaqinlaringiz, kelajak vorislarini bu balodan asrang!
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
+8
#Payshanba #Yoshlar #Kuni
Rahbar va yoshlar uchrashuviKattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Payshanba – yoshlar kuni doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari Xolbek Kubayev talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda “Yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni va ahamiyati” mavzusida ma’ruza qilinib, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, talaba-yoshlarning savollariga batafsil javoblar berildi.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi
o‘qituvchisi Latofat Nomozova psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi…
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi!
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi.
Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz?
Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting.
🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim.
📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz
Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi
🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Oxunjon Xaitovning “Soliq nazariyasi va huquqi” nomli uslubiy qo‘llanmasining 2-qismi nashr etildi.
Muallifni ushbu ilmiy-uslubiy yutug‘i bilan tabriklaymiz va ilmiy-pedagogik faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz
🇺🇿Tarixiy kun: O‘zbekistonning Samarqand-2028 sun’iy yo‘ldoshi orbitaga uchirildi
🛰 Bugun Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz start platformasidan Samarqand-2028 va Lampung-1 giperspektral sun’iy yo‘ldoshlari muvaffaqiyatli uchirildi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston tarixidagi eng yirik xalqaro kosmik loyihalardan biri bo‘lib, milliy kosmik dastur rivojida yangi bosqichni boshlab berdi. Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari tomonidan sun’iy yo‘ldosh borti uchun maxsus sun’iy intellekt moduli ishlab chiqilgan. Ushbu texnologiya giperspektral ma’lumotlarni bevosita orbitada qayta ishlash imkonini berib, ma’lumotlarni uzatish va tahlil qilish samaradorligini oshiradi.
Ushbu sun’iy yo‘ldosh qishloq xo‘jaligi, ekologiya, tabiiy resurslarni monitoring qilish, suv resurslarini boshqarish, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, shaharsozlik va boshqa yo‘nalishlarda kosmik texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
