KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI
Open in Telegram
Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat
Show more2 682
Subscribers
+4824 hours
+3697 days
+69330 days
Posts Archive
+4
#Mustaqillik35yil
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bezatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Institut hududini bezatishda milliy qadriyatlarimiz, Vatanga muhabbat, tinchlik-osoyishtalik, bunyodkorlik va istiqlol g‘oyalarini aks ettiruvchi bezaklardan foydalanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi hamda boshqa davlat ramzlari bayramona muhitga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda.
+4
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mirjalol Kudratovning Indoneziya Respublikasidagi xizmat safari doirasida Universitas Esa Unggul vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuvda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, 2+2 va boshqa qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, kredit transferi tizimini joriy etish, Summer School dasturlarini tashkil etish, E-Library resurslaridan o‘zaro foydalanish hamda psixologiya laboratoriyalari yo‘nalishida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 4+1, 3+1 va 0.5+1 akademik dasturlarni amalga oshirish hamda hamkorlikning huquqiy asoslari rasmiylashtirilgach, institut talabalari uchun Arizona State University AQSHda ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
+7
2026/2027-o‘quv yilida o‘qishini Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga ko‘chirish istagidagi talabalar uchun tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos kirish fanlaridan maxsus sinov o‘tkazildi.
Imtihon jarayonlari institutning rasmiy veb-sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn translyatsiya qilindi.
Faol translyatsiyani katdpi.uz rasmiy veb-sayti orqali tomosha qilishingiz mumkin.
+4
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayoni tashkil etildi.
Jumladan, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari uchun institutning suhbat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkazildi.
2026–2027 o‘quv yili uchun mandat chiqdi
2026-2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Abituriyentlar natijalarni uch xil usul orqali tekshirishi mumkin.
Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqami hamda JSHSHIRni kiritgan holda bilishi mumkin.
#Mustaqillikka_35_yil
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yusuf Isokov gidrometallurgiya eritmalaridan rangli metallarni ajratib olish yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Olimning tadqiqotlari mahalliy chiqindilar asosida selektiv faollashtirilgan ko‘mir adsorbentlarini olish, import o‘rnini bosuvchi yangi adsorbentlar yaratish va ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan.
Yusuf Isokovning ilmiy izlanishlari kimyo sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.
#Mustaqillik35yil
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bezatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Institut hududini bezatishda milliy qadriyatlarimiz, Vatanga muhabbat, tinchlik-osoyishtalik, bunyodkorlik va istiqlol g‘oyalarini aks ettiruvchi bezaklardan foydalanilmoqda.O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi hamda boshqa davlat ramzlari bayramona muhitga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalarning sifatli ta’lim olishi bilan birga, qulay va osoyishta yashashi uchun ham barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Talabalar turar joyi yashash uchun zarur mebel va jihozlar bilan ta’minlangan. Kundalik ehtiyojlar uchun kerakli maishiy sharoitlar ham mavjud.
Shuningdek, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va hordiq chiqarish uchun qulay maskanlar tashkil etilgan.
#31_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
#uzb35 #mustaqillik35
🌍Biz bilan kuzatib boring!
🕊Telegram | 📸Instagram
#Payshanba_ yoshlar_kuni
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlash tadbirlariga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Talabalar bayram tadbirlariga munosib hozirlik ko‘rib, yurtimiz mustaqilligi va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini namoyon etmoqda.
+1
Ilmiy yutuq muborak!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Faxriddin Yakubov filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
“Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha “Hozirgi davr ingliz va o‘zbek siyosiy diskursida metaforaning ahamiyati” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Faxriddin Yakubovni ushbu ilmiy yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mirjalol Kudratov Indoneziya Respublikasida xizmat safarida.
Tashrif davomida Universitas Esa Unggul, UNISNU Jepara, Universitas Muhammadiyah Gresik hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, xalqaro amaliyot, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, grantlar va ikki diplomli ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etish va malaka oshirish dasturida qatnashish rejalashtirilgan.
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan institut maskani obodonlashtirilib, bayramona ruhda bezatildi.
Repost from Edu.uz
❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi.
✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta.
Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi.
Kvotalar quyidagicha belgilangan:
🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta;
🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta;
🔹 doktoranturaga — 540 ta.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🏢Kutib oling... Registan LC KATTAQOʻRGʻON filiali o'z jamoasiga malakali ustoz va boshqaruv boʻlimiga ishga taklif qiladi!
💼Mavjud ish o'rinlar: — General English Instructor; — Kimyo & Biologiya ustoz; — SMM | Mobilograf; — Moliya menejer; — Servis menejer; 🤝Biz taklif qilamiz: — 3 000 000-15 000 000 so'm oylik maosh; — Moslashuvchan ish grafigi; —Yosh, do‘stona, va qo'llab-quvvatlovchi jamoa; — O'quv kurslarimiz uchun maxsus chegirmalar; —Shaxsiy va professional o‘sish imkoniyati; —Bonuslar va mukofotlar;🎯Agar Registan LC KATTAQOʻRGʻON filialida uzoq muddatli karyera qurishni istasangiz, hoziroq bot orqali anketa to'ldiring! 👉Anketa to'ldirish uchun bosing Murojat uchun: @registan_lc_hr 📌Bu yangilikni KATTAQOʻRGʻONLIK tanishlaringizga ham yuborib qo'ying!
❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi.
✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta.
Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi.
Kvotalar quyidagicha belgilangan:
🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta;
🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta;
🔹 doktoranturaga — 540 ta.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Yoshlar.edu.uz
✅✅✅ “Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi.
❗️Testni ishlash uchun botga rasmdagidek /start bosib, keyin “Testlarni ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish 🔹Bugungi testlarni ishlash soat 21:00 da yakunlanadi. Ertaga ham 50 ta test ishlash kerak bo‘ladi. Agar referal yetarli emas deb chiqsa, bugun ham referal yig‘ish mumkin. 🔹Bugun va ertangi jami 100 ta testdan kamida 44 ball yig‘gan ishtirokchilar QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!
Xalqaro konferensiya!
“Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari tahririyati barcha soha mutaxassislari, professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda magistrantlarni nufuzli xalqaro anjumanga taklif etadi!
📌 Konferensiya mavzusi: “Xalq soʻzi” va “Народное слово” fenomeni: milliy jurnalistikada institutsional kuch va professional mezonlar maktabi”
📥 Maqolalarni qabul qilish oxirgi muddati: 2026-yil 10-sentyabr;
🌐 Tillar: oʻzbek, rus, ingliz tillari;
📧 Maqolalarni va toʻldirilgan talabnomani quyidagi elektron manzillardan biriga yuborishingiz soʻraladi:
Email: akramxamraqulov01@gmail.com
Telegram: @qabuln1
📞Maʼlumot va aloqa uchun tel:
• Akram Xamraqulov: +998 50 979 00 24
📍Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov koʻchasi, 55-uy.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Eʼlon #Tanlov
🗣Ijodiy ishlar tanloviga qabul muddati uzaytirildi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida e’lon qilingan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi.
↪️Eslatib o‘tamiz, tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi:
↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim.
📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi.
📋 Tanlov nizomi
📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.
🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
+1
🎓 Ilmiy yutuq muborak!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Nurbek Umarov pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
Nurbek Umarovni ushbu ilmiy yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
