en
Feedback
Angren Faculty of Foreign Languages of Uzbekistan State World Languages University

Angren Faculty of Foreign Languages of Uzbekistan State World Languages University

Open in Telegram
568
Subscribers
+724 hours
+1077 days
+28130 days
Posts Archive
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Dalyan texnologiya universiteti vakillarining O‘zDJTUga tashrifi 2026-yil 8-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat j
+7
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Dalyan texnologiya universiteti vakillarining O‘zDJTUga tashrifi 2026-yil 8-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida (O‘zDJTU) Xitoy Xalq Respublikasining Dalyan texnologiya universiteti (DUT) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Dalyan texnologiya universiteti Universitet Kengashi raisi, professor, doktor Syan Chanle boshchiligidagi delegatsiya hamda O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi va Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limlari boshliqlari hamda mas’ul xodimlari, shuningdek, Sharq filologiyasi fakulteti rahbarlari ishtirok etdi. Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ikki oliygoh o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari uchun xitoy tilini bilish darajasiga qo‘yiladigan talabni kamaytirish hamda bitiruvchilarga har ikki universitet diplomlarini berish masalasi ko‘tarildi. Doktor Syan Chanle diplom berish masalasini hal qilishga harakat qilishi, dastur talabalari uchun xitoy tilidan qo‘shimcha intensiv kurslar tashkil qilinishini ma’lum qildi. Tomonlar almashinuvi va akademik mobillik dasturlarini kengaytirish, talabalar uchun yozgi va qishki maktablar, qisqa muddatli ta’lim dasturlari hamda o‘quv lagerlarini tashkil etish, talabalarning hamkor universitetlarda amaliyot o‘tashini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi, Xitoy tili va filologiyasi sohasida xorijiy mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb qilish, professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va stajirovka dasturlarini tashkil etish, taklif etilgan professorlar tomonidan ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mahorat darslarini o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish doirasida xalqaro konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar va ilmiy forumlarni birgalikda tashkil etish, hammualliflikda Scopus va Web of Science bazalarida indeksatsiyalangan yuqori reytingli jurnallarda ilmiy maqolalar nashr etish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi aloqalarni kengaytirish hamda kelishilgan tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish masalalarini o‘z ichiga olgan Yo‘l xaritasini ishlab chiqish borasida kelishib oldilar. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida 2026–2027-o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalar uch
+3
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida 2026–2027-o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun “Birinchi kurs maktabi” doirasida navbatdagi dars mashg‘uloti tashkil etildi. 🎓 Mashg‘ulot davomida fakultet dekani I. Bazarov tomonidan talabalarga oliy ta’lim muassasasida amal qilinadigan odob-axloq qoidalari, talabalarning huquq va majburiyatlari, fakultet ichki tartib-qoidalariga rioya qilish hamda universitetning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish masalalari haqida batafsil tushunchalar berildi. 🤝 Shuningdek, fakultetda Yoshlar ittifoqi faoliyati, uning talaba-yoshlar hayotidagi o‘rni, turli loyihalar, tadbirlar va tashabbuslarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqda: t.me/uswluangren

🟢 HEMIS tizimidan kontrakt to'lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish. 🟢 Mazkur video talaba Hemis tizimidan kontrakt.edu.uz saytiga kirgan holda kontrakt to'lovi shartnomasini olish uchun ko'rsatib o'tilgan. Bo'limning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga ulaning! Telegram | Website | Facebook |Instagram

🇺🇿 ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️🇺🇿 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat j
🇺🇿 ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️🇺🇿 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida MAQOLALAR TANLOVI start oldi. 📚Tanlov mavzulari: “Ona Vatanimning buyuk farzandlari” “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman” “Vatanga xizmat qilish – buyuk maqsadim”
👥 Tanlov ishtirokchilari: Universitetning bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan barcha talabalar. ✍️ Maqolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar: Muallif tomonidan mustaqil yozilgan bo‘lishi; Dolzarb, tahliliy va ilmiy-ommabop mazmunga ega bo‘lishi; Muallifning shaxsiy fikri, tahlili, xulosasi va takliflari yoritilishi; Akademik halollik talablariga rioya qilinishi (plagiatga yo‘l qo‘yilmaydi). 🏆 Baholash mezonlari (100 ball): Mavzuning to‘liq yoritilishi – 20 ball Vatanparvarlik g‘oyasining ta’sirchan ifodalanishi – 20 ball Mustaqil va ijodiy yondashuv – 20 ball Tahliliy fikrlash va dalillarning asoslanganligi – 15 ball Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans g‘oyalari bilan bog‘liqligi – 10 ball Mantiqiy izchillik va uslubiy savodxonlik – 10 ball Akademik halollik va rasmiylashtirish – 5 ball 🥇 G‘oliblar: Har bir mavzu bo‘yicha I, II va III o‘rin sohiblari universitet rahbariyatining diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi maqolalar universitetning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi.
🗓Muddat: 09.09.2026 📥 Maqolalarni yuborish manzili: 🌐Telegram: @ITITFTB 🇺🇿Vatan taraqqiyoti – har birimizning daxldorligimizdan boshlanadi! Barcha iqtidorli talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

🎓 “BIRINCHI KURS MAKTABI” 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida 2026–2027-o‘quv yilida 1-kur
+6
🎓 “BIRINCHI KURS MAKTABI” 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida 2026–2027-o‘quv yilida 1-kurs talabalarini talabalik hayotiga moslashtirish, universitet muhiti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Birinchi kurs maktabi” doirasida ilk kun mashg‘ulotlari tashkil etildi. 📚 Dastur davomida talabalar: 🔹 Fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari hamda fakultet kafedralari faoliyati bilan tanishdilar; 🔹 Universitetning rasmiy sayti va elektron platformalaridan foydalanish tartibi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar; 🔹 Universitet Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan yaqindan tanishib, uning elektron resurslari va imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar; 🔹 Universitet bo‘ylab, uning muhim va diqqatga sazovor joylari bilan tanishish maqsadida videosayohat tashkil etildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqda: t.me/uswluangren

🇺🇿 YANGI O‘QUV YILI TANTANALI BOSHLANDI! O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida O‘zbekiston Respu
+9
🇺🇿 YANGI O‘QUV YILI TANTANALI BOSHLANDI! O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. 🎓 Tadbirda Angren shahar hokimi o‘rinbosari A. Parpiyev, faxriy ustozlar, ota-onalar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbirni Angren fakulteti dekani ochib berib, barchani mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan 1-kurs talabalarini yangi hayot bosqichi bilan tabriklab, ularga o‘qishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. 🌟 Tadbir davomida universitetga yuqori natijalar bilan qabul qilingan hamda kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan talabalar munosib ravishda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. 🎉 Barcha talabalarimizni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etamiz! 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqda: t.me/uswluangren

📢 DIQQAT, HURMATLI 1-KURS TALABALARI! Ushbu guruh: https://t.me/+CcQPs6U1X11jODEy O‘zDJTU Angren fakulteti 1-kurs talabalari uchun tashkil etilgan. 🎓 Guruhning asosiy maqsadi: — talabalar tomonidan beriladigan umumiy savollar yuzasidan savol-javoblar; — o‘quv jarayoni va fakultet faoliyatiga oid masalalarni muhokama qilish; — talabalarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha tushuntirish va ma’lumotlar berish; — muhim e’lon va yangiliklarni yetkazish. 📌 MUHIM! Talabalar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan quyidagi mas’ullar tomonidan telefon orqali bog‘lanilganda, qo‘ng‘iroqlarni e’tiborsiz qoldirmaslik va imkon qadar o‘z vaqtida javob berish so‘raladi: 👤 Bakirov Nosirxon 📞 Tel: +998 93 422 15 52 👤 Alimov Aziz 📞 Tel: +998 93 911 76 64 👤 Murodov Hayrulla 📞 Tel: +998 97 345 71 82 🤝 Guruhda barcha talabalardan o‘zaro hurmat, odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda savol va muhokamalarni mazmunli olib borish so‘raladi. 🎓 O‘zDJTU Angren fakulteti — 1-kurs talabalari uchun yagona axborot va muloqot guruhi!

📢 1-KURS TALABALARI VA OTA-ONALARI DIQQATIGA! 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakulteti 1-kurs talabalari diqqatiga! 📅 2026-yil 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali “Yangi o‘quv yili" boshlanish tadbiri bo‘lib o‘tadi. 🕗 Tadbir boshlanish vaqti: 08:10 📍 Manzil: Angren fakulteti hududi Shu munosabat bilan barcha 1-kurs talabalaridan soat 07:50 ga fakultet hududida bo‘lishlari so‘raladi. 🎓 Tantanali tadbir yakunlangach, barcha 1-kurs talabalari uchun “1-kurs maktabi” doirasidagi dars mashg‘ulotlarimiz boshlanadi. ⚠️ Barcha 1-kurs talabalari mazkur e’lon bilan tanishib, belgilangan vaqtda fakultet hududida bo‘lishlari so‘raladi. Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizning yangi o‘quv yilini o‘z vaqtida va tartibli boshlashlarini ta’minlashda hamkorlik qilishingizni so‘raymiz. Bizning ijtimoiy tarmoq: 🌐 https://t.me/Angren_xorijiy_tillar_fakulteti

📢 DIQQAT, 1-KURS TALABALARI! O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetiga 2026–2027-o‘quv yili uchun 1-kursga qabul qilingan talabalar tegishli akademik guruhlarga biriktirildi. 📋 Quyida talabalarning qaysi guruhga biriktirilgani bo‘yicha ro‘yxat ilova qilinmoqda. 👉 Hurmatli talabalar, o‘zingizning F.I.Sh.ingizni ro‘yxatdan topib, qaysi guruhga biriktirilganingiz bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz. 🎓 Barchangizga yangi o‘quv yilida omad va muvaffaqiyat tilaymiz! Bizning ijtimoiy tarmoq: 🌐 https://t.me/Angren_xorijiy_tillar_fakulteti

Repost from Scholarships.uz
🇨🇭Future Diplomats Forum 2027 — Shveysariyada toʻliq va qisman moliyalashtiriladigan xalqaro konferensiya Moliyalashtirish: To’liq/qisman Til talabi: Ingliz tili Kimlar uchun ➡️18–45 yosh oraligʻida boʻlishi; ➡️Istalgan taʼlim yoki professional yoʻnalish vakillari qatnasha oladi; ➡️Xalqaro munosabatlar va huquqshunoslik yo’nalishlariga afzallik beriladi. Toʻliq grant (50 ta oʻrin): ➡️Aviachipta, ➡️4 yulduzli mehmonxona; ➡️Viza xarajatlari, ➡️Ovqatlanish, transferlar va forumga toʻliq kirish huquqi qoplanadi. Dastur haqida ➡️Dastur 2027-yil 10–13-fevral kunlari dunyoning diplomatiya markazi hisoblangan Shveysariyaning Jeneva shahrida oʻtkaziladi. 🕓Oxirgi muddat: 10-noyabr, 2026 🔗Batafsil: grantgo.uz/go/5pa8eg #Shveysariya #sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi

🟦🟦 🇺🇿🇨🇳 O‘zDJTU talabalari Xitoyda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ishtirokidagi xalqaro ta’li
+2
🟦🟦 🇺🇿🇨🇳 O‘zDJTU talabalari Xitoyda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ishtirokidagi xalqaro ta’lim dasturi Xitoyning Xi’an International Studies University rasmiy saytida yoritildi. “Bilim bilan Sian sari – Ipak yo‘li yoshlari” dasturi doirasida talabalar Sian shahrining tarixiy va madaniy maskanlari bo‘ylab sayohat qildilar. Jumladan, shaharning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari hamda madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Safar davomida yoshlar uchun Xitoy madaniyati bilan tanishish, mahalliy yoshlar bilan muloqot qilish va yangi taassurotlar orttirishga qaratilgan turli tadbirlar ham tashkil etildi. Mazkur xalqaro dastur O‘zDJTU talabalari uchun nafaqat ta’lim olish, balki Xitoyning boy tarixi va madaniyatini bevosita o‘rganish imkonini berdi. 📌 Manba: Xi’an International Studies University rasmiy sayti⁠ 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Repost from UzSWLU sports club
💪🇺🇿💛💛💛💼🇺🇿 ❤️❤️❤️❤️❤️💛❤️❤️ 🌟Bugun "Tashkent City" parkida "PRORUN" tashkiloti tomonidan "TASHKENT INTERNATIONAL HAL
+5
💪🇺🇿💛💛💛💼🇺🇿 ❤️❤️❤️❤️❤️💛❤️❤️ 🌟Bugun "Tashkent City" parkida "PRORUN" tashkiloti tomonidan "TASHKENT INTERNATIONAL HALF MARATHON" yugurish marafoni tashkil etildi. 👍Ushbu marafonda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalar faol ishtirok etdilar. ➡️Musobaqa ishtirokchilari 21 km va 5 km masofalarda Islom Karimov shoh koʻchasi boʻylab yugurishdi. 💤Ushbu yugurish marafonlari aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlarni sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish hamda ularni gʻalaba shukuhida tarbiyalash uchun muhim oʻrin egallaydi. 🕸Biz bilan qoling: @uzswlusportsclub

Repost from Edu.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

⚡️To'lov-kontrakt shartnomasini ikki tomonlama tanlash kerakmi yoki uch tomonlama? 🟠Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadid
⚡️To'lov-kontrakt shartnomasini ikki tomonlama tanlash kerakmi yoki uch tomonlama? 🟠Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu haqida qisqacha tushuntirib o'tamiz: 🟠Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak. ✍️ Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o'tirmang. 🟠Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. 📱Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍 @Talimgaoid_perevod

O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETIDA 2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN TO‘LOV-KONTRAKT MIQDORLARI 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllari kesimida belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorlari quyidagi ilovada keltirilgan.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakulteti dekan o‘rinbosari S. Manazarov, Angren shahar Favqulodda vaziy
+3
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakulteti dekan o‘rinbosari S. Manazarov, Angren shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimi B. Turdaliyev hamda 7-sonli talabalar turar joyi (TTJ) komendanti N. Abdurahimova hamkorligida talabalar turar joyining 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi. O‘rganish davomida TTJda talabalarga yaratilgan sharoitlar, xonalar va umumiy foydalanish joylarining holati, yong‘in xavfsizligi talablari, sanitariya-gigiyena sharoitlari hamda xavfsizlik choralariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida talabalar uchun qulay, xavfsiz hamda munosib yashash sharoitlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko'rildi. Bizning ijtimoiy tarmoq: 🌐 https://t.me/Angren_xorijiy_tillar_fakulteti

⚡️Ta'lim krediti haqida muhim ma'lumotlar 1. Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga foizsiz, yigitlarga markaziy bankning asosiy stavkasiga (14%) ko'ra ajratiladi. 2. Ta'lim krediti O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat OTM talabalari uchun ajratiladi. 3. Ta'lim krediti joriy yildan faqat kunduzgi ta’lim talabalari uchun ajratiladi. 4. Ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan (oʻrtacha “3”dan past) taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning 80 foizi miqdorida ajratiladi. 5. Ta'lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). 6. Ta'lim kreditini har yili olish mumkin. 7. “Superkontrakt” asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi. 8. Imtiyozli taʼlim krediti rasmiy oʻqish tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil muddatga ajratiladi. Masalan talaba 1-kurs boʻlsa, 11 yil 7 oy ichida kreditni toʻlashi mumkin. 9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi 10. Taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va my.gov.uz orqali topshirish mumkin. 11. Imtiyozli ta'lim krediti haqida eng so'nggi ma'lumotlarni @nodavlattalim sahifasidan topishingiz mumkin Ta'lim krediti ajratidigan banklar ro'yxati bu yerda: https://t.me/nodavlattalim/5716 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Assalom alaykum xurmatli talabalar. Ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish maqsadida: Ushbuni ma'lum qilamizke, endilikda
Assalom alaykum xurmatli talabalar. Ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish maqsadida: Ushbuni ma'lum qilamizke, endilikda xonadon egasi bilan talaba o'rtasidagi ijara shartnomalarini davlat soliq organlarida royxatga qo`yish onlayn tartibda amalga oshiriladi. Murojaat uchun: telegram @Soliq9999 yoki  @Soliq999                                               (Sentyabr oyi uchun oxirgi muddat 07.09.2026 y)

📢 HURMATLI NODAVLAT OTMlardan O‘qishini ko‘chirib, O‘zDJTUga belgilangan ball asosida qabul qilingan TALABALAR DIQQATIGA! Hurmatli talabalar! Agar Siz nodavlat oliy ta’lim muassasasidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga (O‘zDJTU) o‘qishingizni ko‘chirgan bo‘lsangiz va fanlar farqini hisoblatgan bo‘lsangiz, ushbu guruhga qo‘shilishingizni so‘raymiz. 📌 Sizdan quyidagilar talab etiladi: O‘qigan nodavlat OTMingizdan baholar ko‘rsatilgan transkriptni O‘zDJTUga taqdim etgan bo‘lishingiz kerak; Fanlar farqini mas’ullarga hisoblatgan bo‘lishingiz kerak; Qaysi kurs va qaysi semestrdan o‘qishni davom ettirishingiz haqida ma’lumotga ega bo‘lgan bo‘lishingiz kerak. 📄 Tez orada aloqa xatlari universitet kesimida yuboriladi. ❗️ Muhim: Faqat fanlar farqi hisoblab chiqilgan va tegishli hujjatlari mavjud bo‘lgan talabalar hujjatlarini O‘zDJTUga taqdim etishlari mumkin. Agar fanlar farqi hisoblanmagan bo‘lsa, o‘qishni davom ettirish jarayonida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli, fanlar farqini hali hisoblatmagan talabalar mas’ullarga murojaat qilib, fanlar farqini hisoblatishlari lozim. 📌 Fanlar farqi hisoblangan talabalar ushbu guruhga qo‘shilishingizni so‘raymiz.