en
Feedback
Qisqasi - eng sara yangiliklar

Qisqasi - eng sara yangiliklar

Open in Telegram

🔵 "Qisqasi" loyihasi rasmiy kanali • Instagram: http://qisqasi.uz/ig • TikTok: http://qisqasi.uz/tt • YouTube: http://qisqasi.uz/yt ⚡️ Tezkor yangiliklar 🎯 Aniq ma’lumotlar 🤏🏻 Qisqacha tarzda

Show more
8 874
Subscribers
-3024 hours
-1947 days
-74830 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+9
in 3 channels
August '26
+96
in 14 channels
Get PRO
July '26
+24
in 2 channels
Get PRO
June '26
+12
in 3 channels
Get PRO
May '26
+1 691
in 7 channels
Get PRO
April '26
+243
in 8 channels
Get PRO
March '26
+731
in 12 channels
Get PRO
February '26
+9
in 6 channels
Get PRO
January '26
+20 527
in 5 channels
Get PRO
December '25
+1 763
in 2 channels
Get PRO
November '25
+7 972
in 15 channels
Get PRO
October '25
+703
in 3 channels
Get PRO
September '250
in 2 channels
Get PRO
August '25
+25
in 1 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
09 September0
08 September0
07 September0
06 September+4
05 September+1
04 September+1
03 September+1
02 September0
01 September+2
Channel Posts
🏛 Ziroat Mirziyoyeva Serbiyaning tarixiy va madaniy obidalari bilan tanishdi
🇺🇿🇷🇸 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasida Ziroat Mirziyoyeva Serbiya birinchi xonimi Tamara Vuchich hamrohligida Belgraddagi muhim madaniy maskanlarni ziyorat qildi. 📜 Milliy muzeyda ular serb va jahon san’ati namunalari, shuningdek, XII asrga oid Miroslav Injili bilan tanishdi. Ushbu qo‘lyozma serb kirill yozuvining eng qadimiy yodgorligi hisoblanib, UNESCOning “Jahon xotirasi” reyestriga kiritilgan. ⛪️ Shundan so‘ng birinchi xonimlar dunyodagi eng yirik pravoslav ibodatxonalaridan biri — Avliyo Savva ibodatxonasiga tashrif buyurdi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube

2
🎬 Shohrux Xon O‘zbekistonga kelishi mumkin 🇺🇿🇮🇳 O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida kino va madaniyat sohasidagi hamkorli
🎬 Shohrux Xon O‘zbekistonga kelishi mumkin 🇺🇿🇮🇳 O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida kino va madaniyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning aytishicha, tomonlar ko‘p yillik hamkorlikni nazarda tutuvchi hujjatni imzolagan. ⭐️ Ayni paytda Shohrux Xon va taniqli prodyuser Karan Johar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Shohrux Xonga O‘zbekistonga kelib, yosh kinoijodkorlar uchun mahorat darslari o‘tkazish va katta maydonda konsert berish taklif qilingan. 📌 Vazir hozircha aniq kelishuv yo‘qligini ta’kidladi. Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, tashrif haqida rasman e’lon qilinadi. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
213
3
🚀 “Yulduzlar jangi” muallifi $1 mlrdga o‘z muzeyini qurdi 🎬 Jorj Lukas Los-Anjelesda 17 yil davomida yaratgan shaxsiy muzey
🚀 “Yulduzlar jangi” muallifi $1 mlrdga o‘z muzeyini qurdi 🎬 Jorj Lukas Los-Anjelesda 17 yil davomida yaratgan shaxsiy muzeyini ochishga tayyorlanmoqda. Loyiha uchun rejissyor o‘z mablag‘idan $1 milliard sarflagan. 🖼 Muzeyda Lukas 50 yil davomida to‘plagan 40 mingdan ortiq asar saqlanadi: kartinalar, komikslar, konsept-artlar, kino rekvizitlari, Banksy asarlari va hatto Sikstin kapellasi reproduksiyalari ham bor. 🛸 Majmuaning o‘zi ulkan kosmik kemaga o‘xshash shaklda qurilgan. Unda ikkita kinoteatr, kutubxona, restoran va katta park joylashgan. 📅 Muzey 22-sentabr kuni tashrif buyuruvchilar uchun ochilishi rejalashtirilgan. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
273
4
🚨 Chorvoqda cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘ildan birining jasadi topildi 🌊 2-sentabr kuni Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv
🚨 Chorvoqda cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘ildan birining jasadi topildi 🌊 2-sentabr kuni Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida ota va uning ikki o‘g‘li cho‘kib ketgan edi. Ular katerda sayr qilib, suvga tushish taqiqlangan hududda himoya nimchasiz cho‘milgani aytilmoqda. 🛟 FVV ma’lumotiga ko‘ra, keng ko‘lamli qidiruv ishlariga Toshkent viloyati bilan birga Jizzax va Sirdaryo hududlaridan ham qo‘shimcha kuchlar jalb qilingan. 🕐 Bugun soat 13:02 da cho‘kib ketganlardan birining jasadi topildi. Qolgan ikki kishini qidirish ishlari davom etmoqda. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
346
5
🚑 Toshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisi jazolandi 🚘 Sergeli–Chilonzor yo‘nalishida BYD haydovchisi ortidan
🚑 Toshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisi jazolandi 🚘 Sergeli–Chilonzor yo‘nalishida BYD haydovchisi ortidan kelayotgan maxsus sirenali tez yordam avtomobiliga yo‘l bermagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 👮‍♂️ YHXX o‘rganishidan so‘ng haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, avtomobil esa vaqtincha jarima maydoniga joylashtirildi. 🔊 Haydovchining aytishicha, mashina oynalari yopiq, konditsioner va musiqa yoqilgan bo‘lgani sabab tez yordam signalini eshitmagan. U buni ataylab qilmaganini bildirgan. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
351
6
🌪 Xitoyda odamlar “tabiiy ofat”ni boshdan kechirish uchun pul to‘lamoqda 🇨🇳 Xanchjouda tabiiy ofatlarni maksimal darajada
🌪 Xitoyda odamlar “tabiiy ofat”ni boshdan kechirish uchun pul to‘lamoqda 🇨🇳 Xanchjouda tabiiy ofatlarni maksimal darajada real his qilish imkonini beruvchi ekstremal simulyator ishlamoqda. Bu yerda tashrif buyuruvchilar soatiga 165 km tezlikdagi dovul va kuchli suv toshqinlarini boshdan kechirishi mumkin. 🌊 Kompleksning bir zonasida maxsus to‘siq ochilib, 900 tonna suv chiqariladi. Boshqa sinovda esa odamlar suv bosgan metrodan chiqib ketishga harakat qiladi. 💵 Aslida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik markazi sifatida yaratilgan majmuaga kirish 899 yuandan — taxminan $126 dan boshlanadi. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
385
7
💼 Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich 200 dan ortiq biznes vakillari bilan uchrashdi 🇺🇿🇷🇸 Prezidentlar Shavkat Mirzi
💼 Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich 200 dan ortiq biznes vakillari bilan uchrashdi 🇺🇿🇷🇸 Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich Belgradda O‘zbekiston–Serbiya qo‘shma biznes forumida ishtirok etdi. Tadbirga ikki mamlakatdan 200 dan ziyod rasmiy va ishbilarmon doira vakillari yig‘ildi. 📈 Tomonlar o‘zaro savdo hajmini bir necha barobar oshirish, bojxona tartiblarini soddalashtirish va 2026–2028-yillarda sanoat kooperatsiyasini kengaytirishni maqsad qilgan. 🏭 Asosiy yo‘nalishlar qatorida avtomobil qismlari, elektrotexnika va to‘qimachilik mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarish, farmatsevtika, oziq-ovqatni qayta ishlash, dasturiy ta’minot va sun’iy intellekt bo‘yicha loyihalar bor. 🤝 Forum yakunida qator iqtisodiy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
402
8
👑 23 yoshli o‘qituvchi “Miss World 2026” g‘olibi bo‘ldi 🇩🇴 Dominikan Respublikasidan 23 yoshli adabiyot o‘qituvchisi Johei
👑 23 yoshli o‘qituvchi “Miss World 2026” g‘olibi bo‘ldi 🇩🇴 Dominikan Respublikasidan 23 yoshli adabiyot o‘qituvchisi Joheirry Mola Dominguez “Miss World 2026” tanlovida g‘olib chiqdi. 🥈 Ikkinchi o‘rinni ispaniyalik Elizabeth Reynes Alabern, uchinchi o‘rinni esa Malayziya vakili Thaanusiya Chetty egalladi. 🌏 Bu yil tanlov ilk bor Vyetnamda o‘tkazilib, unda 111 davlat vakillari ishtirok etdi. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
415
9
✈️ Humo Air davlatga qaytarilib, yana sotuvga chiqariladi 🇺🇿 Humo Air’ni xususiylashtirish bo‘yicha Shveysariyaning ValleyR
✈️ Humo Air davlatga qaytarilib, yana sotuvga chiqariladi 🇺🇿 Humo Air’ni xususiylashtirish bo‘yicha Shveysariyaning ValleyRoad Capital S.A. kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Aviakompaniyaning 100 foiz ulushi yaqin kunlarda davlat tasarrufiga qaytariladi. 💰 Humo Air 2022-yilda 2,4 mln dollarga xususiylashtirilgan edi. Endi kompaniya 2026–2027-yillarda ommaviy savdolar orqali sotiladigan davlat aktivlari ro‘yxatiga kiritildi va yana xususiylashtiriladi. 🛫 Aviakompaniya 2024-yil martidan barcha parvozlarini to‘xtatgan va shundan buyon faoliyatini qayta tiklamagan. Davlat ulushining nima sababdan qaytarilayotgani hozircha ochiqlanmadi. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
420
10
😄 Marafonchi 11 ta homiysini bitta taqdirlash marosimiga “sig‘dirdi” 🇧🇷 Braziliyalik marafonchi Valdemar Bispo dos Santos
😄 Marafonchi 11 ta homiysini bitta taqdirlash marosimiga “sig‘dirdi” 🇧🇷 Braziliyalik marafonchi Valdemar Bispo dos Santos musobaqada beshinchi bo‘lib marraga yetib kelganidan so‘ng, taqdirlashdagi fotosessiyada noodatiy usuldan foydalandi. 👕 Sportchi 11 ta homiy bilan shartnoma tuzgani sabab, suratga tushish davomida ularning futbolkalarini birin-ketin almashtirib chiqdi. Shu tariqa barcha brendlar kameraga tushishga ulgurdi. 😂 Uning tez-tez kiyim almashtirishi boshqa sportchilarni ham kuldirib yubordi. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
460
11
🇺🇿🏅🇷🇸 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat mukofoti – Serbiya Respublikasining I darajali Ordeni bilan taqdi
🇺🇿🏅🇷🇸 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat mukofoti – Serbiya Respublikasining I darajali Ordeni bilan taqdirlandi. Ushbu oliy mukofot davlatimiz rahbariga ikki davlat o‘rtasidagi tinchlikparvar hamkorlik hamda do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun berildi. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
589
12
🇺🇿🇷🇸 O‘zbekiston va Serbiya strategik sherik bo‘ldi 🤝 Prezident Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchi
🇺🇿🇷🇸 O‘zbekiston va Serbiya strategik sherik bo‘ldi 🤝 Prezident Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich muzokaralar yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. 📑 Davlat rahbarlari huzurida mehnat migratsiyasi, transport, bojxona, energetika, farmatsevtika, turizm, temiryo‘l, IT, raqamlashtirish, ekologiya, kino va boshqa yo‘nalishlarda 20 ta ikki tomonlama hujjat almashildi. 💼 Shuningdek, tomonlar Erkin savdo to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun ishchi guruh tuzishga kelishib oldi. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
553
13
🇺🇿🇷🇸 O‘zbekiston va Serbiya munosabatlari yangi bosqichga chiqmoqda 🤝 Prezident Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti
🇺🇿🇷🇸 O‘zbekiston va Serbiya munosabatlari yangi bosqichga chiqmoqda 🤝 Prezident Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Belgradda muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar savdo, investitsiya, sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. 📈 O‘zaro savdoni oshirish uchun Erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish taklif qilindi. Shuningdek, 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan sanoat sherikligi bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi qabul qilindi. 👷 Muhim yo‘nalishlardan biri — mehnat migratsiyasi. Tashrif doirasida O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida Mehnat mobilligi va migratsiyasi to‘g‘risidagi bitim qabul qilindi. 🌍 O‘zbekiston 2027-yilda Belgradda o‘tadigan EXPO-2027 xalqaro ko‘rgazmasida milliy pavilyon bilan ishtirok etadi. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
538
14
✈️ Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi 🇺🇿🇲🇺 Uzbekistan Airways 26-dekabrdan Toshkent — Mav
✈️ Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi 🇺🇿🇲🇺 Uzbekistan Airways 26-dekabrdan Toshkent — Mavrikiy yo‘nalishida parvozlarni boshlaydi. Dastlab 26-dekabr, 3 va 11-yanvar kunlari jami uchta reys rejalashtirilgan. 🏝 Parvozlar Boeing 787 Dreamliner samolyotida amalga oshiriladi. Masalan, 11-yanvar kungi Toshkent — Mavrikiy chiptasi 21 mln so‘m atrofida bo‘lib, tarifga 20 kg yuk ham kiritilgan. 📅 2027-yil iyunidan esa ushbu yo‘nalishda haftasiga bir marta muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
547
15
🐻 Rossiyada ayiq hashamatli mehmonxona oldiga kelib, sayyohlardan qo‘rqib qochdi 🇷🇺 Krasnaya Polyanada ayiq tunda “Polyana
🐻 Rossiyada ayiq hashamatli mehmonxona oldiga kelib, sayyohlardan qo‘rqib qochdi 🇷🇺 Krasnaya Polyanada ayiq tunda “Polyana 1389” mehmonxonasi hududiga kirib kelgan. 😄 Biroq sayyohlar chiqargan baland shovqindan cho‘chigan ayiq tezda ortiga qaytib, qochib ketgan. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
551
16
🎤 Shakira Bishkekda konsert beradi 🇰🇬 Kolumbiyalik dunyo yulduzi Shakira Qirg‘iziston poytaxtidagi “Bishkek Arena”da konse
🎤 Shakira Bishkekda konsert beradi 🇰🇬 Kolumbiyalik dunyo yulduzi Shakira Qirg‘iziston poytaxtidagi “Bishkek Arena”da konsert berishi kutilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti ishlar boshqaruvchisi Kanibek Tumanbayev ma’lum qildi. 🏟 51 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadionda Shakiraning chiqishi anons qilindi, biroq konsertning aniq sanasi va chiptalar savdosi haqida hozircha ma’lumot berilmadi. 🔥 Avvalroq ushbu arenada amerikalik xonanda Nikol Sherzinger ham chiqish qilgan edi. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
551
17
🇺🇿🇷🇸 Mirziyoyev Serbiyaga ilk rasmiy tashrifini boshladi ✈️ Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan rasmiy tashrif bi
🇺🇿🇷🇸 Mirziyoyev Serbiyaga ilk rasmiy tashrifini boshladi ✈️ Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan rasmiy tashrif bilan Belgradga keldi. Serbiya havo hududida Prezident samolyotiga mezbon mamlakat qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi. 🤝 Nikola Tesla xalqaro aeroportida O‘zbekiston yetakchisini Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi. Keyinchalik davlat rahbarlari rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi. 🏛 Tashrif doirasida O‘zbekiston–Serbiya oliy darajadagi muzokaralari va biznes forumi o‘tkazilib, ikki tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilinishi rejalashtirilgan. 🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifi sharafiga “Kula Belgrad” osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
579
18
📵 Polshada telefon qaramligiga qarshi “yog‘och gadjet” sotuvga chiqdi 🪵 Oakywood kompaniyasi smartfonga kamroq chalg‘ish uc
📵 Polshada telefon qaramligiga qarshi “yog‘och gadjet” sotuvga chiqdi 🪵 Oakywood kompaniyasi smartfonga kamroq chalg‘ish uchun yog‘och taglik va vazifalar yoziladigan kartochkalardan iborat To-Do Desk Kit yaratdi. ✍️ G‘oya oddiy: telefonda navbatdagi ilovani ochish o‘rniga, bajarilishi kerak bo‘lgan ishni kartochkaga yozib, diqqatni vazifaga qaratish. 💰 Bunday “analog xotirjamlik” to‘plami qariyb 4 ming rubl turadi. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
595
19
🇺🇿 Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasi va Jahon bojxona tashkiloti rahbarini qabul qildi 🇨🇳 Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-sen
🇺🇿 Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasi va Jahon bojxona tashkiloti rahbarini qabul qildi 🇨🇳 Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-sentabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Mehmon Prezidentga Si Szinpinning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. 🤝 Uchrashuvda O‘zbekiston–Xitoy savdo, investitsiya, ta’lim, parlamentlararo va partiyalararo hamkorligini kengaytirish muhokama qilindi. Tomonlar qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldi. 🌐 Shuningdek, Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Yan Sondersni qabul qildi. Uchrashuvda bojxona tizimini raqamlashtirish, tartib-taomillarni soddalashtirish va O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi. 📦 Hozir O‘zbekistonda eksport yuklarining 94 foizi, importning 87 foizi soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilmoqda. Bojxona deklaratsiyalarini rasmiylashtirish vaqti esa 20 daqiqagacha qisqargan. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
580
20
😈 Tailandda “iblis guli”ning yangi turi topildi 🌺 Tailand milliy bog‘laridan birida tashqi ko‘rinishi bilan fantastik filml
😈 Tailandda “iblis guli”ning yangi turi topildi 🌺 Tailand milliy bog‘laridan birida tashqi ko‘rinishi bilan fantastik filmlardagi o‘simliklarni eslatadigan Thismia daemona nomli yangi gul turi aniqlandi. 🍄 Bu o‘simlik fotosintez qilmaydi va umrining katta qismini yer ostida o‘tkazadi. Kerakli oziq moddalarni esa o‘zi bog‘langan zamburug‘lardan oladi. 👹 G‘ayrioddiy ko‘rinishi sabab yangi turga lotinchada “iblis” ma’nosini anglatuvchi daemona nomi berilgan. Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
619