en
Feedback
Jurayev Milliy Sertifikat

Jurayev Milliy Sertifikat

Open in Telegram
549
Subscribers
+524 hours
+207 days
-1430 days
Posts Archive
OTLAR ATOQLI OT VA TURDOSH OTLARGA BO‘LINADI. 📜 1) Shaxs, narsa, joylarga inson tomonidan qo‘yilgan nomlar atoqli ot deyiladi. Bu nomlar xalq orasida ulug‘lanib, sharafiga yoziladi. Masalan, Aziza, Muhammad, Qoravoy, Olapar, O‘zbekiston, Namangan. Chunki «Birinchi kelgan nom berar, keyin kelgan shu nomni olar», degan qadimiy hikmat bor. ✍️ 2) Insonlar tomonidan nom sifatida qo‘yilmagan, azaldan amaldagi nomi bilan kelgan shaxs, narsa, joylar turdosh otlar hisoblanadi. Bu esa tabiatning o‘z qonuniga bo‘ysunadi. Masalan, haydovchi, muallim, devor, telefon, yoshlik, adir, kitob va h.z. 🌿 Biz bilan rivojlaning. Kanalimiz:t.me/jurayevMSOA

Tayyormisiz? 2026 yil ikkinchi choragida bo'lib o'tadigan Milliy sertifikat imtihonlari... Kanalimiz:t.me/jurayevMSOA
Tayyormisiz? 2026 yil ikkinchi choragida bo'lib o'tadigan Milliy sertifikat imtihonlari... Kanalimiz:t.me/jurayevMSOA

Kinoya – biror so‘zni o‘zning ma’nosida emas, teskari (negativ) ma’noda qo‘llash usuli. Nutqda istalgan so‘zni mazmuniy jihatdan o‘sha so‘zga teskari ma’noda qo‘llash orqali yuzaga chiqadi. Kinoyadan foydalanilayotganini bilishning oson yo‘li so‘zdagi qo‘shtirnoq belgisi orqali aniqlash hisoblanadi. Sababi kinoyalar doimo qo‘shtirnoq bilan beriladi. Masalan: 1) Dunyoda balchiqning hididan ko‘ra “shirin” hid bo‘lmaydi. 2) Sinfda yagona “aqlli” bor edi, u ham kelmabdi. 3) Menga bunaqa “nasihatlar” kerak emas, deb turib oldi. Kanalimiz:t.me/jurayevMSOA

⚡️⚡️Расман: Эртага Ўзбекистонда олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонлари натижалари эълон қилинади Олий таълим, фан ва ин
⚡️⚡️Расман: Эртага Ўзбекистонда олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонлари натижалари эълон қилинади Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги маълум қилишича, эртага соат 08:00 да мамлакатдаги олий таълим муассасаларига кириш тест синовларининг якуний натижалари — мандат эълон қилинади. 📢 Натижаларни кутаётган яқинларингизга хабарни юборинг! 👉 t.me/UzbekistanSadosi

✅️Test ishlanishga tayyorTest nomi: BADIIY MATN: “Imtihon kuni” Testlar soni: 5 ta Test kodi: 8 Test yaratuvchisi: Ortiqali To’lanboyev Test javoblaringizni quyidagi botga jo'nating: 👉 @testlar_tekshiruv_bot 👉 @testlar_tekshiruv_bot 👉 @testlar_tekshiruv_bot 📌 Testda qatnashish uchun @testlar_tekshiruv_bot ga kirib 8 sonini botga yuboring. ♻️Test ishlanishga tayyor!!! 📌@onatilitestlar 📌@onatilitestlar 📌@onatilitestlar

2. Ey orazi shamsu qamarim, netti , ne bo’ldi? Vey tishlari duru guharim, netti, ne bo’ldi? Ushbu bayt haqida qaysi ma’lumot to’g’ri? A) mutlaq qofiya qo’llangan B) qisqa radif qo’llangan C) talmeh san’ati qo’llangan D) husni ta’lil san’ati qo’llangan Javobingizni izohlarda yozib qoldiring. Kanalimiz:t.me/jurayevMSOA

1.G’amindin qarordi olovli ohim, Qutulmoq ne endi hajru g’amingdin. Baytda qo’llangan san’atni aniqlang. A) talmeh B) tardi aks C) tasbe D) husni ta’lil E) tasdir Javobingizni izohlarda yozib qoldiring. Kanalimiz:t.me/jurayevMSOA

‼️‼️‼️‼️ ⚡️Quyidagi so‘zlarda tutuq belgisi bordek tuyulsa ham, ular tutuq belgisi bilan yozilmaydi: ☑️ voqe ☑️tole ☑️mone ☑️taassurot ☑️taajjub ☑️taalluqli ☑️ taqiqlamoq ☑️mo‘tabar ☑️tama ☑️tamagir ☑️shafe ☑️taqiq ©kanalimiz:t.me/jurayevMSOA

❗️❗️❗️❗️ Quyidagi so’zlar qo’sh undoshli bo’lib ko’rinadi-yu qo’sh undosh bilan yozilmaydi: tekis tekkis tanovul tanovvul galaktika gallaktika maza. mazza uchala. uchchala Kanalimiz:t.me/jurayevMSOA

Joy nomlari imlosi: Joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi. Mamlakatlar: Turkiya, Hindiston Shaharlar: Andijon, Yangiyo‘l Qishloqlar: Naymancha, Buloqboshi Mahallalar: Bodomzor, Chig‘atoy Tog‘lar: Qoratog‘, Pomir Dara: Zavraq Yaylov: Yarqoq Tepalar: Oqtepa, Uchtepa Okeanlar: Hind, Tinch, Atlantika Dengizlar: Qora dengiz, Azov Daryolar: Zarafshon, Sirdaryo Kanal: Yoyilma Joy nomlari tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: O‘rta Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Markaziy Qizilqum, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq, Past Darg‘om, Katta Farg‘ona kanali. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan ifodalangan joy nomlari qo‘shib yoziladi: Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Mirzacho‘l, Sirdaryo, Uchko‘prik, Oltiariq, Kosonsoy, Yangiobod, Xalqobod, Nurobod. Demak: ✅ Past Darg‘om tumani qaysi viloyat tarkibida? ❌ Pastdarg‘om tumani qaysi viloyat tarkibida? ✅ Katta Farg‘ona kanali 45 kunda qazib, bitkazilgan. ❌ Katta farg‘ona kanali 45 kunda qazib, bitkazilgan. Kanalimiz: t.me/jurayevMSOA

Story

Bog‘gami yo boqqa? -ga -gacha -gach -guncha -gani -gudek -gan -gin -gina k undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda: tokka yo‘lakkacha q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda: chopiqqa qishloqqacha Qolgan barcha hollarda g yoziladi: bargga pedagogga Demak: ✅ Kecha tog‘ga chiqdik. ❌ Kecha toqqa chiqdik. ✅ Ko‘chat ekkani keldi. ❌ Ko‘chat ekgani keldi. To‘g‘ridan-to‘g‘rimi yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri? Birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan birikmalar ajratib yoziladi. Misollar: kundan kunga yildan yilga tomdan tomga darsdan darsga Belgining ortiq darajasini bildiruvchi -dan qo‘shimchasi bilan bog‘langan birikmalar ham ajratib yoziladi. Misollar: ko‘pdan ko‘p tekindan tekin yangidan yangi ochiqdan ochiq qizigandan qizidi Demak: ✅ Ekologiya yildan yilga yomonlashyapti. ❌ Ekologiya yildan-yilga yomonlashyapti. ✅ Mushuk tomdan tomga sakrab o‘tdi. ❌ Mushuk tomdan-tomga sakrab o‘tdi. 📚 Kanalimiz: t.me/jurayevMSOA

Qaysi biri to‘g‘ri?
Anonymous voting

Qaysi biri to‘g‘ri?
Anonymous voting

Qaysi biri to‘g‘ri?
Anonymous voting