Angren Faculty of Foreign Languages of Uzbekistan State World Languages University
Open in Telegram
Show more
572
Subscribers
+124 hours
+1057 days
+28130 days
Posts Archive
Repost from O'zDJTU | OFIS REGISTRATORI XIZMATLARI
📢 HURMATLI NODAVLAT OTMlardan O‘qishini ko‘chirib, O‘zDJTUga belgilangan ball asosida qabul qilingan TALABALAR DIQQATIGA!
Hurmatli talabalar!
Agar Siz nodavlat oliy ta’lim muassasasidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga (O‘zDJTU) o‘qishingizni ko‘chirgan bo‘lsangiz va fanlar farqini hisoblatgan bo‘lsangiz, ushbu guruhga qo‘shilishingizni so‘raymiz.
📌 Sizdan quyidagilar talab etiladi:
O‘qigan nodavlat OTMingizdan baholar ko‘rsatilgan transkriptni O‘zDJTUga taqdim etgan bo‘lishingiz kerak;
Fanlar farqini mas’ullarga hisoblatgan bo‘lishingiz kerak;
Qaysi kurs va qaysi semestrdan o‘qishni davom ettirishingiz haqida ma’lumotga ega bo‘lgan bo‘lishingiz kerak.
📄 Tez orada aloqa xatlari universitet kesimida yuboriladi.
❗️ Muhim: Faqat fanlar farqi hisoblab chiqilgan va tegishli hujjatlari mavjud bo‘lgan talabalar hujjatlarini O‘zDJTUga taqdim etishlari mumkin.
Agar fanlar farqi hisoblanmagan bo‘lsa, o‘qishni davom ettirish jarayonida muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Shu sababli, fanlar farqini hali hisoblatmagan talabalar mas’ullarga murojaat qilib, fanlar farqini hisoblatishlari lozim.
📌 Fanlar farqi hisoblangan talabalar ushbu guruhga qo‘shilishingizni so‘raymiz.
Repost from JAHON TILLARI ™ | UzSWLU
#mandat #magistratura #qabul2026
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi
2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
✅ Barchaga yuboring👇
⭕️ @Jahon_tillari_UzSWLU
Repost from Edu.uz
#natija #oʻqishnikoʻchirish
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi
2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.
✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.
O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
🟦🟦
O‘zDJTU faxriy professorining maqolasi e’lon qilindi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti “Arab tili tarjimasi nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi faxriy professori Ahmad Jasim Abbas Al-Zubaydiyning maqolasi “Kaid News” nashrida e’lon qilindi.
Maqolada O‘zbekistonning mustaqillik yillari davomida erishgan yutuqlari, mamlakat taraqqiyoti va bugungi rivojlanish jarayonlari haqida so‘z yuritiladi.
🔗 Maqolani to‘liq o‘qish:
https://tinyurl.com/2wpmth3m
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
+4
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI VA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida hududni obodonlashtirish, bezatish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
🏛 Fakultet hududida bayramona muhit yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, hududni yanada obod va ko‘rkam holatga keltirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
✨ Yangi o‘quv yilini yuqori kayfiyat, ko‘tarinki ruh va munosib tayyorgarlik bilan kutib olamiz!
🇺🇿 Yashasin ozod va obod O‘zbekiston!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqda: t.me/uswluangren
Repost from Edu - Taʼlim yangiliklari
❓O'zbekistonda talabalar uchun qanday stipendiyalar bor?
📋 Stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:
➖ pedagogika yo‘nalishida — Abdulla Avloniy; ➖ tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur; ➖ texnika yo‘nalishlarida – Beruniy; ➖ tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino; ➖ gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy; ➖ tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod; ➖ tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek; ➖ kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov; ➖ jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud; ➖ O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy; ➖ Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov; ➖ barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari. ✔️Bundan tashqari Prezident stipendiyasi va Prezident granti ham bor.▶️ Ushbu xabarni iqtidorli talabalarga tezda yuboring! Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
+7
🟦🟦🟦🟦
O‘zDJTU TALABALARI YAPONIYA, KOREYA VA XITOYDA TAHSIL OLADI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026/2027-o‘quv yilida xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarida tahsil oladigan talabalari soni ortmoqda.
Universitetning xalqaro hamkorlik aloqalari va mavjud shartnomalar asosida joriy o‘quv yilida Yaponiya, Koreya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlariga jami 51 nafar talaba bir semestr va undan ortiq muddatga tahsil olish uchun yuborilmoqda.
🇯🇵 YAPONIYA
Yaponiya Hukumati granti hamda universitetlar o‘rtasidagi shartnomalar asosida 14 nafar talaba Yaponiyaning turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil oladi.
Talabalarning Yaponiyada:
🔹 o‘qish;
🔹 yashash;
🔹 sug‘urta bilan bog‘liq xarajatlari Yaponiya Hukumati tomonidan qoplanadi.
Talabalar yapon tili va adabiyoti hamda yaponshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oladilar.
Yaponiyaga jo‘nab ketish jarayoni universitetlar tomonidan belgilangan muddatlarga muvofiq 31-avgustdan 24-sentabrgacha amalga oshiriladi.
🇰🇷 KOREYA RESPUBLIKASI
2026/2027-o‘quv yilida 17 nafar talaba Koreyaning Sunchon va Jeju milliy universitetlarida bir semestr davomida tahsil olish uchun yuborilmoqda.
Sunchon milliy universitetiga boradigan 4 nafar talabaning o‘qish bilan bog‘liq xarajatlari hamda 700 000 von (506 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiyasi universitet tomonidan qoplanadi.
Jeju universitetida tahsil oladigan 13 nafar talabaning o‘qish va yotoqxona xarajatlari Koreya tomoni tomonidan qoplanadi.
Talabalar koreys tili va adabiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oladilar.
Koreyaga jo‘nab ketish 27–29-avgust kunlari amalga oshiriladi.
🇨🇳 XITOY XALQ RESPUBLIKASI
O‘zDJTU va Xitoyning Liaodong universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilida 20 nafar talaba mazkur universitetda tahsil olish uchun yuborilmoqda.
Talabalarning Xitoydagi:
🔹 o‘qish;
🔹 yashash;
🔹 sug‘urta bilan bog‘liq xarajatlari Xitoy tomoni tomonidan qoplanadi.
Talabalar xitoy tili va adabiyoti hamda xitoyshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oladilar.
Talabalar Liaodong universiteti tomonidan belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tish uchun 19-sentabr kuni Xitoyga jo‘nab ketadilar.
Talabalarimizga xorijda ta’lim olish jarayonida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
+3
🟦🟦🟦
#Mustaqillik35
YUKSAK E’TIROF VA MUNOSIB TAQDIRLOV!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak e’tirof — Ilxomjon Tuxtasinovning mamlakatimiz ta’lim tizimi, xususan, oliy ta’lim va yoshlar tarbiyasi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, fidokorona mehnati hamda universitet taraqqiyotiga qaratayotgan sa’y-harakatlarining yana bir yorqin ifodasidir.
✨Muhtaram Ilxomjon Madaminovich!
Sizni ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar, yangi-yangi yutuqlar tilaymiz!
🇺🇿Yurtimiz ravnaqi va ta’lim taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu faoliyatingiz bardavom bo‘lsin!
🏅Yuksak e’tirofingiz muborak bo‘lsin!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
+3
🇺🇿 MUSTAQILLIK — EZGU G‘OYALAR VA YANGI MAQSADLAR TIMSOLI!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida videoroliklar tanlovi tashkil etildi.
🎬 Tanlovda talabalar faol ishtirok etib, ijodiy videoroliklarini taqdim etdilar.
🏆 Yakuniy natijaga ko‘ra, Mamatova Dilnavo tomonidan tayyorlangan videorolik eng namunali videorolik deb topildi.
📚 Shuningdek, professor-o‘qituvchilar ishtirokida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, mas’uliyatni oshirish va talabalarga namuna bo‘lish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqda: t.me/uswluangren
+4
🌿 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
🎓 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish maqsadida hududni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🌳 Fakultet hududidagi daraxtlar oqlanib, yashil hududlar tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, hovli va yo‘laklar tozalanib, hududning ozodaligi va ko‘rkamligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✨ Mazkur ishlar yangi o‘quv yilida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun ozoda, obod va qulay ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoq: t.me/uswluangren
Repost from O'zDJTU | OFIS REGISTRATORI XIZMATLARI
🔈 Imtihon topshirib, o‘qishga kirolmay qolgan abituriyentlar diqqatiga!
⌛️ Bo‘sh qolgan o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish rasman ochildi.
Kimlar uchun:
🔆 Minimal 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmaganlar;
🔆 Ro‘yxatdan o‘tishning 2-bosqichida yo‘nalish va OTM tanlay olmagan abituriyentlar.
📆 Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
22-avgustdan 28-avgustgacha (shu kuni ham).
🔗my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali.
🎥 Batafsil videoda bilib oling!
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va ushbu xabarni abituriyent do‘stlaringizga yuboring!
📱 Telegram | 📱 Instagram
📌Ta’lim krediti ololasizmi yoki yo‘q?
🤔 Ta’lim krediti olmoqchisiz, lekin shartlarga mos kelamanmi-yo‘qmi deb ikkilanayapsizmi?
⌛️ Endi buni my.edu.uz platformasi orqali bir necha soniyada aniqlash imkoni bor!
Jarayon juda oddiy:➡️
🔆 my.edu.uz saytiga kirasiz;
🔆 JSHSHIR (PINFL) raqamingizni kiritasiz;
🔆 Tizim ma’lumotlaringizni avtomatik tahlil qilib, ta’lim krediti talablariga qanchalik mosligingizni ko‘rsatib beradi.
🔗Imkoniyatingizni hoziroq my.edu.uz dan tekshiring
📱 Telegram | 📱 Instagram
Repost from JAHON TILLARI ™ | UzSWLU
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov
DIQQAT, E'LON!
Qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi. Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan. OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin. ✅ Barchaga yuboring👇 ⭕️ @Jahon_tillari_UzSWLU
#qabul2026
O'zbekiston Davlat Jahon tillar universiteti Angren fakultetigaga 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul jarayonlarining yakuniy natijalari, abituriyentlarning test sinovlarida qayd etgan koʻrsatkichlari, taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi oʻtish ballari, grant va toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar haqida maʼlumot
KUNDUZGI TA'LIM SHAKLI:
💠60230100_Филология_ва_тилларни_ўқитиш_инглиз_тили_ўзбек
💠60230100_Филология_ва_тилларни_ўқитиш_инглиз_тили_рус
💠60230100_Филология_ва_тилларни_ўқитиш_рус_тили_рус
💠60230100_Филология_ва_тилларни_ўқитиш_хитой_тили_ўзбек
💠60230100_Филология_ва_тилларни_ўқитиш_хитой_тили_рус
https://t.me/uswluangren
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
IKKINCHI OLIY TA’LIMGA QABUL NATIJALARI E’LON QILINDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi oliy ta’limga kirish uchun o‘tkazilgan imtihonlarda ijobiy natija qayd etib, talabalikka tavsiya etilgan talabgorlar ro‘yxati e’lon qilindi.
📌 Talabgorlar imtihon natijalari bilan O‘zDJTUning rasmiy veb-sayti orqali tanishishlari mumkin.
👉 Natijalar ro‘yxati: O‘zDJTU rasmiy sayti
Barcha talabgorlarga o‘qishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Repost from JAHON TILLARI ™ | UzSWLU
⚡️Yiqilgan abituriyentlarda bo'sh qolgan o'rinlarda 6-yo'nalish tanlash imkoni bor
✅ Bunga oid hukumatning tegishli qarori bor. Unga ko'ra, minimal ball to'plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga bo'sh qolgan yo'nalishlarda tanlovda qatnashish imkoni beriladi.
Qarorga ko'ra, jarayon quyidagicha tashkil etiladi:
— imtihon natijalari e'lon qilingach, bir hafta o'tib, fanlar majmuasi va ta'lim tili mos vakant yo'nalishlarga bir hafta muddatda ro'yxatdan o'tiladi; — qabul reyting ketma-ketligiga qat'iy rioya qilingan holda, bazaviy to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi; — BMBA shakllantirgan qaydnomalar OTMlar uchun buyruq rasmiylashtirishga asos bo'ladi.✅ Eslatib o'tamiz, vakant o'rinlar bo'yicha tanlov faqat imtihonda qatnashib, minimal balldan o'tgan (56,7) abituriyentlar uchun amal qiladi. ✅ Barchaga yuboring👇 ⭕️ @Jahon_tillari_UzSWLU
📢 1-BOSQICHGA QABUL QILINGAN TALABALAR DIQQATIGA!
Hurmatli 1-bosqich talabalari!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetiga 2026/2027-o‘quv yili uchun 1-bosqichga qabul qilingan talabalar tomonidan o‘qish jarayonining boshlanishi, kerakli hujjatlar va boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan ko‘plab savollar kelib tushmoqda.
Shu munosabat bilan ma’lum qilamizki, tez orada fakultet mas’ullari tomonidan barcha 1-bosqich talabalari bilan bog‘laniladi.
📌 Bog‘lanish jarayonida quyidagi masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar beriladi:
🔹 o‘quv jarayoni qachondan va qay tartibda boshlanishi;
🔹 fakultetga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar;
🔹 hujjatlarni qabul qilish tartibi va muddatlari;
🔹 dars jarayonining tashkil etilishi;
🔹 turar joy masalalari;
🔹 shuningdek, talabalarni qiziqtirayotgan boshqa tashkiliy masalalar.
❗️Hozircha xavotirga o‘rin yo‘q. Barcha talabalarga navbatma-navbat bog‘laniladi va zarur ma’lumotlar to‘liq yetkaziladi.
Hech bir talaba e’tibordan chetda qolmaydi. Barchangiz bilan albatta bog‘lanamiz!
📚 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakulteti sizni yangi o‘quv yilida kutib qoladi!
Savollaringizga javob berish va barcha zarur ma’lumotlarni yetkazish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoq: t.me/uswluangren
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida yangi o‘quv yili boshlanish sanalari quyidagicha:
Hurmatli talabalar! Yangi 2026/2027-o‘quv yili quyidagi sanalardan boshlanadi:
✅ 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅ 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan.
🎓 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakulteti barcha talabalarni yangi o‘quv yilida kutib qoladi!
📌 Yangi o‘quv yilini yuqori kayfiyat, katta maqsadlar va yangi marralar bilan boshlaymiz!
Barchangizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz! 🌟
🌐 Biz ijtimoiy tarmoq: t.me/uswluangren
❓Talabalar turar joyiga joylashish uchun onlayn ariza qanday yuboriladi?
Ariza topshirish tartibi:⬇️
✅️my.gov.uz portal orqali ariza yuborish
✅️Yotoqxonaga navbatni tekshirish
🌐 Biz ijtimoiy tarmoq: t.me/uswluangren
🇺🇿 MUSTAQILLIK — EZGU QADRIYATLAR TIMSOLI!
🏐 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakulteti xodimlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.
🤝 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat.
🏆 Qizg‘in va do‘stona ruhda o‘tgan bahs davomida ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati, faolligi va jamoaviy hamkorligini namoyon etdilar.
🇺🇿 Mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoq: t.me/uswluangren
