KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI
Open in Telegram
Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat
Show more2 634
Subscribers
+7024 hours
+1607 days
+47030 days
Posts Archive
Mustaqillik – birdamlik va yuksalish timsoli
Umumxalq bayramlari xalqimizni yagona maqsad va ezgu g‘oyalar atrofida birlashtiradigan, milliy qadriyatlarimizni ulug‘laydigan, mehr-oqibat va hamjihatlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydigan muhim ma’naviy qadriyatdir. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni xalqimizning ozod va farovon hayotga bo‘lgan intilishi, Vatanga sadoqati, bunyodkorlik va vatanparvarlik ruhini o‘zida mujassam etgan ulug‘ bayramdir.
BATAFSIL: https://katdpi.uz/yangiliklar/616
#Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov
Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi. 👨💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. 📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🟦🟦
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Qalqon” jamoatchilik guruhi hamda “To‘maris izdoshlari” volontyorlik guruhlariga a’zolik uchun qabul boshlandi!“Qalqon” – tashabbuskor, fidoyi va jamoat ishlarida faol talabalar uchun. “To‘maris izdoshlari” – faol va tashabbuskor talaba-qizlar uchun. “Qalqon” guruhi a’zolari institut tomonidan moddiy rag‘batlantiriladi, maxsus forma va a’zolik guvohnomasi bilan ta’minlanadi. ✅ Ro‘yxatdan o‘tish: 🔹 “Qalqon” guruhi: 👉 Ro‘yxatdan o‘tish 🔹 “To‘maris izdoshlari”: 👉 Ro‘yxatdan o‘tish 🕖 Qabul 2026-yil 15-sentabr soat 23:59 ga qadar davom etadi. 📥 Murojaat uchun: A. Norqulov — @akbarovich_o32o
#34_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
#uzb35 #mustaqillik35
🌍Biz bilan kuzatib boring!
🕊Telegram | 📸Instagram
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
Repost from Edu.uz
#mandat #magistratura #qabul2026
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi
2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Ijtimoiy reyestr”ga kirgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba farzandlari uchun yotoqxona xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish mumkin
Mazkur toifadagi talabalar tomonidan ariza topshirish kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Eslatma, belgilangan tartibga muvofiq, ushbu imtiyozdan faqat davlat oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar foydalanishi mumkin. Bunda, arizalar har oyning 7-sanasiga qadar qabul qilinadi.
TTJ xarajatlari har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
#Milli_kontent
#Mustaqillikka_35_yil
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
#raqamlashtirish #talabaga_qulaylik
⚡️Endi talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz
H.Rashidov
Repost from Sherzod_Raxmonovich_Urakov
O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.
So‘nggi vaqtlarda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining rasmiy Telegram kanaliga talabalar turar joyi (TTJ) bilan bog‘liq ko‘plab savollar kelib tushmoqda.
Hurmatli talabalar! Talabalar turar joyiga joylashish tartibi, mavjud o‘rinlar hamda boshqa zarur ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:
👉 t.me/Rashidovkh94
