Qisqasi - eng sara yangiliklar
Open in Telegram
🔵 "Qisqasi" loyihasi rasmiy kanali • Instagram: http://qisqasi.uz/ig • TikTok: http://qisqasi.uz/tt • YouTube: http://qisqasi.uz/yt ⚡️ Tezkor yangiliklar 🎯 Aniq ma’lumotlar 🤏🏻 Qisqacha tarzda
Show more8 874
Subscribers
-3024 hours
-1947 days
-74830 days
Posts Archive
🇺🇿🇷🇸 Belgraddagi ko‘chalardan biriga “Toshkent” nomi berildi
🏙 Serbiya poytaxti Belgrad shahridagi ko‘chalardan biri endi “Toshkent” deb ataladi. Nom berish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasida o‘tkazildi.
🤝 Ikki davlat rahbarlari bu qarorni O‘zbekiston va Serbiya munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganining ramzi sifatida baholadi.
❤️ Yangi “Toshkent” ko‘chasi ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik ramziga aylanishi ta’kidlandi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
🌕 Oy kraterlarini o‘rganish uchun ulkan “robot-shar” yaratilyapti
🤖 Muhandislar an’anaviy lunoxodlar kira olmaydigan chuqur va tik Oy kraterlarini tadqiq qilish uchun RoboBall nomli sharsimon robot ustida ishlamoqda. 🚀 Puflanadigan qurilma krater ichiga tushib, kerakli namunalarni yig‘ishi mumkin. So‘ng ularni maxsus kapsulada yuqoriga uloqtiradi, kapsulani esa boshqa lunoxod qabul qilib olishi ko‘zda tutilgan. 🧪 Loyiha bir necha yildan beri ishlab chiqilmoqda, ammo hozircha faqat prototiplar sinovdan o‘tkazilmoqda. Oyga uchirish sanasi hali belgilanmagan.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
🏛 Ziroat Mirziyoyeva Serbiyaning tarixiy va madaniy obidalari bilan tanishdi
🇺🇿🇷🇸 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasida Ziroat Mirziyoyeva Serbiya birinchi xonimi Tamara Vuchich hamrohligida Belgraddagi muhim madaniy maskanlarni ziyorat qildi. 📜 Milliy muzeyda ular serb va jahon san’ati namunalari, shuningdek, XII asrga oid Miroslav Injili bilan tanishdi. Ushbu qo‘lyozma serb kirill yozuvining eng qadimiy yodgorligi hisoblanib, UNESCOning “Jahon xotirasi” reyestriga kiritilgan. ⛪️ Shundan so‘ng birinchi xonimlar dunyodagi eng yirik pravoslav ibodatxonalaridan biri — Avliyo Savva ibodatxonasiga tashrif buyurdi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
🎬 Shohrux Xon O‘zbekistonga kelishi mumkin
🇺🇿🇮🇳 O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida kino va madaniyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning aytishicha, tomonlar ko‘p yillik hamkorlikni nazarda tutuvchi hujjatni imzolagan. ⭐️ Ayni paytda Shohrux Xon va taniqli prodyuser Karan Johar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Shohrux Xonga O‘zbekistonga kelib, yosh kinoijodkorlar uchun mahorat darslari o‘tkazish va katta maydonda konsert berish taklif qilingan. 📌 Vazir hozircha aniq kelishuv yo‘qligini ta’kidladi. Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, tashrif haqida rasman e’lon qilinadi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
🚀 “Yulduzlar jangi” muallifi $1 mlrdga o‘z muzeyini qurdi
🎬 Jorj Lukas Los-Anjelesda 17 yil davomida yaratgan shaxsiy muzeyini ochishga tayyorlanmoqda. Loyiha uchun rejissyor o‘z mablag‘idan $1 milliard sarflagan. 🖼 Muzeyda Lukas 50 yil davomida to‘plagan 40 mingdan ortiq asar saqlanadi: kartinalar, komikslar, konsept-artlar, kino rekvizitlari, Banksy asarlari va hatto Sikstin kapellasi reproduksiyalari ham bor. 🛸 Majmuaning o‘zi ulkan kosmik kemaga o‘xshash shaklda qurilgan. Unda ikkita kinoteatr, kutubxona, restoran va katta park joylashgan. 📅 Muzey 22-sentabr kuni tashrif buyuruvchilar uchun ochilishi rejalashtirilgan.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
🚨 Chorvoqda cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘ildan birining jasadi topildi
🌊 2-sentabr kuni Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida ota va uning ikki o‘g‘li cho‘kib ketgan edi. Ular katerda sayr qilib, suvga tushish taqiqlangan hududda himoya nimchasiz cho‘milgani aytilmoqda. 🛟 FVV ma’lumotiga ko‘ra, keng ko‘lamli qidiruv ishlariga Toshkent viloyati bilan birga Jizzax va Sirdaryo hududlaridan ham qo‘shimcha kuchlar jalb qilingan. 🕐 Bugun soat 13:02 da cho‘kib ketganlardan birining jasadi topildi. Qolgan ikki kishini qidirish ishlari davom etmoqda.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
🚑 Toshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisi jazolandi
🚘 Sergeli–Chilonzor yo‘nalishida BYD haydovchisi ortidan kelayotgan maxsus sirenali tez yordam avtomobiliga yo‘l bermagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 👮♂️ YHXX o‘rganishidan so‘ng haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, avtomobil esa vaqtincha jarima maydoniga joylashtirildi. 🔊 Haydovchining aytishicha, mashina oynalari yopiq, konditsioner va musiqa yoqilgan bo‘lgani sabab tez yordam signalini eshitmagan. U buni ataylab qilmaganini bildirgan.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
🌪 Xitoyda odamlar “tabiiy ofat”ni boshdan kechirish uchun pul to‘lamoqda
🇨🇳 Xanchjouda tabiiy ofatlarni maksimal darajada real his qilish imkonini beruvchi ekstremal simulyator ishlamoqda. Bu yerda tashrif buyuruvchilar soatiga 165 km tezlikdagi dovul va kuchli suv toshqinlarini boshdan kechirishi mumkin. 🌊 Kompleksning bir zonasida maxsus to‘siq ochilib, 900 tonna suv chiqariladi. Boshqa sinovda esa odamlar suv bosgan metrodan chiqib ketishga harakat qiladi. 💵 Aslida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik markazi sifatida yaratilgan majmuaga kirish 899 yuandan — taxminan $126 dan boshlanadi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
💼 Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich 200 dan ortiq biznes vakillari bilan uchrashdi
🇺🇿🇷🇸 Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich Belgradda O‘zbekiston–Serbiya qo‘shma biznes forumida ishtirok etdi. Tadbirga ikki mamlakatdan 200 dan ziyod rasmiy va ishbilarmon doira vakillari yig‘ildi. 📈 Tomonlar o‘zaro savdo hajmini bir necha barobar oshirish, bojxona tartiblarini soddalashtirish va 2026–2028-yillarda sanoat kooperatsiyasini kengaytirishni maqsad qilgan. 🏭 Asosiy yo‘nalishlar qatorida avtomobil qismlari, elektrotexnika va to‘qimachilik mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarish, farmatsevtika, oziq-ovqatni qayta ishlash, dasturiy ta’minot va sun’iy intellekt bo‘yicha loyihalar bor. 🤝 Forum yakunida qator iqtisodiy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
👑 23 yoshli o‘qituvchi “Miss World 2026” g‘olibi bo‘ldi
🇩🇴 Dominikan Respublikasidan 23 yoshli adabiyot o‘qituvchisi Joheirry Mola Dominguez “Miss World 2026” tanlovida g‘olib chiqdi.
🥈 Ikkinchi o‘rinni ispaniyalik Elizabeth Reynes Alabern, uchinchi o‘rinni esa Malayziya vakili Thaanusiya Chetty egalladi.
🌏 Bu yil tanlov ilk bor Vyetnamda o‘tkazilib, unda 111 davlat vakillari ishtirok etdi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
✈️ Humo Air davlatga qaytarilib, yana sotuvga chiqariladi
🇺🇿 Humo Air’ni xususiylashtirish bo‘yicha Shveysariyaning ValleyRoad Capital S.A. kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Aviakompaniyaning 100 foiz ulushi yaqin kunlarda davlat tasarrufiga qaytariladi. 💰 Humo Air 2022-yilda 2,4 mln dollarga xususiylashtirilgan edi. Endi kompaniya 2026–2027-yillarda ommaviy savdolar orqali sotiladigan davlat aktivlari ro‘yxatiga kiritildi va yana xususiylashtiriladi. 🛫 Aviakompaniya 2024-yil martidan barcha parvozlarini to‘xtatgan va shundan buyon faoliyatini qayta tiklamagan. Davlat ulushining nima sababdan qaytarilayotgani hozircha ochiqlanmadi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
😄 Marafonchi 11 ta homiysini bitta taqdirlash marosimiga “sig‘dirdi”
🇧🇷 Braziliyalik marafonchi Valdemar Bispo dos Santos musobaqada beshinchi bo‘lib marraga yetib kelganidan so‘ng, taqdirlashdagi fotosessiyada noodatiy usuldan foydalandi.
👕 Sportchi 11 ta homiy bilan shartnoma tuzgani sabab, suratga tushish davomida ularning futbolkalarini birin-ketin almashtirib chiqdi. Shu tariqa barcha brendlar kameraga tushishga ulgurdi.
😂 Uning tez-tez kiyim almashtirishi boshqa sportchilarni ham kuldirib yubordi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
🇺🇿🏅🇷🇸 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat mukofoti – Serbiya Respublikasining I darajali Ordeni bilan taqdirlandi.
Ushbu oliy mukofot davlatimiz rahbariga ikki davlat o‘rtasidagi tinchlikparvar hamkorlik hamda do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun berildi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
🇺🇿🇷🇸 O‘zbekiston va Serbiya strategik sherik bo‘ldi
🤝 Prezident Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich muzokaralar yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.
📑 Davlat rahbarlari huzurida mehnat migratsiyasi, transport, bojxona, energetika, farmatsevtika, turizm, temiryo‘l, IT, raqamlashtirish, ekologiya, kino va boshqa yo‘nalishlarda 20 ta ikki tomonlama hujjat almashildi.
💼 Shuningdek, tomonlar Erkin savdo to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun ishchi guruh tuzishga kelishib oldi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
🇺🇿🇷🇸 O‘zbekiston va Serbiya munosabatlari yangi bosqichga chiqmoqda
🤝 Prezident Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Belgradda muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar savdo, investitsiya, sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. 📈 O‘zaro savdoni oshirish uchun Erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish taklif qilindi. Shuningdek, 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan sanoat sherikligi bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi qabul qilindi. 👷 Muhim yo‘nalishlardan biri — mehnat migratsiyasi. Tashrif doirasida O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida Mehnat mobilligi va migratsiyasi to‘g‘risidagi bitim qabul qilindi. 🌍 O‘zbekiston 2027-yilda Belgradda o‘tadigan EXPO-2027 xalqaro ko‘rgazmasida milliy pavilyon bilan ishtirok etadi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
✈️ Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi
🇺🇿🇲🇺 Uzbekistan Airways 26-dekabrdan Toshkent — Mavrikiy yo‘nalishida parvozlarni boshlaydi. Dastlab 26-dekabr, 3 va 11-yanvar kunlari jami uchta reys rejalashtirilgan. 🏝 Parvozlar Boeing 787 Dreamliner samolyotida amalga oshiriladi. Masalan, 11-yanvar kungi Toshkent — Mavrikiy chiptasi 21 mln so‘m atrofida bo‘lib, tarifga 20 kg yuk ham kiritilgan. 📅 2027-yil iyunidan esa ushbu yo‘nalishda haftasiga bir marta muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
🐻 Rossiyada ayiq hashamatli mehmonxona oldiga kelib, sayyohlardan qo‘rqib qochdi
🇷🇺 Krasnaya Polyanada ayiq tunda “Polyana 1389” mehmonxonasi hududiga kirib kelgan.
😄 Biroq sayyohlar chiqargan baland shovqindan cho‘chigan ayiq tezda ortiga qaytib, qochib ketgan.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
🎤 Shakira Bishkekda konsert beradi
🇰🇬 Kolumbiyalik dunyo yulduzi Shakira Qirg‘iziston poytaxtidagi “Bishkek Arena”da konsert berishi kutilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti ishlar boshqaruvchisi Kanibek Tumanbayev ma’lum qildi. 🏟 51 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadionda Shakiraning chiqishi anons qilindi, biroq konsertning aniq sanasi va chiptalar savdosi haqida hozircha ma’lumot berilmadi. 🔥 Avvalroq ushbu arenada amerikalik xonanda Nikol Sherzinger ham chiqish qilgan edi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
🇺🇿🇷🇸 Mirziyoyev Serbiyaga ilk rasmiy tashrifini boshladi
✈️ Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan rasmiy tashrif bilan Belgradga keldi. Serbiya havo hududida Prezident samolyotiga mezbon mamlakat qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi. 🤝 Nikola Tesla xalqaro aeroportida O‘zbekiston yetakchisini Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi. Keyinchalik davlat rahbarlari rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi. 🏛 Tashrif doirasida O‘zbekiston–Serbiya oliy darajadagi muzokaralari va biznes forumi o‘tkazilib, ikki tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilinishi rejalashtirilgan. 🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifi sharafiga “Kula Belgrad” osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
📵 Polshada telefon qaramligiga qarshi “yog‘och gadjet” sotuvga chiqdi
🪵 Oakywood kompaniyasi smartfonga kamroq chalg‘ish uchun yog‘och taglik va vazifalar yoziladigan kartochkalardan iborat To-Do Desk Kit yaratdi. ✍️ G‘oya oddiy: telefonda navbatdagi ilovani ochish o‘rniga, bajarilishi kerak bo‘lgan ishni kartochkaga yozib, diqqatni vazifaga qaratish. 💰 Bunday “analog xotirjamlik” to‘plami qariyb 4 ming rubl turadi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
