en
Feedback
Uzpharmservice

Uzpharmservice

Open in Telegram

🏛 Pharm Service DM – farmatsevtika sohasidagi kompaniyalar uchun rasmiy konsalting va axborot manbai. GxP, Ro’yxatdan o‘tkazish,Marketing va dasturlash xizmatlari. Farmatsevtika Tarmog’ini Rivojlantirish Agentligi huzurida 📧 pharmservice@pharm.gov.uz

Show more
512
Subscribers
-124 hours
+157 days
+7230 days
Posts Archive
🎓 QA/QC bo‘yicha maxsus trening muvaffaqiyatli yakunlandi 📍Biopharma cityda Pharm Service tomonidan farmatsevtika korxonalari mutaxassislari uchun tashkil etilgan QA/QC Basic Training Program o‘z yakuniga yetdi.
📌 Trening farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar doirasida tashkil etilib, PF–35-son Farmonida nazarda tutilgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mutaxassislarining malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va sohaga xalqaro ekspertlarni jalb qilish yo‘nalishidagi ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi. 📚 Trening davomida ishtirokchilar: ✅ Farmatsevtika sifat tizimi; ✅ EU GMP talablari; ✅ Hujjatlarni boshqarish va ALCOA+ tamoyillari; ✅ CAPA va risklarni boshqarish; ✅ QC laboratoriyalari faoliyati; ✅ OOS/OOT holatlarini tekshirish hamda GMP inspeksiyalariga tayyorgarlik bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldilar.
📩 Sizning korxonangiz ham GMP, QA/QC va sifat tizimlarini rivojlantirishni istaydimi? Biz bilan bog‘laning - mutaxassislaringiz uchun zamonaviy o‘quv va konsultatsiya dasturlarini taklif qilamiz. 📞+998 55 902-33-33 Website | Telegram | Instagram | linkedin

Repost from Uzpharmagency
🔴 «Фарма Ўзбекистон ва Марказий Осиё» 5-юбилей халқаро конгресси 📌 2026 йил 23 сентябрь куни Ўзбекистонда «Фарма Ўзбекистон
🔴 «Фарма Ўзбекистон ва Марказий Осиё» 5-юбилей халқаро конгресси 📌 2026 йил 23 сентябрь куни Ўзбекистонда «Фарма Ўзбекистон ва Марказий Осиё» 5-юбилей халқаро конгресси бўлиб ўтади. ✅ Конгресс Ўзбекистон, Қозоғистон, Тожикистон ва бошқа мамлакатлар фармацевтика соҳасининг етакчи вакилларини бир майдонда жамлайди.
✅ Тадбирда 150+ йирик компания раҳбарлари, соҳа экспертлари, давлат ва регулятор органлари вакиллари, фармацевтика маҳсулотлари ишлаб чиқарувчилари, ускуна етказиб берувчилар, технологик ва муҳандислик компаниялари иштирок этади. ➡️ 20+ йирик инвестиция лойиҳаси ➡️ 20+ маърузачи ва соҳа эксперти ➡️ Фармацевтика кластерларини ривожлантириш ➡️ GMP стандартлари ва давлат тартибга солиши ➡️ Фармацевтика ишлаб чиқаришида инновацион технологиялар ва сунъий интеллект ➡️ Янги инвестиция лойиҳалари ва ишлаб чиқариш қувватларини модернизация қилиш ➡️ Замонавий фармацевтика маркетинги ➡️ Тоза хоналарни лойиҳалаш ва модернизация қилиш
✅ Конгресс доирасида B2B учрашувлар, бизнес-тушлик, интерактив муҳокамалар, кофе-брейклар ва коктейль қабул маросими ташкил этилади. ❗️ Тадбир Тиббиёт ва фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги кўмагида ўтказилади. ❗️Манзил: "BioPharma City" инновацион илмий-ишлаб чиқариш фармацевтика кластери ✅ Иштирок этиш шартлари: https://pharmauz.com/ru/usloviya-uchastiya/?from=mp Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | linkedin

🇺🇿🇨🇳Farmatsevtika sohasida yangi hamkorlik! 💊“Pharm Service” davlat muassasasi va Xitoy farmatsevtika assotsiatsiyasi o‘
+1
🇺🇿🇨🇳Farmatsevtika sohasida yangi hamkorlik! 💊“Pharm Service” davlat muassasasi va Xitoy farmatsevtika assotsiatsiyasi o‘rtasida agentlik kelishuvi imzolandi. 🌐 Mazkur kelishuv Xitoy farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish, ularning O‘zbekiston bozoriga kirishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazish, GxP, mahalliylashtirish va texnologiyalar transferi yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Website | Telegram | Instagram | LinkedIn

🎓Ayni damda BioPharma Cityda tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari uchun ISO 13485:2016 bo‘yicha o‘quv kurs bo'lib o'tmoqda
+4
🎓Ayni damda BioPharma Cityda tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari uchun ISO 13485:2016 bo‘yicha o‘quv kurs bo'lib o'tmoqda 📚 Birinchi kun davomida ishtirokchilar ISO 13485 talablarini chuqur o‘rganib, sifat menejmenti tizimini korxona faoliyatiga to‘g‘ri tatbiq etish bo‘yicha nazariy bilimlar, amaliy yondashuvlar va real misollar bilan tanishmoqda. Website | Telegram | Instagram | LinkedIn

photo content
+4

🎓Ayni damda BioPharma Cityda tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari uchun ISO 13485:2016 bo‘yicha o‘quv kurs bo'lib o'tmoqda
+4
🎓Ayni damda BioPharma Cityda tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari uchun ISO 13485:2016 bo‘yicha o‘quv kurs bo'lib o'tmoqda 📚 Birinchi kun davomida ishtirokchilar ISO 13485 talablarini chuqur o‘rganib, sifat menejmenti tizimini korxona faoliyatiga to‘g‘ri tatbiq etish bo‘yicha nazariy bilimlar, amaliy yondashuvlar va real misollar bilan tanishmoqda. Website | Telegram | Instagram | LinkedIn

❗️Eslatma Ertaga 9:00dan ISO 13485:2016 standartlarini joriy etish bo‘yicha trening kursi boshlanadi Bu shunchaki standart bi
❗️Eslatma Ertaga 9:00dan ISO 13485:2016 standartlarini joriy etish bo‘yicha trening kursi boshlanadi Bu shunchaki standart bilan tanishuv emas. Uch kun davomida ishtirokchilar sifat menejmenti tizimini to‘g‘ri tashkil etish, ISO 13485 talablarini amaliyotga joriy qilish va korxona jarayonlariga tatbiq etish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 🎓 Ekspert — Nika D.A. 🗓 7–8–9 sentabr 📍 BioPharma City, 2-qavat Website | Telegram | Instagram | LinkedIn

🎓QA/QC bo‘yicha treningning 1-kuni Shu kunlarda mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari uchun xalqaro ekspert Elena Gura — Takeda Pharma korxonasining sifat bo‘yicha direktori va TÜV Hellas auditori ishtirokidagi QA/QC bo‘yicha trening bo‘lib o‘tmoqda. 📌Treningning birinchi kunida ishtirokchilar sifatni ta’minlash, sifat nazorati hamda zamonaviy farmatsevtik amaliyotlar bo‘yicha muhim bilim va tajribalar bilan tanishdilar. 💡Nazariya va real keyslar - barchasi bir maydonda. Website | Telegram | Instagram | LinkedIn

🎓QA/QC bo‘yicha treningning 1-kuni Shu kunlarda mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari uchun xalqaro ekspert Elena Gura — Takeda Pharma korxonasining sifat bo‘yicha direktori va TÜV Hellas auditori ishtirokidagi QA/QC bo‘yicha trening bo‘lib o‘tmoqda. 📌Treningning birinchi kunida ishtirokchilar sifatni ta’minlash, sifat nazorati hamda zamonaviy farmatsevtik amaliyotlar bo‘yicha muhim bilim va tajribalar bilan tanishdilar. 💡Nazariya va real keyslar - barchasi bir maydonda. Website | Telegram | Instagram | LinkedIn

Tashkilotingizda tartib, xavfsizlik va ishonchni bir tizimga birlashtirish vaqti keldi! 💊Pharm Service sizga xalqaro standar
Tashkilotingizda tartib, xavfsizlik va ishonchni bir tizimga birlashtirish vaqti keldi! 💊Pharm Service sizga xalqaro standartlar asosida zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etishda hamkor bo‘ladi. Endi siz quyidagi yo‘nalishlarni professional darajada yo‘lga qo‘yishingiz mumkin: 🌿 ISO 14001 — ekologik menejment tizimi 🛡 ISO 45001 — mehnat xavfsizligi va salomatligini boshqarish tizimi ⚖️ ISO 37001 — korrupsiyaga qarshi menejment tizimi Bu standartlar orqali siz: ✅ ichki jarayonlarni tizimlashtirasiz va samaradorlikni oshirasiz ✅ xavflarni kamaytirib, ishonchni mustahkamlaysiz ✅ eksport bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirasiz ✅ xalqaro hamkorlik va tenderlarda raqobatbardoshlikni oshirasiz 📞+998 55 902-33-33 (5) Website | Telegram | Instagram | LinkedIn

⏳ QA/QC trening boshlanishiga atigi 1 KUN QOLDI! 3–4 va 7–9 sentabr kunlari Pharm Service tomonidan GMP talablari asosida 5 k
QA/QC trening boshlanishiga atigi 1 KUN QOLDI! 3–4 va 7–9 sentabr kunlari Pharm Service tomonidan GMP talablari asosida 5 kunlik intensiv QA/QC trening tashkil etiladi. 🎓 Trener: Yelena Gura — Takeda kompaniyasining Sifat bo‘yicha direktori, 15 yillik auditorlik tajribasiga ega mutaxassis. Trening davomida: ✅ QA/QC tizimining asosiy tamoyillari ✅ GMP talablari va amaliy yondashuvlar ✅ Real keyslar va muammoli vaziyatlar tahlili ✅ Audit va inspeksiyalarga tayyorgarlik ✅ Yakunda sertifikat 📆3–4 va 7–8–9 sentabr; 📍BioPharma City (Pharma Park); 📞 Ro‘yxatdan o‘tish: 1833 Joylar soni cheklangan! Jamoangizning sifat tizimini kuchaytirish va xalqaro GMP talablariga mos amaliy bilimlarni olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Website | Telegram | Instagram | linkedin

35 yil — bu shunchaki sana emas. Bu xalqimizning matonati, bunyodkorligi va kelajakka bo‘lgan ishonchi bilan yozilgan tarixdi
35 yil — bu shunchaki sana emas. Bu xalqimizning matonati, bunyodkorligi va kelajakka bo‘lgan ishonchi bilan yozilgan tarixdir. Bugun O‘zbekiston o‘z salohiyati, zamonaviy taraqqiyoti va ulkan maqsadlari bilan yangi marralar sari dadil qadam tashlamoqda. Har bir yutuq ortida inson qadri, bilim, mehnat va Vatanga muhabbat mujassam. Pharm Service jamoasi xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿 Website | Telegram | Instagram | linkedin

🎤 Qaysi bo‘lim eng yaxshi? Bu safar jamoamiz orasida kichik va qiziqarli so‘rov o‘tkazdik: har bir ishtirokchidan “Qaysi bo‘lim yaxshiroq?” deb so‘radik. Javoblar esa turlicha — kimdir o‘z bo‘limini tanladi, kimdir esa hamkasblarining ishini yuqori baholadi. Website | Telegram | Instagram | linkedin

🩺TIBBIY JIHOZLAR ISHLAB CHIQARUVCHILARI UCHUN ISO 13485:2016 BO‘YICHA PROFESSIONAL O‘QUV KURSI Tibbiy buyumlar ishlab chiqar
🩺TIBBIY JIHOZLAR ISHLAB CHIQARUVCHILARI UCHUN ISO 13485:2016 BO‘YICHA PROFESSIONAL O‘QUV KURSI
Tibbiy buyumlar ishlab chiqarish sohasida sifat menejmenti tizimini ISO 13485:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiq tashkil etish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha 3 kunlik professional o‘quv kursi tashkil etilmoqda. 🎙 Lektor — Nika D.A. Belarus Respublikasidan maxsus taklif etilgan ekspert va mutaxassis. Kurs davomida ishtirokchilar: ISO 13485:2016 standartining asosiy talablari; sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy etish; zarur hujjatlar va jarayonlarni shakllantirish; sifat tizimini samarali boshqarish; standart talablarini ishlab chiqarish jarayonlariga amaliy tatbiq etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
📆 7–8–9-sentabr kunlari 📍 BioPharma City 🎓 Format: oflayn 📞 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting. +998 55 902-33-33 (490) Website | Telegram | Instagram | linkedin

🇺🇿 Yuksak e’tirof — sharaf va mas’uliyat! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-avgustdagi PF-168-son Farmoni
+3
🇺🇿 Yuksak e’tirof — sharaf va mas’uliyat! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-avgustdagi PF-168-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanmoqda. Mazkur yuksak e’tirofga “Pharm Service” DMning uch nafar xodimi — Fattaxov Ahror, Tohirov Lazizjon va Ozolinya Mariya ham munosib ko‘rildi. Bu mukofot ularning ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiy fidoyiligi va yurtimiz tibbiyot hamda farmatsevtika sohasini rivojlantirish yo‘lidagi munosib hissasining e’tirofidir. Pharm Service jamoasi nomidan hamkasblarimizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaymiz! Website | Telegram | Instagram | linkedin

🇺🇿“Pharm Service” DM ForumMed xalqaro forumida ishtirok etdi. Forum doirasida O‘zbekistonning tibbiy turizm sohasidagi salohiyati va imkoniyatlarini taqdim etildi. 🌐ForumMed — O‘zbekistonda tibbiy turizm yo‘nalishida ilk bor tashkil etilgan xalqaro forum bo‘lib, mahalliy va xorijiy klinikalar, ekspertlar, tibbiy turizm operatorlari hamda soha vakillarini bir maydonda jamladi. Forum davomida yangi hamkorlik imkoniyatlari, xorijiy bemorlarni O‘zbekistonga jalb qilish va mamlakatimiz tibbiy xizmatlarini xalqaro bozorda ilgari surish masalalari muhokama qilindi. Website | Telegram | Instagram | linkedin

🤝Yangi bozorlar. Yangi hamkorlar. Yangi imkoniyatlar. 🌐Markaziy Osiyo farmatsevtika bozori jadal o‘smo'qda. Endi bu bozorga
🤝Yangi bozorlar. Yangi hamkorlar. Yangi imkoniyatlar. 🌐Markaziy Osiyo farmatsevtika bozori jadal o‘smo'qda. Endi bu bozorga chiqish uchun uzoqqa borish shart emas — CaPhEx 2026 asosiy o‘yinchilarini Toshkentda birlashtiradi. Bu yerda siz nafaqat mahsulotingizni namoyish qilasiz, balki: ✔️yangi distribyutorlar bilan tanishasiz; ✔️eksport yo‘nalishlarini muhokama qilasiz; ✔️B2B uchrashuvlar orqali real hamkorliklarni boshlaysiz. CaPhEx — keyingi strategik hamkorlikar haqida. 👉Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: CaPhEx 2026 🔖27–28-oktabr, 2026 📍 Anhor Park Exhibition Area, Toshkent Markaziy Osiyodagi keyingi hamkoringiz CaPhEx’da bo‘lishi mumkin. Website | Telegram | Instagram | linkedin

📂GDP doirasidagi kvalifikatsiya va validatsiya jarayonlari Dori vositalarini saqlash va tashish tizimining ishonchliligini ta’minlashda to‘g‘ri tashkil etilgan kvalifikatsiya va validatsiya muhim ahamiyatga ega. 💊Pharm Service — farmatsevtik logistikaning barcha bosqichlarida sifatni ta’minlash uchun amaliy yechimlar taklif etuvchi mutaxassislar jamoasidir. Website | Telegram | Instagram | linkedin

🎉20-avgust — Tadbirkorlar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 📈Sizlarning tashabbuskorligingiz, fidokorona mehnatingi
🎉20-avgust — Tadbirkorlar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 📈Sizlarning tashabbuskorligingiz, fidokorona mehnatingiz va yangilikka intilishingiz mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda farovon jamiyat barpo etilishida muhim o‘rin tutadi. Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, 🇺🇿Pharm Service jamoasi Website | Telegram | Instagram | linkedin

🚀 QA/QC bo‘yicha 5 kunlik professional trening — PIC/S GMP tajribasi endi Toshkentda! 💊Pharm Service farmatsevtika korxonal
🚀 QA/QC bo‘yicha 5 kunlik professional trening — PIC/S GMP tajribasi endi Toshkentda! 💊Pharm Service farmatsevtika korxonalari QA, QC, ishlab chiqarish va muhandislik yo‘nalishidagi mutaxassislari uchun amaliyotga yo‘naltirilgan “QA/QC Basic Training Program” dasturini taqdim etadi. Bu shunchaki nazariy trening emas. Dastur davomida ishtirokchilar real ishlab chiqarish holatlari, GMP talablari, laboratoriya jarayonlari, kvalifikatsiya, validatsiya, CAPA, OOS/OOT va inspeksiyaga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. 🎙Trener — Yelena Gura Takedaning Sifat bo‘yicha direktori Yelena Gura sifatni boshqarish sohasida 18 yillik tajribaga, yetakchi auditor sifatida 15 yillik tajribaga ega. Uning professional portfelida 30+ xalqaro audit hamda 40+ yetkazib beruvchi va CMO auditlari mavjud.
📚 5 kun davomida nimalarni o‘rganasiz? ✔️ Farmatsevtika sifat tizimi va QA/QC funksiyalari ✔️ GMP talablari va mahsulot hayotiy sikli ✔️ SOP, hujjatlarni boshqarish va ALCOA+ ✔️Deviations, Root Cause Analysis, CAPA ✔️ Change Control va Quality Risk Management / FMEA ✔️ OOS, OOT va atipik natijalarni tekshirish ✔️ Analitik metodlarni transfer, validatsiya va verifikatsiya qilish ✔️ QC laboratoriyasi faoliyatini tashkil etish ✔️ Laboratoriya uskunalarini kvalifikatsiya va kalibrlash ✔️ HVAC va boshqa muhandislik tizimlari kvalifikatsiyasi ✔️Kompyuterlashtirilgan tizimlar, Audit Trail va Data Integrity ✔️Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish uskunalari validatsiyasi ✔️ Cleaning Validation, tozalash va dezinfeksiya jarayonlari ✔️ Cross-contamination va kontaminatsiya xavflarini boshqarish ✔️Yetkazib beruvchilar va CMO kvalifikatsiyasi ✔️ Xomashyo, qadoqlash materiallari va tayyor mahsulotlarni boshqarish ✔️ Seriyani chiqarish va ishlab chiqarish hujjatlarini ko‘rib chiqish ✔️ Stability Study va PQR/APQR ✔️Self-inspection va GMP inspeksiyasiga tayyorgarlik Trenerning ekspertizasi GMP, QRM, FMEA, CAPA, Data Integrity, yetkazib beruvchilar va CMO kvalifikatsiyasi hamda regulator inspeksiyalariga tayyorgarlik yo‘nalishlarini qamrab oladi.
📆3–4 va 7–8–9 sentabr; 📍BioPharma City (Pharma Park); 📞 Ro‘yxatdan o‘tish: 1833; Joylar soni cheklangan! 🎓Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi. 5 kun. Xalqaro tajriba. Real keyslar. Ishlab chiqarish maydonchasidagi amaliyot. Website | Telegram | Instagram | linkedin