en
Feedback
KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI

KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI

Open in Telegram

Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat

Show more
2 682
Subscribers
+4824 hours
+3697 days
+69330 days
Posts Archive
“Eng yaxshi tyutor” tanlovi e’lon qilinadi! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida tyutorlik faoliyatini yanada rivojlan
“Eng yaxshi tyutor” tanlovi e’lon qilinadi! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida tyutorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, o‘z kasbiga sadoqatli, mas’uliyatli, mehnatsevar va tashabbuskor tyutorlarni aniqlash hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi. Mazkur tanlov doirasida tyutorlarning zamonaviy pedagogik, psixologik va tashkiliy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishdagi faoliyati, shuningdek, kitobxonlik, tashabbuskorlik va targ‘ibotchilik yo‘nalishlaridagi ishlari baholanadi. 📅 Sana: 2026-yil 21-avgust 🕚 Vaqti: soat 10:00 📍 Manzil: Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti, “A” bino, 108-xona Tanlov nizomi bilan batafsil tanishishingiz mumkin. Institutda faoliyat olib borayotgan barcha tyutorlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga taklif etamiz. Batafsil:👉 https://katdpi.uz/elonlar/31 Kanalga qo‘shiling: 👇 https://t.me/katdpi

🏠 IJARA XONADONI IZLAYAPSIZMI? Yangi ijara xonadonlari haqidagi e’lonlar, narxlar, manzil va boshqa ma’lumotlarni o‘z vaqtid
🏠 IJARA XONADONI IZLAYAPSIZMI? Yangi ijara xonadonlari haqidagi e’lonlar, narxlar, manzil va boshqa ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish uchun @KDPI_ijara kanaliga obuna bo‘ling! 📲 🔔 Yangi e’lonlar — bevosita smartfoningizda! 🏡 Qulay va hamyonbop ijara xonadonlarini toping. 👉 @KDPI_ijara — talabalar uchun ijara xonadonlari! Obuna bo‘ling va ijara imkoniyatlaridan bexabar qolmang! 🚀 @KDPI_ijara

🔻🔻🔻🔻🔻 📚Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,  📚О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, 🇺🇿 “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati,  Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi  hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda 🇺🇿 Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy yilning 22-avgust kuni “Ma’naviy islohotlarning yangi bosqichida targ‘ibot ishlarining ilmiy-metodik muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkaziladi.
Konferensiyada Yangi О‘zbekistonda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, milliy meros va ma’rifatparvarlik an’analarini targ‘ib etish va uni kelgusi avlodlarga yetkazish yuzasidan ilmiy ma’ruzalar va amaliy takliflar muhokama qilinadi. Konferensiya materiallari tahrir hay’ati tavsiyasiga kо‘ra ilmiy tо‘plamning bosma va elektron nashriga kiritiladi.
Manzil: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni - 15 Murojaat uchun telyefonlar: 99 377-94-45,  71 207-57-00 #Mustaqillik35 ✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTube

Repost from Edu.uz
#rasmiy_bayonot ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish
#rasmiy_bayonot ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi. 18-avgustdab 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin. Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

+2
Mandatdagi hayajonli voqealarga oid ko’p videolarni ko’rdim. Menga eng yoqqan uchtasini ulashyapman. 1️⃣ YPH inspektorining ish joyiga qizi kelib, dadasiga diplomatiyaga kirganini aytyapti; 2️⃣ Qizi yuridik universitetga grantga kirganini eshitgan dada yig’layapti; 3️⃣ Bitta oilada 3 nafar qiz grantga kiribdi. Uchalasi ham qizlarning o’qishga kirgani haqida ekan, yigitlar rozi bo’lsin :) 👉 @xushnudbek 👈

#Mustaqillikka_35_yil Yosh ijodkorlar Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyat va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Yosh ijodkor” to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. To‘garak mashg‘ulotlarida talabalar o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etib, ijodiy izlanishlarini yanada rivojlantirmoqda

#Ta’ziya Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti jamoasi, rektorati va Kasaba uyushma qo‘mitasi institut psixologi, ustoz S
#Ta’ziya Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti jamoasi, rektorati va Kasaba uyushma qo‘mitasi institut psixologi, ustoz Sulaymanov Muxtasam Vaydullayevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga chuqur ta’ziya bildiradi. Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin. Marhumning oxiratlari obod, joylari jannatdan bo‘lsin. Janoza marosimi bugun soat 12:00 da marhumning ota uyida – Payariq tumani, Ko‘lto‘sin mahallasi, Mitanobod qishlog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Repost from Edu.uz
#vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon q
#vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir. Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman. Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud. Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman! Talabalik baxti muborak bo‘lsin! Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon q
#vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir. Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman. Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud. Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman! Talabalik baxti muborak bo‘lsin! Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Mustaqillik35yil O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on da
+4
#Mustaqillik35yil O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bezatish ishlari amalga oshirilmoqda. Institut hududini bezatishda milliy qadriyatlarimiz, Vatanga muhabbat, tinchlik-osoyishtalik, bunyodkorlik va istiqlol g‘oyalarini aks ettiruvchi bezaklardan foydalanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi hamda boshqa davlat ramzlari bayramona muhitga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda.

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mirjalol Kudratovning Indoneziya Respublikasida
+4
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mirjalol Kudratovning Indoneziya Respublikasidagi xizmat safari doirasida Universitas Esa Unggul vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuvda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, 2+2 va boshqa qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, kredit transferi tizimini joriy etish, Summer School dasturlarini tashkil etish, E-Library resurslaridan o‘zaro foydalanish hamda psixologiya laboratoriyalari yo‘nalishida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, 4+1, 3+1 va 0.5+1 akademik dasturlarni amalga oshirish hamda hamkorlikning huquqiy asoslari rasmiylashtirilgach, institut talabalari uchun Arizona State University AQSHda ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

2026/2027-o‘quv yilida o‘qishini Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga ko‘chirish istagidagi talabalar uchun tanlangan
+7
2026/2027-o‘quv yilida o‘qishini Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga ko‘chirish istagidagi talabalar uchun tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos kirish fanlaridan maxsus sinov o‘tkazildi. Imtihon jarayonlari institutning rasmiy veb-sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn translyatsiya qilindi. Faol translyatsiyani katdpi.uz rasmiy veb-sayti orqali tomosha qilishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg
+4
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayoni tashkil etildi. Jumladan, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari uchun institutning suhbat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkazildi.

2026–2027 o‘quv yili uchun mandat chiqdi 2026-2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalish
2026–2027 o‘quv yili uchun mandat chiqdi 2026-2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Abituriyentlar natijalarni uch xil usul orqali tekshirishi mumkin. Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqami hamda JSHSHIRni kiritgan holda bilishi mumkin.

#Mustaqillikka_35_yil Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yusuf Isokov gidrometallurgiya eritmalaridan rangli metallarni ajratib olish yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Olimning tadqiqotlari mahalliy chiqindilar asosida selektiv faollashtirilgan ko‘mir adsorbentlarini olish, import o‘rnini bosuvchi yangi adsorbentlar yaratish va ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan. Yusuf Isokovning ilmiy izlanishlari kimyo sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

+5
#Mustaqillik35yil O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bezatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Institut hududini bezatishda milliy qadriyatlarimiz, Vatanga muhabbat, tinchlik-osoyishtalik, bunyodkorlik va istiqlol g‘oyalarini aks ettiruvchi bezaklardan foydalanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi hamda boshqa davlat ramzlari bayramona muhitga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda.

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalarning sifatli ta’lim olishi bilan birga, qulay va osoyishta yashashi uchun ham barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Talabalar turar joyi yashash uchun zarur mebel va jihozlar bilan ta’minlangan. Kundalik ehtiyojlar uchun kerakli maishiy sharoitlar ham mavjud. Shuningdek, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va hordiq chiqarish uchun qulay maskanlar tashkil etilgan.