fa
Feedback
KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI

KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI

رفتن به کانال در Telegram

Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat

نمایش بیشتر
2 740
مشترکین
+724 ساعت
+3757 روز
+75730 روز
آرشیو پست ها
Talabalikning ilk kunlaridagi taassurotlar Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining yuqori kurs talabalari 1-bosqichga qabul qilingan talabalardan“Talabalikning ilk kunlaridagi taassurotlaringiz qanday?” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnoma davomida yangi talabalar institutdagi ilk kunlari, ta’lim jarayoni va yaratilgan shart-sharoitlar haqidagi fikr va taassurotlarini bildirdilar.

#Payshanba_yoshlar_kuni Yoshlar kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Biz korrupsiyaga qarshimiz
+7
#Payshanba_yoshlar_kuni Yoshlar kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i E.Xudoyqulov ishtirok etib, talabalarga korrupsiyaning oldini olish, uning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Seminar davomida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, qonuniylik va halollik tamoyillariga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. BATAFSIL: 👉https://katdpi.uz/yangiliklar/624

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan prof
+9
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida futbol uchrashuvi o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahs 8:8 hisobida yakunlanib, jamoalar durang natija qayd etdi. BATAFSIL: 👉https://katdpi.uz/yangiliklar/622

#Mutaxassis_tavsiyasi Endi bank kartangizdan pul o’g’irlanmaydi! Buning uchun darhol ushbu ilovani o’rnatib oling. Telegram | Instagram | Youtube

🎓 Ilmiy yutuq muborak! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchis
🎓 Ilmiy yutuq muborak! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi Axmedov Sanjar Temur o'g'li iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Axmedov Sanjar Temur o'g'lini ushbu ilmiy yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | You tube

🎓 Ilmiy yutuq muborak! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchis
🎓 Ilmiy yutuq muborak! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi Axmedov Sanjar Temur o'g'li iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Axmedov Sanjar Temur o'g'lini ushbu ilmiy yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | You tube

#Mustaqil_yurt #Voleybol_musobaqasi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida O‘zbekiston Respublikasi
+6
#Mustaqil_yurt #Voleybol_musobaqasi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan voleybol bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada fakultet talabalari faol ishtirok etib, jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechdi. Mazkur sport musobaqasi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratildi.

#kontrakt #shartnoma
❗️Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)
To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish 🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring! Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi. Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.
Ilovani yuklab olish:👇 📲 iOS uchun 📲 Android uchun

#Terrorizm_balosi Terrorizmni moliyalashtirishga yoʻl qoʻymang! Ogoh boʻling! Yordam koʻrsatish nomi ostida mablagʻ yigʻishga chaqiruvchi murojaatlar tobora koʻp tarqalmoqda. @dinuzbbot

📣ERTAGA — PAYSHANBA! 🇺🇿YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Yoshlar kuni munosabati b
📣ERTAGA — PAYSHANBA! 🇺🇿YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Yoshlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy, sport va madaniy yo‘nalishlarda tadbirlar o‘tkaziladi. ⏰ 09:00 — “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida seminar-trening. 10:00 — “Yangi O‘zbekiston — yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati. ⏰ 11:00 — “Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida davra suhbatlari. ⏰ 14:00 — Mini-futbol va voleybol musobaqalari. ⏰ 16:00 — “Talabalarni turar joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish” tadbiri. 🏫Manzil: Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Barcha yoshlarni tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi | #Ma’rifat_darsi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida navbatdagi “Kelajak soati”
+8
#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi | #Ma’rifat_darsi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida navbatdagi “Kelajak soati” darslari doirasida 1-bosqich talabalariga kafedra mudirlari tomonidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida Mustaqillik darsi o‘tildi. Darsda O‘zbekistonning 35 yillik mustaqillik yo‘li, amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qadriyatlar, Vatan taraqqiyoti hamda yoshlarning kelajak oldidagi mas’uliyati haqida fikr almashildi.

📣🟦🟦 ⏰Bugun soat 18:00 da Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining mini-futbol stadionida O‘zbekiston Respublikasi dav
📣🟦🟦 ⏰Bugun soat 18:00 da Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining mini-futbol stadionida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ⚽️futbol bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” sport musobaqasi o‘tkaziladi. 🔹Barchangizni musobaqada ishtirok etishga taklif etamiz!

#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi | #Ma’rifat_darsi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov 1-bosq
+8
#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi | #Ma’rifat_darsi   Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov 1-bosqich talabalariga “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida Mustaqillik darsini o‘tdi. Darsda O‘zbekistonning 35 yillik mustaqillik yo‘li, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, milliy qadriyatlar, Vatan taraqqiyoti hamda yoshlarning kelajak oldidagi mas’uliyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi”, deya ta’kidladi. Mazkur yuksak maqsadga erishishda inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan 7 ta milliy dasturning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

+3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.
Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.
❗️Maʼlumot uchun: Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Kiberxavfsizlik # Raqamli_gigiyena Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Kiberxavfsizlik oyliklari” va “Raqamli gigiy
+2
#Kiberxavfsizlik # Raqamli_gigiyena Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Kiberxavfsizlik oyliklari” va “Raqamli gigiyena soati” doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda talabalarga internetdan xavfsiz foydalanish, kiberfiribgarlikning oldini olish hamda “dropper”lik va uning uchun belgilangan javobgarlik haqida tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida talabalarga kiberxavfsizlik bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

#Milliy_liboslar #Ma’naviyat_ko‘zgusi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yo
+4
#Milliy_liboslar #Ma’naviyat_ko‘zgusi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlar qalbida milliy o‘zlik va ma’naviy merosimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida “Milliy libos – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida milliy liboslarning xalqimiz tarixi, urf-odatlari va qadriyatlaridagi o‘rni, ularning o‘ziga xosligi hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Milliy kiyimlar xalqimizning ko‘p asrlik madaniyati, estetik qarashlari va ma’naviy dunyoqarashini o‘zida mujassam etishi ta’kidlandi. Suhbat davomida milliy liboslarni asrab-avaylash, ularni zamonaviy hayot tarziga uyg‘unlashtirish hamda yosh avlodga milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.